❗️O‘zbekiston xalqaro fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi Bu haqda 27-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning transport-logistika sohasidagi investorlar va tadbirkorlar bilan uchrashuvida ma’lum qilindi. Universitet uchun Yangi Toshkent hududidan 20 gektar yer ajratiladi. Kampusda zamonaviy o‘quv-simulyatsiya va ilmiy-tadqiqot markazlari bo‘ladi. Mahalliy uchuvchilarni tayyorlash va ularni ishga olish majburiyatini olgan aviakompaniyalarga imtiyozlar beriladi. ✅ @Xususiy_oliygohlar
Открыть в TelegramПосты канала Xususiy oliygohlar | INFO
🎓 Teach for Uzbekistan Fellowship: аризалар қабул қилинмоқда Teach for Uzbekistan таълим орқали етакчиларни тайёрлайдиган нодавлат ташкилот. Fellowship дастурида битирувчилар 2 йил давомида ҳудудлардаги мактабларда ўқитувчи бўлиб ишлайди. 🌐 Fellow'лар ишлайдиган ҳудудлар: Қорақалпоғистон Республикаси, Сурхондарё, Қашқадарё, Наманган ва Фарғона вилоятлари 🌎 Дастур афзалликлари: — ойлик маош ва қўшимча стипендия; — тренинглар ва ментор ёрдами; — 60 дан ортиқ давлатни бирлаштирган Teach For All халқаро тармоғи; — 2 йиллик амалий етакчилик тажрибаси. Кимлар ариза топшира олади: — бакалавр дипломига эга битирувчилар; — педагогик маълумот ёки ўқитувчилик тажрибаси шарт эмас. 🚀 Батафсил маълумот: teachforuzbekistan.org 🔗 Ариза: apply.teachforuzbekistan.org
Открыть в Telegram⚡️Darsga kelmagan “akademik qarzdor talaba”ning kursdan qoldirilish tartibi (kredit-modul tizimi boʻyicha) ✅ 1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan; ✅ 1 kredit 30 soatga teng; ✅ 1 ta fanning 6 krediti 180 soat; ✅ 180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan. Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni, 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin. ✅ @Xususiy_oliygohlar
Открыть в TelegramSiz: Amerika🇺🇸 Buyuk Britaniya🇬🇧 Yevropa🇪🇺 Janubiy Koreya🇰🇷 Avstraliya 🇦🇺 kabi 40 dan ortiq davlatlarda til kurslari, bakalavr, magistratura va kasbiy ta’limda o’qishni xohlaysizmi? MyDiploma - chet elda ta’lim uchun dunyo eshiklarini ochamiz 😎 📞 Murojaat uchun: +998712311170 | SMS 📍Toshkent · Andijon · Namangan Obuna bo’ling: Telegram | Instagram | Website
Открыть в Telegram📣 Arizalar qabuli boshlandi! Yetakchi bo‘lishni xohlaysizmi? Buni sinfxonadan boshlang. Teach for Uzbekistan Fellowship ikki yillik yetakchilik dasturi. Dastur davomida hududlardagi maktablarda dars bering va bolalar kelajagiga hissa qo‘shing. 🌍 Ishtirokchilar Teach For All xalqaro tarmog‘iga qo‘shiladi: 60 dan ortiq davlatdagi o‘qituvchilar va yetakchilar hamjamiyati. Bundan tashqari: – Ish haqi va oylik stipendiya – Treninglar va har qadamda mentor yordami Bakalavr diplomi bo‘lsa yetarli, pedagogik tajriba shart emas. 👉 Ariza topshiring: https://teachforuzbekistan.org #TeachForUzbekistan #TeachForAll #Fellowship #Yetakchilik
Открыть в Telegram🔹“Google Gemini AI Plus” obunasini aileaders.uz platformasi orqali bepul faollashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma Raqamli texnologiyalar vazirligi va Google hamkorligida Google’ning xalqaro verifikatsiya hamkori SheerID O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. 📌Ushbu imkoniyat orqali o‘zbekistonlik talabalar Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, qiymati 60 dollar bo‘lgan bir yillik “Google Gemini AI Plus” obunasidan mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin. ✔️Mazkur imkoniyatdan foydalanish va “Google Gemini AI Plus” obunasini bepul faollashtirish tartibi bilan ilova qilingan videoyo‘riqnoma orqali batafsil tanishishingiz mumkin! @Xususiy_oliygohlar
Открыть в TelegramXorijda o'qishni rejalashtirayotgan yoshlar — bu taklif aynan siz uchun! 🏦 Xalq banki sizga xalqaro universitetlarda o'qish uchun ta'lim kreditini taklif qiladi. Kredit xalqaro reytinglarning Top-300 taligiga kirgan xorijiy OTMlarning bakalavriat va magistratura bosqichlarida o'qish uchun ajratiladi. Shartlari: ✅ Miqdori: 20 000 AQSH dollarigacha* ✅ Yillik foizi: 14% ✅ Boshlang'ich to'lov: 0% ✅ Muddati: asosiy qarz rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi *Milliy valyutadagi ekvivalentda 🌐 Batafsil: xb.uz @Xususiy_oliygohlar
Открыть в Telegram❓Kontrakt uchun to‘langan mablag‘ga daromad solig‘i solinmaydi: uning bir qismini qanday qaytarib olish mumkin? 📌Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan daromadlarning ayrim turlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi. 🔹Imtiyozdan onlayn tarzda my3.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek, hududiy soliq organlariga murojaat qilish orqali foydalanish mumkin. 🔹Bunda kontrakt to‘lovini amalga oshirish usuliga qarab tartib farq qiladi. Agar kontrakt to‘lovi ish beruvchi tomonidan xodimning ish haqidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim tashkilotiga o‘tkazilsa, ushbu summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi. 🔹Agar kontrakt to‘lovi elektron, naqd yoki naqdsiz shaklda mustaqil ravishda amalga oshirilgan bo‘lsa, yil yakuni bo‘yicha deklaratsiya topshirish orqali to‘langan daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin. ✈️Buning uchun jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya topshiriladi hamda kontrakt to‘lovi bilan bog‘liq zarur hujjatlar ilova qilinadi. @Xususiy_oliygohlar
Открыть в Telegram⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi. Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin. @Xususiy_oliygohlar
Открыть в Telegram2025-yilda eng ko‘p daromad ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari ro'yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yilgi davlat oliy ta’lim muassasalari daromad va xarajatlarini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha universitetlarning umumiy daromadi 12 trillion so‘m, xarajat esa biroz yuqoriroq – 12,3 trillion so‘mni tashkil qilgan. Barcha oliygohlar ro'yxati Daromad bo‘yicha yetakchilar: 1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 909 mlrd so‘m; 2. O‘zbekiston Milliy universiteti – 650 mlrd so‘m; 3. Qoraqalpoq davlat universiteti – 571,2 mlrd so‘m. Sof foyda bo‘yicha liderlar: 1. Qoraqalpoq davlat universiteti – 77,7 mlrd so‘m; 2. Qarshi davlat texnika universiteti – 57,8 mlrd so‘m; 3. Andijon davlat texnika instituti – 33,8 mlrd so‘m. Eng katta zarar: 1. Navoiy davlat pedagogika instituti – 93,8 mlrd so‘m; 2. Qo‘qon davlat pedagogika instituti – 73,7 mlrd so‘m. @Xususiy_oliygohlar
Открыть в Telegram⚡️ Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq! 🌏 Japan Digital University o'z talabalariga eksklyuziv imkoniyatlar taqdim etmoqda! Zamonaviy va eng talabgir yo'nalishlardan o'zingizga mosini tanlang: 🛡 Kiberxavfsizlik; 💻 Muhandis-dasturchi; 🤖 Sun'iy intellekt; 🎨 Grafik dizayn va qo'shimchasiga hech bir oliygoh taklif etmagan imkoniyatlarga ega bo'ling! 🌟 Endilikda universitetga kirish uchun yapon tilidan imtihon topshirish shart emas! 🌟 UZBMB (DTM) imtihon natijalari bilan hujjat topshirishingiz mumkin. 📄 Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN ⚡️ Universitetga qabul jarayonlari haqida ma'lumot olish uchun onlayn seminarda qatnashing! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site
Открыть в Telegram