Кабинет

Посты канала UzASBO yangiliklari

сначала новые

#410Текст

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentyabrdagi PF-181-son farmonining 11-bandiga asosan UzASBO DMga lavozim boʻyicha ish haqi toʻlovlarining yuqori chegarasi (tegishli lavozim maoshining eng yuqori miqdoriga KPI uchun 25 foiz va malaka darajasi uchun ustamalar hamda oʻrtacha oylik bonus toʻlovlarini qoʻshgan holda) kiritilgandi. Bunda har bir lavozimga qancha yuqori chegara kiritilganini Boshqaruv menyusidagi Shtatlar jadvali boʻyicha tashkilot turi shakllanishi qismiga kirib, Lavozim boʻlimidagi Ish haqi chegarasi nomli soʻnggi ustundan koʻrib olish mumkin. Afsuski, baʼzi tashkilotlar cheklovni aylanib oʻtish uchun turli yoʻllarni oʻylab topibdi. Shu sababli Farmonda belgilangan tartibga amal qilish uchun dasturga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi: - Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Oylik hisobi qismiga yangi yuqori turuvchi tashkilot, yuqori tashkilot tasdiqlangan kabi ustunlar qoʻshildi. - Xuddi smeta, shtatlar jadvali kabi oylik hisobi hujjatini ham yuqori turuvchi tashkilotning masʼul xodimi tasdiqlab berishi kerak boʻladi. Buning uchun dasturning Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Tasdiqlanmagan ish haqi hisoblari qismiga kiriladi va tugmalar qatoridan tasdiqlash tugmasi bosiladi. Yaʼni tegishli oylik hujjatida 181-son Farmon talablariga zid ish qilinmagan boʻlishi kerak, buni oylik hisobi hujjatini exchel faylga pechat tugmasini bosish orqali oʻtkazib tekshirib olinadi. Bunda oylik hisobi hujjati yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlagandan soʻng qayta hisoblansa, undagi tasdiqlanganlik belgisi oʻchib ketadi. Shu sababli oylik hujjati yakuniy holatga kelib, unga qoʻshimcha oʻzgartirish kiritish shart boʻlmagandan soʻnggina yuqori turuvchi tashkilotga murojaat qilish kerak. - Soʻrovnoma hujjatini yuborishda undagi oylik hujjatlari yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanganligi tekshiriladi va tasdiqlanmagan oylik hujjatlari boʻlsa tegishli xatolik chiqib soʻrovnoma hujjatini yuborish imkoni boʻlmaydi. @uzasboyangiliklari

Открыть в Telegram
Просмотры25 300
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#409Текст

Balans hisobotini yuborishda tashkilotga kiruvchi sanasi 2026-yil 1-iyuldan keyin boʻlgan, lot raqami boʻlgan va tashkilot SHGʻH koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturalar toʻliq kirim qilinganini yaʼni oʻsha hisobvaraq-fakturani tanlab asosiy vosita va TMZlar kirimi yoki bajarilgan ishlar dalolatnomasi hujjatlari kiritilgani tekshiriladigan qilindi. Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida mazkur cheklov balans jamlanmasini yuborishda tekshiriladi. Shu sababli hech bir kiruvchi hisobvaraq-faktura boʻyicha qoldiq qolmaganligini avval tekshirib olish kerak. Shuningdek, hisobvaraq-faktura imzo kutilmoqda (invoice.uzasbo.uz tizimida esa Novaya) statusda boʻlsa va hali gʻaznachilik organlariga yuborilmagan boʻlsa, ularni avval qabul qilish yoki bekor qilish kerak boʻladi. Agar bekor qilish muddati o'tib ketgan bo'lsa, uni qabul qilish kerak, chunki tegishli muddat ichida qaytarilmagani uchun u aslida qabul qilingan hisoblanadi va yetkazib beruvchining soliq hisobotlarida ham inobatga olingan bo'ladi. (VMning 14.08.2020 y. 489-son qaroriga 2-ilova 63-band) Haqiqiy emas (Annulirovan), Bekor qilingan (Otmeneno), Rad etilgan (Ne prinyato) statusdagi hisobvaraq-fakturalar kirim qilinganligi tekshirilmaydi. Maʼlum bir hisobvaraq-fakturalarni kirim qilishda tovar soniga narx koʻpaytirilsa hisobvaraq-fakturadagi summaga mos kelmasligi mumkin. Bunga hisobvaraq-fakturada qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi borligi ham taʼsir qiladi. Misol uchun hisobvaraq-fakturada tovar miqdori 5.9988, narxi 10267.86, QQS stavkasi 12% va summa 68986.60 soʻm boʻlsin. Yaʼni bu yerda shartnomada aslida tovar narxi 11500 so'm va uning ichida QQS summasi ham turgani uchun 12% QQSni hisobga olganda yaxlit son chiqmaydi. Shu sababli bunda bir qatorda 4.9988*11500=57486.2 va yana bitta alohida qator qoʻshib 1*11500.40=11500.40 qilib hisobvaraq-faktura summasiga chiqiladi. Gʻazna mijoz-Invoys hujjati qismidagi hisobvaraq-fakturaning statusi yoki g'azna holati bilan invoice.uzasbo.uz tizimidagi status bir xil boʻlmasa, hisobvaraq-fakturaning ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, yangilash tugmasi bosilsa, to'g'rilanib ketadi. Gʻazna mijoz-Invoys hujjati qismida hisobvaraq-fakturalar kirim qilinganligini tahlil qilish uchun bir qancha imkoniyatlar qoʻshilgan: - Tashkilot SHGʻH, ID, lot raqami, hujjat raqami, yetkazib beruvchi STIR, hisobvaraq-fakturaning roumingdagi IDsi, agar hisobvaraq-fakturaga tuzatuvchi, qoʻshimcha tuzilgan boʻlsa eski hisobvaraq-faktura IDsi va holati boʻyicha filtr qilish mumkin; - Lot raqami bor yoki yoʻqligi, qoldiq summa 0 dan katta yoki kichikligi va kirim qilinmagan hisobvaraq-fakturalarni koʻrsatadigan qilishi mumkin; - Har bir hisobvaraq-fakturaning boshida turgan + tugmasini bosish orqali u tanlangan holda qaysi hujjatlar kiritilganini koʻrish mumkin. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida esa buni quyi tashkilotlar kesimida koʻrsatadi; - Hisobvaraq-fakturalar roʻyxatida uni ochmasdan turib xulosa qilish uchun asosiy maʼlumotlar chiqarib qoʻyilgan; - Hisobvaraq-fakturaning ustiga bosib, uning pdf shaklini koʻrish, shuningdek, invoice.uzasbo.uz tizimida koʻrinmaydigan shartnomadagi tartib raqam, YENKT kodi, tovar parametrlari kabilarni ham koʻrish mumkin. @uzasboyangiliklari

Открыть в Telegram
Просмотры24 300
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#408Превью ссылки
Просмотры22 500
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#407Файл
Просмотры22 800
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#406Текст
Просмотры26 200
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#405Текст

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.06.2026 yildagi PF-115-son farmoni bilan 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshirildi va 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab: - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 soʻm; - bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 soʻm etib belgilandi. Dasturda ham indeksatsiya hujjatini kiritish imkoniyati ochildi. O'tgan yili kiritilgan o'zgarishlarga asosan indeksatsiya hujjatida faqat summa asosida bo'lgan to'lov turlari chiqadi. Ya'ni, avvalgidek, okladdan yoki bazaviy miqdorlardan foiz asosida shakllanadigan to'lov turlari chiqmaydi. Agar xodimning okladi razryad asosida emas, bazaviy oklad asosida aniqlansa, indeksatsiyada oklad summasi ko'tarilgan holda chiqishi uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli sohalarga mas'ul xodimlari tomonidan boshqaruv menyusidagi Shtatlar jadvali boʻyicha tashkilot turi shakllanishi qismiga kiritib qo'yilishi kerak bo'ladi. Aslida, strukturalarda bazaviy oklad asosida deb ko'rsatilgan oklad summalarining barchasi ham bazaviy oklad bo'lmasligi mumkin. Shunchaki, mazkur lavozimlar mas'ullar tomonidan to'g'rilanmagan bo'lishi mumkin. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2024 yildagi PQ-346-son qarori bilan bir qator xodimlarning lavozim maoshlari qat'iy summada emas, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda) belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2023 yildagi PF-27-son farmonida esa 2023-yil 1-apreldan boshlab: professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga; professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirilishi belgilangan. Shunday bo'lsa-da, mazkur tashkilotlar strukturalarida tegishli lavozimlar haliyam bazaviy oklad asosida deb ko'rsatilgan. Natijada har ish haqi oshirilganda tashkilotlar indeksatsiya kiritish uchun tegishli summalar yangilab berilishini kutishiga to'g'ri keladi. Strukturada lavozim maoshi qanday ko'rsatilganini bilish uchun mazkur ma'lumotda aytilgan qismga kirish kerak bo'ladi. @uzasboyangiliklari

Открыть в Telegram
Просмотры31 900
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#403Текст

Xodimlardan xizmat safari boʻyicha qarzdorlik summasini plastik vedomost tuzishda avtomatik tortib keladigan qilindi. Buning uchun Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Toʻlov vedomosti (plastik karta) qismida hujjatni tuzishda Xizmat safari (Aliment) toʻlov turi tanlansa, Toʻldirish tugmasi qoʻshildi. Mazkur tugma bosilsa, vedomostda koʻrsatilgan sana boʻyicha xodimlarda qancha qarzdorlik boʻlsa, oʻsha summani vedomostga tortib keladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarni qayta hisoblash hujjatining ishlashi optimallashtirildi. Shu vaqtgacha tegishli oydagi barcha kontr provodkalar oʻchirilib, qaytadan berilardi. Endilikda esa hujjatlarni tasdiqlash va bekor qilish natijasida oʻzgarishi yoki qayta koʻrib chiqilishi zarur boʻlgan hujjatlarning oʻzigagina qaytadan kontr provodka beriladigan qilindi. Natijada aylanmada maʼlumoti koʻp boʻladigan tashkilotlarda hujjatning tasdiqlanishiga avvalgidek koʻp vaqt talab qilinmaydigan boʻldi. 2027-yil uchun ish vaqti grafigi kiritildi. Foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun kompensatsiya beriladigan kunlar miqdori koʻp boʻlganda, shuningdek, maʼlum bir tizimlarda homiladorlik va tugʻish nafaqasini oʻzlari toʻlab berishida uning davri kelasi yilga ham oʻtib ketishi mumkin. Shu sababli ish vaqti grafigini 2027-yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlari boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat chiqmagan boʻlsayam kiritib qoʻyildi. Qoʻshimcha dam olish kunlari aniq boʻlgandan soʻng grafiklar qayta toʻgʻrilab qoʻyiladi. Aslida qoʻshimcha dam olish kunlarini yil tugashiga yaqin chiqarish amaliyotidan butkul voz kechish kerak. Qaysi bayram qaysi hafta kuniga toʻgʻri kelishiga qarab qaysi kunlar qoʻshimcha dam olish kuni boʻlishi, qaysi ish kunlari koʻchirilishini aniq belgilab qoʻysa boʻladi. Yoki kelgusi 5-10 yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlarini avvaldan belgilasa ham boʻladi (baʼzi normativ-huquqiy hujjatlar chiqqaniga hech qancha boʻlmasi oʻzgartirilishi yoki bekor boʻlib ketishi kabi holatlar kuzatilayotgan hozirgi vaqtda qoʻshimcha dam olish kunlari boʻyicha 5-10 yil uchun chiqariladigan hujjat uncha-munchaga oʻzgarmasayam kerak). Qoʻshimcha dam olish kunlarining avvaldan aniq boʻlishi shtatlar sonini rejalashtirishda va mos ravishda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning aniq boʻlishiga yordam beradi, odamlarning kelgusi rejalar tuzishiga ham ijobiy taʼsir qiladi va h. Hisobvaraq-fakturalarning gʻazna holati kelishi toʻgʻrilandi. Gʻazna mijoz-Invoys hujjati qismidagi hisobvaraq-fakturaning statusi bilan invoice.uzasbo.uz tizimidagi status bir xil boʻlmasa, hisobvaraq-fakturaning yuborilgan sanasini oʻz ichiga oladigan davrni belgilab sinxron qilinsa yoki hisobvaraq-fakturaning ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, yangilash tugmasi bosilsa, uning statusi yangilanardi. Endi mazkur holatda hisobvaraq-fakturaning gʻazna holatini ham yangilaydigan qilindi. @uzasboyangiliklari

Открыть в Telegram
Просмотры25 300
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#401Превью ссылки
Просмотры51 700
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#400Текст

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26–iyundagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-105-son farmonida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga qonunchilik buzilishi bilan bogʻliq moliyaviy xavflarni “E-risk” dasturiy majmuasida avtomatik aniqlash va aniqlangan xavflar asosida ogohlantirish hamda xabardor qilish mexanizmini joriy qilish vazifasi yuklatilgan. Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida “UzASBO 2.0” dasturiy majmuasining “Gʻazna mijoz” boʻlimida “Risk nazorati” maxsus funksiyasi yaratildi. Moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida yuzaga kelgan risklar boʻyicha tashkilotlarni real vaqt rejimida ogohlantirish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10–iyuldagi “Byudjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–100–sonli farmoniga muvofiq Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlarida shubhali holatlar boʻyicha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini uch ish kunida xabardor qilish vazifasi yuklatilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Risk nazorati” maxsus funksiyasi orqali yuborilgan risklarga oʻz vaqtida chora koʻrilmasa tegishli organlarga xabar berilishini maʼlum qilamiz. “Risk nazorati” maxsus funksiyasi orqali yuborilgan risklar boʻyicha savollar yuzasidan 71-202-31-13 ( ichki raqamlar 03231, 03232, 03233, 03234, 03235) ga murojaat qilishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz. @uzasboyangiliklari

Открыть в Telegram
Просмотры28 700
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#398Фото
Просмотры28 200
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#397Текст
Просмотры40 700
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#395Текст
Просмотры40 900
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#394Фото
Просмотры54 200
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#392Текст
Просмотры57 600
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—