#Sheva Do‘stlar, sinfdoshlar yoki hamkasblar orasida ma’lum miqdorda pul yig‘ib, navbat bilan har oy yig‘ilgan mablag‘ni bir kishiga berib borish odati bor. Qiziq jihati shundaki, bunday pul to‘plash Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Toshloq shevalarida ALG‘OV deb atalarkan. Quva shevasida esa “чёрный касса” (“qora kassa”) degan nom ishlatiladi. 🫵 Sizining shevangizda qanday ataladi? @akademik_til
Open in TelegramPosts of «akademik_til»
#Men. Bir dars o‘tadigan sinfimda, 5-sinfda, aka-singil birga o‘qishadi. Bir kuni akasi darsga kechikib kirdi. Shuning uchun Olimpiadaga tayyorlanayotgan 11-sinfdagi qiz o‘quvchim bilan birga o‘tqazib qo‘ydim. Shunda singlisi tutoqib: — Ustoz, akamni qiz bola bilan o‘tqazmang, dadam so‘kadi! — dedi. — Yo‘q, shu yerda o‘tiradi, — dedim. Birdan qizaloq yig‘lab yubordi: — Dadam akang nomahramlar bilan o‘tirmasin, deganlar. So‘kadilar… 😭 Men ham vaziyatni cho‘zmay: — 😁 Qani, MAHRAMBOY, singlingni oldiga o‘t! Siz, qizim, mana bu «NOMAHRAM»ning oldiga o‘tib oling! 😂 @akademik_til
Open in Telegram#Men. #imlo — Qani o‘quvchilar, keyingi so‘zimiz ...XOCh...XOCh... Yozinglar. – Ustoz, men bu so‘zni yozmayman. — Nega yozmaysan? — Bu kofirlarning belgisi. Yozmayman. — ... 😧 🤣🤣🤣 @akademik_til
Open in Telegram#Men #Imlo #Reklama Kecha o‘quvchilarimdan bo‘g‘iz undoshi «h» va chuqur til orqa undoshi «x» imlosi bo‘yicha diktant oldim. Natija meni o‘ylantirib qo‘ydi: o‘quvchilarning qariyb 90 foizi «HALOL» so‘zini «HALAL» tarzida yozgan. «Nega bunday yozdingizlar?» deb so‘rasam, javoblari bir xil: «Yeyiladigan va ichiladigan mahsulotlarga beriladigan HALAL sertifikatida shunday yoziladi-ku», deyishdi. Bir qarashda oddiy imlo xatosidek ko‘rinadi. Ammo bu holat menga boshqa bir narsani ko‘rsatdi: reklama inson ongiga, ayniqsa, bolalar ongiga qanchalik kuchli ta’sir qilishi mumkin. Bir so‘zning ekranda qayta-qayta noto‘g‘ri yoki boshqa shaklda qo‘llanishi oxir-oqibat uning to‘g‘ri shaklini siqib chiqarishi mumkin. Mana sizga reklamaning jamiyat ongiga ta’siri. @akademik_til
Open in Telegram#Quva Buni qarang, Quva, nafaqat, anori bilan balki dorbozlarning ham shuhrati bilan ham tarixda mashhur bo‘lgan ekan. @akademik_til
Open in Telegram#Atama ChOPIQ - qishloq xo‘jaligi. O‘simliklarning tagi, yon-atroflarini chopib yumshatish. G‘o‘za chopig'i. @akademik_til
Open in Telegram#Atama O‘TOQ – Ekin va ko‘chatlar orasidagi begona o‘tlarni yulib tashlash. @akademik_til
Open in Telegram#Atama YAGANA - [fors. – yakka, bitta, birgina] qishloq xo‘jaligi. Ekin tupining yaxshi rivojlanishi uchun yosh vaqtida ortiqchasini yulib tashlash, kerakli miqdorda qoldirish, siyraklatish. @akademik_til
Open in Telegram#Imlo QANDAY YOZILADI? Kirillda: Мўъжиза Мўътадил Мўътабар Joriy lotinda: Mo‘jiza Mo‘tadil Mo‘tabar Yangi imloda??? Mö'jiza — Möjiza Mö'tadil — Mötadil Mö'tabar — Mötabar Sizlar ham bir siqilinglar. 😁
Open in Telegram#Alifbo Yangi alifboga o‘taymi yo 22-aprelni kutaymi? Nima deysizlar? 🫤 @akademik_til
Open in Telegram#Sheva ZIRAPChA – Teriga sanchilib qolgan ninadek ingichka cho'p; tikanak. 👉 Farg‘onada: Zirava. 🫵 Sizning shevangizda qanday? @akademik_til
Open in Telegram#Topishmoq 17. Ushbu rasmga boqib yashirilgan so‘zni toping. Javob: Izohga. @akademik_til
Open in Telegram#Topishmoq 16. Ushbu rasmga boqib yashirilgan so‘zni toping. Javob: Izohga. @akademik_til
Open in Telegram#Topishmoq 15. Ushbu rasmga boqib yashirilgan so‘zni toping. Javob: Izohga. @akademik_til
Open in Telegram#Topishmoq 14. Ushbu rasmga boqib yashirilgan so‘zni toping. Javob: Izohga. @akademik_til
Open in Telegram#Topishmoq 13. Ushbu rasmga boqib yashirilgan so‘zni toping. Javob: Izohga. @akademik_til
Open in Telegram#Topishmoq 12. Ushbu rasmga boqib yashirilgan so‘zni toping. Javob: Izohga. @akademik_til
Open in Telegram#Topishmoq 11. Ushbu rasmga boqib yashirilgan so‘zni toping. Javob: Izohga. @akademik_til
Open in Telegram#Topishmoq 10. Ushbu rasmga boqib yashirilgan so‘zni toping. Javob: Izohga. @akademik_til
Open in Telegram