🏆 “OLTIN KUZ” IJODKOR YOSHLAR FORUMI ISHTIROKCHILARI TAQDIRLANDI! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetining 4-bosqich O‘T 23/09-guruh talabasi Tursunqulova Sabina hamda FRUS 25/03-guruh talabasi Ma’rufjonova Fotima O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 4–5-noyabr kunlari tashkil etilgan “Oltin kuz” iqtidorli ijodkor yoshlar forumida faol ishtirok etdilar. Mazkur forum yosh iste’dodlarni birlashtirish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish, o‘zaro tajriba almashish hamda madaniyat va san’at sohasidagi bilim va mahoratlarini yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Forum davomida o‘zining faolligi, tashabbuskorligi va ijodiy yondashuvi bilan ajralib turgan fakultetimiz talabalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining TASHAKKURNOMASI bilan taqdirlandilar. Ushbu e’tirof talabalarning ijodiy izlanishlari va intilishlariga berilgan munosib baho bo‘lish bilan birga, ularni kelgusida yanada katta yutuqlarga erishishga undaydi. Fakultetimiz talabalari Sabina va Fotimani erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va zafarlar tilaymiz! Rus filologiyasi fakulteti — yoshlar iste’dodi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi!
Открыть в Telegram
O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti
O'zDJTU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi kanali
Подписчики, 30 дней
23 нояб. – 25 нояб.−17 (−0,4%)
Показать таблицей
| Дата | Подписчики |
|---|---|
| 23 нояб. 2026 г. | 4 303 |
| 24 нояб. 2026 г. | 4 293 |
| 25 нояб. 2026 г. | 4 286 |
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 23 нояб. 2026 г. | 178 |
| 24 нояб. 2026 г. | 140 |
| 25 нояб. 2026 г. | 247 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры1,42 тыс.Пересылки—Реакции1Комментарии—
- 02Просмотры273Пересылки—Реакции—Комментарии—
- 03Просмотры257Пересылки—Реакции1Комментарии—
- 04Просмотры246Пересылки—Реакции1Комментарии—
Новые посты
Переслано из ÖzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ”REKTOR KUBOGI” — KIBERHUŞYORLIK YOŞLAR TANLOVIGA ÇORLAYMIZ! Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-yoşlarini “Kiberhuşyorlik — yoşlar tanlovi, xavfsiz kelajak — öz qölimizda!” şiori ostida ötkaziladigan “Rektor kubogi” tanlovining universitet bosqiçida faol iştirok etişga çorlaymiz! 🗓️ 26-noyabr, payşanba 🔜 Soat 14:00 📍 Manzil: Asosiy bino, faollar zali (2-qavat). Öz bilimingiz va salohiyatingizni namoyon eting, tanlovda faol qatnaşing hamda “Rektor kubogi” sohibi böliş sari intiling! Kiberhuşyor böling — xavfsiz kelajak öz qölimizda! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Открыть в TelegramПереслано из Roman-german filologiyasi fakulteti
📰 HALOLLIKNI IJOD ORQALI IFODALAGAN TALABALAR 🇺🇿 Özbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Bilim bilan yuksalamiz, halollik bilan ğalaba qilamiz” şiori ostida devoriy gazetalar tanlovi ötkazildi. 🎓 Talabalar öz işlarida korrupsiyaning jamiyatga yetkazadigan zararini yoritib, halollik, adolat va qonun ustuvorligi haqidagi fikrlarini rasm va matnlar orqali ifodaladilar. Har bir gazeta mavzuga ijodiy yondashuvni namoyon etdi. 🏆 TANLOV ĞOLIBLARI: 🥇 Yoqubova Mubinanbonu — FNEM 2620 🥈 Murodullayeva Shodiyabegim — FFRA 2604 🥉 Mahmudova Xilola — FFRA 2606 🖐 Ğoliblarni tabriklaymiz, barça iştirokçilarga faolligi va ijodiy mehnati uçun minnatdorlik bildiramiz. Halollikni tanlaş — adolatli jamiyat sari qöyilgan qadam❗
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 92 |
| 2 ч | 175 |
| 4 ч | 203 |
- Через 1 час92
- Всего сейчас203
Переслано из Roman-german filologiyasi fakulteti
📚 KITOBGA MEHR — KELAJAKKA E’TIBOR 🇺🇿 Özbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetiga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi 283-sonli maktabda öquvçilar iştirokida kitobxonlik tanlovi ötkazildi. Tanlovni fakultetning yoşlar bilan işlaş böyiça dekan muovini A. Mallayev olib bordi. ✍️ Tanlov davomida kitobni şunçaki öqib çiqiş emas, undagi fikrlarni anglaş, qahramonlar qaroriga öz munosabatini bildiriş va öqiganlaridan hayotiy xulosa çiqariş haqida söz yuritildi. Öquvçilarni mutolaaga qiziqtiriş, ularni mustaqil fikrlaşga undaş hamda kitobni kundalik hayotining bir qismiga aylantiriş uçraşuvning asosiy mazmunini taşkil etdi❗ 🧢Yakunda esa öquvçilar A. Mallayev tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi. Sovğalarni olgan bolalar yangi asarlarni öqişga qiziqiş bildirdilar, qaysi kitobdan boşlaş haqida özaro suhbatlaşdilar. Şu tariqa uçraşuvda mutolaa haqida aytilgan fikrlar bolalarning qölidagi kitoblar va ularni öqişga bölgan iştiyoq bilan davom etdi✔️
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 6 |
| 2 ч | 180 |
| 4 ч | 216 |
| 7 ч | 273 |
- Через 6 часов273
- Всего сейчас273
🔐 KIBERXAVFSIZLIK — RAQAMLI MAKONDA XAVFSIZLIK VA HUSHYORLIK! 💻 Kiberxavfsizlik oyligi doirasida Rus filologiyasi fakultetida talabalarning raqamli makondagi xavfsizligini ta’minlash, internetdan foydalanish madaniyatini oshirish hamda kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 📌 Tadbirda universitet profilaktika katta inspektori, mayyor M. Nurmuhammedova, universitet IMPBIB boshlig`i F. Xabiyeva hamda universitet psixologi Sh. Bostonov ishtirok etdilar. Tadbir fakultet IMPBIB mutaxassisi I. Sa’diyeva, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G. Nishonova hamda tyutor D. Izzatullayeva tomonidan tashkil etildi. 🛡 Tadbir davomida talabalarga internet tarmog‘ida uchraydigan turli tahdidlar, kiberfiribgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shubhali havolalar va noma’lum manbalardan keladigan xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, kiberbulling, internet orqali sodir etiladigan huquqbuzarliklar, shaxsiy akkauntlar xavfsizligi va yoshlarning virtual makondagi huquqiy mas’uliyati xususida fikr almashildi. Psixolog tomonidan internetdagi salbiy axborotlar va virtual muloqotning yoshlar ruhiyatiga ta’siri, bunday vaziyatlarda to‘g‘ri munosabat bildirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 💬 Tadbir interaktiv muloqot tarzida davom etib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Hayotiy misollar asosida kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish, raqamli savodxonlikni oshirish va internetdan mas’uliyat bilan foydalanishning ahamiyati yana bir bor ta’kidlandi. Zero, raqamli makonda xavfsizlik — har birimizning hushyorligimiz va mas’uliyatimizdan boshlanadi! #KibermadaniyatOyligi2026
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 446 |
| 3 ч | 1 080 |
| 4 ч | 1 320 |
| 6 ч | 1 420 |
- Через 1 час446
- Через 6 часов1 420
- Всего сейчас1 420
Переслано из ÖzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ÖZDJTUDA EKOLOGIYA YÖNALIŞIDAGI TANLOV ĞOLIBLARI ANIQLANDI 24-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar örtasida ekologik bilim va madaniyatni rivojlantiriş, tabiatni muhofaza qilişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida ekologiya yönalişidagi tanlovning universitet bosqiçi bölib ötdi. Tanlov törtta nominatsiya — “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat tarğibotçisi”, “Eng faol ekovolontyor” hamda “Yilning eng yaxşi ekologiya himoyaçisi” yönalişlari böyiça taşkil etildi. Iştirokçilarning işlari hakamlar hayʼati tomonidan ilmiy va amaliy asoslanganlik, ijodkorlik, innovatsion yondaşuv, tarğibot samaradorligi hamda ekologik faoliyat natijalariga köra baholandi. Hakamlar hayʼati tarkibidan DSc, professor Yormatova Dilarom Yormatovna, DSc, professor Xuşvaktova Xusnobod Soliyevna, PhD, dotsent Mudarisova Rayhon Xodjayevna hamda öqituvçi Muxammadiyev Jasur Mardon öğli örin oldi. Tanlov yakunlariga köra, nominatsiyalar böyiça ğolib va sovrindorlar quyidagiça aniqlandi: 🧪 “ENG FAOL EKOVOLONTYOR” 🥇 1-örin — Ixsonova Oygul Baxtiyor qizi – Ingliz tili №2 fakulteti talabasi 🥈 2-örin — Baxtiyorova Bibijon Baxtiyor qizi – Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi 🥉 3-örin — Akramov Ğulomnazar Kamoliddin öğli – Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi 🌱 “YILNING ENG YAXŞI EKOLOGIYA HIMOYAÇISI” 🥇 1-örin — Nuraliyeva Maşhura Odil qizi – Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi 🥈 2-örin — Xalimjonova Nasiba Bahrom qizi – Ingliz tili №2 fakulteti talabasi 🥉 3-örin — Mardonova Şohida Şodmonovna – Ingliz tili №1 fakulteti talabasi 🌱 “EKOLOGIK MADANIYAT TARĞIBOTÇISI” 🥇 1-örin — Lutfullayeva Muqaddamxon Saidkamolxon qizi – Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi 🥈 2-örin — Tulaganova Zulfiya Murod qizi – Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi 🥉 3-örin — Norqizilova Nilufar Dilşodovna – Şarq filologiyasi fakulteti talabasi 🌱 “EKOLOGIYA BILIMDONI” 🥇 1-örin — Burxonidinova Mubinaxon Farhod qizi – Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi 🥈 2-örin — Çernatkina Farida Absalomovna – Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi 🥉 3-örin — Olimova Sarvinoz Dilmurod qizi – Şarq filologiyasi fakulteti talabasi Tanlov ğoliblari va sovrindorlari diplom, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi. Mazkur tanlov talaba-yoşlarning ekologik bilimlarini mustahkamlaş, ekologik madaniyatini yuksaltiriş, tabiatni asraşga qaratilgan taşabbuslarini rağbatlantiriş hamda universitetda ekologik masʼuliyat muhitini şakllantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 🌱 Ekologik tafakkur — kelajak garovi! 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 61 |
| 3 ч | 78 |
| 6 ч | 87 |
- Через 1 час61
- Через 6 часов87
- Всего сейчас87
Переслано из Ingliz tili 2-fakulteti | ÖzDJTU
Joriy yilning 25-noyabr kuni Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tilini öqitiş metodikasi 2-kafedrasi hamda Şayxontohur tumanidagi 299-sonli umumiy örta ta’lim maktabi örtasida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça yillik iş rejasi doirasida amaliy maşğulotlar taşkil etildi. Maşğulotlarda kafedra professor-öqituvçilari F. Aşurova, Ş. Turğunov, E. Gilyazetdinov hamda maktabning ingliz tili öqituvçilari iştirok etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi öquvçilarni milliy va xalqaro til sertifikatlariga tayyorlaşga kömaklaşiş, ularning ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantiriş hamda til örganişga bölgan qiziqişini oşirişdan iborat böldi. Amaliy maşğulotlar davomida ingliz tilining tört asosiy könikmasi — Listening (tinglab tuşuniş), Reading (öqiş), Writing (yoziş) va Speaking (gapiriş) böyiça interaktiv topşiriqlar va samarali metodik yondaşuvlar qöllanildi. Mazkur hamkorlik maktab öquvçilarining til biliş darajasini oşiriş, ularni xalqaro imtihonlarga puxta tayyorlaş hamda oliy ta’lim muassasasi va umumiy örta ta’lim maktabi örtasidagi amaliy aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi. 😊İngliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo böling! 📱Telegram 📱Instagram
Открыть в TelegramПереслано из Ingliz tili 2-fakulteti | ÖzDJTU
2026-yil 24-noyabr kuni Toşkent şahri Şayxontohur tumani 299-sonli umumta'lim maktabida ÖzDJTU Ingliz tili ikkinçi fakulteti, Ingliz tilini öqitiş metodikasi kafedrasi öqituvçisi F. Aşurova hamda 2322-guruh talabasi Oçilova Nargiza iştirokida 11-sinf öquvçilari uçun navbatdagi fakultativ maşğulot taşkil etildi. Fakultativ maşğulot «Writing: For and Against» hamda «Reading Part 3» mavzulariga bağişlandi. Maşğulot davomida öquvçilarga berilgan mavzular yuzasidan ijobiy va salbiy fikrlarni tahlil qiliş, ularni mantiqiy ketma-ketlikda yozma bayon etiş hamda matnni tuşunib öqiş strategiyalari tuşuntirildi. Şuningdek, öquvçilar Reading Part 3 böyiça matnlar bilan işlaş, savollarga javob topiş, asosiy ğoyalarni aniqlaş va Writing böyiça öz fikrlarini dalillar bilan asoslaşga qaratilgan amaliy maşqlarni bajardilar. Maşğulot interaktiv metodlar va amaliy topşiriqlar asosida olib borilib, öquvçilarning öqiş, yoziş, tanqidiy fikrlaş hamda ingliz tilida öz fikrini aniq va ravon ifodalaş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qildi. 😊İngliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo böling! 📱Telegram 📱Instagram
Открыть в TelegramПереслано из Ingliz tili 2-fakulteti | ÖzDJTU
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 2026-yil 25-noyabr kuni Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi katta öqituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 2524-guruh talabalari Tojiboyeva Xurmatoy va Şokirova Ziyoda tomonidan Toshkent shahar Şayhontohur tumanidagi 41-sonli maktabda 3-B sinf öquvçilari uçun " "My house" mavzusida ingliz tili to‘garak maşğuloti taşkil etildi. Maşğulotda öquvçilar uynu tasvirlaşga oid iboralarni örgandilar. Turli qiziqarli interaktiv maşqlar va ta’limiy öyinlar orqali öquvçilarning darsga bo‘lgan qiziqişi yanada oşirildi. Maşğulot mazmunli, qiziqarli va kötarinki ruhda taşkil etildi. Öquvçilar faol iştirok etib, mavzu yuzasidan bilim va könikmalarini yanada mustahkamladilar! 😊İngliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo böling! 📱Telegram 📱Instagram
Открыть в TelegramПереслано из Kechki va Sirtqi ta'lim fakulteti Yoshlar ittifoqi
🩺 1-kurs Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti talabalari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 📅 2026-yil 24-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kechki va sirtqi ta’lim fakultetida 1-kurs kechki ta’lim talabalari uchun universitet oliy toifali shifokori Zilola Azimboyeva ishtirokida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 👩⚕️ Tibbiy ko‘rik davomida talabalarning salomatligi tekshirilib, umumiy jismoniy holati baholandi. Shuningdek, antropometrik o‘lchovlar amalga oshirilib, ularning bo‘yi, tana vazni va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari qayd etildi. 🥗 Ko‘rik jarayonida talabalarga turli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom va muvozanatli ovqatlanish, kun tartibiga rioya qilish hamda jismoniy faollikni oshirish yuzasidan foydali tavsiyalar berildi. 🤝 Tadbirni tashkil etish va talabalarning ishtirokini ta’minlashda fakultet dekani N.Mamadov, dekan muovini F.Rustamov, tyutor O.Xudoyqulov yaqindan yordam berdilar. 💚 Mazkur profilaktik tadbir talaba-yoshlar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va fakultetda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 📝 Telegram | 💻 Instagram
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 36 |
| 2 ч | 171 |
- Всего сейчас171
Связи
Похожие каналы
Tarjimonlik fakulteti_ÖzDJTU (official)@tf_uzswluОбразование1,9 тыс.
Ingliz tili 2-fakulteti | ÖzDJTU@second_faculty_officialОбразование1,83 тыс.
Roman-german filologiyasi fakulteti@rgffacultyОбразование1,58 тыс.
ÖzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ@uzswluОбразование17,8 тыс.
Ingliz tili 1-fakulteti | O’zDJTU@first_faculty_officialОбразование2,46 тыс.
3rd English faculty@thirdenglishfacultyОбразование2,44 тыс.
RuStudy 🔥 | Chet elda o'qish@intuition_uzОбразование4,28 тыс.
Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi@nqaaeuzОбразование4,24 тыс.
Кто упоминает
Кого упоминает
Tarjimonlik fakulteti_ÖzDJTU (official)@tf_uzswlu8 упоминаний
Ingliz tili 2-fakulteti | ÖzDJTU@second_faculty_official6 упоминаний, 3 репоста
Roman-german filologiyasi fakulteti@rgffaculty1 упоминание, 2 репоста
ÖzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ@uzswlu2 упоминания, 1 репост
Ingliz tili 1-fakulteti | O’zDJTU@first_faculty_official1 упоминание
3rd English faculty@thirdenglishfaculty1 упоминание