🏗 Toşkentda quriliş sur’atlari oşmoqda! 2026-yil yanvar-sentabr oylarida Toşkent şahrida jami 103 245,1 mlrd. sömlik quriliş işlari bajarildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 113,0 % ni taşkil etdi 📈 📊 Bajarilgan işlar hajmi 2022-yildagi 23 799,8 mlrd. sömdan 103 245,1 mlrd. sömgaça oşdi, ya’ni 4,3 baravar ko’paydi. 🏙 Tumanlar kesimida öşiş sur’ati bö’yiça yetakçilar: Uçtepa (123,1 %), Yangihayot (122,4 %) va Çilonzor (119,3 %). 🎬 Batafsil ma’lumot videoda! 📩 Toşkent şahar statistika boşqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в TelegramПосты канала Toşkent şahar statistika boşqarmasi Axborot xizmati
📸 Biznesni röyxatga oliş jarayonidan foto lavhalar 📞 Savollar uçun: Call-markaz 1851 📩 Toşkent şahar statistika boşqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram🌅 Xayrli tong, Toşkentim! Toşkent şahar statistika boşqarmasi xodimlari mahallalarga yöl oldi. Ularni hokim yordamçilari kutib oldi va birgalikda tadbirkorlar oldiga borildi. Oilaviy tadbirkorlar, mahalla dökoni, sartaroşxona va maşina yuvish şahobçasi — hammasi röyxatga olindi ✅ Aniq ma’lumot — kelajak rejasining asosi. Bu rejani hamma birgalikda tuzmoqda: har bir tadbirkor öz hissasini qöşdi 📊 Siz ham qöşiling! Röyxatga olish 15-oktyabrdan 30-noyabrgacha davom etadi. 📞 Savollar uçun: Call-markaz 1851 📩 Toşkent şahar statistika boşqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram🎤 Tadbirkorlar fikri Biznesni röyxatga oliş tadbiri davomida Toşkent şahar statistika boşqarmasi xodimlari Uçtepa tumanidagi Örikzor bozorida bo’ldi. Tadbirkorlar bilan samimiy suhbat uyuştirildi, ular özlarining fikr va takliflarini bildirdi. 🗣 Savdogarlar röyxatga oliş jarayoniga ijobiy baho berib, statistika xodimlari bilan hamkorlik qilişga tayyor ekanini aytdi. 📊 Har bir röyxatga olingan biznes — aniq ma’lumot va töğri qarorlar asosi. 🎥 Reportajni oxirigaçaa ko’ring! 📩 Toşkent şahar statistika boşqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram🌧 Yomğir ham tösqinlik qilmadi! Toşkent şahar statistika boşqarmasi xodimlari yomğirli kunda xizmat vazifasini ado etiş uçun köçaga çiqdi. Dökonlar, avtomobil bozori, Fud Siti, Çorsu, Yangiobod va boşqa bozorlarda biznesni röyxatga oliş davom etdi. 🤝 Tadbirkorlar xodimlarni iliq kutib oldi, savolnomalar töliq töldirildi. 📊 Aniq ma’lumot — töğri qarorlar asosi. 📩 Toşkent şahar statistika boşqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram📊 Toşkent şahrining taşqi savdosi: 2026-yil yanvar–sentabr Toşkent şahri jahonning 185 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oşirib kelmoqda. Taşqi savdo aylanmasi yil boşidan buyon sezilarli öşdi. 🔍 Asosiy körsatkiçlar: ✅ Taşqi savdo aylanmasi: 27 345,6 mln AQŞ dollari (+24,1%) ✅ Eksport: 6 741,2 mln AQŞ dollari (+35,1%) ✅ Import: 20 604,5 mln AQŞ dollari (+20,9%) ✅ Savdo balansi: −13 863,3 mln AQŞ dollari 🤝 Aylanma böyiça yetakçi hamkorlar: Xitoy (26,6%), Rossiya (20,1%), Qozoğiston (7,0%), Turkiya (4,4%) va Gonkong* (3,2%). 📦 Eksport tarkibida xizmatlar uluşi 48,3% ni, tovarlar uluşi 51,7% ni taşkil etadi. Eng katta tovar guruhi — turli xil tayyor buyumlar (18,0%), u 3,8 barobar ösdi. 🚛 Import tarkibida maşina va transport asbob-uskunalari yetakçilik qilmoqda — 31,1%. 🎬 Barcha raqamlar va diagrammalar — videoda! 📩 Toşkent şahar statistika boşqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram📊 Biznesni röyxatga oliş sifati qanday nazorat qilinadi? Röyxatga oliş natijalari işonçli bölişi uçun ma’lumotlarning töliqligi va aniqligi bir neçta bosqiçda tekşiriladi. 🔍 Nazoratning asosiy mexanizmlari: ✅ Dastlabki mantiqiy tekşiruv. Ma’lumotlar kiritilgan zahoti mantiqiy mosligi tekşiriladi. ✅ Töliq kiritilmagan maydonlar. Töldirilmagan yoki mos kelmaydigan ma’lumotlar avtomatik ravişda aniqlanadi. ✅ Qayta tekşiruv. Tizim şubhali holatlarni belgilab, ma’lumotlarni qayta tekşirişni talab qiladi. ✅ Geolokatsiya orqali nazorat. Sörov ötkazilgan joy va biznes şu manzilda haqiqatan faoliyat yuritayotgani tekşiriladi. 🛡 Sifat nazorati davom etadi — asosiy röyxatga oliş yakunlanganidan keyin ham. Natijada töplangan ma’lumotlar töliq, aniq va işonçli böladi. 📩 Toşkent şahar statistika boşqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram🎥 REPORTAJ | Biznesni ro‘yxatga olishda faol bo‘laylik! Toshkent shahri Sergeli tumani Yangibunyod MFY hokim yordamchisi Elmuratov Umarbek Ikrom o‘g‘li biznesni ro‘yxatga olish jarayonida har bir tadbirkor faol ishtirok etishi nima uchun muhimligini tushuntirdi. ✅ Bu nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham foydali ✅ Bu har bir tadbirkor va butun jamiyat manfaatiga xizmat qiladi Ishtirokingiz aniq ma’lumotlarni shakllantirishga va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Reportajni oxirigacha ko‘ring va o‘z hissangizni qo‘shing! 📩 Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram🎓 TDIU 95 yoshda: bitiruvchilar biznesni ro‘yxatga olish jarayoni bilan tanishdi 📊 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bitiruvchi talabalar uchun biznesni ro‘yxatga olish mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ro‘yxatga olish nima uchun zarurligi va tadbirlarni sifatli o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi ko‘rib chiqildi. Talabalar savollar berib, mutasaddilardan aniq javoblar oldi. 🎥 Videoda tadbirdan lavhalar va Sergeli tumani O‘zgarish MFY hokim yordamchisi Abbosxon Egamberdiyevning fikrlari. 📍 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 📩 Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram📊 Biznesni ro‘yxatga olish: savollarga aniq javoblar berildi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bitiruvchi talabalar uchun biznesni ro‘yxatga olish jarayoniga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🔹 Biznesni ro‘yxatga olish nima va u nima uchun zarur? 🔹 Ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? Tadbirda ishtirok etdi: 👤 I. M. Yunusov, Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari; 👤 B. B. Shakarov, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari; 👤 K. Z. Djalilov, Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi boshlig‘i. Bunday uchrashuvlar talabalarga nazariyani amaliyot bilan bog‘lash va soha mutaxassislaridan bevosita ma’lumot olish imkonini beradi. 📍 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 📩 Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram🚪 Eshik taqilladi. Ostonada — hokim yordamchisi, qo‘lida planshet. Karim aka non yopadi, Malika opa meva sotadi, Gulnora opa kiyim tikadi. Uchalasi ham savolnomani bir necha daqiqada to‘ldirdi va tanishlariga aytdi: «Juda oson, sen ham to‘ldir!» Bitta iliq so‘z — yana bir tadbirkorga yetib boradi. Shunday qilib xarita to‘lib boradi 🗺 . 📊 Nega bu muhim? Siz non yopasiz, meva sotasiz, kiyim tikasiz — shahar shu bilan yashaydi. Rahmat, tadbirkorlar! 🤝 ✅ Bu tekshiruv ham, jarima ham emas — ma’lumotlar maxfiy. Hokim yordamchisi o‘zi yoningizga keladi. 📅 15-oktabr — 30-noyabr 🌐 census.stat.uz · hisobot.stat.uz 📞 Call-markaz: 1851 Savolnomada ishtirok eting va Yangi O‘zbekistonning bir bo‘lagi bo‘ling! 📩 Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в TelegramTong. Statistika xodimlari planshetlarini olib, binodan chiqishdi. Yo‘l — Chorsu bozoriga, mahalla do‘koniga, nonvoyxonaga, taksi haydovchisi huzuriga. Maqsad bitta: Toshkent iqtisodiyotining haqiqiy xaritasini chizish. 🗺 📋 Mamlakatda birinchi marta biznesni ro‘yxatga olish o‘tmoqda — 15-oktyabrdan 30-noyabrgacha. Kimlar qamrab olinadi? 🏢 korxonalar va tashkilotlar 🛒 bozorlar va ulardagi tadbirkorlar 👤 o‘zini o‘zi band qilganlar 🛠 hunarmandlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari Bilib qo‘ying: ✅ bu tekshiruv ham, jarima ham emas ✅ ma’lumotlar maxfiy Qanday ishtirok etish mumkin? 👤 census.stat.uz — o‘zini o‘zi band qilganlar 🏢 hisobot.stat.uz — korxonalar 🚶 yoki hokim yordamchisi ish joyingizga keladi (9:00–18:00) ☎️ 1851 Hisobda bor biznes — rejada ham bor. Xaritaga qo‘shiling! 📍 📩 Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram🗺 Sizning ko‘changizdagi non do‘koni «xaritada» bormi? Ertalab — mahalla novvoyxonasi. Tushda — sartarosh. Kechqurun — taksi, repetitor, onlayn do‘kon. Biz ularni ko‘ramiz. Lekin hisobda-chi? Toshkentda chakana savdo korxonalarining 98,5 foizi — kichik biznes (15 378 tadan 15 144 tasi). Shahar savdosi aynan shu «kichik» do‘konlar zimmasida. 📋 Biznesni ro‘yxatga olish aholiga nima uchun kerak? ✅ Aniq raqam — to‘g‘ri reja. Biznes soni, bandlik, haqiqiy faoliyat holati aniqlanadi. ✅ Bu tekshiruv ham, jarima ham emas. ✅ Ma’lumotlar maxfiy: shaxsni aniqlash mumkin bo‘lgan axborot oshkor etilmaydi. ✅ Mamlakatda birinchi marta: o‘zini o‘zi band qilganlar va rasmiy ro‘yxatdan o‘tmay ishlayotganlar ham qamrab olinadi. ⏰ 30-noyabrgacha! 👤 O‘zini o‘zi band qilganlar: census.stat.uz 🏢 Korxonalar: hisobot.stat.uz 🚶 Yoki hokim yordamchisi ish joyingizga borib, savolnomani to‘ldiradi ☎️ Savollar uchun: 1851 📩 Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati.
Открыть в Telegram🏙 Toshkent savdosi: peshtaxtadan omborgacha 2026-yil yanvar–sentabr natijalari: 🛒 Chakana savdo — 117 213,4 mlrd so‘m (+19,7%) ▫️ Kichik biznes: 66 913,0 mlrd so‘m (+26,0%) ▫️ Korxonalarning 98,5 foizi — kichik biznes 📍 Top-3 tuman: Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod 📦 Ulgurji savdo — 288 429,4 mlrd so‘m (+22,0%) 🍽 Umumiy ovqatlanish — 37 576,3 mlrd so‘m (+21,4%) Aylanmaning 53,4 foizi kichik biznes hissasida. 🎬 Batafsil — videoda 👆 📩 Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati
Открыть в Telegram📊 TOSHKENT KICHIK BIZNESI · 2-QISM Poytaxt iqtisodiyotining tayanchi — kichik tadbirkorlik. 2026-yil yanvar–sentabr oylari yakunlari: 🆕 14 669 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etildi (oʻtgan yilning shu davrida — 14 000 ta, +4,8%). 🛍 Eng faol soha — savdo: 5 240 ta. 📍 Yangi biznes soni boʻyicha eng yuqori oʻsish: Yakkasaroy (+15,3%), Bektemir (+10,3%), Uchtepa (+8,1%). 🏛 Kichik biznesning ulushi: ▪️ YAHMda — 55,5% ▪️ qurilishda — 75,9% ▪️ investitsiyalarda — 58,5% ▪️ chakana savdoda — 57,1% ▪️ xizmatlarda — 42,9% ▪️ sanoatda — 42,1% 🌍 Tashqi savdoda: eksportning 30,5% i (2 057,1 mln AQSH dollari), importning 47,9% i (9 876,3 mln AQSH dollari). ▶️ Batafsil — videoda. 📩 Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati
Открыть в Telegram📊 BIZNESNI RO‘YXATGA OLISH: IQTISODIY SAVOLNOMA ONLAYN TARTIBDA Hurmatli tadbirkorlar! Biznesni ro‘yxatga olish doirasidagi iqtisodiy savolnomani onlayn shaklda to‘ldirish tartibini bilasizmi? 🇺🇿 ✅ Yuridik shaxslar nima qiladi? hisobot.stat.uz tizimiga kirib, iqtisodiy savolnomani to‘ldiradi. 📝 Qanday ma’lumotlar kiritiladi? Savolnomada ko‘rsatilgan davr uchun: ▪️ faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ▪️ xodimlar soni; ▪️ aylanma; ▪️ xarajatlar; ▪️ boshqa tegishli ko‘rsatkichlar. ☎️ Qiyinchilik tug‘ilsa? 1851 raqamiga murojaat qiling, mutaxassislarimiz yordam beradi. Aniq va o‘z vaqtida topshirilgan ma’lumot — ishonchli statistika va to‘g‘ri qarorlar asosidir! 💡 📩 Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati
Открыть в Telegram