🇺🇿Neft va gaz texnologiyalari fakultetida ''Ma'rifat darsi'' maşğulotlari ötkazildi
🏛 Toşkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida talaba-yoşlarning mamlakatimizda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xalqaro hamkorlik, ekologik muammolar va barqaror rivojlaniş borasidagi bilimlarini oşiriş maqsadida navbatdagi “Ma’rifat darsi” maşğulotlari taşkil etildi.
🎤 Maşğulotlarda fakultet dekani L.A.Yusupova, dekan örinbosari N.Ş.Zulyarova, “Yaşil transformatsiya va ekologik texnologiyalar” kafedrasi dotsenti R.E.Çoriyev hamda fakultet tyutorlari iştirok etdilar.
Darslar davomida quyidagi mavzular yuzasidan atrofliça fikr almaşildi:
🔹 2027-yilgi Davlat budjeti va uning ijtimoiy yönaltirilganligi, ta’lim, soğliqni saqlaş va boşqa ijtimoiy sohalarga ajratilayotgan mablağlar, mamlakatimizning iqtisodiy rivojlaniş istiqbollari;
🔹 Özbekiston va Ömon hamda Turkiya davlatlari örtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi yönalişlari, investitsiyalarni jalb qiliş, sanoat, savdo va xalqaro şeriklik aloqalarini rivojlantiriş masalalari;
🔹 Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyatini röyobga çiqariş, hududni rivojlantiriş, yangi investitsiya loyihalari va aholi bandligini ta’minlaşga qaratilgan vazifalar;
🔹 Yangi Toşkent qurilişi va kökalamzorlaştiriş işlari, zamonaviy infratuzilma yaratiş, yaşil hududlarni kengaytiriş va ekologik barqarorlikni ta’minlaş;
🔹 “Ekologik madaniyat – bugun va kelajak” mavzusida ekologik bilim, ong, qadriyat va mas’uliyat, iqlim özgarişi, suv resurslarini tejaş, çiqindilarni kamaytiriş, yaşil iqtisodiyot va yoşlarning tabiatni muhofaza qilişdagi mas’uliyati muhokama qilindi.
⭐️ Maşğulotlar davomida mavzular hayotiy misollar, savol-javoblar va interaktiv suhbatlar asosida yoritilib, talabalarning fikr va mulohazalari tinglandi.
👩🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy