RESPUBLIKA MAYDONIDA — BIRINCHI! NAMDTU JAMOASI OLTIN MEDAL SOHIBI! Namangan davlat texnika universiteti talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqichida voleybol sport turi boʻyicha yuksak natijaga erishdi. Xorazm viloyatida, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi voleybol bellashuvlarida NamDTU jamoasi raqiblaridan ustun kelib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi! Bir necha kun davom etgan keskin bahslarda jamoamiz aʼzolari yuqori sport mahorati, maydondagi oʻzaro hamjihatlik, taktik tayyorgarlik va gʻalabaga boʻlgan qatʼiy irodasini namoyon etdilar. Har bir uchrashuvdagi kurash, har bir ochko uchun masʼuliyat va jamoaviy birdamlik yakunda chempionlik bilan yakunlandi. Bu natija universitetda talabalar sportini rivojlantirish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va iqtidorli sportchilarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarning samarali natijasidir. NamDTU — Respublika chempioni! Universitetimiz shaʼnini munosib himoya qilgan chempionlarimizni, ularning murabbiylari va jamoa bilan ishlagan barcha masʼullarni ushbu katta muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz! Yangi gʻalabalar bardavom boʻlsin!
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 167 |
| 5 ч | 234 |
| 7 ч | 245 |
- Через 1 час167
- Через 6 часов234
- Всего сейчас245








