Özbekiston va Avstriya örtasida quriliş standartlari va bozor nazorati sohasidagi hamkorlik kengaytirilmoqda ✅ Vena şahrida Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi vakillari hamda Avstriya quriliş muhandislik instituti (OIB – Österreiçisçes Institut für Bauteçnik) vakillari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Muloqot davomida quriliş sohasida texnik jihatdan tartibga soliş, bozor nazoratini samarali taşkil etiş, quriliş mahsulotlari xavfsizligini ta’minlaş hamda ularning xalqaro standart va talablarga muvofiqligini baholaş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuvda tomonlar quriliş materiallari ustidan monitoring olib boriş, mahsulotlarning texnik talablarga muvofiqligini tekşiriş hamda bozor nazoratini amalga oşiriş böyiça milliy tajriba va amaliy mexanizmlar yuzasidan fikr almaşdilar. ✅ Şuningdek, Avstriyaning quriliş sohasidagi ilğor tajribasini örganiş, bozor nazorati tizimini takomillaştiriş va Yevropa amaliyotini Özbekiston milliy sifat infratuzilmasiga joriy etiş imkoniyatlari körib çiqildi. Muloqot yakunida quriliş mahsulotlari xavfsizligi va sifatini oşiriş, sohada şaffof nazorat mexanizmlarini rivojlantiriş hamda ikki mamlakatning tegişli taşkilotlari örtasidagi institutsional aloqalarni mustahkamlaş muhimligi ta’kidlandi. ✅ Mazkur uçraşuv Özbekiston va Avstriya örtasida texnik jihatdan tartibga soliş, quriliş mahsulotlari xavfsizligi va bozor nazorati yönalişlaridagi özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi. 🌐 standart.uz | 😎Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 240 |
| 2 ч | 336 |
| 8 ч | 425 |
- Через 1 час240
- Через 6 часов425
- Всего сейчас425