Nega aynan muloqot ko’nikmalari dedim? Chunki aynan shu orqali siz o’zizni tushunishni boshlisiz. O’zizni tushunish va o’zizdagi xatolarni anglash, analiz qilish uchun sizda kommunikatsiya bo’lishi shart. Va bu kommunikatsiya avvalo o’ziz bilan bo’ladi.
Yurganizda, o’tirganizda o’ziz bilan gaplashish muhim
Manda o’zgarish nimadan boshlangan: muammo bor, men holatimdan rozi emasman deylik, hech narsadan xursandmasman, oynaga qaraganda quvonmayapman, qaysidir davrada nomimni aytishdan faxrlanmayapman.
Bitirchi qilgan narsam: o’zi kelajagimni qanaqa ko’raman, men uchun ideal hayot qanaqa o’tirib yozganman. Atrofimdagilarni, oilam, maqsadlarim, moliyaviy holatim, ruhiy holatim, o’zim, farzandlarim, erim, nevaralarim, jiyanlarim, do’stlarim, ishim — xullas hammasi haqida o’ylaganman. Va keyin men xohlagan narsalar uchun men qanday bo’lishim talab qilinadi, analiz qilganman. Masalan moliyaviy holatim yaxshi bo’lishi uchun mendan soft skill’lar (kommunikatsiya, xarizma, tanqidiy fikrlash, kreativlik va hokazo) talab qilinadi, moliyaviy bilim, pul bilan ishlashni o’rganish talab qilinadi. Men istagan farzandlarni tarbiyalashim uchun mendan qanaqa ko’nikmalar talab qilinadi? Mature’lik, muloqot, bola tilini tushunish, e’tiborlilik, oltin o’rtalik, bazaviy bolaga kerak bilimlarni o’rgata olish va hokazo. Men ota onamga nimalar qilishni xohlayman: Sayohatlar, pul, xotirjamlik, bularni qilish uchun menga nima kerak bo’ladi, pul, to’g’ri ularni tushuna olish, tarbiya.
Va hokazo xullas. Shunaqa qilib har bitta detalni yozganman. Men xohlagan narsalarni talabiga men javob berishim uchun menda nimalar kerak deb. Va o’shalarni mana 5 yildan beri navbat bilan to’g’irlab kelyapman. Uzun yo’l juda. Haliyam oxiridamasman. Hali men o’sha payti xayolimda qurgan hayotni taxminan 40% ga yetib keldim, yana 60% yo’l oldinda.