Hurmatli döstlar! Bugun Xurmo kanalida PREMYERA: OLTIN. Nima uçun u qimmatbaho? Oltin: unga pul tikiş arziydimi? Mendeleyev jadvalidagi 82 ta metalldan faqat 8 tasi qimmatbaho. Şular içida aynan oltin 7000 yildan beri boylik ramzi bölib keladi. Nega şunday? Bugun oltin iqtisodiyotda qanday rol öynaydi? “Qora kun” uçun uni qanday qilib töğri sotib oliş mumkin? Videoda şular haqida gaplaşamiz: oltin qayerdan kelgani, markaziy banklar uni nega yiğişi, quyma, tanga, birja va metall hisobning farqi. Videoga havola: https://youtu.be/rjWik_d6AlA
Открыть в TelegramXurmo
Biz YouTube blogerlarining videolariga ovoz berish va ularni tarjima qilish bilan shug’ullanamiz📌 Reklama va hamkorlik bo’yicha: @profsoyuz_influence Tel.: +998 97 156 22 11 📩[email protected]
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 28 окт. 2026 г. | 1 880 |
| 30 окт. 2026 г. | 1 400 |
| 2 нояб. 2026 г. | 1 790 |
| 6 нояб. 2026 г. | 1 470 |
| 11 нояб. 2026 г. | 1 350 |
| 13 нояб. 2026 г. | 1 300 |
| 16 нояб. 2026 г. | 1 160 |
| 20 нояб. 2026 г. | 743 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры1,88 тыс.Пересылки—Реакции23Комментарии—
- 02Просмотры1,79 тыс.Пересылки—Реакции19Комментарии—
- 03Просмотры1,47 тыс.Пересылки—Реакции19Комментарии—
- 04Просмотры1,4 тыс.Пересылки—Реакции21Комментарии—
Новые посты
OY KAMALAGI Xuddi odatdagidek işlaydi, lekin ança kam uçraydi. Oy iloji boriça yorqin va yaqin bölişi, namlik optimal bölişi kerak, şunda ham siz uni sezmasligingiz mumkin. Inson közi bilan qaralganda oy kamalagi oqiş çiziqdek körinadi. Ammo vazminlik bilan olingan suratda mana qanday gözallik! XURMO
Открыть в TelegramHurmatli döstlar! Bugun Xurmo kanalida PREMYERA: TANANGIZ KÖÇIRIB ÖTKAZILSA, nimani his qilasiz? Yer yuzidagi millionlab odamlar öz tanasidan norozi. Ammo agar har bir xohlovçi reklama modellaridagi kabi a’lo darajada işlaydigan, genetik nuqsonlardan xoli va hali qarişga ulgurmagan tanaga ega bölsa-çi? Aslida, şifokorlar hozirdanoq boşingizni donor tanasiga ulaşlari mumkin, ammo buni aniq istamasligingizning kamida 5 ta sababi bor. Yangi sonda siz quyidagilarni bilib olasiz: 2026-yilda jarrohlar tananing qaysi qismlarini köçirib ötkazişni bilişadi, yurak köçirib ötkaziş nima uçun xarakterni özgartirişi mumkin, tanada uçinçi miya va bir metr uzunlikdagi hujayralar qayerda joylaşganligi, şuningdek, köçirib ötkazilgandan söng boş nimalarni his qilişi, bularning barçasini uşbu videoda tomoşa qiling! Videoga havola: https://youtu.be/kc-8NoRiIvk
Открыть в TelegramBir yigit o‘zining 32 yillik Jeep Cherokee mashinasiga sun’iy intellektni uladi - endi neyron tarmoq dvigatel ma’lumotlarini o‘zi o‘qib, nosozliklarni aniqlaydi. Buning uchun 3 dollarlik Arduino Nano, bir nechta simlar va noutbuk kifoya qildi. Sun’iy intellekt agenti Claude Code orqali mashinaning bort kompyuteriga kirishga muvaffaq bo‘ldi va xatolarni aniqlash, aylanishlar soni, harorat, yoqilg‘i sarfi va dvigatelning boshqa parametrlarini kuzatishni o‘rgandi. Shuningdek, tizim sayohatlarni yozib olish va o‘rnatilgan testlarni ishga tushirish qobiliyatiga ega. XURMO
Открыть в TelegramHurmatli do'stlar! Bugun Xurmo kanalida PREMYERA: O‘zga Sayyoraliklar Texnologiyasiga Eng Yaqin Qurilma Telefoningizdagi chip qanday yasaladi? Uni yasaydigan mashinani 30 yil davomida deyarli hamma “imkonsiz” deb hisoblagan. Bu mashinani esa dunyoda faqat bitta kompaniya ishlab chiqaradi. Bu videoda insoniyat yasagan eng murakkab mashinalardan biri bilan tanishasiz va uning ichiga kirib chiqasiz. Videoni albatta oxirigacha tomosha qiling! Videoga havola: https://youtu.be/ItIJkr5BkvI
Открыть в TelegramBoshi shaffof baliq ilk bor 4K formatda tasvirga tushirildi! Kaliforniya qirg’oqlaridan 90 km uzoqlikda, 600 metr chuqurlikda olimlar kamdan-kam uchraydigan baliqni uchratib qolishdi. Uning boshi shishadek shaffof, ichida esa yashil ko’zlari ko’rinib turadi. Bu baliq “Macropinna microstoma” deb ataladi. Uning old tomonidagi ko’zga o’xshash ikki nuqta aslida burun teshiklari. Haqiqiy ko’zlari esa shaffof boshining ichida, ular tepaga qaragan. Baliq qorong’i suvda yuqoridan tushayotgan xira yorug’likda o’ljasining soyasini shu ko’zlar bilan izlaydi. MBARI tadqiqot instituti olimlari 40 yil davomida 7 mingga yaqin chuqur suv ekspeditsiyasi o’tkazgan. Shu vaqt ichida ular bu baliqni atigi 11 marta uchratishgan. Bu safar birinchi marta uni 4K formatda tasvirga tushirishga muvaffaq bo’lishdi. Baliq paydo bo’lganda kemadagi olimlar va ekipaj ekran oldiga yig’ilib, uni hayrat bilan tomosha qilishdi. XURMO
Открыть в TelegramHurmatli do'stlar! Bugun Xurmo kanalida PREMYERA: AMERIKADAN OLDINGI AMERIKA. Qanday qilib butun bir olam g‘oyib bo‘ldi? Kovboylar va hindular. Bu nizo qanday boshlangan edi? Kovboylar hindularga qarshi. Bu syujet barchamizga bolalikdan tanish. Ammo bu nizo qayerdan kelib chiqqan? Kim haq, kim nohaq edi? Ushbu videoda Shimoliy Amerika qanday bosib olinganini boshidan oxirigacha ko‘rib chiqamiz! Videoga havola: https://youtu.be/ag3xQzKwmyg
Открыть в TelegramVan Gogning “Yulduzli tun” kartinasidagi osmon haqiqiy bo’lishi mumkin! 1889-yilda Vinsent van Gog Fransiyadagi kasalxonada davolanayotganda dunyodagi eng mashhur kartinalardan birini chizdi: “Yulduzli tun”. Uzoq yillar bu osmon rassomning tasavvuri, deb hisoblab kelingan. Janubiy Koreyalik astronomlar buni tekshirib ko’rishdi. Ular maxsus dastur yordamida 1889-yilning iyun va iyul oylaridagi har bir tunning osmonini qayta tikladi va kartina bilan solishtirdi. Eng to’g’ri kelgan sana 22-iyul tongi bo’ldi. O’sha kuni kasalxona derazasidan Venera sayyorasi va uning tepasida o’roqsimon Oy ko’ringan. Kartinadagi kichik yulduzlar esa Savr turkumidagi Giadalar to’dasiga to’g’ri kelgan. San’atshunoslar kartina iyun oyida chizilgan deb hisoblashadi. Olimlarning fikricha, Van Gog uni iyunda boshlab, 22-iyuldan keyin tugatgan bo’lishi mumkin. Hamma ham bu fikrga qo’shilmaydi. Van Gog muzeyining ta’kidlashicha, rassom tabiatni aynan o’zidek chizishga intilmagan.
Открыть в TelegramG’ildirakdek dumalab qochadigan ilonlar Janubi-Sharqiy Osiyoda uzunligi 11–28 sm keladigan mitti ilonlar yashaydi. Xavf tug’ilganda ular sudralib emas, g’ildirakdek dumalab qochadi. Yaponiyalik olimlar Malayziyada bu ilonlarni tutib, laboratoriyada tez suratga oladigan kameralar bilan tasvirga tushirishdi. Natijada ilon buni qanday qilishi aniqlandi. U tanasini yoysimon qilib egadi, dumini keskin silkitib, bir lahza havoga ko’tariladi. Keyin dumini boshi ustidan oshirib, oldinga tashlaydi. Dumi yerga tekkan zahoti keyingi aylanish boshlanadi. Ilon shu tarzda soatiga 13 km gacha tezlikka chiqadi. Bu uning oddiy sudralishidan o’rtacha 4 baravar tez. Eng qizig’i, dumalayotganda ilon boshini deyarli qimirlatmaydi va yo’nalishni yo’qotmaydi. Olimlar bu harakatni ilonlarning yaqin qarindoshlarida ham tekshirib ko’rishdi, lekin ular dumalay olmadi. Bu qobiliyat faqat mitti ilonlarga xos ekan. XURMO
Открыть в TelegramHurmatli do'stlar! Bugun Xurmo kanalida PREMYERA: SIZNING SHAXSIYLIGINGIZNI ASLIDA NIMA HIMOYA QILADI? Shaxsingiz, ma’lumotlaringiz va pulingiz — bularning barchasi tarix davomida rivojlanib kelgan shifrlarda saqlanadi. Ammo yaqinda ular ustida yangi tahdid paydo bo‘ldi — kvant kompyuteri ularni bir necha daqiqada buzib kirishga qodir. Uning qanchalik xavfli ekanligini tushunish uchun biz mutlaqo turli davrlarga oid 5 ta shifrni tahlil qilamiz. Eng oddiylaridan boshlab, hozirda xavfsizligingiz va pulingiz bog‘liq bo‘lganlari bilan yakunlaymiz. Ushbu son orqali siz shifrlash umuman qanday ishlashini va kvant apokalipsisidan qo‘rqish kerakmi yoki yo‘qligini tushunib olasiz. Videoga havola: https://youtu.be/fHJzT3Lp1dc
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Najmiddin Turon@najmiddinturonПознавательное4,69 тыс.
TARIX - eng ajoyib tarixiy ma'lumotlar@historicaluzПознавательное4,73 тыс.
Ilm-fan | Science@themantiqПознавательное4,91 тыс.
TARIX IZLARI@tarix_izlariПознавательное4,17 тыс.
🏛TARIX VA SAYOHAT🌍@tarix_va_sayohatПознавательное5,21 тыс.
hujayra.uz@hujayrauzПознавательное4,12 тыс.
ㅤㅤ𝑴𝒂𝒏𝒕𝒊𝒒𝒊𝒚 𝒔𝒂𝒗𝒐𝒍𝒍𝒂𝒓@mantiqiy_savollar_va_javoblarПознавательное5,66 тыс.
Dilfuza Komil@dilfuza_komilПознавательное3,51 тыс.