Account

Posts of Abdulla Oripov she'rlari

newest first

#2601Text
Views3,710−37%vs avg
Forwards—
Reactions69
Comments—
#2597Text

​​O’ZBEKISTON BAYROG‘I Har qanday lashkarning ham O’z tug‘i, yalovi bor, Sen qaysi saltanatdan, Sen qaysi davlatdan kam. Qo‘rg‘onlar qatorida Bir qo‘rg‘onsan ustuvor, Vallamat, tug‘dor yurtim, Muhtasham Respublikam. O’ylayman, ha, olamda Nisbiy erur ko‘p holat, Zamona g‘alviridan Har narsa o‘taverar. Tarix uchun va lekin Kim ham bergay kafolat, Yakka inson bir yo‘lchi: Kelaru ketaberar. Qadim-qadim zamonda Yunonlik haykaltarosh, Bir san’at yaratibdi, Maqsadi - bir burda non. Haykal esa asrlar Sinoviga bermish dosh, Bugun uni ko‘klarga Ko‘tarar butkul jahon. Ko‘zni kattaroq ochib Boqsang bu muammoga, Alam qilgulik qadar Kam yashar inson zoti, Faqatgina xalq sohib Bardavom bu dunyoga, Asragay har kas nomin Faqat xalqning hayoti. Sanasang hodisot mo‘l O’zbekning tarixida, Har biriga bir noma Yoki doston bitgulik. Ne zotlar oqmagan bu Asrlar arig‘ida, Har biri bitta xalqning G‘ururiga yetgulik. Barchaga ayon erur Men aytgan ushbu gaplar, To hanuz asablarni Ezg‘ilar bu shum o‘tmish. Moziyga o‘qtin-o‘qtin Sochsak hamki g‘azablar, Lekin ayting, o‘zbekning Qo‘lidan kim ham tutmish? Bir kuni yovqur shoir Ya’ni Turdi Farg‘oniy, Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa Birlash deb qildi xitob. Bejavob qolaberdi Uning dardli so‘rog‘i, O’sha-o‘sha zamin kar, O’sha-o‘sha gung oftob. Bugun zimdan nazar sol Sen mana bu bayroqqa, Mayliga bir daqiqa Unutgin turfa kekni. Shu bayroq nomimizni Eltdi yiroq-yiroqqa, Shu bayroq birlashtirdi Parokanda o‘zbekni. 1984 Abdulla Oripov @Abdulla_Oripov_sherlari

Open in Telegram
Views5,440−8%vs avg
Forwards—
Reactions37
Comments—
#2595Text
Views9,400+60%vs avg
Forwards—
Reactions86
Comments—
#2593Text
Views11,800+101%vs avg
Forwards—
Reactions101
Comments—
#2592Text

Forwarded from 𝐊𝐮𝐧𝐝𝐚𝐥𝐢𝐤𝐧𝐨𝐦𝐚 📚📖

Абдулла Орипов БОБУР Мен-ку, оддий одам, Шундоқ бўлса ҳам Шукр, бас, деганча ғанимларим бор. Шарт эмас уларга таъриф чинакам, Бири жунунсифат, бирови ҳушёр. Бировига ёқмас жиндек журъатим, Бировига ёқмас мен юрган йўлак. Ногоҳ бирор жойда чиқса сувратим Бири ухлай олмай қийналса керак. Биз шундай ўтамиз, Яъни кун кўриб... Майдагина кучсиз, майдагина зўр. Ҳаётнинг мана шу буржидан туриб, Мен Сизни ўйладим, ҳазрати Бобур. Сиз — зобит, дастини чўзган дунёга, Сиз — шоир, мангу бир аланга ёққан. Наинки бандалар, Сизнинг сиймога Не-не салтанатлар кек билан боққан. Баҳодирлик ичра ёр Сизга Ҳумой, Сиз улуғ зотларнинг изин босган эр. Назмий саждагоҳда Сизга, ҳойнаҳой, Имомликка ўтгай фақат Алишер. Ҳа, ёлғиз шеър қолди, бошқаси, абас, Етти иқлим аро достон нақлингиз. Не бахт, парчин бўлиб тож деган қафас, Бизга етиб келди олмос ақлингиз. Айтинг, не топдингиз Сиз кезиб дунё, Ҳануз боқишарлар шўришга тўлиб. Шоирсиз, яхшиси, қолингиз, Мирзо, Мушфиқ юртингизда бир шоир бўлиб. 1983

Open in Telegram
Views8,510+45%vs avg
Forwards—
Reactions69
Comments—
#2591Text
Views9,180+56%vs avg
Forwards—
Reactions86
Comments—
#2590Video
Views15,300+160%vs avg
Forwards—
Reactions66
Comments—
#2589Text
Views26,700+354%vs avg
Forwards—
Reactions93
Comments—
#2585Text
Views17,000+189%vs avg
Forwards—
Reactions124
Comments—
#2581Photo
Views19,100+225%vs avg
Forwards—
Reactions123
Comments—