Посты канала The Bookfather
Переслано из Фахриёр
* * * ёмғир томчилари билан одимлайди куз хиёбондан, асфалт йўллардан, тошлар устидан, бошлар устидан, ёшлар устидан… куз – афсунгар: яширади кўзёшларингни шаффоф... ёмғир ортига. 2026 йил 4 октябр https://t.me/faxriyor_ijodi1
Открыть в Telegram#taqriz Osamu Dazai – Botayotgan quyosh Quyosh – Yaponiyaning bayroqdagi ramzi. Chunki, yaponlar o‘z yurtini kunchiqar o‘lka deb hisoblashadi. Qadimgi yapon rivoyatlariga ko‘ra, Amaterasu osmon va quyosh ma’budasi bo‘lib, yapon imperatorlari sulolasi o‘z kelib chiqishini u bilan bog‘lab keladi. Ayni mana shu quyosh 1945-yilga kelib, bota boshladi. Chunki, quyosh o‘lkasi ikkinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchrab, millat ruhiy tanazzulga yo‘liqdi. Depressiya, ichkilik, o‘z joniga qasd qilish illati oddiy ishchini ham, ziyoli qatlamni ham o‘z domiga tortib ketdi. O‘sha vaqtda Akutagava, Mishima, Kaneko, Arisima, Makino singari yapon adiblari bilan bir qatorda men o‘qigan mazkur romanning muallifi ham 1948-yilda o‘zini suvga tashlab halok qiladi. Roman nomi ham bejizga “Botayotgan quyosh” deb qo‘yilmagan. Sababi, romanda muallif oddiy yapon oilasidagi ruhiy holatlar orqali urushda mag‘lub bo‘lgan Yaponiyaning qanchalar ojizlashib, hayotdagi maqsadini yo‘qotib qo‘yganini va quyosh misoli botib borayotganini qalamga oladi. Asar qahramoni Kazuko eski aristokratik hayotdan ayrilgan, ammo yangi hayotda o‘z o‘rnini topishga urinayotgan ayol. U o‘tmish qadriyatlariga bog‘lanib qolishni istamaydi va hayotdagi yo‘qotishlarga qaramay, yashash va kurashishni tanlaydi. Uning Uehara ismli yozuvchiga bo‘lgan muhabbati ham ana shu ichki isyon va yangi hayotga intilish bilan bog‘liqdir. Kazukoning onasi esa eski Yaponiyaning timsoli. U aristokratik tarbiya, qadriyatlar va nafislik bilan yashagan. Ammo urushdan keyingi yangi jamiyatda bu qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va o‘zgargan dunyoga moslasha olmaydi. Uning kasalligi va vafoti bir oilaning emas, balki butun bir ijtimoiy qatlamning tanazzulini ifodalaydi. Ukasi Naoji esa urushdan qaytib ham tinch hayotga qayta olmagan avlod vakilidir. U ichkilik va tushkunlik girdobiga tushadi. Uning kundaliklari orqali urushdan keyingi yapon yoshlari va ziyolilarining ruhiy inqirozini ko‘ramiz. Naoji o‘zini jamiyatga keraksiz his qiladi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Asardagi Uehara obrazi ham alohida ahamiyatga ega. U iste’dodli, ammo ichki ziddiyatlar va zaifliklar girdobida qolgan yozuvchi. Uning Kazukoga bo‘lgan munosabati orqali muallif muhabbat, mas’uliyat va insonning ma’naviy ojizligi masalalarini ham ochib beradi. Xullas, Dazai mag‘lubiyatga uchragan Yaponiyani siyosiy voqealar yoki harbiy tarix orqali emas, balki bir oilaning parchalanishi, insonlarning ichki kechinmalari va yo‘qotishlari orqali tasvirlab beradi. Ona o‘tmish bilan yashaydi, Naoji o‘tmishdan qochib qutula olmaydi, Kazuko esa qanday bo‘lmasin, kelajakka qadam tashlashga harakat qiladi. Xullas, "Botayotgan quyosh" — bu eski dunyoning tugashi va yangi dunyoning hali shakllanmaganligi haqidagi pessimistik asar. Muallifning umr quyoshi ham asar chiqqanidan bir yil o'tib botadi. Kazuko singari yashash uchun kuch topa olganida edi, Yaponiyada yana tong otganiga guvoh bo'larmidi... @timur_books
Открыть в TelegramПереслано из in libris libertas
Dam olish kunlari uchun eng zo'r reja bu — hech qanday reja tuzmaslik. Faqat qulay divan, issiq choy, yomg'ir ovozi va seni butunlay boshqa olamga olib ketadigan kitob bo'lsa bas.
Открыть в Telegram#taqriz Sinan Akyuz – Feruza Turkiyalik yozuvchi Sinan Akyuzni o‘zbek kitobxoni “Yaralangan qush hamon uchmoqda” (Anjir qushlari) nomli romani orqali yaxshi taniydi. Navbatdagi “Feruza” (Piruze: Şamda bir turk gelin) nomli romani ham yaqindagina o‘zbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarga havola etildi. Muqovadagi “Bir kelinning ayanchli taqdiri” sarlavhasini ko‘rib o‘zbek kelinlarining bizga tanish taqdirlari xayolingizga kelishi mumkin, biroq bu romanda o‘zbeklardan farqli ravishda turk va arab ayollarining qismati qalamga olinadi. Asarda turkiyalik diplomatning qizi taqdir taqozosi bilan Suriyaga borib, o‘sha yerlik yigit bilan sevishib qolib, u yerga kelin bo‘lishi tasvirlanadi. Romanning asosiy mazmunini tashkil qiladigan azobu uqubatlari ham aynan shu mamlakat va shu oilada sodir bo‘ladi. Ochig‘ini aytsam, “Anjir qushlari”dagi baland cho‘qqidan keyin yozuvchi bir pog‘ona pastga tushgandek tuyuldi. Tarjima zo‘r, “Huzur” nashriyotining sifati ham a’lo darajada. Ammo, yozuvchining o‘zi o‘rtamiyona yozadigandek. Ba’zi joylari o‘zbek maishiy seriallarini ham eslatib yuboradi. Romanlarida badiiyatdan ko‘ra voqealar bayoni va syujet ustun keladi. Dastlabki boblarda yozuvchi o‘z uslubiga monand ko‘p intrigalar va dahshatli voqealar va’da qilib, ogohlantiradi, ammo ko‘p joylari kutilganidek ta’sirli chiqmaydi. Balki bu o‘quvchining xarakteriga qarab ham turlicha qabul qilinishi mumkin. Men yengil qabul qilgan lavhalarini boshqa ta’sirchan o‘quvchi yig‘lab yoki qiynalib o‘qishi ham mumkin (bu did masalasidir balki). Lekin, asarni to‘qima yoki ertak deb ham bo‘lmaydi, aksincha, muallifning so‘zlariga ko‘ra, Feruza hayotda mavjud shaxs. Asarda yuz bergan voqealar ham hayotda ro‘y bergan. Faqat muallif ularga badiiy bezak berib, turli taqdirlarni birlashtirib chiqadi. Mazkur romanda o‘quvchi Damashqning bizga noma’lum ko‘chalarini, turli yosh va xarakterdagi insonlarini, umuman G‘arbiy Osiyo arablarining madaniyatini o‘zi uchun kashf eta oladi. Nafaqat, turk va arab ayollari, balki o‘zimiznikilar bu romanda o‘zini, opasini yoki dugonasining taqdirini ko‘rishi va hayotiy xulosalar chiqara olishi mumkin. Yuqoridagi fikrlarimga qaramasdan, “Feruza”ni bir nafasda o‘qiladigan, qiziqarli syujetli asar deb ayta olaman. Aytgancha, muallif “Feruza”ning “Kavuşma: Piruze ve oğulları” nomli davomini yozgan. Va 1-kitobda ochilmay qolgan ayrim savollarga yechim bergan. Ammo, davomi o‘zbekchaga hali tarjima qilinmagan... @timur_books
Открыть в TelegramGTA 6 ni men yaratganimda aniq kitob do'konlarni o'marish va kitob o'qish missiyalarini ham kiritar edim... 😎😁 @timur_books
Открыть в TelegramMana o'sha Muhiddin ko'rgan kundalikning sahifalari. Kundalikda 2010-yildan to hozirgacha o'qigan asarlarimning muqovalari joy olgan. Estetik narsa @timur_books
Открыть в TelegramMuhiddin Nido Birburchakda mening kitob kundaligimni tomosha qilyapti))) @timur_books
Открыть в TelegramVampir Agent 007 Ha, Robert Pattinson yangi Jeyms Bondga aylanibdi. Kutilmagan tanlov @timur_books
Открыть в TelegramKitoblarimni doim sanab, ro'yxatlab boraman. Hozircha 2550 ta bo'libdi. Sizlardachi? Shaxsiy kitoblaringiz nechta? @timur_books
Открыть в TelegramHar gal yangi asarni o'qishni boshlaganimda uning yangi personajlari .... ☺️ @timur_books
Открыть в TelegramOdil Yoqubovning 1989-yilda Moskvada so'zlagan o'sha mashhur nutqining videosi @timur_books
Открыть в Telegram