🇺🇿 Bayrog‘imiz — faxrimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz! U xalqimizning birligi, Vatanimizning mustaqilligi va kelajakka bo‘lgan ishonchining yorqin ramzidir. 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! 📱 Telegram| 📱 Instagram|📱Facebook| 📱 Youtube|🌐 Website
Открыть в TelegramПосты канала «Oʻzagrosugʻurta» AJ
⚖️Toshkent viloyat sudida sug‘urtaga oid nizolarni hal etish amaliyoti muhokama qilindi 📍Toshkent viloyat sudida “Iqtisodiy sudlar tomonidan sug‘urtaga oid nizolar bo‘yicha ishlarni hal etishda qonunchilik normalarini qo‘llash amaliyoti” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. ⚡️Tadbirda sudyalar, huquqshunos olimlar, soliq hamda sug‘urta tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. ✅Seminarni Toshkent viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi M.Astanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U sug‘urta munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni odilona va bir xil sud amaliyoti asosida hal etish muhimligini ta’kidladi. 📌Tadbir davomida quyidagi dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi: ✅Sug‘urta tovonini asossiz olish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar profilaktikasi. 😊 “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvi bosh yurist maslahatchisi B.Sodiqov sohada qonunbuzarliklarning oldini olishning huquqiy asoslarini tushuntirdi. ✅Kredit qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish tartiblari. Ushbu yo‘nalishdagi sug‘urta shartnomalarining o‘ziga xos xususiyatlari va amaliyotdagi muhim jihatlar muhokama qilindi. 📎Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi hamda sud amaliyotida yagona yondashuvni shakllantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. 👉Manba 📱 Telegram| 📱 Instagram|📱Facebook| 📱 Youtube|🌐 Website
Открыть в Telegram📢 DIQQAT, JONLI EFIR! Hurmatli «O‘zagrosug‘urta» AJ tizimi xodimlari va qadrli obunachilar! Bugun, 10-noyabr kuni soat 16:00 da Jamiyatimizning rasmiy Telegram kanalida navbatdagi jonli video chat bo‘lib o‘tadi. 🎙 Jonli efirda quyidagi tarkibiy bo‘linmalar vakillari ishtirok etadi: Strategik rivojlantirish, marketing va sifatni boshqarish bo‘limi Moliya boshqarmasi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi 💬 Jonli muloqot davomida mazkur yo‘nalishlar faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda xodimlar va obunachilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollarga javob beriladi. ❓ Savollaringiz bormi? Ularni oldindan quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: 👉 Savol yuborish 📍 Manzil: «O‘zagrosug‘urta» AJ rasmiy Telegram kanali 🕓 Vaqt: 10-noyabr, soat 16:00 🔔 Jonli efirda ishtirok eting, savollaringizni yo‘llang va o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotlarga bevosita mutaxassislardan javob oling! «O‘zagrosug‘urta» AJ — yillar davomida oqlangan ishonch! #Ozagrosugurta #JonliMuloqot #VideoChat #SavolJavob #OchiqMuloqot 📱 Telegram| 📱 Instagram|📱Facebook| 📱 Youtube|🌐 Website
Открыть в Telegram🌟🌟🌟🌟🌟 #суғурта_саводхонлиги 👥 Бошқа одамни суғурта қилиш мумкинми? ☑️ Ҳа, мумкин! Ўзбекистонда нафақат ўзингизни, балки турмуш ўртоғингизни, ота-онангизни ёки бошқа яқинларингизни ҳам суғурта қилишингиз мумкин. 👶 Болаларни ҳам суғурта қилиш мумкинми? Албатта! Ота-оналар ёки бошқа қонуний вакиллар болаларни касаллик, жароҳатланиш ёки бахтсиз ҳодисалар каби хавф-хатарлардан суғурта қилишлари мумкин. 📌 Нималарга эътибор бериш керак? 🔹 Суғурта қилдирувчи — суғурта шартномасини тузадиган ва суғурта мукофотини тўлайдиган шахс. 🔹 Суғурталанган шахс — ҳаёти ёки соғлиғи суғурта қилинган шахс. 🔹 Наф олувчи — суғурта товонини ёки суғурта тўловини олиш ҳуқуқига эга бўлган шахс. ⚠️ Муҳим! Бошқа шахсни суғурта қилиш учун унинг ёзма розилиги талаб этилади. Болаларни суғурта қилишда эса уларнинг ёши ва қонуний вакилларининг ваколатлари инобатга олинади. 📖 Ҳуқуқий асос: Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси ҳамда «Суғурта фаолияти тўғрисида»ги ЎРҚ-730-сон Қонуни. ☑️ Ёдда тутинг: яқинларингизни суғурта қилишдан аввал суғурта қандай хавф-хатарларни қоплашини ва суғурта тўлови кимга тўланишини аниқлаштириб олинг. #NAPP #ILMA #Uzagrosugurta 📱 Telegram| 📱 Instagram|📱Facebook| 📱 Youtube|🌐 Website
Открыть в Telegram«O‘zagrosug‘urta» AJ jamoasi barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklaydi! Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi va bebaho boyligimizdir. Uni asrash va e’zozlash barchamizning sharafli burchimizdir. Ona tilimiz abadiy yashasin, qadri va nufuzi doimo yuksalsin! 😊O‘ZAGROSUG‘URTA AJ Yillar davomida oqlangan ishonch! #Uzagrosugurta #seminar #Sugurta #til_bayrami 📱 Telegram| 📱 Instagram|📱Facebook| 📱 Youtube|🌐 Website
Открыть в Telegram«O‘zagrosug‘urta» AJda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri, taniqli shoir va tarjimon, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Sirojiddin Rauf tomonidan «21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni» mavzusida ma’ruza qilindi. Ma’ruza davomida ona tilimizning milliy o‘zligimizni anglashdagi o‘rni, uning boy tarixi, ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 😊O‘ZAGROSUG‘URTA AJ Yillar davomida oqlangan ishonch! #Uzagrosugurta #seminar #Sugurta #til_bayrami 📱 Telegram| 📱 Instagram|📱Facebook| 📱 Youtube|🌐 Website
Открыть в Telegram«O‘zagrosug‘urta» AJ jamoasi barchangizni 21-oktabr — «O‘zbek tili bayrami kuni» bilan samimiy tabriklaydi! Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi va bebaho boyligimizdir. Barchangizga ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmat hech qachon so‘nmasligini tilaymiz! 😊O‘ZAGROSUG‘URTA AJ Yillar davomida oqlangan ishonch! #Uzagrosugurta #seminar #Sugurta #til_bayrami 📱 Telegram| 📱 Instagram|📱Facebook| 📱 Youtube|🌐 Website
Открыть в Telegram