✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik ❓Qaysi bank hozir ikkilamchi bozordan uy xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratadi? Javob: Hozirda ikkilamchi bozordan uy xarid qilish uchun nisbatan pastroq foizda ipoteka krediti ajratadigan banklar bilan tanishing: 🏦 Trastbank – 📞1287; Foizi - 19,5% dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 15 yil; Miqdori - 1 mlrd. so'mgacha; 🏦 Aloqabank📞(+99871)-230-7777; Foizi - 21%dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 20 yil; Miqdori - 1,2 mlrd gacha; 🏦 BRB – 📞1254; Foizi - 21,5 %dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 15 yil; Miqdori - 1 mlrd. so'mgacha; 🏦Ipak yo‘li banki– 📞1296; Foizi - 21,9% dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 20%gacha; Muddati - 10 yil; 🏦 Ipoteka-bank – 📞1233; Foizi - 21,5 %; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 20 yil; Miqdori - 1 mlrd. so'mgacha; 🏦 Xalq banki 📞1106; Foizi - 21,5 %; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 20yil; Miqdori - 1 mlrd. so'mgacha; 🏦 Agrobank 📞 1216; Foizi - 21,99%; Boshlang'ich to'lov - 25%gacha; Muddati - 20 yil; Miqdori - 1 mlrd. so'mgacha; 🏦 Asakabank –📞 1152; Foizi - 21,99 %dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 15 yil; Miqdori - 1 mlrd. so'mgacha; 🏦 Octobank 📞 (+99871)-202-33-33; Foizi - 22% dan boshlab; Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 10 yil; Miqdori - cheklanmagan; Кredit rasmiylashtirishdan oldin uning to’liq shartlari, to’lovlar grafigi va qo’shimcha to’lovlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. ❗️E’tibor bering! Kredit bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmaslik jarima va penyalar hisoblanishiga, kredit tarixiga salbiy ta’sir ko'rsatishi hamda kelgusida yangi kredit olish imkoniyatining cheklanishiga olib kelishi mumkin. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в Telegram
Özbekiston banklari Assotsiatsiyasi
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 5 нояб. 2026 г. | 223 |
| 6 нояб. 2026 г. | 638 |
| 9 нояб. 2026 г. | 163 |
| 10 нояб. 2026 г. | 166 |
| 11 нояб. 2026 г. | 177 |
| 12 нояб. 2026 г. | 345 |
| 13 нояб. 2026 г. | 181 |
| 16 нояб. 2026 г. | 183 |
| 17 нояб. 2026 г. | 205 |
| 18 нояб. 2026 г. | 152 |
| 20 нояб. 2026 г. | 234 |
| 23 нояб. 2026 г. | 219 |
| 24 нояб. 2026 г. | 125 |
| 25 нояб. 2026 г. | 114 |
| 26 нояб. 2026 г. | 90 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры638Пересылки—Реакции—Комментарии—
- 02Просмотры345Пересылки—Реакции1Комментарии—
- 03Просмотры234Пересылки—Реакции—Комментарии—
- 04Просмотры223Пересылки—Реакции—Комментарии—
Новые посты
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Xalqaro bank kengashining Bokudagi yig‘ilishida ishtirok etdi Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Xalqaro bank kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston bank assotsiatsiyalari rahbarlari hamda vakillari qatnashdi. Tadbirning asosiy mavzusi mahalliy to‘lov platformalari va raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar tezkor to‘lov tizimlarini joriy etish, QR-kod orqali to‘lovlarni kengaytirish, milliy to‘lov yechimlarini rivojlantirish, shuningdek, to‘lov tizimlarining transchegaraviy integratsiyasi istiqbollarini muhokama qildilar. Yig‘ilish doirasida ishtirokchi mamlakatlarning to‘lov tizimlari sohasidagi tajribasi almashilib, raqamli to‘lov infratuzilmasini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Mazkur uchrashuv bank assotsiatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirish hamda zamonaviy to‘lov yechimlarini joriy etish borasida muhim ahamiyat kasb etdi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в TelegramO‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan 10-Xalqaro bank forumida ishtirok etmoqda. Xalqaro bank kengashi ham mazkur xalqaro forumning hamkor tashkilotlari qatoridan o‘rin olgan. «Ishonchli, xavfsiz va barqaror banking hamda texnologiyalar» shiori ostida tashkil etilgan forum 24–25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir ko‘lami ham e’tiborga molik: unda 50 nafar ma’ruzachi, 270 ta kompaniya vakillari hamda 1 500 nafarga yaqin ishtirokchi jamlangan. Forum doirasida bank sektorini raqamli transformatsiya qilish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, transchegaraviy to‘lovlar, muqobil moliyalashtirish, islomiy bank xizmatlari, kiberxavfsizlik hamda ochiq bank tizimini (Open Banking) rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinmoqda. Mazkur forum xalqaro bank hamjamiyati vakillari o‘rtasida tajriba almashish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va moliya sektoridagi yangi tendensiyalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni hisoblanadi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в Telegram✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik ❓Hozir rasmiy daromadga ega bo‘lmagan (o‘zini-o‘zi band qilgan) jismoniy shaxslar uchun birlamchi bozordan uy xarid qilish uchun qaysi bankda nisbatan past foizli ipoteka krediti ajratilmoqda? Javob: Hozirda tijorat banklari ichida rasmiy daromadga ega bo‘lmagan (o‘zini-o‘zi band qilgan) jismoniy shaxslar uchun past foizli ipoteka krediti berayotgan banklar bilan tanishing: 🏦 ОFB - 16,7%; Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞4004 🏦 Ipoteka-bank - 16,99%; Boshlang'ich to'lov - 30%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞1233; 🏦 ASIA ALLIANCE BANK - 16,99% Boshlang'ich to'lov - 15%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞1270; 🏦 Aloqabank - 17%; Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞 (+99871)-230-7777 🏦 Asakabank - 17%; Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞 1152; 🏦 Xalq banki — 17%; Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞1106; 🏦 O‘zmilliybank — 17 % Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞 1344; 🏦 Turon bank — 17% Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞1220; 🏦 BRB — 17 % Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞1254; 🏦 Trastbank - 17% Boshlang'ich to'lov - 20%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞 1287; 🏦 Hamkorbank - 17,5% Boshlang'ich to'lov - 25%; Muddati - 20 yil; 1 mlrd. so‘mgacha; 📞1256; 🏦 Ipak yo‘li banki– 17-18 % Boshlang'ich to'lov - 15%; Muddati - 20 yil; 480 mln. so‘mgacha; 📞1296; Kredit rasmiylashtirishdan oldin uning to’liq shartlari, to’lovlar grafigi va qo’shimcha to’lovlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. ❗️E’tibor bering! Kredit bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmaslik jarima va penyalar hisoblanishiga, kredit tarixiga salbiy ta’sir ko'rsatishi hamda kelgusida yangi kredit olish imkoniyatining cheklanishiga olib kelishi mumkin. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в Telegram✔️ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik ❓ Qaysi bankdan rasmiy daromadga ega bo‘lmagan (o‘zini-o‘zi band qilgan) jismoniy shaxslar uchun mikroqarz olsa bo‘ladi? Javob: Hozirda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklaridan 10 milliondan 300 million so'mgacha mikroqarz olsa bo'ladi. Muddati 2 oydan 5 yilgacha. 🏦 Asakabank Foizi - 21% dan boshlanadi; Muddati - 84 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞 1152; 🏦 Agrobank Foizi - 21% dan boshlanadi; Muddati - 48 oygacha; Miqdori - 17 mln. so‘mgacha; 📞 1216; 🏦 Ipak yo‘li banki Foizi - 22,9% dan boshlanadi; Muddati - 60 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞1296; 🏦 Kapitalbank Foizi - 23,99% dan boshlanadi; Muddati - 60 oygacha; Miqdori - 300 mln. so‘mgacha; 📞 1340; 🏦 Hamkorbank Foizi - 23,99% dan boshlanadi; Muddati - 60 oygacha; Miqdori - 300 mln. so‘mgacha; 📞 1256; 🏦 Turonbank Foizi - 24% dan boshlanadi; Muddati - 48 oygacha; Miqdori - 300 mln. so‘mgacha; 📞 1220; 🏦 Ipoteka-bank Foizi - 24% dan boshlanadi; Muddati - 36 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞1233; 🏦 Poytaxt Bank Foizi - 25% dan boshlanadi; Muddati - 36 oygacha; Miqdori - 100 mln. so‘mgacha; 📞(+99871)-214-20-00 Kredit rasmiylashtirishdan oldin uning to’liq shartlari, to’lovlar grafigi va qo’shimcha to’lovlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. ❗️E’tibor bering! Kredit bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmaslik jarima va penyalar hisoblanishiga, kredit tarixiga salbiy ta’sir ko'rsatishi hamda kelgusida yangi kredit olish imkoniyatining cheklanishiga olib kelishi mumkin. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в Telegram✅ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati uchun litsenziya olgan banklar soni 5 taga yetdi. 📣 Markaziy bankning 18-noyabrdagi qarorlariga muvofiq, Ipak Yo‘li bank, ASIA ALLIANCE BANK, Orient Finans Bank va HAYOT BANK islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega bo‘ldi. Avvalroq Openbank ham ushbu litsenziyani olgan edi. Shu tariqa, mamlakatimizda islomiy moliya xizmatlarini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в Telegram#bayroq_35 #Bir_Vatan_bir_el_bir_bayroq 📣 O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklaydi! Milliy bayrog‘imiz — O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi, xalqimizning g‘ururi va iftixoridir. Davlat bayrog‘imiz va uning ramzi mamlakatimizning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassam etadi. Bayrog‘imiz doimo baland hilpirayversin! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в Telegram✅ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar 📣 Xalqaro IT va FinTech kompaniyasi GetMobi moliya bozori ishtirokchilari uchun sohaga oid biznes-nonushta tashkil etmoqda. 📌 Mavzu: Iste’mol kreditlari: o‘sish nuqtalari, 2027-yil chaqiriqlari va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash 🗓 Sana: 2026-yil 26-noyabr ⏰ Vaqt: 09:15–13:30 📍 Manzil: Ground Zero Kitob Olami, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6-uy. 🎤 Tadbir dasturidan: Panel munozaralari; 🔹 Kompaniya ekspertlarining taqdimotlari; 🔹 Networking; 🔹 Kofe-breyk. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в Telegram✅ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar 📢 Mobil ilovalarda firibgarlikdan himoyalanish bo‘yicha yangi qoidalar joriy etilmoqda Markaziy bank tomonidan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanishda mijozlar xavfsizligini oshirish va firibgarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan yangi talablar belgilandi. Unga ko‘ra: 🔹 Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tishda mijoz yuzini tasdiqlash (biometrik identifikatsiya) orqali shaxsini aniqlashdan o‘tadi. 🔹 Telefon raqami kimning nomida ekanligi tekshiriladi. Agar raqam yaqin qarindoshiga tegishli bo‘lsa, qarindoshlik tasdiqlanganidan keyin undan foydalanish mumkin. 🔹 Mobil ilovaga boshqa shaxsning bank kartasi ulashga ruxsat berilmaydi. Yaqin qarindoshlar bundan mustasno. 🔹 Muayyan miqdorgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalarida SMS-kod talab qilinmasligi mumkin. Bunday miqdorni bankning o‘zi belgilaydi va firibgarlik uchun javobgarlikni ham o‘z zimmasiga oladi. Belgilangan miqdordan yuqori o‘tkazmalar esa SMS-kod yoki boshqa usul orqali tasdiqlanadi. 🔹 Mobil ilovaga boshqa telefondan kirilganda yoki parol tiklanganda, avval yuz orqali shaxsni tasdiqlash talab etiladi. Ilovaga ulangan bank kartalari vaqtincha bloklanadi va SMS-kod orqali qayta faollashtiriladi. 🔹 Telefonda zararli dasturlar yoki masofadan boshqarish holatlari aniqlansa, bank mijozni SMS va PUSH-xabar orqali ogohlantiradi. 🔹 Pul o‘tkazmasini amalga oshirishdan oldin mijozga firibgarlar ta’siri ostida emasligini tekshirishga undovchi ogohlantirish ko‘rsatiladi. 🔹 Pul o‘tkazmalarida jo‘natuvchi va pulni qabul qiluvchining ism-familiyasi to‘liq emas, qisman yashirilgan holda ko‘rsatiladi. ❗️ Muhim: Mobil ilovalar orqali amalga oshiriladigan P2P pul o‘tkazmalarini veb-saytlar orqali bajarish mumkin bo‘lmaydi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в Telegram✅ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Xabar Bakuda Xalqaro Bank Forumi bo‘lib o‘tadi 📅 Sana: 2026 yil 24–25 noyabr 📍Baku shahri (Ozarbayjon) 💡 Forum «Ishonchli, xavfsiz va barqaror banking hamda texnologiyalar» shiori ostida tashkil etiladi. Xalqaro forum— mintaqa moliya sektorining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri bo‘lib, Ozarbayjondagi moliyaviy tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya bank assotsiatsiyalari ko‘magida o‘tkazilmoqda. 🔗 Batafsil maʼlumot va ro‘yxatdan o‘tish Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Bank va Mijoz@bankmijozЭкономика49,1 тыс.
Bankxabar@bankxabarЭкономика97,8 тыс.
Mezon Ta’lim@mezontalimЭкономика2,24 тыс.
Sarmoyador@sarmoyadoruzЭкономика2,23 тыс.
Review.uz - "Иқтисодий шарҳ" журнали@reviewuznewsЭкономика2,36 тыс.
Islom banklari | Ислом банклари@islom_banklari_uzЭкономика2,21 тыс.
Review.uz - Журнал "Экономическое обозрение"@reviewuzЭкономика2,39 тыс.
Unired@uniredmobileЭкономика2,17 тыс.
Кого упоминает
Bankxabar@bankxabar1 упоминание
Rasmiy axborot@rasmiy_axborot_official1 репост
Bank va Mijoz@bankmijoz1 упоминание