Vakansiya! Kapital.uz’ning o‘zbek tilidagi tahririyatiga yangiliklar muharriri kerak Vazifalar: • O‘zbek tilida yangiliklar yozish, matnlarni tahrirlash va dolzarb axborot mavzularini izlash; • Muharrirlar va jurnalistlar bilan hamkorlikda ishlash; • Muhim voqealar va dolzarb mavzular bo‘yicha sharhlar hamda tahliliy materiallar tayyorlash. Nomzodga qo‘yiladigan talablar: • Yangiliklar kun tartibini yaxshi bilish va boshqalar e’tibor bermagan axborot mavzularini ilg‘ay olish; • Tezkor ishlash, muhim ma’lumotlarni saralash va tezkor xabarlarni o‘z vaqtida e’lon qilish; • O‘zbek tilida savodli va lo‘nda yozish, matnlarni tezkor tayyorlash, sayt boshqaruv paneli va oddiy grafik vositalar bilan ishlay olish. Ish sharoitlari: • 5/2 ish jadvali (masofaviy yoki gibrid ishlash imkoniyati mavjud); • Shahar markazidagi zamonaviy ofis; • Maosh kelishuv asosida (qat’iy maosh + bonuslar). Rezyume va portfolioingizni Telegram orqali yuboring: @GuzALimova (hamkorlik materiali)
Открыть в TelegramПосты канала Uzcars.uz
Yangi Kia Sportage — shahar va uzoq safarlar uchun Kenglik, qulaylik va kuch — har bir safarda. • Oylik to‘lov — 7 581 667 so‘mdan; • Boshlang‘ich to‘lov — 40%; • Muddat — 36 oy, 0% yillik stavka. Kia Kokcha’da bepul test-drayvga yoziling. Telefon: +998555000516 Taklif shartlari avtomobilning ishlab chiqarilgan yili va komplektatsiyasiga bog‘liq. Sug‘urta majburiy. (reklama huquqi asosida)
Открыть в TelegramCadillac eng qimmat Escalade’ni taqdim etdi Cadillac Escalade-V’ning brendning 125 yilligiga bag‘ishlangan maxsus talqini taqdim etildi. Atigi 252 dona ishlab chiqariladigan SUV $240 ming ga baholangan. Eng qizig‘i, xaridor avtomobil uchun VIN raqamini o‘zi tanlashi mumkin. Model 6,2 litrli V8 benzin dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 692 ot kuchiga ega. To‘liq uzatma tizimiga ega avtomobil 100 km/soat tezlikka 4,5 soniyada erishadi. Maxsus talqin 24 dyuymli disklar, karbon bezaklar va salondagi ko‘k aksentlar bilan ajralib turadi. Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Открыть в TelegramKia yangi Seltos narxlarini e’lon qildi Yangi Kia Seltos O‘zbekistonda beshta komplektatsiyada taklif etiladi. Narxlar 350 mln so‘mdan boshlanib, 450 mln so‘mgacha yetadi. Barcha versiyalar 200 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbo dvigatel va 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Modelning to‘liq uzatmali versiyasi ham mavjud. Krossover 100 km/soat tezlikka 8,2 soniyada erishadi. Yoqilg‘i sarfi esa 100 km uchun taxminan 9,2 litrni tashkil etadi. Kia Seltos gabaritlari: Uzunligi — 4 460 mm Kengligi — 1 830 mm Balandligi — 1 615 mm G‘ildirak bazasi — 2 690 mm Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Открыть в TelegramO‘zbekistonda benzin importi 12 baravar kamaydi O‘zbekiston aprel oyida 140,5 mln litr benzin import qilgan bo‘lsa, avgustda bu ko‘rsatkich 11,4 mln litrga tushdi. Yetkazib berish hajmi may oyidan boshlab mintaqadagi geosiyosiy vaziyat fonida keskin kamaygan. Avvalroq Rossiya O‘zbekistonga import qilinadigan benzinning 85–90 foizini yetkazib bergan. Sentabrda import 16,3 mln litrga yetgan bo‘lsa-da, bu aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 8,6 baravar kam. Import benzini ham qimmatlashdi. Aprelda 1 000 litr benzin $576 ga tushgan bo‘lsa, avgustda narx $995 ga yetdi. Yanvar–avgust oylarida AI-95 benzini narxi 20,7 foizga oshdi. O‘zbekiston Rossiya benzini o‘rnini qoplash uchun Ozarbayjon, Turkmaniston va Belarusdan yangi yetkazib beruvchilarni izlamoqda. Shu bilan birga, sakkiz oyda mamlakatda benzin ishlab chiqarish 4,6 foizga oshib, 811,3 ming tonnani tashkil etdi. Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Открыть в TelegramToshkentda Bolgariya benzini paydo bo‘ldi Toshkentdagi ayrim AYoQShlarda Bolgariyada ishlab chiqarilgan AI-95 benzini litri 19 700 so‘mdan sotilmoqda. Mamlakatdagi yagona neftni qayta ishlash zavodi «Lukoyl» kompaniyasiga tegishli. Rossiyadan yoqilg‘i yetkazib berishda yuzaga kelgan uzilishlardan so‘ng, «Lukoyl» O‘zbekistonda Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan AI-95 benzinini ham sotishni boshlagan. Uning narxi litri uchun 20 800 so‘mni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Qozog‘istondagi «Lukoyl» AYoQShlarida AI-95 benzini 329 tenge yoki taxminan 8 750 so‘m, AI-92 esa 255 tenge yoki 6 750 so‘mdan sotilmoqda. Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Открыть в TelegramYangi Kia — qulay kredit shartlari bilan Kia Sonet, Kia K5 yoki Kia Sportage — qaysi biri sizga mos? Endi o‘zingizga yoqqan avtomobilni 25% dan boshlang‘ich to‘lov va 60 oygacha kredit muddati bilan xarid qilish imkoniyatidan foydalaning. Moliyalashtirish shartlari tanlangan komplektatsiya, boshlang‘ich to‘lov miqdori va muddatga qarab o‘zgarishi mumkin. Telefon: +998555008118 Manzil: Kia Urgut (reklama huquqlari asosida)
Открыть в TelegramCobalt savdosi 27 foizga pasaydi 2026 yilning yanvar-sentabr oylarida UzAuto Motors 69 230 dona Chevrolet Cobalt sotdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga kam. 2025 yilning dastlabki 9 oyida xaridorlarga 95 362 dona Cobalt yetkazib berilgan. Savdolar faqat III chorak oxirida tiklana boshlagan. Avgust va sentabr oylarida ko‘rsatkichlar o‘tgan yilgi darajaga yaqinlashgan. Bunga chegirmalar, foizsiz bo‘lib to‘lash va imtiyozli avtokreditlar sabab bo‘lgan. Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Открыть в TelegramKia Sonet — shahar hayoti uchun qulay krossover Oylik to‘lov — 1 922 115 so‘mdan. • Boshlang‘ich to‘lov — 50%; • Muddat — 52 oy | 0% yillik stavka. Bepul test-drayvga yoziling va to‘lov jadvalini oling! Manzil: Kia Ahmad Donish Telefon: +998555006886 Shartlar individual hisoblanadi. Sug‘urta majburiy. (reklama huquqi asosida)
Открыть в TelegramTesla havoda sakraydigan Roadsterni taqdim etdi Yangi sportkar 2028-yildan seriyali ishlab chiqarilishi kutilmoqda Tesla kompaniyasi yangi Roadster sportkarini taqdim etdi. Ilon Mask avtomobil tirbandliklar ustidan sakrashi, havoda aylanishi va g‘ildiraklari bilan yerga qo‘nishini ma’lum qildi. Buning uchun avtomobilda siqilgan gaz texnologiyasi va maxsus ventilyatorlardan foydalanilishi aytilmoqda. Roadster 100 km/soat tezlikka atigi 0,59 soniyada chiqishi, maksimal tezligi esa 370 km/soat bo‘lishi kutilmoqda. Yangi Roadsterning seriyali ishlab chiqarilishi 2028-yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Открыть в TelegramAvtoVAZ $83 mingli poygalar uchun LADA Iskra’ni taqdim etdi AvtoVAZ $83 ming qiymatidagi poyga sedanini taqdim etdi. Premyera 10-oktabr kuni Moskva Raceway avtodromida korxonaning sport tarixiga bag‘ishlangan festival doirasida bo‘lib o‘tdi. Avtomobil 218 ot kuchiga ega 1,6 litrli turbomotor bilan jihozlangan. TMS Boost tizimi qisqa vaqt davomida quvvatni 240 ot kuchigacha oshirish imkonini beradi. Dvigatel 6 pog‘onali sekvensial uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Poygalar uchun sedan xavfsizlik karkasiga ega yengillashtirilgan kuzov, aerodinamik kuzov to‘plami va sozlanadigan amortizatorli kuchaytirilgan osma bilan jihozlangan. Shuningdek, 17 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatilgan. Poyga versiyasi Lada Iskra Cup monokubogida qatnashadi. Musobaqalarning ilk mavsumini 2027-yilda o‘tkazish rejalashtirilgan. Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Открыть в TelegramToshkentda avtobuslar yo‘lagida yurgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda Farg‘ona yo’li ko’chasida avtobus yo‘laklariga o‘rnatilgan kameralar ishga tushdi. Endi 06:00 dan 23:00 gacha oddiy mashinada «A» yo‘lagiga chiqqan haydovchiga 440 ming so‘m jarima yoziladi. 23:00 dan 06:00 gacha esa bu yo‘laklarda barcha transport vositalariga harakatlanishga ruxsat berilgan. Jarimani dastlabki 15 kun ichida to‘lasangiz, 50 foiz chegirma bilan 220 ming so‘m to‘laysiz. Bunday kameralar Toshkentning boshqa ko‘chalarida ham bosqichma-bosqich o‘rnatiladi. Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Открыть в TelegramChangan arzon va to‘liq bakda 2 ming km yuradigan avtomobil taqdim etdi Yangi sedan to‘liq elektr va gibrid versiyalarda taqdim etildi. Gibrid versiyasi elektrda 240 km, umumiy hisobda esa 2120 km gacha yuradi. Elektr versiyasi 630 km gacha masofani bosib o‘tadi va 10% dan 80% gacha atigi 12 daqiqada quvvatlanadi. Salonida 15,6 dyuymli ekran, barcha o‘rindiqlarda isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyasi mavjud. Xitoyda narxlar $16,5 mingdan $22 minggacha (aktual kurs bo’yicha). Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Открыть в TelegramXitoyni uchta eng likvid mashinalari e’lon qilindi Xitoy avtomobil dilerlari assotsiatsiyasi CPCA va Jingzhengu platformasi 2026-yil sentyabr oyi yakunlari bo‘yicha elektromobillarning qoldiq qiymati reytingini e’lon qildi. Unda avtomobillarning xariddan bir va uch yil o‘tgach, dastlabki narxini qanchalik saqlab qolishi baholangan. Bir yillik elektromobillar orasida Xiaomi YU7 yetakchi bo‘ldi — u dastlabki qiymatining 82,5 foizini saqlab qolgan. Ikkinchi o‘rinni Li Mega (78,1%), uchinchi o‘rinni esa Nio ES8 (77,5%) egalladi. Uch yillik elektromobillar reytingida Tesla modellari yetakchilik qildi. Tesla Model 3 qiymatining 61,4 foizini saqlab, birinchi o‘rinni oldi. Keyingi o‘rinlardan Model X (59,5%) va Model Y (53,9%) joy oldi. Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Открыть в Telegram