Aytmoqchimanki, yangi texnologiyalarga shubha bilan qaraydiganlar doim bo'lgan va bo'ladi. Hatto eng buyuk olimlar ham ba'zan ularning imkoniyatlarini yetarlicha baholay olmagan. Nobel olgan Pol Krugman bir kichik misol. Yaxshiyam, internetning ta'siri faks apparatinikidan kattaroq bo'lib chiqdi. Mana, bir necha soniyada 20 ming kishiga fikrimni bir soniyada yetkazyapman. Bo'lmasa, hozir har biringizga bittalab faks jo'natib o'tirgan bo'lardim. Bilmadim, necha yillik umrim bunga ketib qolar edi:) Albatta, Krugman adashgani bugungi SI skeptiklari ham mutlaqo noto'g'ri o'ylashyapti yoki Krugman katta xato qilgan degani emas. Lekin bu yangi texnologiyalarning kelajakdagi iqtisodiy ta'sirini oldindan baholash qanchalik qiyinligini yaxshi ko'rsatadi. @uzbekonomics
Открыть в TelegramПосты канала Uzbekonomics
Qo'shilmayman. SI hozircha insoniyatga deyarli foyda keltirmagan, bu hammasi hayp, u siz ham yaxshi yashab yurgandik, foydasidan zarari ko'proq va bu shov-shuv faqat milliarderlarni yanada boyitish uchun deyilibdi. Sherzod aka professorlar. Bunday qat'iy xulosalarni ulardan o'qish biroz hayratlanarli. Ehtiroslar emas ilmiy dalillar va faktlar bilan mulohaza qilsak bo'ladi. https://t.me/profsherzod/795 Bir og'iz fikrlarim: Sun'iy intellekt hayotimizni yaxshiladimi degan savol juda keng. Butun boshli yer shari kesimidami, qaysidir guruhgami, mamlakat, kasb egalari? Odamlarning vaqtini tejashi, ish unumdorligini oshirishi, ilgari qimmat yoki imkonsiz bo'lgan xizmatlarni arzonlashtirishining o'zi ham katta yutuq. Qolaversa, SI ning foydasi haqida endi faqat kelajak zamonda gapirishga ham hojat yo'q. Allaqachon ilmiy dalillar bor. Tibbiyotda: The Lancet jurnalida chop etilgan, qariyb 106 ming ayol qatnashgan randomizatsiyalangan tadqiqotda SI yordamida mammografiya tekshiruvlari 29% ko'proq saraton holatini aniqlagan. Rentgenologlarning ish hajmi esa 44% ga kamaygan. Bu yaxshimi? Yaxshi. Mehnat unumdorligida: Quarterly Journal of Economics jurnalidagi tadqiqotda SI yordamidan foydalangan xodimlarning unumdorligi o'rtacha 15% ga oshgan. Dasturchilar bilan o'tkazilgan randomizatsiyalangan tajribalarda esa bajarilgan vazifalar soni 26% ga ko'paygan. Mehnat unumdorligi, mehnat bozori haqida tadqiqotlar soni mingta, yana mingtasi shu oqshom yozilmoqda. Turli topilmalar bor, qarama-qarshilari ham. Ilm-fanda: 2026-yilda PNAS jurnalida chop etilgan, matematik Terence Tao ham ishtirok etgan tadqiqotda SI 67 ta matematik masaladan 23 tasida ilgari ma'lum natijalarni yaxshilagan. Science jurnalidagi boshqa bir tadqiqotda esa SI yordamida loyihalangan 16 ta hayotchan bakteriofag laboratoriyada olingan. Bular juda kam sonli dalillardan. Bular insoniyat hayotini yaxshilashga qo'shilgan real hissa deb hisoblayman. Agar istalgan texnologiya insonning bir soatlik ishini 40 daqiqada bajarishga yordam bersa, qimmat ekspertiza va bilimlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirsa yoki kasallikni ertaroq aniqlashga yordam bersa bularning o'zi ham katta yutuq emasmi? SI ning zarari foydasidan ko'proq degan fikrga ham qo'shilmayman. Chunki buni biz qat'iy ayta olmaymiz. Bu saylov emas, qaysi taraf 0.1%ga ham ko'proq bo'lsa o'sha taraf yutadi degan. Data-markazlarning suv va elektr iste'moli, mehnat bozoridagi o'zgarishlar, monopoliyalashuv xavfi bular real muammolar, albatta. Ammo xarajatlarning mavjudligi uning foydadan kattaligini anglatmaydi. Endi milliarderlarga kelsam, texnologiya kompaniyalarining bozorda qimmat baholanishi yoki investorlarining boyishi uning jamiyatga foydasi yo'qligini bildirmaydi. Teskarisi, hatto investorlar milliardlab dollar yo'qotgan taqdirda ham texnologiya jamiyat uchun ulkan qiymat yaratishi mumkin. "SIdan oldin ham tuzukkina yashab yurmaganmidik?" degan savolga kelsam, odamzod elektr energiyasi, antibiotiklar, kompyuterlar va internetsiz ham bir amallab yashagan. Lekin bu texnologiyalar hayotimizni yaxshilamaganini anglatmaydi. Va, Britaniya hukumati yaqinda aholiga uch kunga yetadigan oziq-ovqat va suv zaxirasini saqlashga tavsiya berganini Sherzod aka SIga bog'labdilar, hukumat aytmadi debdilar. Yo'q, hukumat aniq aytgan: kuchli bo'ronlar, yong'inlar va kundalik xizmatlarning favqulodda uzilishi (texnologiya deb ham, urush deb ham) ehtimolini ko'rsatgan. Bunday tavsiyalar azaldan beri berib kelinadi. Odamlar esa hukumatning hamma gapini ham jiddiy qabul qilavermaydi. Chunki hukumatni o'zi bunday vahima qilmasligi kerak edi. Menimcha, shundoq ham odamlarni uyida 2-3 kunga yetadigan oziq-ovqat, suv zaxirasi doimo bor edi. @uzbekonomics
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 22 ч | 4 657 |
| 36 ч | 4 956 |
- Через 24 часа4 657
- Всего сейчас4 956
Oxirgi 24-36 soat dayjesti: • Texnologiya sektoridagi eng muhim korxona Nvidia CEOsi ishdan ketdi. • Dunyo bo'ylab Microsoft xizmatlarida global uzilish yuz berdi- Outlook kuni bilan ishlamadi (korporativ olamda ish deyarli to'xtab qoldi). Men ham ishlata olmadim. • Bugun AQShda aviatsiya dispetcherlik tizimidagi aloqa va radar muammolari sabab mamlakat bo'ylab samolyotlarning havoga ko'tarilish to‘xtatildi. 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlardan beri bunday umummilliy cheklov endi yuz berdi • Nyu-Orlean shahrida tanker bilan yo'lovchi kruiz kema bilan to'qnashib kruiz kema cho'kibdi. Yana nimani o'tkazib yubordim? Aloqasi bo'lmasa ham aytay - kiberxujumlar ko'paysa ko'payadigan, lekin kamaymaydigan zamondamiz, menimcha. @uzbekonomics
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 22 ч | 4 871 |
| 36 ч | 5 180 |
- Через 24 часа4 871
- Всего сейчас5 180
Podkastimizning yangi epizodi: 69 - AQShdagi oraliq saylovi va boshqa oxirgi ikki oydagi yangiliklar Youtubeda video: https://youtu.be/j02ccOis--k Audio formatda: Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring. @uzbekonomics
Открыть в TelegramJensen "kojannaya kurtka" Huang ishdan ketdi (haydaldi). AI sohasidagi eng katta yangilik desa ham bo'ladi. AQSh va dunyoning eng qudratli/ta'sirli korxonalaridan birining rahbari ketgani Xitoy uchun katta g'alaba. @uzbekonomics
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 59 ч | 7 338 |
| 73 ч | 7 495 |
- Всего сейчас7 495
Haqiqatdan ham, bu yangiliklarni Tramp ko'rib qolmasin. AQSh korxonasining tovarlariga O'zbekistonda foydalanish uchun boj borligini bilib qolmasin. Aks holda O'zbekiston tovarlariga ham boj e'lon qilib yuborishi mumkin. Bilib bo'ladimi. @uzbekonomics
Открыть в TelegramIMEI tizimi joriy qilinganiga yaqinda 7 yil bo'ladi adashmasam. Shu vaqt ichida COVID degan pandemiya boshlanib, butun dunyo karantinga kirib-chiqishga ulgurdi. Arsenalga yangi murabbiy kelib, 22 yildan keyin Angliya chempioni bo'ldi. O'zbekiston futbol bo'yicha Jahon chempionatiga ilk bor chiqib, unda qatnashib ham ulgurdi. "Marojniy" yeb kelishga ham ulgurdik. AQShda Trump ketdi, Biden keldi, Biden ketdi, Trump qaytdi. Texas ko'k rangga aylandi. Kanzas 100 yildan beri saylamagan demokratni sayladi. Twitter X ga aylandi. ChatGPT paydo bo'ldi, sun'iy intellekt tez rivojlandi. Hatto o'sha iPhone 11 dan iPhone 18 gacha yetib keldik. Biz esa hamon xorijdan o'z pulimizga sotib olib kelgan telefonimizni IMEI ro'yxatidan o'tkazish tashvishi bilan yuribmiz. Bo'lar endi. @uzbekonomics
Открыть в TelegramYaqinda 2027 yil keladi. Lekin, haligacha IMEI degan balo kun tartibida turgani, u yo'q bo'lib ketish o'rniga, battar bojlari/ta'qiqlari oshib borayotgani sharmandali vaziyat. Uyalish kerak. @uzbekonomics
Открыть в TelegramBugun esa hamma Jensen Huang Nvidia rahbarligida qoladimi-yo'qmi, shunga qarab turgandek. Jensen Xitoy razvedkasiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan ayol bilan ishqiy munosabatda bo'lgan ekan. Jensenning shaxsiy hayoti bu davlat sirlari, josuslik masalasi, va butun boshli sun'iy intellekt sanoati masalasidir. Bu yangilik oxirgi haftada AI kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashayotgan, demokratlarning saylovdagi g'alabasidan so'ng data-markazlar qurilishiga qarshilik kuchayayotgan bir paytda yuz bermoqda. Xullas, bingo kartamda Jensen haqida bunday yangilik yo'q edi. @uzbekonomics
Открыть в TelegramTramp UFC rahbari Dana Whiteni prezident matbuot kotibi lavozimiga taklif qilib, iltimos qilibdi. Matbuot kotibi yordamchilari sifatida esa Dana Whitedan Islam Makhachev va Khabib Nurmagomedovlarni olib kelsin deb so'rabdi. Amerikaliklarga qarshi jangchilar kerak deb. Buyog'i endi teatr emas klinika. @uzbekonomics
Открыть в TelegramMalayziyada hozirda bir kishiga to'g'ri keladigan sun'iy intellekt hisoblash quvvati Yevropa Ittifoqiga qaraganda 6 baravar ko'p ekan. Google Malayziada 15 milliard dollarlik data markazlar qurayotgan ekan. @uzbekonomics
Открыть в TelegramQizil dengizda customer service: https://www.wsj.com/world/middle-east/to-cross-the-red-sea-shippers-email-houthi-rebels-read-their-inbox-5ecace40 @uzbekonomics
Открыть в TelegramO'ngchi techbrolarga qiyin hafta bo'ldi. Ayniqsa Kremniy vodiysidagi va PayPal mafiyasidagilarga. Saylovda ham, bozorda ham. @uzbekonomics
Открыть в TelegramAI musiqasi sekinlashmoqda. To'g'rirog'i korxonalar va kapital bozorning AI sarmoyasi haqidagi musiqiy albomning oxiri ko'rinmoqda. Gap shundaki, bozorda shundoq ham AI sarmoyalarining rentabellik masalasi kun tartibida edi. Kelajakdagi daromadlar bo'yicha kutilmalar qayta ko'rilib chiqilayotgan, data markazlarni moliyalashtirish xarajati (korporativ obligatsiyalar, qarz) oshib borayotgan edi. Saylov bahonasida ba'zi korxonalar "saylov deb AI xarajatlarimizni qisqartiramiz, yangi data markazlarni qurmaymiz" deyishi hech gap emas. Qiymatlar shishirilgan bozordan foydani olish (profit taking) uchun ayni payti edi. @uzbekonomics
Открыть в TelegramAQSh siyosatida kitchen-table issues degan tushuncha bor- oddiy oilalarning kundalik turmushiga bevosita ta'sir qiladigan masalalar: oziq-ovqat narxlari, uy-joy, ish haqi, tibbiyot, farzandlar ta'limi vhkz. Menimcha, bu yilgi saylovlarni ham kitchen-table election deb atash mumkin. Ya'ni saylovchilarning e'tibori mafkuraviy va madaniy bahslardan ko'ra kundalik iqtisodiy muammolarga qaratilgan. Odamlarni Oq uydagi banket zalidan ko'ra, o'z uyidagi dasturxon ko'proq qiziqtiradi. Benzinning bir gallon narxi million dollarga yaqinlashib qoldi, axir. Bugun fond bozorlari o'smoqda. Ya'ni investorlar ham kechagi saylov natijalarini ijobiy qabul qilmoqdalar. Nimaga? Chunki, hokimiyatda kuchlar balansi tiklanmoqda. Kongressga tiyib turish qobiliyati qaytmoqda. Bozor noaniqlikni yoqtirmaydi. Keyingi ikki yilda yirik siyosiy qarorlarni bir tomonlama qonunga aylantirish imkoniyatini cheklanmoqda. Iqtisodiyot va investorlar uchun esa siyosiy qarorlarning oldindan taxmin qilinishi, barqaror qoidalar va hokimiyat tarmoqlari o'rtasidagi muvozanat muhim. @uzbekonomics
Открыть в TelegramLekin ovoz beruvchilar ishsizlik kam ekan deb hukumatga “rahmat” aytmaydi. Chunki saylovchilar iqtisodiyotni baholashda qiziq bir xususiyatga ega: ishli bo’lsa, buni ko’proq o’zining bilimi, mehnati va qobiliyati natijasi deb biladi. Ammo narxlar oshsa, bunga hukumatni ayblaydi. AQShda bunga yaqqol dalil bor bu yil - urushni hukumat boshladi va narxlar shu deb oshdi. @uzbekonomics
Открыть в TelegramTanishing. Doktor Abdulrahmon El-Sayed. Michigan shtatidan AQSh Senatori. AQSh tarixidagi birinchi musulmon Senator. @uzbekonomics
Открыть в TelegramKeyingi safar "mening yoki sening ovozing hech narsani hal qilmaydi" deyishsa mana buni ko'rsatsa bo'ladi. Hozir Mississippi shtatidan Senator joyiga saylovda ikki nomzodning ovozlaridagi farqi 28! Yigirma sakkiz dona ovoz farq. 97% ovozlar sanab bo'lingan. @uzbekonomics
Открыть в TelegramTexasdagi saylovlardan yana bir muhim xulosa: Texas majoziy ma'noda ko'k rangga bo'yalgan bo'lsa ham, bu texasliklar birdaniga ko'pchilik madaniy urushda tamg'a bosadigan liberal bo'lib qoldi, degani emas. Mutlaqo. Texas hamon diniy, konservativ qadriyatlar kuchli bo'lgan shtat. Va shundayligicha qoladi. Paradoks shundaki demokrat James Talariko ayrim jihatlari bilan respublikachi Ken Pakstondan ham ko'ra ko'proq an'anaviy respublikachini eslatadi. James - sobiq maktab o'qituvchisi, Harvard universitetida ta'lim siyosati bo'yicha magistrlik darajasini olgan, diniy seminariyada tahsil ko'rgan e'tiqodli nasroniy. Siyosatga kirishidan oldin San-Antoniodagi kam ta'minlangan oilalar farzandlari o'qiydigan maktabda ikki yil dars bergan. Kapitalizm, chegara xavfsizligi va Texasning neft-gaz sanoatini qo'llab-quvvatlaydigan siyosatchi. Pakston esa oilaviy qadriyatlar, din va axloq haqida ko'p gapirsa-da, yillar davomida korrupsiya ayblovlari, o'z partiyasi tomondan impichment bo'lgan va shaxsiy mojarolar markazida bo'ldi. Respublikachilar o'nlab yillar davomida targ'ib qilgan ayrim an'anaviy qadriyatlarni bugun demokrat nomzoddan eshitishning o'zi katta paradoks, menimcha. @uzbekonomics
Открыть в TelegramTexas-ku mayli, Kanzasni qarang. Kanzasda demokratlar 100 (!) yildan beri AQSh Senatiga saylana olmagan edi. Bugun esa Adam Hamilton g'alaba qozonmoqda. Vaholanki bu shtatni Tramp 16 foiz farqi bilan yutgan edi, 2 yil oldin. Yana bir bor, bu saylov amerikaliklar Tramp va MAGA siyosatidan qanchalik charchaganini ko'rsatmoqda, nazarimda. Buning uchun bir asrlik an'anani ham buzishmoqda. @uzbekonomics
Открыть в Telegram