O‘zbekistonning Venetsiya biyennalesidagi paviloni xorijiy OAV talqiniga ko‘ra eng yaxshilar qatoridan joy oldi. Amerikaning Observer nashri The Aural Sea loyihasini eng yaxshi milliy pavilonlar ro‘yxatiga kiritdi. Nashr Sharq va G‘arb rassomlari o‘rtasidagi muloqotni, shuningdek, ekologik inqirozlarni anglash vositasi sifatida mifologiya va jamoaviy xotiraga murojaat qilinganini ta’kidladi. O‘zbekiston milliy pavilondan tashqari, Venetsiyadagi Franketti saroyida (Palazzo Franchetti) rassom Vyacheslav Axunovning Instruments of the Mind shaxsiy ko‘rgazmasini ham taqdim etdi. Ko‘rgazma biyennalening rasmiy parallel dasturidan o‘rin oldi. https://www.afisha.uz/uz/media/2026/11/26/biennale Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramPosts of Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari
“Yevgeniy Onegin” operasi 📍Davlat akademik katta teatri 🗓 10-dekabr, 19:00 Teatr sahnasida Aleksandr Pushkinning shu nomdagi romani asosida yaratilgan uch pardali lirik opera namoyish etiladi. 🎫 Chipta narxlari: 55 000 so‘mdan boshlanadi. Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramBuxoro biyennalesining 2027-yilgi ikkinchi mavsumi mavzusi va ilk ishtirokchilari e’lon qilindi. Yangi mavsum “Asrlar osha ehtirom” (The Long Welcome) deb nomlandi. Kuratorlik g‘oyasi zamirida Buxoroning o‘zi haqidagi kuzatuv yotadi. WHY Architecture arxitektura byurosi asoschisi Kulapat Yantrasast ikkinchi mavsumning badiiy direktori bo‘ldi. Batafsil: https://www.afisha.uz/uz/exhibitions/2026/11/26/bukharabiennale-2027 Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram🍿🎬 Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar: 26-noyabr Ushbu hafta kinoteatrlarda quyidagi yangi filmlar namoyish etiladi: - “Рокки — это я”; - “Новые похождения Клиффа Бута”; - “Колотун и волшебное королевство”; - “Дворняшка”; - “Кибер-девушки”; - “Мама. Зло внутри”; - “Bedarak”. 🎟 Kinoga chipta xarid qilish, treylerlarni tomosha qilish va premyeralar haqidagi batafsil ma’lumotlarni Afisha.uz saytida topishingiz mumkin 💖 https://www.afisha.uz/uz/cinema/2026/11/26/premieres-uz Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram“Nasriddin Buxoroda” filmi namoyishi 📍CCA Tashkent amonaviy san’at markazi 🗓 28-noyabr, 18:00 Markazda “Mumtoz o‘zbek kinolari” kinodasturi doirasida rejissyor Yakov Protazanovning “Nasriddin Buxoroda” (1943) filmi namoyish etiladi. Buxoroga kelgan Nasriddin kambag‘al kulolga yordam berish va uning qizini qutqarish uchun sudxo‘r va amirga qarshi kurashga kirishadi. 🎫 Kirish bepul. Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramWunder Digital Uzbekistan innovatsion digital xab Keyptaunda bo‘lib o‘tgan Global Agency Leadership Awards tadbirida e’tirof etildi. Taqdirlash marosimi 19-noyabr kuni reklama biznesi rahbarlarining xalqaro uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tdi (reklama). https://www.afisha.uz/uz/exhibitions/2026/11/26/wunder-digital-uzbekistan-uz
Open in TelegramTaomlar turizmi: o‘zbek oshxonasining mavsumiy taomlari bo‘yicha qo‘llanma Bahorda somsa qiymasiga ko‘katlar solinadi, yozda palovga pishgan pomidordan salat tayyorlanadi, kuzda esa qozonga behi solinadi. Har bir taomning o‘z geografiyasi ham bor. Jizzaxga qanday somsa uchun borish kerakligi, Xorazm shivit oshi Toshkent norinidan nimasi bilan farq qilishi va O‘zbekistonda mavsumga qarab nimalarni tatib ko‘rish kerakligi haqida soʻz boradi. https://www.afisha.uz/uz/tourism/2026/11/26/food-tourism-uz Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram“Kameliyali xonim” baleti 📍Davlat akademik katta teatri 🗓 4-dekabr, 19:00 Teatr sahnasida Juzeppe Verdi va Pyetro Maskanyi musiqalari asosida yaratilgan “Kameliyali xonim” baleti namoyish etiladi. 🎫 Chipta narxlari: 77 000 so‘mdan 220 000 so‘mgacha. Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram“Машина Времени” guruhi 📍“Yunusobod” sport majmuasi 🗓 12-dekabr, 19:00 Sport majmuasida afsonaviy rok guruhi “Машина Времени"ning katta konserti bo‘lib o‘tadi. Tadbirning o‘ziga xos jihati uning ko‘lamida: tomoshabinlarni bir necha avlod uchun saundtrekka aylangan asosiy xitlarning jonli ijrosi kutadi. 🎫 Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan boshlanadi. Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramRassom Kimsuji bilan suhbat 📍CCA Tashkent zamonaviy san’at markazi 🗓 28-noyabr, 13:00 Suhbat badiiy amaliyot, jismoniy tajriba va bilim, ashylar bilan ishlash va jonli madaniy an’analarning o‘zaro aloqasiga bag‘ishlanadi. Uning boshlang‘ich nuqtasi Kimsujining “Tafakkur arxivi” asari bo‘ladi. Uchrashuv davomida imo-ishora, takrorlash, ma’naviyat va xotira mavzulariga to‘xtalib o‘tiladi, shuningdek, kundalik ashyolar qanday qilib yangi ma’no kasb etishi va badiiy bilim shakllariga aylanishi ko‘rib chiqiladi. 🎫 Kirish bepul. Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramToshkentda uchta avtobus yo‘nalishi o‘zgartiriladi. 26-noyabrdan 11, 77 va 138-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritiladi. Batafsil: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/11/25/bus-route Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram