Account

Posts of Abituriyent OFF | Rasmiy

newest first

#4244Photo
Views2,5300%vs avg
Forwards0
Reactions—
Comments0
#4243Video
Views4,840+91%vs avg
Forwards5
Reactions—
Comments0
#4242Text

⚡️Yil nomlari 1991-yildan 2026-yilgacha! 1991-yil — Alisher Navoiy yili. 1992-yil — Hamshiralar yili. 1993-yil — Ahmad Yassaviy yili. 1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili. 1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili. 1996-yil — Amir Temur yili. 1997-yil — Inson manfaatlari yili. 1998-yil — Oila yili. 1999-yil — Ayollar yili. 2000-yil — Sog‘lom avlod yili 2001-yil — Ona va bola yili. 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili. 2003-yil — Obod mahalla yili. 2004-yil — Mehr-muruvvat yili. 2005-yil — Sihat-salomatlik yili. 2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili. 2007-yil —Ijtimoiy himoya yili. 2008-yil — Yoshlar yili. 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili. 2010-yil — Barkamol avlod yili. 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili. 2012-yil — Mustahkam oila yili. 2013-yil — Obod turmush yili. 2014-yil — Sog‘lom bola yili. 2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili. 2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili. 2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili. 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili. 2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili. 2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili. 2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili. 2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili. 2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili. 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” 2025-yil — Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili 2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili ✅ @Abituriyent_Off

Open in Telegram
Views3,995+58%vs avg
Forwards50
Reactions—
Comments0
#4241Photo
Views6,702+165%vs avg
Forwards4
Reactions—
Comments0
#4238Textedited

❗️6-yo‘nalish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 823 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. 👉✅ @Abituriyent_Off

Open in Telegram
Views15,153+499%vs avg
Forwards53
Reactions—
Comments0
#4237Textedited
Views13,167+420%vs avg
Forwards5
Reactions—
Comments0
#4235Photo
Views11,374+350%vs avg
Forwards9
Reactions—
Comments0
#4224Text
Views8,523+237%vs avg
Forwards48
Reactions—
Comments0
#4222Text

Bugun 1-avgust, tinchlan jigarim. Bugun - 1-avgust, Tinchlan, jigarim. Quyoshday mehribon sertifikating, Zaminday vazminu mehnatkash, mushfiq Istagan narsangni tayyorlaguvchi Google bor, AI bor. Cho‘chima, jigarim, O‘z uyingdasan. Bu yerda Na mandat, na navbat, na g‘am. Bunda bor: davomat, grant, kontrakt Va stipendiyang nonin ko‘ramiz baham, Bugun 1-avgust, Uxla, jigarim. Bu yerda muzlagan Ajdar halqumli Firibgar ustozlar Qahqahasi yo‘q. Bu yerda — odamzod shaklida yurgan manfur bunkerchilar topolmas huquq. Eslayman: Ulug‘ test kuniydi, Testki, beomon, Sinov degan axir Bexatar bo‘lmas, Yiqilgan bo‘lsang gar, Qayg‘urma, qo‘zim, Yuzta xususiy univer bordir baxtingga. Shu sal chang havoda Salomat-omon, Bo‘g‘ilmay, siqilmay Ola bera nafas. Bugun 1-avgust, Uxla, jigarim. Abituriyentlik nedir- Bizlardan so‘ra, 2000-yillar Sargardonligi Isitma aralash Qo‘rqinch tush kabi Xayol ko‘zgusidan Uchmaydi sira. Abituriyent bo‘lganman, Oh, u davrlar… Voy, bechora jonim, Desam arziydi. Shpargalka berishga Bir mehribon qo‘l, Bitta "iks-variant" Nondek arzanda. Men odam edim-ku, Inson farzandi… Tanish-bilishining Tayini ham yuq, Pul ko‘r qilgur, Bitta firibgar O‘qishning qadrini Qayerdan bilsin? Esimda, u kunlar bir hovuch bunkerchi firibgarni deb, Nahot uyali aloqa shartta uzilib, Nahotki SMSlar Ketmay qoladir, Nahot abituriyentlar Kezar darbadar?! Mandat chiqqanda-chi, Minglab olomon... Qonli taloto‘p... Alhazar, alhazar, Ko‘pirardi tomirlarda qon, Kimdir "o‘tibman" deb baqirgan shodon, Kimlardir ketardi boshini egib. U kunlar tarixda qoldi, jigarim. Bugun 1-avgust, Uxla jigarim. Telefonim ichra sinfdoshlarim Gudok solmasdan, — (Choyxonaga hali ikki soat bor)- akalik hissining Bebaho, laziz To‘lqinlar ichra G‘arq bo‘lib ketib, Bo‘m-bo‘m boshing ustida Termulmakdaman. Nega cho‘chib tushding, Murg‘ak tushingga Nimalar kirdi? Davomat dahshatimi, Forma fojiasi, G‘azabnok dekanlar, Kvartira narxi (agar topolsang)… Imtihondan yiqilgan Sho‘rlik akangning Repetitorga ketgan pullari Ko‘zing o‘ngida Butun dahshati-la Aks etdimi yo... Google pand berdimi, AI pishdimi, Sen yiqildingmi, Qayg‘urma, qo‘zim, Rossiyaga yo dostavkaga ishga kiritib qo‘yaman o‘zim. Bugun 1-avgust, Uxla, jigarim. Uyquda kulyapsan, Balki bu kulgi Hujjatni bemalol onlayn tartibda topshirganingdan. Yoki test ballari och talabaning qon bosimidek tushib ketganidan... Telefoningdagi G‘uncha SMS Albat toleingga Muhr bo‘ladi. Va bunda aks etar Porloq kelajak. Osh yaqin, osh yaqin, Suyunchi osh yaqin. Soat endi 10 bo‘ldi, Uxla, jigarim. ✅ @Abituriyent_Off

Open in Telegram
Views9,586+279%vs avg
Forwards25
Reactions—
Comments0
#4221Photo
Views5,404+114%vs avg
Forwards21
Reactions—
Comments0
#4220Photo
Views3,880+53%vs avg
Forwards8
Reactions—
Comments0
#4219Photo
Views3,640+44%vs avg
Forwards9
Reactions—
Comments0
#4218Link previewedited
Views3,529+39%vs avg
Forwards6
Reactions—
Comments0
#4217Photo
Views3,617+43%vs avg
Forwards6
Reactions—
Comments0
#4216Photo
Views4,394+74%vs avg
Forwards18
Reactions—
Comments0