⚡️O‘zbekistonlik yana bir startap dunyoning eng nufuzli akseleratori — Y Combinator dasturiga qabul qilindi!
O‘zbekistonlik yosh tadbirkorlar xalqaro startap maydonida tobora katta natijalarga erishmoqda. Buning navbatdagi isboti — Husan Mavlonov asos solgan Defex Robotics startapining Y Combinator akseleratoriga qabul qilinishi.
Husan Mavlonov, shuningdek, San-Fransiskodagi Yoshlar Ventures rezidenti hisoblanadi.
Bu Y Combinator dasturiga qabul qilingan uchinchi o‘zbekistonlik startap. Bungacha Speko (S26) va Twolabs (P26) ham ushbu nufuzli akselerator ishtirokchilariga aylangan edi.
Defex Robotics ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishga ixtisoslashgan. Startap zavodlarda elektr ulagichlarini o‘rnatish, ularning mustahkamligini tekshirish hamda sinov natijalarini qayd etish imkonini beruvchi robototexnika yechimlarini ishlab chiqmoqda.
Y Combinator — Airbnb, Dropbox va Stripe kabi global kompaniyalarning rivojlanishiga yordam bergan dunyodagi yetakchi startap akseleratorlaridan biri.
Husan Mavlonov va uning jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!
O‘zbekistonlik yoshlarning g‘oyalari nafaqat mahalliy, balki global bozorda ham o‘z o‘rnini topmoqda.
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt