Посты канала Anime Dunyosi
🇯🇵 YAPONIYADAGI FAMILYMART'DA BUNNY GIRL SENPAI ANIME MAHSULOTLARI SOTILMOQDA! 🌹 Yaponiyadagi mashhur konbini tarmoqlaridan biri — FamilyMart muxlislar uchun maxsus anime kolleksiyasini taqdim etdi! Bu safargi kolleksiya mashhur «Seishun Buta Yarou» (Bunny Girl Senpai) anime franshizasiga bag‘ishlangan. Mahsulotlarda animening sevimli qahramonlaridan biri — Mai Sakurajima tasvirlangan. 💙 🛍 Qanday mahsulotlar bor va narxlari qancha? 1️⃣ Acrylic Stand — 1 650 ¥ Stol yoki javonga qo‘yish mumkin bo‘lgan Mai Sakurajima figurachasi. 2️⃣ Clear File — 550 ¥ Hujjatlar va qog‘ozlarni saqlash uchun maxsus anime dizaynidagi plastik papka. 3️⃣ Mini Shikishi — 660 ¥ Mai Sakurajima tasviri tushirilgan kolleksion mini-kartochka. 4️⃣ Can Badge — 550 ¥ Kiyim yoki sumkaga taqish mumkin bo‘lgan anime nishoni. ✨ QIZIQARLI JIHATI: Har bir mahsulot turining 4 xil dizayni mavjud. Demak, kolleksionerlar o‘zlariga yoqqan variantni tanlashlari mumkin. 💸 Barcha 4 turdagi mahsulotdan bittadan olinsa: 3 410 ¥ bo‘ladi. 🗓 Sotuv muddati: 16-oktabr – 15-noyabr, 2026-yil (e'londa ko‘rsatilgan muddat). 📍 Manzil: Yaponiyadagi FamilyMart konbinilari. Mahsulotlarning mavjudligi do‘konga qarab farq qilishi mumkin. Anime muxlislari uchun juda yoqimli kolleksiya! Ayniqsa, Mai Sakurajima muxlislari bu mahsulotlarni o‘tkazib yuborishni istamasa kerak. 💙 Sizga qaysi mahsulot ko‘proq yoqdi: Acrylic Stand, Clear File, Mini Shikishi yoki Can Badge? 👇 Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! ━━━━━━━━━━━━━━ 🌐 @Anime_Dunyosi Anime olamidagi eng qiziqarli yangiliklar bir joyda!
Открыть в Telegram🔥 "SSS-Class Revival Hunter" nihoyat animega aylanmoqda! Manxva muxlislari uzoq kutgan o‘sha aqlbovar qilmas qasos va o‘lim psixologiyasi ekranga ko‘chadi. Bir qarashda oddiy minora va reenkarnatsiya hikoyasidek tuyulishi mumkin, lekin manxvani o‘qiganlar biladi — bu butunlay boshqa darajadagi asar. 📖 Aslida voqealar qanday boshlangan? Bosh qahramon Kim Gong-ja hech qanday jasur jangchi emas. U minoraning eng pastki qavatidagi xaroba xonasida yashab, 1-raqamli yulduz ovchi — "Olovli Imperator"ning xabarlarini poylab, unga telbalarcha hasad qilib o‘tiradigan ishsiz, alamzada bir stalker edi. Uning bu qora hasadi shu darajaga yetadiki, minora unga mukofot tariqasida S+-darajali mahorat beradi: o‘zini o‘ldirgan odamning bir qobiliyatini ko‘chirish. Ammo bu ochiqchasiga ustidan kulish edi — tirik qolmasang, o‘lganingdan keyin nusxalangan mahoratning nima keragi bor? Ammo hammasi kutilmaganda o‘zgaradi: Gong-ja xiyobonda o‘zi sig‘ingan "Olovli Imperator"ning asl basharasini — begunoh odamni sovuqqonlik bilan qatl qilayotganini ko‘rib qoladi. Qotil guvohni tirik qoldirmay, Gong-jani ham yoqib yuboradi. Aynan shu o‘lim lahzasida Gong-janing bema’ni mahorati kutilmaganda ishga tushadi va imperatordan uning eng sirli qobiliyatini yulib oladi: o‘lgan zahoti 24 soat ortga qaytish! Endi unda o‘lim jazosi emas, o‘tmishni o‘zgartirish quroli bor edi. Bir kunlik qaytish bilan o‘sha maxluqni yenga olmasligini bilgan Gong-ja, u hali qudratga erishmagan 11 yil oldingi davrga qaytish uchun o‘z joniga ketma-ket 4000 martadan ortiq qasd qiladi... 🎬 Studiya: Studio fu 🗓 Premera: 2027-yil boshida 🎭 Janr: Ekshn, Fentezi, Psixologik, Minora O‘lim va inson irodasini aqldan ozish chegarasigacha olib chiqqan bu manxvaning animatsiyasidan umidlar juda katta. 💬 Manxvasini to‘liq o‘qib chiqqanlar bormi? Gong-janing bu aqldan ozgan irodasini animatsiyada yetkazib bera olisharmikin? 🌐 @Anime_Dunyosi
Открыть в Telegram🔥Black Clover: Noelning yangi jangovar formasi namoyish etildi! «Black Clover» animesining 2-mavsumi bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilindi. 🗡 Noelning eng dahshatli janglaridan biriga oid yangi tasviri namoyish etildi. Shuningdek, barcha la’natlarning manbai bo‘lgan iblis Megikula rolini ovoz aktrisasi Nozomi ijro etishi ma’lum bo‘ldi. 🔥 Anime muxlislarini yanada qiziqarli janglar kutmoqda! #BlackClover #AnimeDunyosi #anifilm #anifilmuz #QoraKlever 🌐 @Anime_Dunyosi
Открыть в Telegram🎬 « Ovoz shakli » (A Silent Voice) — 10 yillik yubiley! 2016-yilda ekranlarga chiqqan mashhur anime filmi Koe no Katachi o‘zining 10 yilligi munosabati bilan Yaponiyada yana kinoteatrlarga qaytdi! Bu safar film ilk bor Dolby Cinema formatida namoyish etilmoqda. Tomoshabinlar filmni yanada tiniq tasvir va yaxshilangan ovoz bilan tomosha qilishlari mumkin. 📅 Boshlanish sanasi: 30-oktabr, 2026-yil 📍 Joy: Yaponiya kinoteatrlari 🎟 Bilet narxi (taxminan): 13≈18$ 📆 Namoyishning yakunlanish sanasi hozircha noma'lum. 10 yil o‘tsa ham o‘z ta'sirini yo‘qotmagan ajoyib asar. ❤️ 🌐 @Anime_Dunyosi
Открыть в TelegramTokyoda Helloween bayrami boshlanishiga oz qoldi ✨ Kimdir kelib tomosha qilmoqchi boʻlsa Shibuya yoki Ikebukuro shaharlariga borish tavsiya etiladi. Imkonilar bo'lsa kelinglar birga aylanamiz 🐱
Открыть в TelegramKAIJU No.8 animesini maskalari sotilmoqda ekan 1 pachkasida 7dona boʻladi va narxi 550yen (42000so'm atrofida). Siz olgan boʻlarmidiz 🗿
Открыть в TelegramInternetda tarqalgan mish mishlarga koʻra taxminiy sanalar Bu shunchaki mish mishlar... @Anime_Dunyosi
Открыть в Telegram"Omadsizning qayta tug'ilishi - O'zga olamdagi sarguzashtlar" 4-fasli 2027-yilda chiqishi rasman e'lon qilingan. Aniq sanalar noma'lum. @Anime_Dunyosi
Открыть в TelegramSavol! Qaysi telegram kanaldan AniBla animelarini suvsiz formatda koʻryapsizlar? - Suvsiz degani animeda oʻzini kanalini yoki boshqa narsalari reklamasini joylamasdan qoʻygan Komentariyaga silkalarini tashlashingiz mumkin
Открыть в Telegram⚡️ Tatsuki Fujimoto manga olamida yana bir rekordni o'rnatdi. 🌐 Barchaga ma'lum "Arra-odam" ning yaratuvchisining one-shot ( 1-bobli) mangasi 1 million kopiyaga chop etilgan yagona avtorga aylandi. Eng qizig'i u buni ikki marta qilishga qodir bo'ldi. Birinchi safar "Ortga boq" (Look Back) bilan, keyin esa "Xayr, Eri" (Goodbye, Eri) mangasi bunday rekordga chiqa oldi. @Anime_Dunyosi
Открыть в Telegram