Posts of A'lamiy
#yoʻl_yoʻlakay Qahva — bu tongning yagona xushxabari. U — hayot davom etayotganining, biz hali tirik ekanimizning isbotidir... Mahmud Darvesh 🌷 bo'ldi tugadi!)
Open in Telegram#yoʻl_yoʻlakay Men qahvani boshqa birovning qo'lidan ichishni istamayman. Chunki qahva faqat uni o'z qo'llari bilan tayyorlaydigan odamgagina o'z sirini ochadi. Qahva tayyorlash — bu shunchaki ichimlik pishirish emas, bu — o'z tuyg'ularingni olov bilan yuzlashtirishdir. Mahmud Darvesh
Open in Telegram#yoʻl_yoʻlakay Qahva — vaqtning singlisi. Uni xuddi vaqt kabi sekin-asta simirish kerak. Qahva — bu yomg'irning ovozi, sokinlik va yolg'izlik. Qahva — bu o'z qalbing tomon sayr qilishdir. 🤍 Mahmud Darvesh
Open in Telegram#yoʻl_yoʻlakay Qahva shoshilayotganlar uchun emas. Qahva — o'ylash, fikrlash uchun. Qahvani faqat uning hidini his qilish uchun vaqt topa oladigan odamgina ichadi. ☕️ Mahmud Darvesh
Open in Telegram#bugungikunimdan — Doktor qahvani kamaytir degandi, Olrich. — Doktorimni almashtirdim... 🌚
Open in TelegramSo'rayvermang to'y qachon deya, Oxiri bor so'rmoqlikni ham. Sizga malol kelmasin, axir, Gashti bordir bo'ydoqlikni ham… Nega buncha qistaysiz ayting? O'z vaqti bor o'lmoqlikni ham. Juda yaxshi yashab yuribman, Gashti bordir bo'ydoqlikni ham… Shoshil deysiz, to'y qilgin deysiz, Qusmog'i bor yemoqlikni ham. Sizga qanday bilmadim ammo, Gashti bordir bo'ydoqlikni ham… O'z holimga qo'ying iltimos, Yakuni bor sayoqlikni ham. To'yim bo'lsa o'zim aytaman, Gashti bordir bo'ydoqlikni ham… #Ijrochidan 🌷 🙅♂️ @alamiy_uz
Open in Telegram#bugungikunimdan — Qanday qarishni orzu qilasiz, afandim? — Judayam kamtar, oqibatli, bag'ri va ko'ngli keng, hammaga shafqatli bo'lib qarishni... — Nega unday? — Shuncha vaqt shunday bo'lmaganim yetadi) 👀
Open in TelegramMuslimalarga maslahat. Eringizni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ummatiga foyda keltiradigan bir inson qiling. Keyin, uning zaif tomonlarini bilib oling, ularni toʻgʻrilang va tiklang. Va uni dangasalikka va dunyoviy hayotga boʻlgan muhabbatga majburlamang, chunki siz uchun katta musibat eshigi ochiladi, uni yopish juda qiyin kechadi. Har doim uning intilishlarini eng yuqori darajaga ko'tarishga harakat qiling. Va uni Allohning izni bilan yaxshilik qilishga undang. Eringiz uchun dunyo hayoti va uning zavqlarining eshigi kalitiga aylanmang. Agar ular uning qalbiga kirsalar, siz undan osongina chiqib ketasiz. Dunyoga muhabbat sizga bo'lgan muhabbat uchun to'lanadigan narx bo'lishi ehtimoli katta. @alamiy_uz
Open in TelegramErkakning sevgisi — bu uning dam olishidir. Erkakning sevgisi uning hayotining faqat bir qismidir; Uning boshqa ko'p ishlari bor. Ayolning sevgisi — bu uning butun hayoti. Erkak uchun bunday emas. Erkak uchun sevgi ko'p narsalardan biridir. Ishdan charchab, u chuqur muhabbat va unutishni xohlaydi; bu uning dam olishidir. Farqni ko‘ring: erkakning sevgisi uning dam olish joyidir. Dunyodan, ming narsadan charchaganida, u ayolning energiyasiga, uning iliqligiga tushib, erimoqchi. Esingizda bo'lsin: u dam olgandan keyingina yaxshi ko'radi va keyin yana ishlaydi, biznes qiladi, qarorlar qabul qiladi, rivojlanadi va hokazo. Erkak uchun sevgi boshqa ishlarni qilish uchun zaruriy asosdir. Ayol uchun buning aksi: u sevganligi uchun boshqa ishlarni qiladi. Agar u sevmasa, umuman hech narsa qilolmaydi. @alamiy_uz
Open in Telegram#yoʻl_yoʻlakay — Nimaga siqilyapsiz, afandim? — Muammoyim bor. — Hal qilsa bo'ladimi? — Ha, hal qilsa bo'ladi. — Unda nimaga siqilyapsiz? 🍜 — Sanchi, Olrich, nimaga siqilyapsan? — Muammoyim bor. — Hal qilsa bo'ladimi? — Yo'q, hal qilib bo'lmaydi. — Unda nimaga siqilyapsan? 😐 🌷 To'g'rimi? Siqilgan bilan muammo hal bo'lib ketmaydi. Baribir bir kuni hal bo'ladi yoki o'tib ketadi. 👆
Open in Telegram#bugungikunimizda Bir kuni orqaga qarab, aslida ahamiyatsiz bo'lgan narsalar uchun ko'p tashvishlanganingizni tushunasiz)
Open in TelegramAllohim, har narsani yaratgan Allohim. Sen men uchun ham bir yo'l chizgansan, endi menga bu yo'lda boshi tik, qaddi bukilmas, qalbi pok holda yurmoqni nasib etgin. Menga o'z sirimni ato etgin, Robbim. Zero, Sen barcha sirlardan voqifsan, barcha bandalaringni ko'rib, bilib turibsan. Hech kim bilmasa ham, Sen bilasan meni qalbimdagi otashni. O'zing menga Ilm ber, shijoat, jasorat ber. Barchasi Sening hukmingda.. #Pir @alamiy_uz
Open in TelegramYonib ketmaydimi dunyosi butkul, Shunchaki qalbingda borligim bildir. Meni rad etsang ham bilmadim nuqul, Bo'lgim kelaverar sen uchun "kimdir". Bitta tabassum qil, bitta kulib boq, Ko'ngildan g'amlarim to'kilsin bir-bir. Balki ishonmassan lek Xudo guvoh, Bo'lgim kelaverar sen uchun "kimdir". Masofa bo'lsa ham qanchalar yiroq, Bizni bir qilmasa bo'lmaydi taqdir. Endi voz kechaman deyman-u biroq, Bo'lgim kelaverar sen uchun "kimdir". Bunchalar hazilkash bo'lmasa qismat, Kel-da ko'nglimdagi bo'shliqni to'ldir. Sodir bo'lmaydiku hech ish behikmat, Bo'lgim kelaverar sen uchun "kimdir". #Ijrochidan @alamiy_uz
Open in Telegram#Juma Muborak! Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin! Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad @alamiy_uz
Open in Telegram— Lift insonning sabrini, vaznini va qo'shnilar bilan munosabatini sinaydigan qurilma. 😂 🌷 Yoxud yuqori qavatdagi qo'shnimizning lift bilan sabr va taqvo imtihoni. 😂 @alamiy_uz
Open in TelegramSevgilim, Ozgina telbamiz bizlar, Doim adashamiz ishqda, Turmushda, Qaynab toshganida ko'ngildan hislar, Sira bo'shamaymiz Xayol surishdan. Sevgilim, Hamisha izlayman halovat Oppoq qog'ozlarga umrimni to'kib. Sen-chi, sen jimgina Yig'laysan faqat, Kechalar qandaydir Kitobni o'qib... #Shavkat Rahmon @alamiy_uz
Open in Telegram