Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 865 |
| 9 ч | 927 |
- Через 6 часов865
- Всего сейчас927
Часов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 865 |
| 9 ч | 927 |
🗣“KAPITAL BOZORI TÖĞRISIDA”GI QONUN LOYIHASI SENATGA YUBORILDI Oliy Majlis Qonunçilik palatasida “Kapital bozori töğrisida”gi qonun loyihasi uçinçi öqișda qabul qilinib, Senatga yuborildi. Yangi qonun loyihasi kapital bozorini rivojlantiriş, uning infratuzilmasini takomillaştiriş va investorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Loyihada moliyaviy instrumentlar turini kengaytiriş, jumladan, sukuk, qoplangan va barqaror rivojlanish obligatsiyalarini joriy etiş, sekyuritizatsiya mexanizmlarini rivojlantiriş, kliring va kastodial xizmatlarni tartibga soliş nazarda tutilgan. Şuningdek, axborotni oşkor etiş talablarini kuçaytirish, professional iştirokçilar faoliyati va nazorat tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlaştirish orqali investorlar huquq va manfaatlarini himoya qilişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur qonun kapital bozorida oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, investorlar işonçini oşirish hamda korxonalarning uzoq muddatli moliyaviy resurslarni jalb qiliş imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Endilikda qonun loyihasi Senat tomonidan körib çiqiladi. #qonun_loyihasi RU🇷🇺 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Linkedin
Открыть в Telegram🗣KAPITAL BOZORIDA OÇIQLIK VA ŞAFFOFLIKNI TA’MINLAŞ “Kapital bozori töğrisida”gi qonun loyihasi mamlakatimiz kapital bozorini zamonaviy qonunçilik asosida rivojlantiriş, investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, bozorda adolatli raqobat, oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaşga qaratilgan. Yiğilişda Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi ham ishtirok etdi. Loyiha doirasida kapital bozori moliyaviy instrumentlari turini kengaytiriş, jumladan, hosilaviy moliyaviy vositalar, qoplangan obligatsiyalar, sekyuritizatsiya, sukuk va barqaror rivojlanish obligatsiyalarini joriy etiş hamda ularning muomalasini tartibga soliş nazarda tutilmoqda. Mazkur qonun loyihasi investorlar işonçini oşiriş, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş hamda kapital bozorining rivojlanishi uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi. Batafsil RU🇷🇺 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Linkedin
Открыть в Telegram🇺🇿18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun! Davlat bayroği — milliy ğururimiz va mustaqilligimiz ramzi. U xalqimizning ezgu intilişlari, birlik va kelajakka bölgan işonçini mujassam etadi. #davlat_bayroği 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Linkedin
Открыть в Telegram🔐Oçiqlik va şaffoflik — korrupsiyaga qarşi kuraşişning muhim omili Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi faoliyatida oçiqlik, şaffoflik va jamoatçilik nazorati korrupsiyaning oldini olişning eng samarali vositalaridan biridir. 🔔 Agar Markaziy depozitariy faoliyati bilan boğliq korrupsiya holatlari, manfaatlar töqnashuvi yoki boshqa qonunbuzilişlarga duç kelsangiz, işonç telefoni orqali murojaat qilişingizni söraymiz: 📞 +998 71 209 02 63 Oçiqlik — işonç garovi, jamoatçilik nazorati esa korrupsiyaning oldini olişning samarali mexanizmidir. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Linkedin
Открыть в Telegram💐11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan davra suhbati taşkil etildi “Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi” AJda Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan davra suhbati bölib ötdi. Tadbir davomida kasaba uyuşmasi a’zolari bayram bilan samimiy tabriklanib, kasaba uyuşmasi qömitasi xodimlarning manfaatlarini himoya qiliş, jamoada birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlaş borasidagi faoliyati alohida e’tirof etildi. Şuningdek, xodimlarning samarali mehnat faoliyati, ular uçun yaratilayotgan qulay iş şaroitlari, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va mehnat muhitini yanada yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan işlarga alohida töxtalib ötildi. #kasaba_uyuşmalari_kuni RU🇷🇺 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Linkedin
Открыть в Telegram✍✍✍✍✍✍ 🗣Aksiyadorlik jamiyatlarida xorijiy investorlar iştiroki 2026-yil 1-noyabr holatiga köra, Özbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida jami 4 803 nafar xorijiy aksiyador mavjud. Xorijiy investorlarga tegişli aksiyalarning nominal qiymati 37,4 trln sömni taşkil etmoqda. #xorijiy_investorlar RU🇷🇺 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Linkedin
Открыть в Telegram❔Listing nima? Listing — kompaniya qimmatli qoğozlarini fond birjasi savdolariga kiritiş jarayonidir. Bu orqali kompaniya aksiyalari birjada erkin savdo qilinişi mumkin böladi. #moliyaviy_savodxonlik RU🇷🇺 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Linkedin
Открыть в Telegram🔔Kun raqami 2026-yil boşidan buyon yangi röyxatga olingan 31 ta aksiyadorlik jamiyati tomonidan jami 3 043,4 mlrd sömlik aksiyalar çiqarildi. #kunraqami RU🇷🇺 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Linkedin
Открыть в Telegram🇺🇿11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni! Yaqinlaşayotgan bayram munosabati bilan “Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi” AJ Kasaba uyuşmasi tomonidan xodimlar uçun kötarinki kayfiyat va döstona muhitda bouling musobaqasi taşkil etildi. Tadbir davomida hamkasblar özaro bellashib, jamoaviy ruh, birdamlik va faol dam oliş muhitida vaqt ötkazdilar. Bunday tadbirlar jamoada döstona munosabatlarni mustahkamlaş, xodimlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi. Kasaba uyuşmasi — xodimlar manfaatlari, birdamlik va jamoaviy hamjihatlik timsoli! #kasaba_uyuşmasi_kuni #teambuilding RU🇷🇺 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Linkedin
Открыть в Telegram