BOBO MEHRI VA AVLODLAR OLDIDAGI MAS’ULIYAT
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning suyukli nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubini oilamiz a’zolari bilan birga öqib çiqdik. Undagi samimiy satrlar meni ham ota, ham bobo, ham uzoq yillardan buyon yoşlarga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan ustoz sifatida çuqur öylantirdi. Maktubda farzandga bölgan mehr, hayotiy ögitlar va kelajak avlod oldidagi mas’uliyat bir-biriga uyğun tarzda ifodalangan.
Xalqimiz azaldan bolajon xalq. Ota-onalar, bobo va buvilar dilbandlarining kamoli uçun bor imkoniyatini, kuçi va mehrini ayamaydi. Umrning ança yölini bosib ötgan inson sifatida bir oilaga boş böliş, farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkaziş qançalik maşaqqatli va mas’uliyatli vazifa ekanini yaxşi bilaman. Ayni paytda tan olişimiz kerak: ba’zan iş bilan bandligimizni rökaç qilib, özimizning davomçilarimiz bölgan bolalarga yetarli vaqt ajrata olmaymiz.
Davlat rahbarining zimmasidagi ulkan vazifalar orasida nabirasiga dil sözlarini yozgani biz kattalarni ham muşohadaga çorlaydi. Farzandga ajratilgan vaqt, uning savoliga berilgan samimiy javob, köpçilik sezmaydigan kiçik intilişiga bildirilgan e’tibor bolaning qalbida bir umr qoladi. Tarbiyaning muhim saboqlari ana şunday kundalik muloqotlardan boşlanadi.
Maktubni öqib, uning ikki jihatiga alohida e’tibor qaratdim.
Birinçidan, u katta avlod zimmasidagi muhim vazifani — farzandlarni bilimli, fazilatli va Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalaş burçini yana bir bor eslatadi. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Imom Buxoriy, Alişer Navoiy va Mahmudxöja Behbudiy kabi buyuk ajdodlarimizga munosib vorislarni voyaga yetkaziş izçil mehnat talab qiladi. Bolaning qiziqişini anglaş, iste’dodini vaqtida payqaş, salomatligi va bilim olişi haqida qayğurişda oila ham, ustoz ham mas’uldir.
Ikkinçidan, davlat rahbari nabirasiga murojaat qilar ekan, unga öxşagan millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida öylaşi va qayğurişi kerakligini ta’kidlaydi. Men bu satrlarda bobo mehrining butun bir avlod taqdiriga daxldor mas’uliyat bilan birlaşganini kördim. Maktubning yakunida ham undagi nasihatlar yurtimizning barça bolalariga atalgan ezgu tilaklar ekani qayd etilgan.
Uşbu fikrlar biz pedagoglar uçun ham muhim hayotiy mezondir. Yoşlarni fanlarni qunt bilan özlaştirişga, xorijiy tillarni puxta örganişga, har kuni yangi bilim va könikmalarni egallaşga undaşimiz kerak. Şu bilan birga, har bir bolaning öziga xos qobiliyatini qadrlaş, intilişiga dalda beriş va imkoniyatini yuzaga çiqarişga kömaklaşiş lozim. Qöllab-quvvatlangan iste’dod, e’tibor bilan tinglangan orzu va vaqtida berilgan töğri maslahat yoş insonning hayotida muhim örin tutadi.
Vaqtning qadriga yetiş ham bolalikdan şakllanadigan fazilatdir. Mutolaa qiliş, foydali maşğulot bilan şuğullaniş, boşlagan işini oxiriga yetkaziş odati yoşlarni intizomli va mas’uliyatli bölişga örgatadi. Zamonaviy texnologiyalardan bilim va könikmalarni boyitiş yölida oqilona foydalaniş, vaqtni behuda sarflamaslik esa bugungi tarbiyaning muhim masalalaridandir.
Tarbiyada kattalarning öz ustida işlaşi ham alohida ahamiyatga ega. Özimizni kamol toptiraylik, öşandagina özgalar kamolotini ta’minlay olamiz. Farzanddan halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mardlik va odobni talab qilar ekanmiz, bu fazilatlarni, avvalo, özimiz namoyon etaylik. Vatanga muhabbat, milliy ramzlarga hurmat, ota-onaga mehr va el-yurtga sadoqat kundalik hayotimizdagi amallar bilan mustahkamlanadi.
Men bugun 4 nafar farzandim, 12 nafar nabiram va 3 nafar çevaram — jami 19 nafar dilbandimning kamolidan quvonib yaşayotgan baxtli insonman. Ularning har bir yutuği qalbimga iftixor bağişlaydi. Şu bilan birga, minglab talaba-yoşlarga ta’lim-tarbiya berib kelayotganimni hayotimning mazmuni, zimmamdagi şarafli mas’uliyat deb bilaman.
Bobolarning duolari ijobat bölsin, ilohim!
Qudratillo Ibaydullayev,
Andijon davlat pedagogika instituti
Faxriylar kengaşi raisi, professor
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube