Account

Posts of SAT with Abror | SAT 1590 | IELTS 8.5

newest first

#511Photo
Views528−56%vs avg
Forwards—
Reactions47
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
13 h468
28 h528
  1. After 24 hours528
  2. Total to date528
#501Text

Forwarded from Mahmudiy Academy

Rostini aytaylik: SAT Maqsad EMAS! 1600 ham sizning orzuingiz emas. Sizning orzuingiz boshqa... Kimdir dunyodagi eng yaxshi universitetlardan birida o'qishni xohlaydi. Kimdir o'z biznesini qurmoqchi, kimdir shifokor, injiner, olim bo'lmoqchi. Kimdir esa shunchaki "men o'z hayotimni o'zim tanlagan odam bo'lay" deydi. SAT o'sha orzularga olib boradigan yo'lning eng birinchi qadami, xolos. Bitta eshik. Bitta zinapoya. Endi bir o'ylab ko'ring: katta hayot qurmoqchi bo'lgan odam, eng birinchi zinapoyada to'xtab qolsa-chi? "Qiyin ekan", "Keyin qilaman", "Baribir bo'lmaydi" deb shu yerda qolib ketsa-chi? Universitetlar, imkoniyatlar, grantlar, siz bo'lishingiz mumkin bo'lgan odam, hammasi o'sha eshikning narigi tomonida kutib turibdi. Siz esa uni ochishga erinyapsiz. Bugun telefonni yana bir soatga o'ynashingiz kichik narsadek tuyuladi. Lekin aslida siz o'sha bir soatni SATdan emas, kelajakdagi o'zingizdan o'g'irlayapsiz. Hayotingizda bundan ham qiyinroq imtihonlar bo'ladi. Bundan ham og'irroq qarorlar, bundan ham kattaroq to'siqlar. SAT esa sizga birinchi marta shuni ko'rsatish imkoniyati: "Men qiyin narsa oldida qochmaydigan odamman." Shuni bir marta isbotlasangiz, keyingi har bir eshik osonroq ochiladi. Shuning uchun boshlang'ich nuqtada yiqilmang. Butun hayotingizni bitta "keyin qilaman"ga almashtirib yubormang. Charchasangiz, dam oling, lekin to'xtamang. Endi yozing: "Tayyorman" 🔥 Bu SAT uchun emas. Bu siz qurmoqchi bo'lgan hayot uchun.

Open in Telegram
Views1,540+27%vs avg
Forwards—
Reactions46
Comments—
#497Photo

Forwarded from Firdavs Nizomov

❕Fatvo Markazining SAT Imtihonidagi leak'larga rasmiy munosabati Leak bu imtihon oldidan, shu imtihonda tushadigan, noto'g'ri yo'l bilan olingan va tarqatilgan imtihon materiallari hisoblanadi. Fatvo Markazining javobiga ko'ra, Leak'dan foydalanish, sotib olish va o'sha leak'lar bo'yicha imtihondan oldin o'quvchilarga dars o'tish shariatda taqiqlangan! Yuqoridagi hujjatda O'zbekiston Musulmonlar Idorasi Fatvo Markazining ushbu masalaga javobini o'zingiz o'qib chiqishingiz mumkin. Keyingi safar qaysidir tanishingiz leak oladigan bo'lsa yoki undan ham yomoni o'qituvchingiz sizga leak bo'yicha dars o'tadigan bo'lsa, bu narsa nojoiz ekanligini ularga eslating va yuqoridagi hujjatni dalil qiling. Islom dini insonni har bir ishda rostgoʻy va halol boʻlishga buyuradi, aldovdan esa qatʼiy qaytaradi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: Ma’nosi: «Kim bizni aldasa, bizdan emas» (Imom Muslim rivoyati). Shogirdlarini bu yo’lga boshlagan ustozning ham mas’uliyati og’ir. Bu ishning zarari bir kishi bilan cheklanmaydi. Ozchilikning aldovi sabab imtihon bekor qilinsa, joiz yo‘l bilan tayyorlangan koʻplab yoshlar mavjud imkoniyatdan mahrum boʻladi. Bunday ishga yordam bergan, uni oʻrgatgan yoki tarqatgan kishi ham gunohga sherik boʻladi. Zero, Alloh taolo: «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz!», deb buyurgan (Moida surasi, 2-oyat). Bandalarning haqqi faqat tavba bilan kechirilmaydi, buning uchun haq egalarining roziligi ham kerak. Ayniqsa, shogirdlarini bu yoʻlga boshlagan ustozning masʼuliyati ogʻir. Paygʻambarimiz alayhissalom: «Barchangiz masʼulsiz va har biringiz qoʻl ostingizdagilar haqida soʻralasiz», deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Hamma qilayapti degani bu siz ham qilishingiz kerak degani emas. Noto'g'ri ishni hamma qilayotgani uni to'g'ri qilib qo'ymaydi. Yuqorida aytilganidek, "Aldovning haromligi hammaga ma'lum". Alloh taolo barchamizni manfaatli ilm va pok rizqqa muvaffaq aylasin, aldov va xiyonatdan Oʻzi asrasin! Vallohu aʼlam. 2026-yil 9-noyabr, 02-01/3734-son, Raisning birinchi o’rinbosari H.Ishmatbekov. Hujjat kodi: UM78868891 (IJRO.GOV.UZ, ERI bilan tasdiqlangan).

Open in Telegram
Views1,2100%vs avg
Forwards—
Reactions39
Comments—
#495Text
Views1,380+14%vs avg
Forwards—
Reactions79
Comments—