Посты канала 💔🥀 𝕏𝕀𝕐𝕆ℕ𝔸𝕋 𝕆ℝ𝕀𝔾𝕀ℕ𝔸𝕃🥀💔
Men senga hech qachon yolg‘on gapirmadim… «Xayrli tun», deb, tunning qolgan qismini boshqa birov bilan o‘tkazmadim. «Xayrli tong», deb uyg‘ongan ilk xayolimni sendan o‘zgaga bag‘ishlamadim. Birovni unutish uchun seni izlamadim. Bo‘sh qolgan qalbimga taskin topish uchun sen bilan gaplashmadim. Men seni hech kimning o‘rniga qo‘ymadim, chunki sen mening hayotimga birovning o‘rnini to‘ldirish uchun emas, o‘zing bo‘lib kirganding. Sen aytgan oddiygina bir jumlani ham ba’zan soatlab xayolimdan o‘tkazganman. Bir og‘iz so‘zingdan quvonib, birgina sukutingdan ming xil ma’no izlagan paytlarim bo‘lgan. Bularning hech birini senga isbotlashga urinmayman. Chunki barchasiga Alloh guvoh. Men seni manfaatim, yolg‘izligim yoki bir lahzalik hislarim bilan sevmadim. Seni o‘zimning eng pok, eng samimiy va hech kimga ko‘rsatmagan holatim bilan sevdim. Balki sen bu muhabbatning qadriga yetmagandirsan, balki bir kun kelib bularning barchasi sen uchun oddiy xotiraga aylanar… Ammo bir narsani bil: men seni sevganimda qalbimda sendan boshqa birovga joy qoldirmagan edim. Men sendan mukammal muhabbat kutmadim, faqat o‘zim bergan muhabbatning yolg‘on bo‘lmaganini bilishingni istadim… ℕ....❤️🔥 @Xiyonat❤️🫶🤍
Открыть в TelegramBEHUDA IZHOR Behuda izhorni tentak der ekan, Qadrini bilganga ko‘ngil ber ekan. Qo‘ldan tushib ketdi qirmizi olma, Olmaning yaxshisin eshak yer ekan… Na chora, topolmay qoldingmi chora? Yashama bunaqa bo‘lib bechora. Aslida bo‘lmagay erkak bechora, O‘ylab ko‘r yaxshilab, erkakcha, jo‘ra! O‘sha tushib ketgan sening qo‘lingdan, Olmani yeguvchi — eshak bechora. Sen kabi erkakning qo‘lidan chiqib, Eshakka yem bo‘lgan — tentak bechora… @Xiyonat❤️🫶🤍
Открыть в TelegramAgar taqdir bo‘lib birlasholmasak, Ranjima, qo‘y, mayli, hijronlar kulsin. Joningni siqmasdan yasha baxtiyor, Men sendan roziman, xabaring bo‘lsin! Qo‘llarim qo‘lingdan uzilsa mayli, Ko‘zingda yosh emas, quvonchlar to‘lsin. O‘tmishni o‘ylama, dard chekma sira, Men sendan roziman, xabaring bo‘lsin! Yo‘llarimiz endi tutashmas balki, Qalbingda bir shirin xotira qolsin. O‘zganing qo‘lida baxtli bo‘lsang bas, Men sendan roziman, xabaring bo‘lsin! Sening kulgularing — mening quvonchim, Ilohim, omading hamisha kulsin. Meni deb o‘zingni qiynama aslo, Men sendan roziman, xabaring bo‘lsin! ℕ.....❤️🔥 @Xiyonat❤️🫶🤍
Открыть в TelegramYIG‘LADINGMI? Yig‘ladingmi? Yana qarog‘laring nam, Yomg‘irni chaqirib kelar qarog‘ing. Qarasam, ko‘zingda bunchalar sitam, Qarasam, qolmabdi biror sirdoshing. Bilasanmi? Mana, uchrashdik takror, Jonimizga oro kirib bu titroq. Baribir, yog‘ardi huv o‘sha bahor! Baribir, o‘shanda edik baxtliroq. @Xiyonat❤️🫶🤍
Открыть в TelegramMehr va nigoh… Ba’zan insonning butun qalbi ikki narsada namoyon bo‘ladi: mehrida va nigohida. Mehr — aytilmagan so‘zlarni ham his qildira oladi, nigoh esa mingta so‘z aytolmagan tuyg‘uni bir lahzada ifodalaydi. Chunki chin mehr qalbdan boshlanadi, nigohda esa o‘z aksini topadi. Men uchun go‘zallik chehrada emas, nigohdagi samimiyatda. Muhabbat esa shirin so‘zlarda emas, mehrning amaldagi ifodasida. ❤️ℕ @Xiyonat❤️🫶🤍
Открыть в Telegram