🇯🇵 Yaponiya — tartib, texnologiya va an’analar uyg‘unlashgan mamlakat. Hozir Yaponiyadaman. Bu yerda ko‘rganlarim va kuzatganlarimdan bir nechta qiziqarli faktlar: Yaponiya 4 ta asosiy oroldan iborat, mamlakatda 47 ta prefektura bor. Aholisi 123 millionga yaqin. Tokio dunyoning eng yirik metropoliten hududlaridan biri. Bu yerda sintoizm va buddizm asrlar davomida yonma-yon yashab keladi. Yaponlar tartib, vaqtga hurmat, tozalik va jamoat madaniyatiga juda katta e’tibor berishar ekan. Eng ko‘p e’tiborimni tortgani — zamonaviylik bilan milliy qadriyatlarning uyg‘unligi. Texnologiya rivojlangan, hayot tez, lekin urf-odatlar, madaniyat va intizom hamon muhim o‘rin tutadi. Har bir safarga borganimda mamlakatning yangi joylarini ko‘rishdan tashqari, yangi fikr va tajriba ham olaman.
Открыть в TelegramПосты канала Uluğbek Sultonov 🇺🇿
🇯🇵🇺🇳 Mahalladagi yoşlar yetakçilari — Tokio şahridagi BMT Universitetida! Davlatimiz rahbarining taşabbuslari bilan mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan yoşlar yetakçilarining kasbiy salohiyati va boşqaruv könikmalarini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş maqsadida Yaponiyaga malaka oşiriş safarlari yölga qöyildi. Oçiq va şaffof tanlov asosida saralab olingan 15 nafar eng faol yoşlar yetakçimiz ayni kunlarda Tokio şahridagi nufuzli BMT Universitetida (UNU) maxsus öquv-seminarlarda iştirok etmoqda. Dastur davomida yetakçilarimiz xalqaro boşqaruv tizimi asoslari, inson huquqlari hamda global tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş amaliyoti böyiça ilğor bilim va tajribalarni özlaştirmoqda. Kelgusi yilda esa uşbu xalqaro dastur qamrovi yanada kengaytirilib, 100 nafar mahalladagi yoşlar yetakçisini Yaponiyaga yuboriş rejalaştirilgan. Bu kabi xalqaro tajriba almaşinuvi mahallalarda yoşlar bilan işlaş sifatini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi! 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Открыть в Telegram