🎁Bonus retseptlar qatoridan🎁 Zakvaskali buxankadan mazasi og'izda qoladigan kiriyeshki 🍞🧄 BismilLah * 1 ta Zakvaskali buxanka. * 2 bo'lak sarimsoq. * 20 gr Zaytun yog'i. * 0.5 choy qoshiq kurkuma. * Ozgina sumac. * Ozgina kopchonniy paprika. * Ozgina quritilgan rayhon yoki Za'taar. * 0.5 choy qoshiq Himolay tuzi. ● Zakvaskali buxankani o'zimizga qulay va chiroyli shaklda to'g'rab olamiz. ● Qizdirilgan pechga 180* darajada 20 - 25 daqiqaga qo'yamiz. ● Mazali va foydali sous uchun idishga sarimsoqni mayda tishli tyorkadan o'tkazib olamiz. ● Ustidan zaytun yog‘i, kurkuma, sumac, quritilgan rayhon solib, yaxshilab aralashtirib qo'yamiz. ● Ozgina qizarib, qurigan nonni issiqligida idishga solamiz va ustidan tuz va zaytun yog‘li sousni sitodan o'tkazib solamiz. ● Yaxshilab aralashtiramiz va sovushini kutamiz. ☆ Judayam oson, mazali, foydali, tabiiy kiriyeshkilar tayyor☆ Alloh oilangizga baraka va mustahkam sog'lik bersin 🍃 Sizlar uchun Ummu Maryam (Marhabo) 🍃 Telegram 📌
Открыть в TelegramПосты канала Marhabo I Bread House
Farzandingiz qo‘liga berayotgan, yo‘lda, maktabda, televizor ko‘rib o‘tirganda maza qilib yeydigan shu kichkina suxariklar uning organizmiga nimalar olib kirayotganini bilasizmi? Biz ko‘pincha bolalarimizning qorni to‘q bo‘lishiga e’tibor beramiz. Ammo ularning organizmiga qanday mahsulotlar kirayotganiga ham shunchalik e’tibor beramizmi? Keling, bir o‘ylab ko‘raylik… 📌 Do‘konlarda sotiladigan ko‘plab kiriyeshkilar tarkibida: - Oqartirilgan yoki qayta ishlangan un; - Turli xil o‘simlik yog'lari; - Ko‘p miqdorda tuz; - Ta’m kuchaytirgichlar; - Sun’iy aromatizatorlar; - Turli oziq-ovqat qo‘shimchalari bo‘lishi mumkin. Albatta, har bir mahsulotning tarkibi har xil. Aynan mana shu mahsulotning to‘liq tarkibini esa qadoqning orqa tomonidan tekshirish kerak. Lekin bir narsani unutmaylik: bolalarimizning ta’m bilish odati ham aynan bolalikdan shakllanadi. Doim kuchli ta’m, ko‘p tuz va turli ziravorlarga o‘rgangan bola oddiy, tabiiy mahsulotlarning mazasini kamroq yoqtirib qolishi mumkin. Biz esa farzandlarimizga sog‘lom ovqatlanish madaniyatini o‘rgatishni istaymiz. Xo‘sh, bolalarimiz yaxshi ko‘radigan mazali narsalardan butunlay voz kechishimiz kerakmi? Yo‘q.... Menimcha, eng yaxshi yo‘l — sevimli yeguliklarni foydaliroq, uy sharoitida tayyorlangan muqobilini topish. Shu sababli men uyda tayyorlangan tabiiy zakvaskali buxankadan ajoyib kiriyeshkilar tayyorlashni boshladim. Oddiy do‘kon noni emas, o‘zim uyda pishirgan - tirik zakvaskada qorilgan, uzoq vaqt sovuq fermentatsiyadan o‘tgan non bilan. 🧄 Ustiga esa o‘zimiz tanlagan sifatli zaytun yog‘, sarimsoq va tabiiy ziravorlar. Hech qanday tayyor ta’m kuchaytirgich aralashmasi shart emas. Tarkibidagi har bir masalliq o‘z nazoratimiz ostida! Natijasi esa… Maza og‘izda qoladigan, qarsildoq, xushbo‘y, ishonchli kiriyeshkilar 🍃 Sizlar uchun Ummu Maryam (Marhabo) 🍃
Открыть в TelegramSarimsoqli zaytun yog'i 🧄 Sarimsoqni mayda tishli tyorkadan o'tkazib, zaytun yog'i bilan aralashtirib, o'zingizga qulay shisha bankaga solib, 2 soat xona xaroratida qoldiramiz. 2 soatdan so'ng ishlatish mumkin. Saqlash uchun salqin joy yoki xolodilnikda saqlash foydali. Telegram 📌
Открыть в TelegramGarlic oil - Sarimsoq yog'i - tabiiy immunomodulyatordir. Ota bobolarimiz shamollash yoki yallig’lanishda sarimsoq ishlatishgani bejizga emas. Hatto o’rta asrlarda og’ir ishda ishlaydiganlar immunitetini baquvvatlash va kasalliklardan saqlash uchun ularga doimiy sarimsoq berishgan. 🫁 Sarimsoq yog'i virus va bakteriyalarning turli shtammlariga qarshilik ko'rsatadigan maxsus oqsillar va moddalarni o'z ichiga oladi. Sarimsoq mikroorganizmlarga antibiotik sifatida ta'sir ko'rsatadigan fitontsidlar tufayli shamollash davrida katta yordam beradi. Muhimi, ichak mikroflorasi zarar ko'rmaydi. Sarimsoq difteriya, dizenteriya va qo'ziqorinlarga qarshi faol ishlaydi. 🦠 Sarimsoq yog'i kurashadigan kasalliklar ro'yxati juda keng: - o'tkir respirator kasalliklar, gripp; - bakterial infektsiyalar; - vitamin va zarur moddalar yetishmasligi; - zaif immunitet; - muammoli bo'g'inlar; - yuqori qon bosimi; - parazitlar; - saraton kasalligi oldini olish; - yurak-qon tomir tizimi, yurak kasalliklari; - qon tomirlari kasalliklari; - erkaklar reproduktiv tizimining muammolari. Umumiy qilib aytganda, agar bemorda sarimsoqqa nisbatan individual allergiya yoki ta’sirchanlik bo’lmasa, ushbu mahsulot virus va infeksiyada ulkan yordam beradi. Tanga darmoningiz bo'lsin 🍃 Sizlar uchun Xalq tabobati xazinasidan Ummu Maryam (Marhabo) 🍃
Открыть в TelegramАллоҳ Таоло: "Улар йиғлаган ҳолларида юзлари билан йиқилурлар ва (Қуръон) уларнинг ҳокисорликларини зиёда қилур". (Исро сураси, 109- оят). Абу Бурдадан ривоят қилинади: Яманлик бир киши онасини елкасида кўтариб, Каъбани тавоф қилдира туриб Ибн Умар розияллоҳу анҳудан: «Эй Ибн Умар, нима дейсиз, онамнинг ҳаққини адо қилдимми?», деб сўради. Ибн Умар розияллоҳу анҳу: «Битта тўлғоқ ҳаққини ҳам адо этмадинг» деб жавоб бердилар. (Саҳиҳул-адабил-муфрад: 8). Telegram 📌
Открыть в TelegramAyol qilgan ishni ayol qila oladi. Sizlarga zo'r motivatsiya - Opa Singliz, yaqin dugonangiz yoki qarindoshingiz bilan o'rtada ikki kishi pul tashlab, Zakvaskali nonlar bo'yicha Online Master Class ga qo'shilib, o'qib, o'zingiz uchun yangi hunar, bilim eshiklarini ochishingiz mumkin. Oddiylikdan professionallikkacha birgalikda qadam tashlab, xarakat qilish imkoniyati - Sizlar uchun.
Открыть в TelegramXolis tavsiya: Bizni o'zbek ayollarimiz ko'pchiligi uy bekalari Alloh baraka bersin xammelaga ammo, o'zilani ustilada ishlab, yangi bilim, hunar egasi bo'lishga xarakat qilila. Allohga tavakkal qilib, 1 qadam tashlasela, Alloh Silaga 2 qadam yaqin qiladi BiiznilLah Usha orzu - niyatlar uchun xarakat, duo va sabr eng muhimi 🍃 Natijasi judayam go'zal bo'ladi in sha Allah 🍃
Открыть в TelegramBunisi esa kutilmagan xadya bo'ldi Mahfuzahon dan tabiiy Retinol - tarkibi Ma sha Allah Allohumma Barik 🍃 Alloh barakalarini, rahmatlarini yog'dirib qo'ysin Mahfuzahon mehnatlariz eng go‘zal rohatladan bo'lsin 🤲🏻 Alloh darajalarizni bundanam baland qilsin 🤲🏻
Открыть в TelegramIxlos bilan ishonib duo qilib so'rasak, Alloh albatta beradigan Kariym Zot 🍃 In sha Allah tez orada Singillarim uchun xam xadya qilish nasib etsin 🍃 Qolgan narsalar - qizlarimiz uchun tabiiy, ftorsiz tish pastasi, o'zimiz uchun tabiiy tish pastasi, qattiq shampun, suv asosli collagen krem, tabiiy vazelin, tabiiy vicks, tabiiy dezodarant, lab uchun balzam, ko'z qovoq kremi, vitamin d3 k2 edi Allohga behisob hamdlar bo'lsin 🍃 (Rasmga olib joylashni rosti o'zimga ep ko'rmadim....kimdadur imkoniyat bor olishga, kimdadur yo'q bo'lsa o'ylab qoladigan odatim bor....) O'zimdan qiyos 1 yildan beri ozgina ozginadan eng zarurlaridan sotib olayotgan edik. Mahfuzahon kelishlarini bilganimdan so'ng, Allohni fazli yordami bilan Zakvaskali nonlarimni sotib, pulini yeg'ishni boshladim - Alloh baraka berib, nasib etdi alhamdulilLah 🍃 https://t.me/Organik_sof_mahsulotlar/185 Sizlar uchun Ummu Maryam (Marhabo)
Открыть в TelegramIshlatishdan avval yaxshilab yuvib, keyin Grafinga solamiz. Ishlatilish tartibi batafsil ⬇️ https://t.me/Organik_sof_mahsulotlar/1371?single
Открыть в TelegramEng eng kutganim shu - tabiiy minerallarga boy - suv toshlari edi 💎💎💎 3 tasini Onajonim uchun 3 tasini o'zimizni oilamiz uchun Alloh yetqazdi alhamdulilLah Foydalari xaqida batafsil ⬇️ https://t.me/Organik_sof_mahsulotlar/1367?single
Открыть в TelegramBir vaqtlar Allohdan so‘ragan ne'matlarim kecha eshigimizdan kirib keldi…AlhamdulilLah Ma sha Allah Allohumma Barik 🍃 Ichida nimalar bor? Taxmin qilamizmi? Eng eng kutganim xam keldi alhamdulilLah 🍃
Открыть в Telegram