O’rtola, har kuni kurs haqida juda ko’p xabar kelmoqda. Barchangizga rahmat, hammasiga shu yerda javob beraman. Hozir qabul yopiq. Oxirgi guruhimiz sentyabrda boshlangan, ular bilan dekabrda kursni yakunlab olamiz. ▫️ Yangi guruhga qabul: dekabrda ochiladi ▫️ Darslar 10-yanvardan boshlanadi. Bu safar kursga ancha katta yangiliklar kiritdik: ✅️Birinchi dars va bitiruv darsi endi oflayn, qolgan darslar to’liq onlayn bo’ladi; ✅️Har bir o’quvchiga darslarni o’zlashtirish uchun qo’llanma kitoblar beriladi; ✅️Kuratorlar soni ko’paytiriladi; ✅️Guruhga Sun’iy intellekt yordamchi ulanadi; ✅️Bonus modul: buxgalteriyada sun’iy intellektdan foydalanish darslari qo’shiladi; ✅️Darslar oxirgi o’zgarish va yangiliklar bilan birga o’tiladi. Shu o’zgarishlar sabab kurs narxi biroz oshadi. ✔️ @Online_buxgalteriya_bot ⚡️ Qabul ochilmasidan oldin yozilganlarga ham maxsus takliflar bor. Murojat uchun: @Menejer_AfzalRakhimov ga yozsangiz bo’ladi.
Open in Telegram
Afzal Raximov | Milliy Hisobchi🔒
Buxgalteriya kurslari: Yangi guruhlarda Darslar 10-yanvar 2027 dan boshlanadi. Buxgalteriya kurslari haqida ma'lumot: @Online_buxgalteriya_bot Buxgalteriya kurslariga yozilish uchun @Menejer_AfzalRakhimov ga yozing
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 13, 2026 | 9,270 |
| Nov 14, 2026 | 6,940 |
| Nov 16, 2026 | 7,120 |
| Nov 17, 2026 | 7,265 |
| Nov 19, 2026 | 5,910 |
| Nov 20, 2026 | 6,400 |
| Nov 21, 2026 | 5,812 |
| Nov 22, 2026 | 6,037 |
| Nov 23, 2026 | 5,270 |
| Nov 24, 2026 | 4,720 |
| Nov 25, 2026 | 4,540 |
| Nov 26, 2026 | 3,630 |
Most viewed this month
- 01Views9.27KForwards—Reactions98Comments—
- 02Views7.65KForwards—Reactions55Comments—
- 03Views7.12KForwards—Reactions46Comments—
- 04Views6.94KForwards—Reactions78Comments—
Latest posts
👞Kech bo’lganda bir qiziq xabar chiqib qoldi. 📌Poyabzalga markirovka: 2028-yildan majburiy bo’lishi mumkin Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo’yilipdi. Tasdiqlansa, deyarli barcha poyabzal (TIF TN 6401-6405) markirovkasiz sotilmaydi. ▫️Muddatlar ▪️2027-yil 1-yanvardan: tajriba ▪️2028-yil 1-yanvardan: majburiy ▫️Eski qoldiqni sotish muddati ▪️Ishlab chiqaruvchi va importchi: 2028-yil 1-aprelgacha ▪️Ulgurji: 1-iyulgacha ▪️Chakana: 1-oktabrgacha ⚡️Poyabzal sotsangiz, hozirdan “Asl belgisi” tizimiga tayyorlaning. Muhokama 10-dekabrgacha: regulation.adliya.uz/project/11917/39046 Asos: VM qarori loyihasi (ID-11917), PQ-250-son 02.07.2026y. 🧾 Sizningcha, poyabzalga markirovka kerakmi? Bu loyiha bozorga foyda beradimi yoki tadbirkorga ortiqcha yuk bo’ladimi? Fikringizni izohda yozib qoldiring 👇 💬@Afzalraximov
Open in TelegramBu Excel jadvalni qanday yasadim? Formulali masala jadvalini qanday tayyorlaganimni ko'pchilik so'radi. Javobi aniq: sun'iy intellekt AI agent bilan 5-10 daqiqada tayyorlab qo'ydik. Oldin bunday formulali jadvalni yasash juda qiyin edi. Excel'ni chuqur bilish va kunlab vaqt kerak bo'lgan. Men AI agentimga ancha vaqtdan beri qonunchilikni o'qitib kelmoqdaman, qolaversa meni deyarli barcha video darslarimni, qo'llanmalarimni va ish jarayonimdagi vaziyatlarni ko'rib o'rganib kelmoqda. Hozir jamoamdagi eng kuchli yordamchim desam ham bo'ladi. Ochig'i, hozirgi sun'iy intellekt imkoniyatlariga lol qolmoqdaman. YouTubedagi darslarimni ham yozilishiga texnik tomondan juda katta yordam bermoqda. Oxirgi youtubedagi videoyimizni 1-soatda hechqanday yordamchilarsiz, montajsiz yozdim va o'sha zahoti videoni joyladim. Qolaversa ish jarayonlarimizni ham ancha yengillashtirgan. Operatsiyon ishlarni juda ko'pini o'zi qilmoqda. Yanvar oyida ochiladigan yangi guruhlarimizga ham 1 ta bonus modul qo'shmoqchiman. "Buxgalteriyada AI dan foydalanish" modulini ham kiritmoqchiman keyingi guruhlarimizga. Albatta barcha buxgalterlarga tafsiyam ish jarayonlaringizga AI-ni qo'shib boring, operatsion ishlardan uzoqroq bo'ling. Sizchi, ishingizda hozir qaysi AIdan foydalanyapsiz? Izohda yozing 👇 p/s: AI-bu faqat chatgbtga yozish emas. Man deyarli 1-yildan beri chatgpt ishlatmiman.
Open in TelegramDoimiy muassasa nima? Doimiy muassasa - chet el yuridik shaxsi Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, va shu yerda ofis, filial, fabrika, ustaxona, sex, laboratoriya va har qanday boshqaruv joyiga ega bo'lsa chet el yuridik shaxsining Oʻzbekistondagi doimiy muassasasi deyiladi. Hususan qurilish maydoni, qurilish, montaj qilish yoki yigʻish obyekti va chet el yuridik shaxsi tomonidan oʻz xizmatchilari yoki shu maqsadlar uchun uning tomonidan yollangan boshqa xodimlar orqali bajariladigan maslahat xizmatlari va shu kabi boshqa xizmatlar istalgan ketma-ketlikdagi 12 oylik davr mobaynida kamida 183 kun davom etsa, bular ham O'zbekistonda Doimiy muassasa sifatida ro'yxatdan o'tishi kerak bo'ladi. 💬@AfzalRaximov
Open in TelegramSavol: Norizedentlar daromadidan soliq agenti tomonidan undirib olinadigan foyda solig‘i (137-kod) hisobotini to‘ldirishda xalqaro shartnomalarga muvofiq imtiyozlarni hisobotida aks ettirish uchun nima qilish lozim? Javob: Normativ huquqiy hujjatlar bilan berilgan imtiyozlardan foydalanish uchun my.soliq.uz portal orqali Ishlar (xizmatlar) importi yuzasidan soliq hisobotlarini yuborish bo'limidan Norezidentlarning foyda solig‘i hisobot shaklini to'lidirishda tegishli davrni tanlab ma'lumotga o'tish belgisi orqali so'ralgan ma'lumotlarni to'ldirasiz va soliqdan ozod etilgan bo`lsa yoki pasaytirilgan soliq stavkasini qo'llamoqchi bo'lsangiz tastiqlovchi hujjat rezidentlik sertifikati va apostil yuklashingiz kerak bo'ladi. Soliq kodeksi 358-modda: Norezident boʻlgan daromad oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning rezidenti ekanligini tasdiqlaydigan rasmiy hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) norezident rezidenti boʻlgan chet davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan asl nusxa. Bunda shunday hujjatni berish konsullik legallashtirish amalga oshirilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan holda bo'lishi kerak. 2) ushbu 1-bandning talablariga muvofiq boʻlgan hujjat asl nusxasining notarial tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; 3) chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan, soliq rezidentligini tasdiqlovchi elektron hujjatning qogʻozdagi nusxasi. 💬Telegram 📹YouTube 📹Instagram
Open in TelegramBojxona organlari tomonidan undiriladigan bojxona bojlari va soliqlar: Kod-20 -Import bojxona boji Kod-21 -Qoʻshimcha bojxona boji Kod-25 -Eksport bojxona boji Kod-27 -Olib kirilayotgan tovarlar uchun aksiz soligʻi Kod-28 -Olib chiqilayotgan tovarlar uchun aksiz soligʻi Kod-29 -Qoʻshilgan qiymat soligʻi Kod-30 -Yagona bojxona toʻlovi 💬Telegram 📹YouTube 📹Instagram
Open in Telegram✅️Ishlash uchun masala. Faqat sariq joylariga provodka berib chiqasizlar va to'g'ri provodka bersangiz Balans va Moliyaviy natijani o'zi chiqazadi. Yakunda "TO'G'RI" belgisi o'zi chiqadi, shunda to'g'ri ishlagan bo'lasiz. Yakuniy 8710 ga Foyda 44 455 000 chiqishi kerak. Albatta ishlab ko'ringlar, sizlar uchun tayyorladim.✊ Ishlasangiz izohga rasmini tashlab qo'ying.✔️
Open in TelegramO'zilar ishlashilar uchun ham bitta shunday ishlanmagan masala jadval qilib beraymi.
Open in Telegram📹YouTubeda yangi video chiqdi.⚡️ Buxgalteriya schotlari, provodka berish, balans va moliyaviy natija chiqazishni o'rgandik. https://youtu.be/v4dgq3K6LRQ 00:00 Kirish 01:53 Buxgalteriya schotlari haqida tushuncha 03:19 Schotlarning turlari 05:27 Aktivlar haqida 06:55 Passivlari haqida 09:37 Schotlarning ko'payish, kamayishi va yopilish qoidalari 13:15 Provodka berib masala ishlash 40:50 Aylanma qoldiqni tahlil qilish 43:25 Balansni teng chiqmasligi sababi 44:20 Moliyaviy natijani tuzish va tranzit schotlarni yopish 48:53 Yakuniy korxonani foyda zararini aniqlash va uni yopish 52:44 Balans chiqishi 52:58 Yakuniy holat va natija. 56:09 Buxgalteriya kurslarimiz haqida 01:01:18 Hisobotlarga joylashtirish.
Open in TelegramConnections
Similar channels
IIV Akademiyasi | Rasmiy kanal@akadmvduzEducation14.8K
Samarqand davlat universiteti@samdueduuzEducation15.1K
ONA TILI—MILLAT KO‘RKI@ona_tili_millat_korkiEducation15.1K
Marhabo Uktamova | Ustoz@uktamovamarhaboEducation15.1K
Hilola Umarova@hilola_umarovaEducation15.1K
Shodiyor | Grants Hunter@grants_hunterEducation15.1K
VATAN UNIVERSITETI | RASMIY@vatanuniversitetiEducation15.2K
Ta'lim link ( rasmiy kanali )@talim_linkEducation15.2K