Посты канала Tohir Abdulg’ani Abdulloh
🌿 TAQDIRDAN QOCHIB QUTULIB BO‘LMAYDI! ﴿إِنَّ فِرْعَوْنَ عَلَا فِي الْأَرْضِ﴾ «Albatta, Fir’avn yer yuzida kibru havo qilib, haddidan oshdi». 📖 Qasas surasi, 4-oyat. Fir’avn o‘zini qudratli sanadi. Qo‘lida saltanat, qo‘shin, boylik va cheksiz hokimiyat bor edi. U bir kun kelib Muso alayhissalom sababli saltanati barbod bo‘lishidan qo‘rqdi. Shuning uchun minglab begunoh chaqaloqlarni o‘ldirishga buyurdi. Ammo Allohning taqdiri qarshisida uning barcha hiyla-nayranglari ojiz qoldi! Imom Ibn Kasir rahimahulloh yozadilar: «Hech qanday ehtiyot chorasi Allohning taqdiridan qutqara olmaydi. Chunki Alloh belgilagan muddat kelganda, u kechiktirilmaydi. Har bir muddatning o‘z yozuvi bor. Fir’avn o‘z kuch-qudrati bilan Musodan qutulmoqchi bo‘ldi. Ammo buyuk Podshoh — Allohning taqdiri qarshisida bu urinishlari unga hech qanday foyda bermadi. Allohning taqdiriy hukmi muqarrar amalga oshdi». 📚 Tafsiri Ibn Kasir, 6/221. ✨ QANDAY BUYUK IBRAT! Fir’avn Musoni yo‘q qilish uchun qancha harakat qilmasin, Alloh taolo aynan o‘sha Musoni Fir’avnning o‘z saroyida, uning ko‘z o‘ngida voyaga yetkazdi! Fir’avn qo‘rqqan taqdir uning o‘z uyida ulg‘aydi. 📌 Unutmang! Inson qanchalik kuchli bo‘lmasin, Allohning irodasidan ustun kela olmaydi. Shunday ekan, sabablarni qilish bilan birga, qalbimizni Allohga bog‘laylik. Chunki haqiqiy qudrat ham, hukm ham, taqdir ham yolg‘iz Uning qo‘lidadir! 🤲 Allohim, bizni taqdiringga rozi, Senga tavakkul qiluvchi bandalaringdan qil! Omin. #Tafsir #IbnKasir #QuronIbratlari #Tavakkul #Taqdir
Открыть в TelegramПереслано из 17-18-Oktyabr l Qur'onni Qori va Qoriyalardek ravon, chiroyli o'qish yo'llari
Без текста
Открыть в TelegramПереслано из 17-18-Oktyabr l Qur'onni Qori va Qoriyalardek ravon, chiroyli o'qish yo'llari
Jonli suhbat boshlayapmiz , vaqti borlar marhamat qilinglar .
Открыть в TelegramПереслано из 17-18-Oktyabr l Qur'onni Qori va Qoriyalardek ravon, chiroyli o'qish yo'llari
https://www.youtube.com/live/H-4qRu8IR0Q?si=3tG3qFH37lMrBPCZ
Открыть в TelegramПереслано из REGISTON TV
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ Bugun soat 18:00 da ustoz Tohir Abdulloh bilan Qadr surasining tafisi va #savol_javob ruknida jonli efir bo'lib o'tadi. ❗️Sizni qiziqtirgan savollarni hozirdan yozib qoldirishingiz mumkin. 👉 @Registon TV - Dinimizni birgalikda o'rganamiz!
Открыть в Telegram🌿 ALLOHGA TAVAKKUL QILGAN BANDANI ALLOH HIMOYA QILADI! Mo‘min kishi Allohga chin dildan tavakkul qilsa, odamlar unga qarshi hiyla-nayrang ishlatsalar ham, Alloh uning tarafini oladi, uni himoya qiladi va dushmanlarining makrini o‘zlariga qaytaradi. Bularning barchasi bandaning o‘z kuchi va qudrati bilan emas, balki Allohning yordami va qudrati bilan sodir bo‘ladi. 🤲 Shunday ekan, odamlarning makridan qo‘rqma! Allohga tavakkul qil. Zero, Allohga suyangan banda hech qachon yolg‘iz qolmaydi!
Открыть в Telegram🌿 YAXSHILIK YANA BIR YAXSHILIKKA YETAKLAYDI ✨ Alloh taoloning bandalariga ato etgan ulug‘ ne’matlaridan biri shuki, inson qilgan bir solih amali tufayli yana boshqa solih amallarga muvaffaq bo‘ladi. Bir yaxshilik ikkinchi yaxshilikka, bir itoat esa yana bir itoatga yo‘l ochadi. Shu tariqa mo‘min banda yaxshilikdan yaxshilikka, savobdan savobga intilib yashaydi. 📖 Alloh taolo marhamat qiladi: ﴿إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ يَهْدِيهِمْ رَبُّهُمْ بِإِيمَانِهِمْ﴾ «Albatta, iymon keltirgan va solih amallar qilgan zotlarni Parvardigorlari iymonlari sababli hidoyatga boshlaydi». 📚 (Yunus surasi, 9-oyat) 💎 Unutmang! Yaxshi amalning mukofotlaridan biri — undan keyin yana bir yaxshi amal qilishga muvaffaq bo‘lishdir. Shunday ekan, biror yaxshilik qilishga muvaffaq bo‘lsangiz, uni arzimas sanamang. Balki o‘sha kichik yaxshilik siz uchun ko‘plab ezgu amallarning boshlanishi bo‘lar. 🤲 Allohim, bizni yaxshiliklarga muvaffaq qilgin va bir solih amalimizni boshqasiga sabab aylagin! Zero, yaxshilikning davom etishi ham Allohning ulug‘ ne’matidir.
Открыть в Telegram🌿 GO‘ZAL XULQNING MEVASI Imom Movardiy rahimahulloh (vaf. 450-h.) aytadilar: «Insonning xulqi go‘zal bo‘lsa, u bilan do‘stlashuvchilar ko‘payadi, dushmanlari esa kamayadi. Shunda unga qiyin ishlar osonlashadi va g‘azablangan qalblar ham yumshaydi». 📚 «Adabud-dunyo vad-din», 243-bet. Go‘zal xulq — faqat insonning ziynati emas. U odamlarning qalbiga yo‘l ochadigan, adovatni kamaytiradigan va og‘ir ishlarni yengillashtiradigan ulkan ne’matdir. Alloh taolo bizlarni go‘zal xulq bilan ziynatlangan bandalaridan qilsin.
Открыть в Telegram🌿 SHUKR — ENG ULUG‘ MAQOMLARDAN Imom Ibn Qayyim rahimahulloh aytadilar: «Allohning dushmani Iblis shukr maqomining qadrini, uning eng ulug‘ va eng oliy maqomlardan ekanini bilgach, odamlarni undan to‘sishni o‘zining asosiy maqsadlaridan qildi». So‘ng u shunday dedi: ﴿ثُمَّ لَآتِيَنَّهُم مِّنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَانِهِمْ وَعَنْ شَمَائِلِهِمْ ۖ وَلَا تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَاكِرِينَ﴾ «So‘ngra ularga oldilaridan ham, ortlaridan ham, o‘ng tomonlaridan ham, chap tomonlaridan ham kelaman. Va ularning ko‘plarini shukr qiluvchi holda topmaysan». 📖 A’rof surasi, 17-oyat Demak, shaytonning katta maqsadlaridan biri — bandani shukrdan uzoqlashtirishdir. Inson ne’mat ichida yashab turib, faqat yetishmayotgan narsalariga qarasa, bor ne’matlarini oddiy hol deb qabul qilsa, doimo nolisa — shukr hissi asta-sekin zaiflashadi. Shuning uchun mo‘min o‘ziga tez-tez savol bersin: Men bugun Alloh bergan qaysi ne’matlarni esladim va ular uchun shukr qildim? Sog‘lik — ne’mat. Iymon — ne’mat. Oila — ne’mat. Tinchlik — ne’mat. Rizq — ne’mat. Hatto Allohga shukr qila olishning o‘zi ham — ulkan ne’mat. 📚 Manba: Ibn Qayyim, ‘Uddatus-sobirin, «‘Alamul-favoid» nashri, 221-bet.
Открыть в TelegramImom Ibn Qayyim rahimahulloh aytadilar: “Qizg‘anish ikki xil bo‘ladi: Birinchisi — sevgan narsang uchun qizg‘anish (الغيرة على الشيء). Ya’ni, sevgan narsangni asrashga qattiq harakat qilishing, unga zarar yetishidan yoki uni yo‘qotishdan ehtiyot bo‘lishing. Ikkinchisi — sevgan narsangga raqib bo‘ladigan narsadan qizg‘anish (الغيرة من الشيء). Ya’ni, sen yomon ko‘rgan bir narsa kelib, sevgan narsangga sherik va raqib bo‘lib qolishidan ehtiyot bo‘lishing. Shuning uchun sevgan narsangni chinakam qizg‘anishing, unga raqib bo‘ladigan narsalarni undan uzoqlashtirmaguningcha mukammal bo‘lmaydi.”
Открыть в Telegram