LONDON CHESS CLASSIC 2026: NODIRBEK ABDUSATTOROV BUGUN ILK TURDA DONA SURADI
2026-yil 24-noyabr – 7-dekabr kunlari Buyuk Britaniyaning London şahrida London Chess Classic 2026 xalqaro şahmat turnirining 16-mavsumi ötkaziladi.
Nufuzli musobaqada Özbekiston şarafini grossmeyster Nodirbek Abdusattorov himoya qiladi.
Hamyurtimiz turnirning asosiy —
Masters guruhida jahonning yetakçi şahmatçilari bilan bahs olib boradi.
Masters guruhi bahslari klassik şahmat böyiça aylanma tizimida ötkaziladi. Har bir iştirokçi jami 9 turda dona suradi.
Birinçi turda Nodirbek Abdusattorov AQŞ vakili Levon Aronyan (2719) bilan kuç sinaşadi.
Birinçi tur haqida:
Raqib: Levon Aronian (AQŞ)
Sana: 25-noyabr, 2026-yil
Boşlaniş vaqti: 21:00 (Toşkent vaqti bilan)
Vaqt nazorati:
Dastlabki 40 yuriş uçun — 90 daqiqa;
Keyingi yurişlar uçun — 30 daqiqa;
Birinçi yurişdan boşlab har bir yuriş uçun 30 soniya qoşiladi.
Masters guruhining umumiy mukofot jamğarmasi 131 000 AQŞ dollarini taşkil etadi.
Turnir ğolibi 65 500 AQŞ dollari bilan taqdirlanadi.
Şuningdek, 5–6-dekabr kunlari London Chess Classic doirasida Super Rapid musobaqasi ham ötkaziladi. 10 turdan iborat mazkur bahslarda norvegiyalik grossmeyster Magnus Carlsen ham iştirok etadi.
Ma’lumot uçun, Nodirbek Abdusattorov 2025-yilgi London Chess Classic Masters turnirida 9 imkoniyatdan 7,5 oçko jamğarib, musobaqa ğolibiga aylangan edi.
Hamyurtimizga musobaqada omad va yuqori natijalar tilaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram
🔹 Facebook 🌍Veb sayt