Кабинет

Посты канала Yaponiya Sadosi | LIVE

сначала новые

#3192Файл

🇺🇿🇯🇵 O‘ZBEKISTON – YAPONIYA 🎉 YANGI YIL TADBIRI – 2026 🎉 Hurmatli vatandoshlar va aziz do‘stlar! Sizlarni Nagoya shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Yangi yil bayram tadbiriga taklif etamiz! Ushbu tadbir Yaponiyaning turli hududlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz hamda yaponiyalik do‘stlarimizni bir davrada jamlab, o‘zaro do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyatdir. Bayram davomida sizlarni mazali o‘zbek milliy taomlari, shirinliklar, milliy musiqa va raqslar hamda samimiy va bayramona muhit kutmoqda. 📅 Sana: 2026-yil 26-dekabr (shanba) 🕧 Qabul boshlanishi: 12:30 ⏰ Tadbir vaqti: 13:00–15:00 📍 Manzil: Will Aichi, 3-qavat 〒461-0016 Aichi-ken, Nagoya-shi, Higashi-ku, Kamitatesuginocho 1 (ウィルあいち 3F) Google Map: https://maps.app.goo.gl/1PaMDXrg2zHxkLcQA 💰 Qatnashish to'lovi: ・Kattalar (universitet talabalari ham) — 5 000 yen ・Maktab o‘quvchilari — 3 000 yen ・Maktabgacha yoshdagi bolalar — bepul 📝 Oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy. 📌 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni: 16-dekabr (chorshanba). 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/4kiakb9z1zqYL2yC8 ❗ Ishtirokchilar soni 100 kishiga yetishi bilan ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi. Shu sababli ertaroq ro‘yxatdan o‘tishingizni tavsiya qilamiz. 🔹 Tashkilotchi: Nagoya O‘zbekiston do‘stlik assotsiatsiyasi 🔹 Hamkor tashkilotchilar: Global Silk Road Co., Ltd. Japan Uz Trade House Co., Ltd. 2026-yilni birgalikda kuzatib, yangi 2027-yilni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olaylik! Sizni, oila a’zolaringizni va do‘stlaringizni bayramimizda - Nagoyada kutib qolamiz! 📩 Murojaat uchun: Dilshodbek 080-3652-7007 Yaponiyaga oid so’ngi yangiliklar faqat bizda! 👇 https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9y

Открыть в Telegram
Просмотры341−51%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#3191Фото
Просмотры306−56%к среднему
Пересылки—
Реакции8
Комментарии—
#3190Фото
Просмотры1 230+77%к среднему
Пересылки—
Реакции2
Комментарии—
#3188Фото
Просмотры1 070+54%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#3187Фото
Просмотры654−6%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3186Текст
Просмотры601−13%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3185Текст
Просмотры869+25%к среднему
Пересылки—
Реакции7
Комментарии—
#3183Фото
Просмотры555−20%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#3182Видео
Просмотры457−34%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#3181Фото
Просмотры480−31%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#3180Текст
Просмотры531−23%к среднему
Пересылки—
Реакции9
Комментарии—
#3179Текст
Просмотры467−33%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3178Фото
Просмотры452−35%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3177Текст

🇯🇵 Yaponiya hukumati korxonalarga davlat mablag‘lari hisobidan kredit ajratish tizimini kengaytirmoqchi Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi (METI) korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi uskunalar xarid qilish hamda boshqa kompaniyalarni sotib olishiga ko‘maklashish maqsadida davlat mablag‘lari hisobidan kredit ajratish mexanizmini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Nikkei nashrining xabar berishicha, tashabbus bosh vazir Sanae Takaichi hukumati belgilagan 17 ta strategik sohaga investitsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan. Yangi tizimda Yaponiya davlat moliya korporatsiyasi (日本政策金融公庫) yirik tijorat banklari va hududiy banklarni moliyalashtiradi. Banklar esa ushbu mablag‘larni korxonalarga kredit sifatida ajratadi. Davlat kreditlarning bir qismi bo‘yicha kafolat beradi. Ya’ni qarz oluvchi korxona kreditni qaytara olmasa, yuzaga kelgan zararning muayyan ulushi davlat tomonidan qoplanadi. Mazkur mexanizm Yaponiyada Two-Step Loan — ikki bosqichli kreditlash tizimi deb ataladi. U ilgari pandemiya va tabiiy ofatlar davrida ham qo‘llanilgan, biroq undan foydalanish imkoniyatlari cheklangan edi. Hukumat zararning qancha qismini qoplash masalasini keyinchalik belgilaydi. 2040-yilgacha 370 trillion yenadan ortiq investitsiya Yaponiya hukumati ishlab chiqqan iqtisodiy o‘sish strategiyasiga ko‘ra, 2040-moliya yiligacha 17 ta strategik yo‘nalishga davlat va xususiy sektor tomonidan jami 370 trillion yenadan ortiq investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan. So‘nggi yillarda korxonalarning yangi ishlab chiqarish obyektlariga investitsiya kiritishi hamda qo‘shilish va sotib olish (M&A) bitimlari ko‘paygani sababli banklarning kredit ajratish imkoniyatlari cheklanmoqda. Yangi mexanizm banklarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va strategik loyihalarni zarur mablag‘ bilan ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda. Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi tegishli qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilgach, 2027-moliya yili davomida yangi tizimni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Manba: Nikkei Yaponiyaga oid so’ngi yangiliklar faqat bizda! 👇 https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9y

Открыть в Telegram
Просмотры496−28%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3176Фото

🇯🇵🇨🇳 Yaponiya aholisining 55 foizi Xitoy bilan muloqotni kengaytirish tarafdori — Nikkei so‘rovnomasi Yaponiyada o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining aksariyati so‘nggi vaqtlarda keskinlashgan Yaponiya–Xitoy munosabatlarini diplomatik muloqot orqali yaxshilash tarafdori. Nihon Keizai Shimbun (Nikkei) gazetasi va TV Tokyo telekompaniyasi tomonidan 23–25-oktabr kunlari o‘tkazilgan so‘rovda respondentlarning 55 foizi Xitoy bilan muloqotni kengaytirish zarurligini, 39 foizi esa hukumatning amaldagi siyosatini davom ettirish maqsadga muvofiqligini bildirgan. So‘rovnomada yosh guruhlari o‘rtasida ham sezilarli farq kuzatilgan. Jumladan, 60 yoshdan oshgan fuqarolarning 62 foizi Xitoy bilan diplomatik aloqalarni faollashtirish tarafdori ekanini bildirgan. Munosabatlar nega keskinlashgan? Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik ziddiyatlar 2025-yil noyabr oyida Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichining Tayvan bilan bog‘liq ehtimoliy harbiy mojaro haqidagi bayonotidan so‘ng kuchaygan. Bosh vazir Tayvan atrofidagi qurolli mojaro muayyan sharoitlarda Yaponiya milliy xavfsizligiga tahdid sifatida baholanishi mumkinligini bildirgan edi. Ziddiyatlar iqtisodiyotga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Yaponiya Milliy turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida Xitoydan Yaponiyaga kelgan sayyohlar soni 3,33 million nafarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 56 foizga kamaygan. Shuningdek, Xitoy Yaponiya sanoati uchun strategik ahamiyatga ega noyob yer elementlari eksportiga cheklovlar joriy etgan. Ayni paytda bosh vazir Sanae Takaichi noyabr oyida Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadigan APEC sammitida qatnashishni rejalashtirmoqda. Sammit doirasida Xitoy raisi Si Szinpin bilan muloqot o‘tkazish imkoniyati yuzaga kelishi mumkin. Manba: Nihon Keizai Shimbun (Nikkei), TV Tokyo. Yaponiyaga oid so’ngi yangiliklar faqat bizda! 👇 https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9y

Открыть в Telegram
Просмотры515−26%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#3174Фото
Просмотры699+1%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#3173Текст
Просмотры710+2%к среднему
Пересылки—
Реакции9
Комментарии—