Кабинет

Посты канала Yurist Imomniyozov

сначала новые

#1634Файл
Просмотры546−64%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#1633Текст

Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lganlarga 300 million so‘mgacha mukofot, ustozlariga esa 100 foizgacha ustama beriladi! 2026-yil 1-sentabrdan boshlab madaniyat, san’at va adabiyot sohalaridagi nufuzli xalqaro hamda respublika tanlovlari g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirishning yangi tartibi joriy etildi. Bunga Prezidentning 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmoni 13-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 617-son qarori asos bo‘ladi. 1. Xalqaro tanlov g‘oliblariga qancha mukofot beriladi? Nufuzli xalqaro tanlovlarda: ·         🥇 Gran-pri va 1-o‘rin — 300 million so‘m ·         🥈 2-o‘rin — 200 million so‘m ·         🥉 3-o‘rin — 100 million so‘m Respublika tanlovlarida esa: ·         🥇 Gran-pri va 1-o‘rin — 100 million so‘m ·         🥈 2-o‘rin — 50 million so‘m ·         🥉 3-o‘rin — 25 million so‘m Ushbu pullar bir martalik mukofot sifatida Davlat budjeti hisobidan to‘lanadi. Agar tanlovda jamoa g‘olib bo‘lsa, belgilangan mukofot jamoa a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. 2. G‘olibni tayyorlagan o‘qituvchi va konsertmeysterga qanday ustama beriladi? VM 617-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 9-bandiga muvofiq, xalqaro tanlov sovrindorlarini tayyorlagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga bir yil davomida har oy lavozim maoshiga nisbatan quyidagi ustamalar to‘lanadi: ·         Gran-pri uchun — 100 foiz; ·         1-o‘rin uchun — 90 foiz; ·         2-o‘rin uchun — 80 foiz; ·         3-o‘rin uchun — 70 foiz. Respublika tanlovlari uchun esa mos ravishda 70, 60, 50 va 40 foizlik ustamalar belgilangan. Bunda o‘qituvchi yoki konsertmeyster sovrindorni kamida olti oy davomida tayyorlagan va asosiy mehnat faoliyatini tegishli lavozimda amalga oshirayotgan bo‘lishi kerak. 3. Har qanday xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lsa, mukofot beriladimi? Yo‘q. Bu yerda muhim shart mavjud. Tanlov Madaniyat vazirligi tasdiqlagan nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi kerak. Ro‘yxatda mavjud bo‘lmagan xalqaro tanlovlar ham Nizomning 7-bandida belgilangan mezonlarga javob bersa, tan olinishi mumkin. Jumladan, bunday tanlovda 30 dan ortiq mamlakatdan ishtirokchilar qatnashishi, 20 dan ortiq mamlakat OAVlarida yoritilishi, YUNESKO yoki boshqa yirik xalqaro tashkilot tomonidan tan olinishi yoxud qo‘llab-quvvatlanishi va kamida to‘rtta saralash bosqichi mavjud bo‘lishi talab etiladi. Shunday ekan, xalqaro tanlovdan diplom olib kelishning o‘zi pul mukofotini olish uchun yetarli emas. 4. Mukofotni olish uchun qayerga murojaat qilinadi? VM 617-son qaroriga 1-ilovaning 10–11-bandlariga ko‘ra, tanlov yakunlanganidan keyin 30 kun ichida Madaniyat vazirligi huzuridagi «Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi»ga murojaat qilinadi. Arizaga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, g‘oliblik diplomi, o‘qituvchi va konsertmeyster haqidagi ma’lumotlar, zarur hollarda safar xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Hujjatlar besh ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Mukofot tayinlash haqida buyruq chiqarilgach, pul o‘n ish kuni ichida bank kartasiga o‘tkaziladi. O‘qituvchi va konsertmeysterga ustama esa Madaniyat vazirligining buyrug‘i yoki tegishli ish beruvchiga yuborilgan taqdimnomasi asosida rasmiylashtiriladi. 5. Tanlovga borish xarajatlari ham qoplanadimi? Ha. Nufuzli xalqaro tanlov g‘oliblari va sovrindorlari hamda ularning o‘qituvchi va konsertmeysterlarining tanlovda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti hisobidan qoplanishi belgilangan. Xulosa qilib aytganda, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab nufuzli xalqaro tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallagan ijodkorlar 100–300 million so‘mgacha mukofot, ularning ustozlari esa bir yil davomida 70–100 foizlik ustama olish imkoniyatiga ega. Muhimi, bu mablag‘lar har qanday tanlov uchun emas, qonunchilikda belgilangan talablarga javob beruvchi tanlovlar natijalari bo‘yicha to‘lanadi.    📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры1 050−30%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#1632Текст

Tovar belgilaridagi o‘xshashlik: bitta harf farqi yangi brend yaratish uchun yetarlimi?   Tasavvur qiling, tadbirkor kiyim-kechak mahsulotlari uchun “TALVEX” nomli tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Boshqa tadbirkor esa xuddi shu turdagi mahsulotlarni “TALAVEX” belgisi ostida bozorga chiqarmoqchi.   Birinchi qarashda nomlar farqlanadi. Ikkinchi belgida qo‘shimcha “A” harfi mavjud. Ammo bu farq ularni huquqiy jihatdan mustaqil tovar belgilari deb hisoblash uchun yetarlimi?   Masalaning yechimi belgilar o‘rtasidagi farqning o‘zida emas, balki ularning iste’molchi tomonidan qanday qabul qilinishida hamdir.   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 86-bandiga muvofiq, so‘zli belgilar o‘xshashligi fonetik, grafik va semantik mezonlar asosida baholanadi.   1. Fonetik o‘xshashlik: belgilar qanday eshitiladi? Fonetik o‘xshashlikni aniqlashda so‘z tarkibidagi tovushlar, ularning ketma-ketligi, bo‘g‘inlar soni, urg‘u va talaffuzning umumiy xususiyatlari hisobga olinadi. “TALVEX” va “TALAVEX” belgilarini taqqoslaymiz: TALVEX — TAL–VEX TALAVEX — TA–LA–VEX   Har ikkala belgi “TA” tovushlari bilan boshlanadi va “VEX” birikmasi bilan yakunlanadi. Birinchi belgining barcha harflari ikkinchisida ham ketma-ketligi saqlangan holda mavjud. Ikkinchi belgiga qo‘shilgan “A” harfi bo‘g‘inlar soni va talaffuz ritmini o‘zgartiradi. Biroq asosiy tovushlar ketma-ketligi saqlanib qolganligi sababli ular o‘rtasida sezilarli fonetik o‘xshashlik mavjud.   2. Grafik o‘xshashlik: belgilar qanday ko‘rinadi? Grafik o‘xshashlik belgilarni ko‘z bilan idrok etishdagi umumiy taassurot asosida aniqlanadi. Bunda harflarning tarkibi, joylashuvi, yozilish uslubi, shrift va boshqa vizual xususiyatlar baholanadi.   “TALVEX” olti harfdan, “TALAVEX” esa yetti harfdan iborat. Ular o‘rtasidagi farq ikkinchi belgiga bitta qo‘shimcha harf kiritilganligidadir. Natijada belgilar uzunligi jihatidan biroz farqlansa-da, harflarning asosiy tarkibi va ketma-ketligi bir xil bo‘lib qolmoqda.   Demak, bitta harf qo‘shilishi belgilarning grafik jihatdan adashtirib yuborish darajasidagi o‘xshashligini istisno qilmaydi.   3. Semantik o‘xshashlik: belgilar qanday ma’noni anglatadi? Semantik o‘xshashlik belgilar ifodalagan tushunchalar, g‘oyalar va ularning mazmunan yaqinligi asosida aniqlanadi. Misolimizdagi “TALVEX” va “TALAVEX” shartli ravishda yaratilgan, muayyan lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan nomlar sifatida olinmoqda. Shu sababli mazkur holatda semantik o‘xshashlikni aniqlash uchun asos mavjud emas. Asosiy e’tibor fonetik va grafik mezonlarga qaratiladi.   4. Belgilar necha foiz o‘xshash? Shartli tahliliy baholashda ushbu belgilar o‘rtasidagi fonetik va grafik o‘xshashlikni taxminan 80–85 foiz darajasida ifodalash mumkin. Biroq bu raqam rasmiy ekspertiza xulosasi emas. Amaldagi qonunchilik tovar belgilarining o‘xshashligini muayyan foiz bilan belgilamaydi.   Huquqiy jihatdan asosiy masala — iste’molchi belgilarni adashtirib yuborishi yoki ularni bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan bog‘liq ishlab chiqaruvchilarga tegishli deb qabul qilishi ehtimolidir.   5. Tovarlarning bir turga mansubligi qanday ahamiyatga ega? Bizning misolimizda ikkala belgi ham Tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifi (Nitsa tasnifi)ning 25-sinfiga — kiyim-kechak, poyabzal va bosh kiyimlarga nisbatan qo‘llanilishi nazarda tutilgan.   Masalan, “TALVEX” belgisi ostida sport kiyimlari sotilayotgan bo‘lsa, boshqa tadbirkor “TALAVEX” belgisi bilan o‘xshash sport kiyimlarini bozorga chiqarishi iste’molchida mahsulotlarning kelib chiqishi haqida yanglish tasavvur uyg‘otishi mumkin.   Demak, tovar belgisi yangi bo‘lishi uchun uning yozilishida farq mavjudligi yetarli emas. Yangi belgi avval ro‘yxatdan o‘tgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lmasligi ham kerak.    📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры1 430−5%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#1630Превью ссылки
Просмотры3 040+102%к среднему
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
#1629Текст
Просмотры1 660+10%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#1628Текст

Davlat bojini qaytarish uchun endi sudga borib ovora bo‘lish shart emas   O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi MySud portalida yangi – “Davlat bojini qaytarish” elektron xizmatini ishga tushirdi.   Endilikda sudga to‘langan davlat bojini qaytarish uchun sud binosiga borib, qog‘oz shaklida ariza topshirish talab etilmaydi. Murojaatni my.sud.uz portali orqali masofadan turib yuborish mumkin.   Xizmat orqali: – sudda ko‘rilmagan murojaat uchun to‘langan davlat bojini; – sud tomonidan qaytarilgan da’vo arizasi, ariza yoki shikoyat bo‘yicha to‘langan bojni; – qaytarilishi lozim bo‘lgan qoldiq summani olish yuzasidan elektron ariza berish mumkin.   Xizmatdan qanday foydalaniladi? 1️⃣ my.sud.uz portaliga kiriladi; 2️⃣ “Interaktiv xizmatlar” bo‘limidan “Davlat bojini qaytarish” xizmati tanlanadi; 3️⃣  OneID orqali shaxsiy kabinetga kiriladi; 4️⃣  tizim talab qilgan ma’lumotlar kiritilib, elektron ariza yuboriladi.   Davlat boji to‘g‘risidagi Qonunning 18-moddasiga ko‘ra, tegishli organ o‘z hisobvarag‘iga tushgan qismni ariza olinganidan keyin besh kun ichida qaytaradi. Davlat budjetiga o‘tkazilgan qismni qaytarish bo‘yicha qaror esa soliq organi tomonidan tegishli xabarnoma olinganidan keyin o‘n kun ichida qabul qilinadi.   Qisqasi, davlat bojini qaytarish jarayoni endi ancha qulaylashdi: sudga borish, navbat kutish va qog‘oz ariza topshirish o‘rniga murojaatni uydan yoki ish joyidan turib elektron yuborish mumkin.     📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры2 430+62%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#1627Текст

Quruvchi shartnomadagi kvartira o‘rniga boshqa kvartirani berishi mumkinmi?   Qurilayotgan uy uchun shartnoma tuzib, pulini to‘lagansiz. Shartnomada muayyan blok, qavat, kvartira va maydon ko‘rsatilgan. Biroq quruvchi keyinchalik: “Maydoni bir xil, boshqa blokdagi kvartirani beramiz”, demoqda. Bunga rozilik berish shartmi?   Yo‘q. Bir xil maydondagi kvartiralar huquqiy jihatdan aynan bir obyekt hisoblanmaydi.   Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga ko‘ra, majburiyat shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq bajarilishi kerak. Agar shartnomada H-blokdagi muayyan kvartira ko‘rsatilgan bo‘lsa, quruvchi aynan shu kvartirani topshirishi shart.   Ushbu kodeksning 237-moddasi esa majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishni taqiqlaydi. Demak, quruvchi xaridorning roziligisiz kvartiraning bloki, qavati, raqami yoki boshqa muhim belgilarini o‘zgartira olmaydi.   Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq, shartnoma, odatda, faqat taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartiriladi. Kodeksning 384-moddasi bo‘yicha esa bunday kelishuv dastlabki shartnoma bilan bir xil shaklda rasmiylashtirilishi kerak. Shu sababli xaridor boshqa kvartiraga rozi bo‘lsa ham, og‘zaki va’da yetarli emas – yozma qo‘shimcha kelishuv tuzilishi shart.   Boshqa kvartira avval boshqa shaxsga va’da qilingan bo‘lsa-chi?   Bunday kvartirani qabul qilishni tavsiya qilmaymiz. Fuqarolik kodeksining 393-moddasiga ko‘ra, oldi-sotdi munosabatlarida sotuvchi mol-mulkni uchinchi shaxslarning huquqlaridan xoli holda topshirishi shart. Boshqa fuqaro bilan tuzilgan shartnoma esa o‘sha shaxsning kvartiraga nisbatan talab qilish huquqini vujudga keltiradi.   Shuning uchun quruvchining “avvalgi masalani o‘zimiz hal qilamiz” degan og‘zaki va’dasiga ishonib hujjat imzolash tavsiya etilmaydi. Avvalgi shartnoma rasman bekor qilinishi yoki avvalgi xaridor, yangi xaridor va quruvchi o‘rtasida uch tomonlama kelishuv tuzilishi kerak.   Yangi kvartirani qabul qilishdan oldin quyidagilar tekshirilishi lozim: – avvalgi shartnoma rasman bekor qilinganmi; – kvartira boshqa shaxsga sotilmagan yoki va’da qilinmaganmi; – kvartira garovda, taqiqda yoki sud nizosida emasmi; – loyiha hujjatlarida kvartiraning raqami, maydoni va joylashuvi qanday ko‘rsatilgan; – qo‘shimcha kelishuvda yangi blok, qavat, kvartira raqami, maydoni, narxi va topshirish muddati aniq yozilganmi; – uchinchi shaxslar da’vosi yuzaga kelganda quruvchining javobgarligi belgilanganmi.   Ushbu masalalar hal qilinmasdan turib, dastlabki kvartiradan voz kechish, “e’tirozim yo‘q” mazmunidagi hujjat yoki yangi kvartirani qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik kerak.   Agar xaridor almashtirishga rozi bo‘lmasa, quruvchiga shartnomada ko‘rsatilgan kvartirani topshirish haqida yozma talab yuborishi mumkin. Talab bajarilmasa, sud orqali shartnomani asl holida bajarishni, shartnomani bekor qilib pulni qaytarishni, penya va zararni undirishni talab qilish mumkin. Fuqarolik kodeksining 324-moddasiga ko‘ra, majburiyatni bajarmagan qarzdor yetkazilgan zararni qoplashi shart. Shartnoma mazmunan oldindan haq to‘langan oldi-sotdi shartnomasi bo‘lsa, Kodeksning 420-moddasi asosida xaridor haqi to‘langan mol-mulkni topshirishni yoki pulini qaytarishni, 327-moddaga muvofiq esa tegishli foizlarni talab qilishga haqli.   Sudga murojaat qilganda nizoli kvartirani boshqa shaxsga sotish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni vaqtincha taqiqlash chorasi qo‘llanishini ham so‘rash zarur.     📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры1 450−4%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#1626Текст

O‘z hisobidan ta’til olgan xodim dekret puli ololmaydimi?   Xodimning ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga chiqqani homiladorlik va tug‘ish nafaqasini rad etish uchun asos bo‘lmaydi. Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko‘ra, ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun va tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun, tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilganda esa 70 kalendar kun ta’til berilib, qonunchilikda belgilangan miqdorda nafaqa to‘lanadi. MKning 215 va 241-moddalariga muvofiq, ish haqi saqlanmaydigan ta’til davrida xodimning ish o‘rni va lavozimi saqlanadi. Demak, o‘z hisobidan ta’tilga chiqish mehnat shartnomasini va mehnat munosabatlarini bekor qilmaydi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga 4-ilovada tasdiqlangan nizomning 7-bandiga ko‘ra, nafaqa olish uchun: 🔹 kamida 10 oy sug‘urta staji; 🔹 dekret boshlangan oydan oldingi so‘nggi olti oyda uzluksiz sug‘urta staji mavjud bo‘lishi kerak.   Mehnat shartnomasi saqlangan holda ish haqi to‘lanmagan davrlar sug‘urta stajining uzilishiga olib kelmaydi. O‘z hisobidan ta’til davri alohida sug‘urta oyi sifatida hisoblanmasligi mumkin, ammo xodimning oldingi sug‘urta stajini “kuydirmaydi”.   Masalan, xodim 2024-yil sentabrdan ishlab, 2026-yil mayda o‘z hisobidan ta’til olgan va 2026-yil sentabrda dekretga chiqqan bo‘lsa, uning mehnat shartnomasi bekor qilinmagan taqdirda nafaqani faqat may oyida ish haqi bo‘lmaganligi sababli rad etish qonuniy emas. Sug‘urta staji 10 oydan 24 oygacha bo‘lsa, nafaqa o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi miqdorida hisoblanadi.   Nafaqa rad etilsa, yozma qarorni talab qilish, YaMMTda mehnat shartnomasi va ta’til buyrug‘i, soliq tizimida esa ish haqi ma’lumotlari to‘g‘ri kiritilganini tekshirish kerak. Shundan so‘ng Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, shuningdek tuman adliya bo‘limiga yozma shikoyat qilish mumkin.     📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры1 800+20%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#1625Текст

32 MILLION SO‘MLIK ISH HAQI NIZOSI: SUD ISH BERUVCHINING VAJLARINI ASOSLI DEB TOPDI   Bo‘lim boshlig‘ining ruxsati bilan ishga kirganlik mehnat munosabatlari vujudga kelganini tasdiqlaydimi?   Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida ish beruvchi manfaatlarini himoya qilgan navbatdagi mehnat nizosini muvaffaqiyatli yakunladik.   Mazkur ishda Davlat mehnat inspeksiyasi fuqaro manfaatini ko‘zlab, korxonadan 32 million so‘m ish haqi undirish to‘g‘risida sudga da’vo kiritgan.   Da’vogarning vajiga ko‘ra, u korxona bo‘lim boshlig‘ining ruxsati asosida ishga qabul qilingan, biroq unga tegishli ish haqi to‘lanmagan.   Sud muhokamasida ish beruvchi manfaatlarini himoya qilib, quyidagi holatlarni asoslab berdik: 🔹 Korxona ustaviga muvofiq, xodimlarni ishga qabul qilish vakolati faqat direktorga tegishli bo‘lib, bo‘lim boshlig‘i bunday vakolatga ega emas. 🔹 Da’vogarning ishga qabul qilish haqidagi arizasi belgilangan tartibda kadrlar bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. 🔹 Taraflar o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan, ishga qabul qilish tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan. 🔹 Da’vogarga oid mehnat munosabatlari Yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT) qayd etilmagan. 🔹 Da’vogar o‘z talablarini, jumladan, ish haqi undirish uchun asos bo‘ladigan holatlarni yetarli dalillar bilan tasdiqlay olmagan.   Nizoning asosiy huquqiy masalasi Mehnat kodeksining 128-moddasini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘ldi.   Mazkur normaga ko‘ra, vakolatli shaxs tomonidan yoki uning ruxsati bilan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish mehnat munosabatlarini yuzaga keltirishi mumkin. Vakolatsiz shaxs tomonidan ishga qo‘yilgan taqdirda ham haqiqatda bajarilgan ish uchun haq to‘lash majburiyati yuzaga kelishi mumkin.   Shu sababli nizoni hal qilishda nafaqat ishga qabul qilish vakolati, balki da’vogarning haqiqatda ish bajargani va undirilishi talab etilayotgan ish haqining asoslari ham isbotlanishi lozim edi.   Sud ish davomida bildirilgan huquqiy vajlarimizni inobatga oldi va ish beruvchining pozitsiyasiga qo‘shilib, da’voni qanoatlantirmadi.   Mazkur sud ishi shuni ko‘rsatdiki, mehnat nizolarida ishga qabul qilish vakolatining mavjudligi, mehnat munosabatlarining vujudga kelish asoslari hamda da’vo talablarining dalillar bilan tasdiqlanganligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.   ⚖️ Yuristpro — huquqiy himoya va sud amaliyoti.   📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры1 610+7%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#1624Превью ссылки

​​CHQBT rahbarlarining farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi nega ishlamayapti?   Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan farzandlariga bazaviy to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida chegirma berish belgilangan.   Mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandiga ko‘ra: pedagog – ta’lim tashkilotida qonunchilikka muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan lavozimda kasbiy faoliyat yurituvchi shaxs.   Demak, 30 foizlik chegirmani olish uchun ikkita mezon bir vaqtda mavjud bo‘lishi kerak: – xodim ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ishlashi; – uning lavozimi Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi.   Adliya vazirligida 3849-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatining 452-pozitsiyasida “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari” pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozim sifatida aniq ko‘rsatilgan. Shunday ekan, CHQBT rahbarining lavozimi bo‘yicha hech qanday huquqiy noaniqlik yo‘q: ushbu lavozim 501-son qaror qo‘llanadigan lavozimlar jumlasiga kiradi.   Buni Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori ham tasdiqlaydi. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 38-bandiga ko‘ra, CHQBT rahbarining pedagogik ish stajiga Qurolli Kuchlar tizimida o‘tagan haqiqiy harbiy xizmat muddati qo‘shiladi. Nizomning 39-bandida esa CHQBT rahbarlariga ta’lim muassasalaridagi boshqa fan o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar tatbiq etilishi belgilangan.   Biroq kontrakt.edu.uz tizimida ayrim arizalar: “Otangizning ish joyi – Mudofaa ishlari bo‘limi chegirma beriladigan tashkilotlar ro‘yxatida yo‘q”, degan sabab bilan rad etilmoqda.   Bu yerda tizim xodimning lavozimini emas, uning mehnat tizimida ko‘rsatilgan ish beruvchisini asos qilib olmoqda. Ya’ni CHQBT rahbari pedagogik lavozimda faoliyat yuritayotgani tan olinmoqda, ammo ish beruvchi sifatida Mudofaa ishlari bo‘limi ko‘rsatilgani sababli imtiyoz qo‘llanmayapti.   CHQBT rahbarlarining ish beruvchisi Mudofaa vazirligi tizimidagi mudofaa ishlari bo‘limi bo‘lishi mumkin. Bunday holatda 501-son qarorning so‘zma-so‘z talqini bo‘yicha muammo yuzaga keladi. Chunki xodimning lavozimi tegishli ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa-da, uning ish beruvchisi ta’lim tashkiloti hisoblanmaydi.   Ayni vaqtda 591-son qarorning 39-bandi CHQBT rahbarlariga boshqa fan o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar tatbiq etilishini belgilagan. Shu sababli faqat ish haqi Mudofaa vazirligi tizimi orqali to‘lanayotgani yoki ish beruvchi sifatida Mudofaa ishlari bo‘limi ekanligi vajidan 30 foizlik chegirmani rad etish ushbu kafolatning mazmuniga mos kelmaydi.   Demak, “CHQBT rahbarlariga 30 foizlik chegirma umuman berilmaydi” degan xulosa noto‘g‘ri. CHQBT rahbari: – pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan; – uning faoliyati pedagogik faoliyat sifatida e’tirof etilgan; – unga boshqa fan o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar tatbiq etilishi belgilangan.   Muammo CHQBT rahbarining pedagogik maqomida emas, 501-son qarorda imtiyozni ta’lim tashkilotida tuzilgan mehnat shartnomasiga bog‘lab qo‘yilgani hamda elektron tizimda Mudofaa ishlari bo‘limlari chegirma qo‘llanadigan tashkilotlar qatoriga kiritilmaganidadir.   Shu sababli ta’lim muassasasida CHQBT fanidan pedagogik faoliyat yuritayotgan, ammo shtat Mudofaa vazirligi tizimida qayd etilgan CHQBT rahbarlari ham 30 foizlik chegirmadan foydalanishi uchun 501-son qarorga aniqlik kiritilishi yoki platformadagi tekshirish mezonlari 591-son qarorning 39-bandiga muvofiqlashtirilishi kerak.   Qonunchilik bir tomondan CHQBT rahbariga boshqa o‘qituvchilarning barcha imtiyozlarini berib, ikkinchi tomondan elektron tizim orqali ushbu imtiyozdan foydalanishni cheklab qo‘ymasligi lozim. ➡️ @yurist_imomniyozov

Открыть в Telegram
Просмотры4 330+188%к среднему
Пересылки—
Реакции5
Комментарии—
#1623Текст

Psixologlar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi bormi? Bu masalada turli normativ-huquqiy hujjatlarda “pedagog” tushunchasi bir xil qo‘llanilmagani sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda.   Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar alohida guruhlarga ajratilgan. Unga ko‘ra, psixolog pedagog xodim emas, balki mutaxassis xodim hisoblanadi.   Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarorida ham umumta’lim maktablarining ta’lim sifati natijalariga qarab ustama oladigan pedagog kadrlar doirasida psixologlar nazarda tutilmagan.   Biroq pedagoglar farzandlariga kontrakt bo‘yicha 30 foizlik chegirma berishda boshqa – maxsus qoida amal qiladi.   Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda: pedagog – ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan lavozimda kasbiy faoliyat yurituvchi shaxs, deb belgilangan.   Mazkur qaror pedagog maqomini aniqlashda bevosita Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga havola qilmoqda.   Adliya vazirligida 3849-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu ro‘yxatning: 🔹 298-pozitsiyasida – “Ta’lim tashkilotlari psixologi”; 🔹 449-pozitsiyasida – “Ta’lim sohasi psixologi, sport psixologi” lavozimlari keltirilgan.   Demak, ta’lim tashkilotida psixolog lavozimida asosiy ish joyi bo‘yicha mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxs Vazirlar Mahkamasining 501-son qarori doirasida pedagog hisoblanadi. Shuning uchun uning farzandi qarorda belgilangan boshqa shartlarga ham javob bersa, davlat oliy ta’lim tashkiloti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bazaviy kontrakt summasiga 30 foizlik chegirmadan foydalanishi mumkin.   Bu yerda muhim jihat shundaki, psixolog barcha mehnat va ta’lim munosabatlarida pedagog deb e’tirof etilmaydi. U faqat 501-son qarorda pedagog maqomini aniqlash uchun tegishli ro‘yxatga havola qilinganligi sababli aynan 30 foizlik kontrakt chegirmasi munosabatida pedagog hisoblanadi. Ushbu qoida boshqa ustama, toifa, attestatsiya yoki mehnatga haq to‘lash munosabatlariga bevosita tatbiq etilmaydi.   Chunki: 🔹 VM 867-son qaror bo‘yicha psixolog – mutaxassis xodim; 🔹 VM 263-son qaror bo‘yicha psixolog pedagoglar uchun belgilangan ustama subyekti emas.   Bu holat to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy kolliziyadan ko‘ra, normativ hujjatlarda “pedagog” tushunchasi doirasining turlicha belgilanganini ko‘rsatadi. Har bir qarorda bir xil atamaning boshqa-boshqa mazmunda qo‘llanishi fuqarolarni ham, ta’lim tashkilotlari va elektron platformalarni ham chalg‘itmoqda.   Shu sababli pedagog, mutaxassis xodim va pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar tushunchalarini qonunchilikda birxillashtirish, umumiy mezonlarni belgilash hamda alohida imtiyoz yoki ustama uchun istisno mavjud bo‘lsa, uni hujjatda ochiq ko‘rsatish maqsadga muvofiq. 📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры1 970+31%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#1622Текст

Peshlavha reklama emas: maqolada ko‘tarilgan muammo qonunchilikda yechim topdi   2026-yil 29-aprelda Kun.uz saytida e’lon qilingan “Peshlavha – reklama emas. Mojaroga kengroq nazar” nomli maqolamizda tadbirkorning o‘z faoliyat joyida o‘rnatgan nomi, brendi va faoliyat turi haqidagi peshlavha reklama emas, balki uni identifikatsiya qiluvchi axborot ekanini ta’kidlagan edik. Shuningdek, peshlavha bilan reklamani ajratishning aniq mezonlarini qonunchilikda belgilashni taklif qilgan edik.   Oradan qariyb olti oy o‘tib, mazkur masala qonunchilik darajasida o‘z yechimini topdi.   Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 563-son qarori 1-ilovasining 34-bandi bilan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori yangi 10¹-band bilan to‘ldirildi. Qaror 2026-yil 15-oktabrdan kuchga kirdi. Yangi qoidaga ko‘ra, tadbirkorlik subyekti o‘zi egallab turgan bino yoki inshootning tashqi tomonida joylashtirgan quyidagi axborotlar tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi: – tadbirkorlik subyektining nomi; – uning faoliyat turi yoki ixtisosligi; – firma nomi; – tovar belgisi; – xizmat ko‘rsatish belgisi.   Bunda peshlavha, axborot vositasi yoki konstruksiyasining soni va o‘lchami ahamiyatga ega emas. Mazkur axborot vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish ham talab qilinmaydi.   “Egallab turgan bino yoki inshoot” deganda faqat tadbirkorning mulkidagi obyekt tushunilmaydi. Tadbirkor bino yoki inshootdan ijara, tekin foydalanish yoxud boshqa qonuniy asosda foydalanayotgan bo‘lsa ham, mazkur qoida qo‘llanadi.   Avvalgi amaliyotda peshlavhaning maydoni 1 kvadrat metrdan oshgani uning tashqi reklama obyekti sifatida baholanishiga sabab bo‘layotgan edi. Natijada oddiy firma nomi yoki brend belgisi uchun ham reklama joyi pasportini olish va tegishli yig‘imlarni to‘lash talab qilinardi.   Yangi norma bu masalaga aniqlik kiritdi: agar peshlavhada faqat tadbirkorning nomi, faoliyat turi, firma nomi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisi aks ettirilgan bo‘lsa, uning katta o‘lchamda ekanligi yoki bir nechta joyda o‘rnatilgani uni reklamaga aylantirmaydi.   Biroq bu peshlavhalar endilikda hech qanday talabga bo‘ysunmaydi, degani emas. Ularni joylashtirishda: – bino mulkdorining roziligi; – qurilish va texnik xavfsizlik talablari; – shaharsozlik va arxitektura qoidalari; – madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish talablari; – tegishli hudud uchun tasdiqlangan dizayn-kod saqlanib qoladi. Yangi qaror peshlavhani aynan tashqi reklama sifatida baholash va unga reklama joyi pasportini talab qilish masalasini hal qildi.   Shuningdek, peshlavhada “eng arzon”, “50 foiz chegirma”, “hoziroq xarid qiling”, “maxsus aksiya” kabi iste’molchini mahsulot yoki xizmatga jalb qilishga qaratilgan tijoriy axborot joylashtirilsa, u oddiy identifikatsion peshlavha doirasidan chiqib, reklama sifatida baholanishi mumkin.   Demak, 2026-yil 15-oktabrdan boshlab vakolatli organlar firma nomi, faoliyat turi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisi aks etgan peshlavhani faqat uning o‘lchami 1 kvadrat metrdan kattaligi sababli tashqi reklama deb topishi va reklama joyi pasportini talab qilishi mumkin emas.   Maqolamizda ilgari surilgan asosiy g‘oya – tadbirkorni identifikatsiya qiluvchi peshlavha reklama emasligi haqidagi yondashuv endilikda normativ qoida sifatida mustahkamlandi.        📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры1 730+15%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#1621Текст

Uyda yakka tartibda ta’lim bergan o‘qituvchiga sertifikat ustamasi to‘lanadimi? Ayrim hollarda buxgalteriya uyda yakka tartibda o‘tilgan darslar uchun sertifikat ustamasi to‘lanmasligini aytmoqda. Bunday yondashuv amaldagi tartibga mos kelmaydi. “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (3271 ro‘yxat raqami) ning 20-bandiga ko‘ra, uyda yakka tartibda mashg‘ulot olib borayotgan o‘qituvchiga taqsimlangan dars soatlari va ular bo‘yicha tarif stavkasi tarifikatsiya ro‘yxatiga kiritiladi. Mazkur nizomning 23-bandida esa uyda yakka tartibda mashg‘ulot olib boradigan o‘qituvchiga haq to‘lash bazaviy tarif stavkasi hamda amalda o‘tilgan dars soatlaridan kelib chiqib hisoblanishi belgilangan. Bundan tashqari, bunday darslar uchun o‘qituvchining tarif stavkasiga qo‘shimcha ravishda oyiga 50 foiz to‘lov amalga oshiriladi. Demak, uyda yakka tartibda o‘tiladigan darslar tarifikatsiyadan tashqaridagi yoki oddiy bir martalik xizmat emas. Ular o‘qituvchining tarifikatsiya ro‘yxatida alohida ko‘rsatiladigan va ish haqi hisoblanadigan dars soatlaridir. “Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (3515 roʻyxat raqami) ning 4-bobida sertifikat ustamasi qo‘llanadigan umumta’lim fanlari va sertifikatlar belgilangan. Ushbu bob izohining 8-bandiga ko‘ra, o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha tegishli sertifikatga ega o‘qituvchilarga, shu jumladan soatbay, o‘rindosh va stajyor o‘qituvchilarga ham har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi nazarda tutilgan. Mazkur hujjatda ustama faqat maktab binosida yoki sinfda o‘tilgan darslar uchun to‘lanishi haqida cheklov mavjud emas. Asosiy shartlar – sertifikat o‘qituvchi dars beradigan fanga mos bo‘lishi, 3515-son ro‘yxatda nazarda tutilgan eng kam darajaga javob berishi va amal qilish muddati tugamagan bo‘lishidir. Shu sababli fan o‘qituvchisining uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga o‘tadigan darslari tarifikatsiyaga kiritilgan bo‘lsa, ushbu soatlar uchun ham sertifikat ustamasi hisoblanishi kerak. Agar buxgalteriya uyda o‘tilgan darslar uchun sertifikat ustamasini hisoblamagan bo‘lsa, o‘qituvchi maktab direktoriga va markazlashgan hisobxonaga yozma ariza berib, tarifikatsiyaga kiritilgan soatlar bo‘yicha ish haqini qayta hisoblashni talab qilishi mumkin.       📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры2 250+50%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#1620Превью ссылки
Просмотры1 860+24%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#1619Текст

Ish stajiga ega bo‘lmaganlarga pensiya beriladimi?   Ko‘pchilik pensiya yoshiga yetgan har bir fuqaro pensiya oladi, deb hisoblaydi. Aslida pensiya yoshiga yetishning o‘zi yetarli emas – qonunda belgilangan ish staji ham mavjud bo‘lishi kerak.   “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, yoshga doir pensiya olish uchun: 🔹 erkak 60 yoshga to‘lgan va kamida 25 yil ish stajiga; 🔹 ayol 55 yoshga to‘lgan va kamida 20 yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak.   Agar ushbu staj to‘liq bo‘lmasa-chi? Qonunning 8-moddasiga muvofiq, fuqaroning kamida 7 yil pensiya staji mavjud bo‘lsa, unga bor stajiga mutanosib ravishda yoshga doir pensiya tayinlanadi. Demak: ▪️ 20 yil stajga ega ayolga – umumiy tartibda pensiya; ▪️ 7 yildan 20 yilgacha stajga ega ayolga – bor stajiga mutanosib pensiya; ▪️ 7 yildan kam stajga ega ayolga – yoshga doir pensiya tayinlanmaydi. Bola tarbiyalagan davr stajga qo‘shiladimi?   Qonunning 37-moddasiga ko‘ra, bola 3 yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrlar jami 6 yilgacha ish stajiga qo‘shilishi mumkin.   Biroq buning uchun fuqaroning mehnat, tadbirkorlik yoki ijtimoiy soliq to‘langan boshqa faoliyatdan kamida 7 yillik asosiy ish staji bo‘lishi kerak. Masalan, ayol faqat 3 yil ishlagan bo‘lsa, bola parvarishlagan yillarni qo‘shib, uning stajini 7 yilga yetkazib bo‘lmaydi. Shuningdek, 4 nafar farzandni voyaga yetkazganlikning o‘zi alohida pensiya imtiyozini bermaydi.   Pensiya tayinlanmasa, fuqaro umuman to‘lovsiz qoladimi?   Yo‘q. Pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir nafaqa beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qaroriga muvofiq, yoshga doir nafaqa: ▪️ ayollarga 60 yoshdan; ▪️ erkaklarga 65 yoshdan; ▪️ bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor yoki bo‘lgan onalarga 55 yoshdan tayinlanadi.   2026-yil 1-iyuldan zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 878 000 so‘m etib belgilangan. Nafaqa olish uchun Davlat xizmatlari markazi, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi yoki my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin.   Xulosa qilib aytganda, 7 yildan kam ish stajiga ega shaxsga yoshga doir pensiya tayinlanmaydi. Bunday fuqaro qonunda belgilangan yoshga yetgach, pensiya emas, yoshga doir nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.      📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры2 320+54%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#1618Текст

Quruvchi bilan tuzilgan shartnomani boshqa shaxs nomiga o‘tkazish mumkinmi?   Uy-joy uchun pulni boshqa shaxs, masalan, ota-ona, aka-uka yoki tog‘a to‘lagan bo‘lishi mumkin. Biroq pulni kim to‘lagani shartnoma bo‘yicha huquq egasini o‘z-o‘zidan o‘zgartirmaydi. Quruvchi bilan tuzilgan shartnomada kim xaridor, buyurtmachi yoki ulushdor sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, huquq va majburiyatlar dastlab o‘sha shaxsga tegishli bo‘ladi.   Shartnomani boshqa shaxs nomiga o‘tkazish mumkin, lekin buning uchun, avvalo, shartnoma shartlarini o‘rganish zarur.   Agar shartnomada huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxsga o‘tkazish uchun quruvchining yozma roziligi olinishi belgilangan bo‘lsa, bu talabga rioya qilish shart. Bunday vaziyatda shartnomani bir tomonlama ariza yoki o‘zaro tilxat bilan boshqa shaxs nomiga o‘tkazib bo‘lmaydi.   Fuqarolik kodeksining 313-moddasiga ko‘ra, shartnomadan kelib chiqadigan talab qilish huquqi boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin. Umumiy qoida bo‘yicha buning uchun qarzdorning roziligi talab qilinmaydi. Biroq qonun yoki shartnomada qarzdorning roziligi nazarda tutilgan bo‘lsa, huquqni o‘tkazishda ushbu talab bajarilishi kerak.   Masalan, quruvchi bilan tuzilgan shartnomada “huquqlar faqat quruvchining yozma roziligi bilan boshqa shaxsga o‘tkaziladi” degan shart mavjud bo‘lsa, quruvchining roziligisiz tuzilgan kelishuv shartnomaga zid hisoblanadi.   Agar yangi shaxsga faqat kvartirani talab qilish huquqi emas, balki shartnoma bo‘yicha majburiyatlar ham o‘tkazilsa, Fuqarolik kodeksining 322-moddasi qo‘llaniladi. Mazkur moddaga ko‘ra, qarzni yoki majburiyatni boshqa shaxsga o‘tkazish faqat kreditorning, ya’ni bu holatda quruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.   Shu sababli eng maqbul tartib – dastlabki ishtirokchi, yangi ishtirokchi va quruvchi o‘rtasida uch tomonlama qo‘shimcha kelishuv tuzishdir. Unda: – dastlabki ishtirokchining huquq va majburiyatlari yangi ishtirokchiga o‘tishi; – yangi ishtirokchining ularni to‘liq qabul qilishi; – dastlabki ishtirokchining shartnomaviy majburiyatlardan ozod qilinishi; – kvartira, to‘langan summa va qolgan majburiyatlar; – qo‘shimcha kelishuvning kuchga kirish sanasi aniq ko‘rsatilishi kerak.   Fuqarolik kodeksining 320-moddasiga ko‘ra, talab qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish dastlabki bitim tuzilgan shaklda rasmiylashtiriladi. Demak, asosiy shartnoma yozma shaklda tuzilgan bo‘lsa, huquq va majburiyatlarni o‘tkazish haqidagi kelishuv ham yozma shaklda tuzilishi lozim.   Agar mulk huquqi hali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, shartnoma shartlari va quruvchining roziligidan kelib chiqib, talab qilish huquqi hamda tegishli majburiyatlarni yangi ishtirokchiga o‘tkazish mumkin.     📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры2 260+50%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#1617Текст
Просмотры1 970+31%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#1616Текст

O‘QUVCHI DARSGA TELEFON ISHLATSA, O‘QITUVCHI JAVOBGARMI?   Ayrim maktablarda “dars vaqtida o‘quvchi telefon ishlatsa yoki darsliksiz o‘tirsa, fan o‘qituvchisi javobgar bo‘ladi” degan talab qo‘yilmoqda. Bunday talabni barcha holatlarda bir xil qo‘llash qonunchilikka mos emas.   O‘quvchi telefon ishlatishi mumkinmi?   Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 7–8-bandlariga ko‘ra, o‘quvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin telefonini o‘chirib, sumkasiga solib qo‘yishi shart. Dars vaqtida telefonda gaplashish, xabar yozish, internetdan foydalanish, musiqa tinglash, suratga yoki videoga olish taqiqlanadi.   Nizomning 13-bandida ushbu talablarni buzgan o‘quvchiga nisbatan ogohlantirish, kundaligiga yozish, ota-onasini xabardor qilish yoki maktabga chaqirish kabi choralar belgilangan. Demak, telefon ishlatish bilan bog‘liq qoidabuzarlikning bevosita subyekti – o‘quvchi.   Shu bilan birga, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-son buyrug‘i 4-ilovasi 9-bandiga ko‘ra, o‘quvchilarning telefondan foydalanish qoidalariga rioya etishini barcha pedagoglar, jumladan fan o‘qituvchilari nazorat qilishi kerak.   Agar o‘quvchi ogohlantirilganidan keyin ham telefon ishlatishda davom etsa, uning telefoni fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari hamda psixolog yoki inspektor-psixolog ishtirokida olib qo‘yilib, maktab direktori va ota-onasi xabardor qilinadi.   Demak, o‘qituvchining vazifasi – qoidabuzarlikni nazorat qilish, o‘quvchini ogohlantirish va belgilangan tartibda chora ko‘rish. Biroq o‘quvchining telefon ishlatgani videokuzatuvda qayd etilganining o‘zi o‘qituvchini aybdor deb topish uchun yetarli emas. O‘qituvchining qoidabuzarlikni bilib turib choralar ko‘rmagani ham isbotlanishi kerak.   Bundan tashqari, yuqoridagi Nizomning 16-bandida telefonlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maktab direktori va uning o‘rinbosarlari zimmasiga ham yuklatilgan. Shu sababli barcha mas’uliyatni faqat fan o‘qituvchisiga yuklash mumkin emas.   O‘qituvchiga qachon intizomiy jazo berilishi mumkin?   MMTV 18-son buyrug‘ining 5-ilovasiga ko‘ra, o‘qituvchiga intizomiy jazo faqat uning mehnat shartnomasi, lavozim yo‘riqnomasi yoki tasdiqlangan ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan aniq majburiyatni aybli ravishda bajarmagani isbotlanganda qo‘llanadi.   Jazo qo‘llashdan oldin o‘qituvchidan yozma tushuntirish olinishi va qaror maktab direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilishi shart. Telegram guruhidagi xabar tashkiliy ko‘rsatma yoki eslatma bo‘lishi mumkin, ammo uning o‘zi yangi javobgarlik turini belgilamaydi va o‘qituvchini jazolash uchun yetarli huquqiy asos hisoblanmaydi.   Xulosa qiladigan bo‘lsak, fan o‘qituvchisi darsda tartibni va telefon ishlatmaslik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishi shart. Ammo o‘quvchining telefon ishlatishi uchun o‘qituvchini barcha holatlarda aybdor deb hisoblash hamda javobgarlikni faqat uning zimmasiga yuklash qonunchilikka muvofiq emas.   📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры2 630+75%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#1615Текст

O‘RINDOSH O‘QITUVCHIGA HAM 50 FOIZ SERTIFIKAT USTAMASI TO‘LANADIMI? Ona tili va adabiyoti fanidan B+ darajadagi milliy sertifikatga ega o‘qituvchi boshqa maktabda o‘rindoshlik asosida yoki soatbay dars bersa, unga ham sertifikat ustamasi to‘lanishi kerak. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Adliya vazirligida 3515-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qaroriga ko‘ra, ona tili va adabiyoti bo‘yicha ustama olish uchun milliy sertifikatning eng kam darajasi B+ etib belgilangan. Mazkur Ro‘yxat 4-bobi izohining 8-bandida ustama o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha sertifikatga ega pedagog xodimlarga, shu jumladan: 🔹 soatbay ishlayotgan o‘qituvchilarga; 🔹 o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilarga; 🔹 stajyor o‘qituvchilarga; 🔹 dars berayotgan direktor va direktor o‘rinbosarlariga ham to‘lanishi belgilangan. Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmoni 12-bandiga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyoti fanidan tegishli milliy sertifikatga ega pedagoglarga tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama to‘lanadi. Demak, o‘qituvchining asosiy xodim emasligi yoki boshqa maktabda o‘rindosh bo‘lib ishlashi ustamani rad etish uchun asos bo‘lmaydi. Buning uchun: — sertifikat amalda bo‘lishi; — uning darajasi kamida B+ bo‘lishi; — o‘qituvchi aynan sertifikat tegishli bo‘lgan fandan dars berishi kerak. Biroq o‘rindosh o‘qituvchiga ustama to‘liq bir stavka uchun emas, uning o‘rindoshlik asosidagi dars yuklamasi va tegishli tarif stavkasidan kelib chiqib hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda B+ darajadagi milliy sertifikatga ega ona tili va adabiyoti o‘qituvchisiga o‘rindoshlik yoki soatbay ishlayotganligi sababli 50 foizlik ustamani to‘lamaslik qonunchilikka zid. 📲 Telegram | Instagram | Veb-sayt

Открыть в Telegram
Просмотры2 820+88%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—