Odamlarimizniñ özidayam borda... Advokatlik faoliyatimni boşlaganimdan beri asosan iqtisodiy jinoyatlar bilan şuğullanyapman. Firibgarlik, mulkni talon-toroj qiliş, oğrilik, bosqinçilik, korrupsiya va şu moddalarga yondoş moddalar doirasida. Firibgarlik jinoyati atrofida şunaqa ikki-uçta keysga duç keldimki, "odamlarimizdayam borda..." devorasan kişi. Nafratlanib ketasan... Bir şaxs bir qança şaxsni milliardga "uxlatadi". Haligi şaxsni tergov organi içkariga oldiradi. Keyin u jabrlanuvçilardan muddat söraydi, işlatvorgan pullariñizni qaytaraman deb. Nomida mulk bölmaydi, çöntagi böş, pullarni şaxsiy ehtiyojiga işlatvorgan allaqaçon, apris. U çiqsa, yana kimnidir uxlatişini jabrlanuvçilar biladi, lekin içida "ha mayli, menikini qaytarsa böldi" deydi. Ya’ni ayblanuvçi yañi ölja hisobiga zararni qoplaşini haligi jabrlanuvçilar bilib turadi va şunga könadi. Qarañ, qanaqa razil odamlarimiz bor... 👉 @Zafarbek_Solijonov
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 977 |
| 5 ч | 1 420 |
| 7 ч | 1 540 |
- Через 1 час977
- Через 6 часов1 420
- Всего сейчас1 540