Hayotning har onida maslahatingizga quloq tutamiz, tajribangizga suyanamiz. Sizlarning mehringiz, sabringiz, fidoyiligingiz va yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan ulkan hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Bayramingiz muborak! @alisher_sadullaev
Open in TelegramPosts of Alisher Sadullaev
Bugun Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo oʻyinlarining yarim final uchrashuvi doirasida Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. ➖O’yin Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport Tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi. ✊Omad yigitlar! @alisher_sadullaev
Open in TelegramPrezident Shavkat Mirziyoyev : "Bu natijalar tasodifiy emas. Bu – maktab, bu – tizim, bu – o‘zbek shaxmatining yangi darajasi". @alisher_sadullaev
Open in TelegramYuksak e’tibor va e’tirof: Ko‘ksaroyda shaxmatchilarimiz sharaflandi. @alisher_sadullaev
Open in Telegram“Bolalarni tarbiya qilsak, kelajak bizniki bo‘ladi” — Prezident ota-onalarga murojaat qildi “Sizlarga ota-onadan katta duogo‘y, sharoit yaratadigan va yo‘llaringizni ochib beradigan inson dunyoda yo‘q. Shuning uchun butun O‘zbekiston yoshlarining ota-onalariga minnatdorlik bildirib, bir narsaga da’vat qilmoqchiman: erinmanglar, tarbiya qilinglar, qattiqqo‘l bo‘linglar. Bolalarni tarbiya qilsak, kelajak bizniki bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. @alisher_sadullaev
Open in Telegram“Eng katta orzuim ushaldi” — qoraqalpog‘istonlik parashaxmatchi Prezident bilan uchrashdi Parashaxmat olimpiadasi bronza medali sovrindori Selbi Kakishova Yurtboshimiz bilan uchrashuvda hayajonini yashira olmadi. “Bugun eng katta orzuim — Sizni ko‘rish nasib etdi. Men Sizning qoraqalpog‘istonlik qizingiz, farzandingizman”, — dedi u. @alisher_sadullaev
Open in Telegram“Jahon shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishga va’da beraman” — Javohir Sindarov @alisher_sadullaev
Open in Telegram“Shaxmat O‘zbekistonga qaytib keldi” — Rustam Qosimjonov Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida jahon chempioni Rustam Qosimjonov Samarqandda o‘tgan Olimpiadani tarixiy voqea deb atadi. @alisher_sadullaev
Open in TelegramKuni kecha Prezidentimiz tomonidan Vatanimiz shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi, mahorati va jasorati uchun bir guruh shaxmatchilar, ularning ustozlari va soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida farmon imzolangan edi. Uchrashuvda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. – Bu mukofotlar faqat bugungi g‘alabangizning e’tirofi emas, balki oldingizda turgan yanada baland marralarga bildirilgan katta ishonch ramzi bo‘lsin, – dedi davlatimiz rahbari. Mamlakatimiz yetakchisi sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylari hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi jamoasiga minnatdorlik bildirdi. – Ilohim, g‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin! Doimo sog‘-omon bo‘linglar, aziz farzandlarim! – dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida. @alisher_sadullaev
Open in TelegramPrezidentimiz shaxmat va parashaxmat olimpiadalarining g‘olib va sovrindorlari hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish bo‘yicha qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Unga muvofiq, chempionlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi. Parashaxmatchilar Ahadxon Kimsanboyev, Marsel Shoyusupov, Sardorbek Mamarajabov, Selbi Kakishova va Sirojiddin Zayniddinovga ham uy-joy va avtomobil beriladi. Terma jamoalar bosh murabbiylari Rustam Qosimjonov va Samandar Shermuxammadov avtomobil bilan mukofotlanadi. Olimpiada chempioni bo‘lgan har bir shaxmatchi 200 ming dollar, ularning murabbiylari 50 ming dollar miqdorida pul mukofoti oladi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan har bir parashaxmatchiga 50 ming dollar, ularning murabbiylariga 12 ming 500 dollardan beriladi. – Shaxmatchi va parashaxmatchilarimiz bugunning o‘zida yangi mashinalarini haydab, yangi uylariga kirib borishadi, – dedi davlatimiz rahbari. Shu tariqa g‘olib va sovrindorlarning mehnati munosib rag‘batlantirilmoqda. @alisher_sadullaev
Open in Telegram“Biznikidaqa shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q” — Nodirbek Abdusattorov @alisher_sadullaev
Open in Telegram“Prezidentimizning yonida mening ham bolam turarmikan, deb juda havas qilardim” Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida Muhiddin Madaminovning onasi Iroda Isroilova so‘zga chiqdi. @alisher_sadullaev
Open in TelegramYosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi. FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi. Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi. @alisher_sadullaev
Open in TelegramPrezidentimiz keyingi maqsadni shunday belgiladi: “Yangi O‘zbekistonni nafaqat Olimpiada chempioni, balki dunyo shaxmat markaziga aylantiramiz”. Davlatimiz rahbari buning uchun mamlakatimizda natija, tajriba va yoshlarga namuna bo‘ladigan chempionlar borligini ta’kidladi. Shaxmatchilarimizning Olimpiadadagi har bir g‘alabasi va yurishini yurtimizda millionlab bolalar kuzatdi. Prezidentimiz ulardan ilhomlangan yana minglab yoshlar shaxmat taxtasi oldiga o‘tirganiga ishonch bildirdi. – Sizlar endi faqat sportchi emassizlar. Sizlar Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun aql, bilim, sabr, intizom va g‘alabaga ishonch timsolisizlar, – dedi davlatimiz rahbari chempionlarga murojaat qilib. Shu bois, har bir viloyat, tuman va mahallada iqtidorli bolalarni erta aniqlash, ularni kuchli ustozlarga biriktirish va xalqaro turnirlarda muntazam qatnashishiga sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi. Qizlar shaxmati va parashaxmatni rivojlantirish bo‘yicha alohida tizim tashkil etiladi. @alisher_sadullaev
Open in Telegram“Mashina ham kerak, lekin kelajak kelinlar uchun uy kerak!” — Prezidentimizdan samimiy hazil Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari — terma jamoamiz a’zolariga uy-joy, zamonaviy avtomobil va pul mukofotlari topshirildi. Taqdirlash marosimida davlatimiz rahbari yosh chempionlarimizni qutlab, ularga berilayotgan ushbu sovg‘alar va ularning kelgusi oilaviy farovonligi haqida samimiy hamda iliq fikrlarni bildirdi. @alisher_sadullaev
Open in TelegramTo‘rt yil avval Hindistonning Chennay shahrida terma jamoamiz ilk bor shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi. 2024-yil Budapeshtda uchinchi o‘rinni egalladi, bugun esa Samarqandda yana oltin medalga erishdi. – Bu natijalar tasodifiy emas. Bu – maktab, bu – tizim, bu – o‘zbek shaxmatining yangi darajasi, – dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari avval ham yurtimizda iste’dodli shaxmatchilar ko‘p bo‘lganini, biroq ularni qo‘llab-quvvatlaydigan va birlashtiradigan tizim yetishmaganini qayd etdi. 2018-yilda qabul qilingan qarordan so‘ng maktablarda shaxmat o‘qitish, murabbiylar tayyorlash va klublarni rivojlantirish yo‘lga qo‘yildi. Besh yil avval FIDE reytingidagi eng kuchli o‘n mamlakat qatoriga kirish maqsad qilingan edi. “Bizning ezgu maqsadimiz ortig‘i bilan reallikka aylanib ulgurdi”, – dedi davlatimiz rahbari hamda ushbu natijaning asosida uzoq muddatli strategiya va izchil mehnat turganini ta’kidladi. So‘nggi o‘n yilda 17 nafar shaxmatchimiz xalqaro grossmeyster unvonini oldi, ularning besh nafari ayollardir. Prezidentimiz chempionlar hali juda yosh ekani, ularning ortidan esa yuzlab va minglab iste’dodli bolalar yetishib kelayotganini qayd etdi. @alisher_sadullaev
Open in TelegramPrezidentimiz har bir chempion ortida uning ota-onasi, birinchi ustozi, murabbiylari va qo‘llab-quvvatlagan butun bir jamoa turishini ta’kidladi. Shu bois, mazkur g‘alaba ularning ham mehnati samarasidir. Davlatimiz rahbari Rustam Qosimjonovga alohida murojaat qildi. Uning jahon chempionligi o‘zbek shaxmatida yangi davrni boshlab bergani, bugun esa orttirgan tajribasi yangi avlodga o‘tayotgani qayd etildi. – Ustozning eng katta g‘alabasi – shogirdlarining undan ham baland marralarga chiqishidir! – dedi Prezidentimiz hamda bugun o‘zbek shaxmatida ana shunday avlodlar davomiyligi yaqqol ko‘rinayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDE tomonidan "Eng yaxshi federatsiya" deb e’tirof etildi. Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova esa Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy prezidenti etib saylandi. Davlatimiz rahbari bu e’tiroflarni O‘zbekistonning shaxmat mamlakati sifatida jahondagi nufuzi yuksalayotganining yana bir dalili sifatida baholadi. @alisher_sadullaev
Open in TelegramDavlatimiz rahbari ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi. Birinchi jamoa 11 turning yettitasida g‘alaba qozonib, dunyoning kuchli shaxmat mamlakatlari vakillari bilan tengma-teng kurashdi. Afruza Hamdamova, Gulruxbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Nilufar Imomqo‘ziyeva, Guldona Karimova va boshqa shaxmatchi qizlarning mehnati alohida e’tirof etildi. – Ishonaman, hali o‘zbek shaxmatchi qizlari ham Olimpiada shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga albatta ko‘tariladi, – dedi Prezidentimiz. Samarqanddagi uchinchi FIDE parashaxmat olimpiadasida terma jamoamiz ilk bor bronza medalini qo‘lga kiritdi. Selbi Kakishova yettita o‘yinda olti ochko jamg‘arib, o‘z taxtasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Abdulaziz Bahodirov shaxsiy hisobda bronza medalni qo‘lga kiritdi, Ahadxon Kimsanbayev esa birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi. Prezidentimiz parashaxmatchilarning har biriga alohida tahsin bildirdi. – Sizlar o‘z jasoratingiz, aql-zehningiz, irodangiz va tinimsiz mehnatingiz bilan minglab insonlarga juda katta ibrat va namuna ko‘rsatdingiz, – dedi davlatimiz rahbari. @alisher_sadullaev
Open in TelegramPrezidentimiz O‘zbekiston Olimpiadada erkaklar va ayollar o‘rtasida jami oltita terma jamoa bilan qatnashganiga e’tibor qaratdi. Barcha tarkiblarning natijalari va o‘yin uslubi jahon shaxmat olamining qiziqishini uyg‘otdi. Erkaklar o‘rtasidagi ikkinchi jamoamiz jahon reytingida oltinchi o‘rinda turgan Niderlandiya terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Davlatimiz rahbari buni ham muhim yutuq deb baholadi. Uchinchi jamoa tarkibidagi 17 yoshli Asrorjon Omonov sakkizta o‘yinda yettita g‘alabaga erishdi. Uning natijasi mamlakatimizda yetishib kelayotgan iste’dodli shaxmatchilar salohiyatini ko‘rsatdi. – Bizda 2-3 nafar shaxmatchi emas, balki butun boshli kuchli avlod bor desak, bu ham haqiqat, – dedi Prezidentimiz hamda bu avlod va uning ortidan kelayotgan yoshlar jahon shaxmatida hali ko‘plab yutuqlarga erishishiga ishonch bildirdi. @alisher_sadullaev
Open in TelegramPrezidentimiz Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada Javohir yana sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatdi, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmadi. – Endi oldingda yana bir ulkan marra – jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz! – dedi davlatimiz rahbari. Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dehtiarovni qora donalarda mag‘lub etib, jamoamizga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Mamlakatimiz yetakchisi uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi. Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. Xususan, u amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi. – Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor, – dedi Prezidentimiz. Shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi. @alisher_sadullaev
Open in Telegram