Surxondaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği K. M. Abdivoxidovning korrupsiyaga qarşi kuraşiş yuzasidan viloyat aholisi va tibbiyot xodimlariga murojaati
Hurmatli viloyatimiz aholisi! Qadrli tibbiyot sohasi xodimlari!
Bugungi kunda mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, sohada oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş borasida izçil islohotlar amalga oşirilmoqda.
Mazkur islohotlarning samaradorligi, avvalo, tizimda qonuniylik, halollik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etilişiga bevosita boğliq.
Şu nuqtayi nazardan, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, uning yuzaga kelişiga sabab böluvçi şart-şaroitlarni bartaraf etiş hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş soğliqni saqlaş tizimining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Hurmatli yurtdoşlar!
Surxondaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi tomonidan tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş, tibbiyot muassasalari faoliyatida oçiqlikni kuçaytiriş, davlat mablağlaridan maqsadli foydalanış hamda kadrlarni işga qabul qiliş jarayonlarida şaffoflikni ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, tibbiy xizmat körsatiş, davlat xaridlari, moliyaviy munosabatlar va boşqaruv jarayonlarida qonuniylikni ta’minlaş, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş hamda mas’ul şaxslarning javobgarligini oşiriş muhim vazifalar sifatida belgilangan.
Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Tibbiyot sohasi vakillaridan, eng avvalo, kasbiy mas’uliyat, halollik, xolislik va bemorlarga nisbatan adolatli munosabat talab etiladi.
Şu bois barça tibbiyot muassasalari rahbarlari va xodimlarini öz xizmat vazifalarini qonunçilik talablariga muvofiq bajarışga, korrupsiyaviy holatlarga yöl qöymaslikka hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ustuvor deb bilişga çaqiraman.
Alohida ta’kidlaş joizki, korrupsiyaning har qanday körişişiga nisbatan murosasiz munosabatda böliş har bir rahbar va xodimning bevosita mas’uliyatidir.
Hurmatli fuqarolar!
Agar siz soğliqni saqlaş tizimida noqonuniy pul talab qiliş, tamagirlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qiliş yoki korrupsiya bilan boğliq boşqa holatlarga duç kelsangiz, bu haqda tegışli tartibda xabar berişingizni sōrayman.
Murojaatlar uçun Soğliqni saqlaş vazirligining 1203 qisqa raqamli işonç telefoni hamda @ssvantikor_bot Telegram boti faoliyat yuritmoqda.
Kelib tuşgan murojaatlar qonunçilikda belgilangan tartibda körib çiqiladi hamda aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan tegışli çoralar köriladi.
Hurmatli yurtdoşlar!
Surxondaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi bundan buyon ham tizimda korrupsiyaning oldini oliş, oçiqlik va hisobdorlikni ta’minlaş, aholining tibbiy xizmatlardan mamnunlik darajasini oşiriş hamda fuqarolarning davlat tibbiyot muassasalariga bölgan işonçini mustahkamlaş yölida izçil faoliyat olib boradi.
Bu jarayonda har bir tibbiyot xodimining mas’uliyati, rahbarlarning şaxsiy javobgarligi va jamoatçilik nazorati muhim ahamiyat kasb etadi.
Barçangizni korrupsiyaga qarşi kuraşişda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etişga, qonuniylik, halollik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilişga çaqiraman.
K. M. Abdivoxidov
Surxondaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği
Surxondaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi
Axborot xizmati
🔵 Telegram 📷 Instagram 👥 Facebook 🌐 Web-site