🤯 Keramikadan yasalgan iPhone 20 Pro chiqishi mumkin! Insayder Fixed Focus Digital’ning aytishicha, Apple 2027-yilda iPhone’ning 20 yilligi uchun keramika detallarini sinayapti. Gap cheklangan sonda chiqariladigan maxsus versiya haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Nega aynan keramika? Uni tirnash juda qiyin. Lekin yerga tushib ketsa, darz ketishi mumkin. Qolaversa, keramikadan detal tayyorlash ham murakkab, ham qimmat. Hozircha bu — mish-mish. Insayderning oldingi xabarlari ham har doim o‘zini oqlamagan. 🌚 Shu ketishda iPhone Duo’ning narxini ko‘rib, «bunisi hali arzon ekan», deydigan kunimiz ham keladi shekilli… @techmobuz
Открыть в TelegramTechmob.uz
🚀 Kanalimga Xush Kelibsiz! 💻Texnologiya olamidagi eng so'nggi yangiliklar, gadget sharhlari va foydali maslahatlarni qidiryapsizmi? Techmob sizga yordam beradi. Reklama : @techmob_admin Etgancha t.me/techmobyuklabot orqali videolarni yuklab oling
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 2 нояб. 2026 г. | 9 220 |
| 3 нояб. 2026 г. | 8 940 |
| 4 нояб. 2026 г. | 12 100 |
| 10 нояб. 2026 г. | 11 000 |
| 14 нояб. 2026 г. | 9 400 |
| 16 нояб. 2026 г. | 9 340 |
| 25 нояб. 2026 г. | 4 570 |
| 28 нояб. 2026 г. | 2 380 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры12,1 тыс.Пересылки—Реакции118Комментарии—
- 02Просмотры11 тыс.Пересылки—Реакции59Комментарии—
- 03Просмотры9,4 тыс.Пересылки—Реакции37Комментарии—
- 04Просмотры9,34 тыс.Пересылки—Реакции46Комментарии—
Новые посты
📱 iPhone Air 2 va iPhone 18 kamerasi yanada bo‘rtib chiqadimi? Internetga sizib chiqqan CAD chizmalariga ko‘ra, ikkala modelda ham orqa kamera blokining qalinligi 3,45 mm dan 3,8 mm gacha oshishi mumkin. Farqi atigi 0,35 mm, lekin telefonga yon tomondan qaraganda kamera bo‘rtig‘i ko‘proq ko‘zga tashlanishi mumkin. 📸 Xo‘sh, kamera osonroq sinadimi? Chizmalarda o‘lcham ko‘rsatilgan, kamera oynasi zarbaga qanchalik chidamli ekani esa hozircha noma’lum. Apple ham bu dizaynni hali tasdiqlamagan. 💬 Siz uchun kamera bo‘rtig‘i muhimmi yoki baribir iPhone’ni g‘ilofda ishlatasizmi? 👇 ✅@techmobuz
Открыть в Telegram📱 Galaxy S25 uchun One UI 9.5 tayyorlanyaptimi? One UI 9.0 hali to‘liq tarqalib ulgurmasidan, keyingi yangilanish haqida xabarlar paydo bo‘ldi! 👀 Xabarlarga ko‘ra, Samsung serverlarida Galaxy S25 seriyasi uchun One UI 9.5 sinov versiyalari aniqlangan. 🛠 Hozircha yangi funksiyalar va dizayndagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, yangilanish asosan xatolarni tuzatish va tizim barqarorligini yaxshilashga qaratiladi. Siz uchun qaysi biri muhim: yangi funksiyalarmi yoki telefonning muammosiz ishlashimi? 🤔 ✅@techmobuz
Открыть в Telegram📹YouTube ga Yengi video chiqdi ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ Vivo X500 Pro Max Obzor 🙋♂️Android ishlatuvchi Do'stlaringizga ulashing ✅@techmobuz
Открыть в Telegram📱 Bepul sun’iy intellekt davri tugayaptimi? Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, One UI tizimida bo‘lajak Galaxy S27 turkumi uchun Galaxy AI Premium obunasi va Max tarifi haqida eslatmalar topilgan. 🆓 Asosiy funksiyalar bepul qolishi mumkin, ammo ulardan foydalanishga qat’iy cheklovlar qo‘yilishi ehtimoli bor. 🔒 Kengaytirilgan imkoniyatlar, video yaratish va cheklovlarni olib tashlash uchun esa obuna kerak bo‘lishi mumkin. 💰 Taxminiy narxlar: • Oyiga — 4,99 dollar • Yiliga — 47,99 dollar ❗️Hozircha bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan. 🤔 Qimmat telefon sotib olib, ichidagi sun’iy intellekt uchun ham alohida pul to‘lashga tayyormisiz? ✅@techmobuz
Открыть в Telegram🤯 Xiaomi HyperOS 4 GLOBAL yangilanish jadvalini e’lon qildi! 🔥 Xiaomi, Redmi va POCO smartfonlariga HyperOS 4 yangilanishi qachon kelishi haqida dastlabki jadval paydo bo‘ldi! 📅 Yangilanishlar 3 bosqichda tarqatilishi kutilmoqda. 🟢 1-BOSQICH — NOYABR BOSHI 📱 Xiaomi: • Xiaomi 17 Ultra / 17 • Xiaomi 17T Pro / 17T • Xiaomi 15 Ultra / 15 • Leica Leitzphone powered by Xiaomi 📱 POCO: • POCO F8 Ultra / F8 Pro • POCO X8 Pro Max / X8 Pro / X8 • POCO X8 Pro Iron Man Edition • POCO M8 Pro / M8 • POCO C95 Pro / C85 📱 Redmi: • Redmi Note 17 Pro Max 5G • Redmi Note 17 Pro 5G • Redmi Note 17 5G / Note 17 • Redmi Note 15 Pro+ 5G • Redmi Note 15 Pro 5G / Pro • Redmi Note 15 5G / Note 15 • Redmi 17 5G / Redmi 17 • Redmi 17C 5G • Redmi 15C 5G / 15C 📲 Planshetlar: • Xiaomi Pad 8 Pro • Xiaomi Pad 8 ━━━━━━━━━━━━━━ 🟡 2-BOSQICH — NOYABR O‘RTALARI 📱 Xiaomi: • Xiaomi 15T Pro • Xiaomi 15T 📱 POCO: • POCO F9 Ultra / F9 Pro • POCO F7 Ultra / F7 Pro / F7 • POCO X7 Pro • POCO X7 Pro Iron Man Edition 📲 Planshetlar: • Xiaomi Pad 7 Pro / Pad 7 • Xiaomi Pad Mini • POCO Pad X1 / Pad M1 • Redmi Pad 2 Pro 5G • Redmi Pad 2 Pro ━━━━━━━━━━━━━━ 🔵 3-BOSQICH — DEKABR OYI 📱 Xiaomi: • Xiaomi MIX Flip • Xiaomi 14 Ultra / Xiaomi 14 • Xiaomi 13 Ultra / 13 Pro / 13 • Xiaomi 14T Pro / 14T • Xiaomi 13T Pro / 13T 📱 POCO: • POCO F6 Pro / F6 • POCO X8s / X7 / X6 Pro • POCO M8s 5G / M7 • POCO C81 Pro 📱 Redmi: • Redmi Note 14 Pro+ 5G • Redmi Note 14 Pro 5G / Pro • Redmi Note 14 5G / Note 14 • Redmi 15 5G / Redmi 15 • Redmi 14S • Redmi A7 Pro 📲 Planshetlar: • Xiaomi Pad 6S Pro 12.4 • POCO Pad C1 • Redmi Pad 2 9.7 / 9.7 4G • Redmi Pad 2 / Pad 2 4G ━━━━━━━━━━━━━━ ⚠️ MUHIM! Bu taxminiy jadval. Yangilanish sanalari hudud va qurilma versiyasiga qarab o‘zgarishi mumkin. 📲 Yangilanishni tekshirish: Sozlamalar → Telefon haqida → Tizim yangilanishi 👇 Sizda qaysi Xiaomi, Redmi yoki POCO modeli bor? Kommentariyada yozib qoldiring! 👍 — HyperOS 4 yangilanishini kutyapman! ✅@techmobuz
Открыть в Telegram📱 Galaxy A54 uchun One UI 9.0 tarqalmoqda! Xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy A54 uchun yangilanishni keng miqyosda tarqatishni boshladi 🌍 🇬🇷 Gretsiya, 🇷🇴 Ruminiya, 🇦🇪 BAA va boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilar yangilanishni ola boshlagan. ⏳ Yangilanish bosqichma-bosqich tarqatiladi. Hali bildirishnoma kelmagan bo‘lsa, sozlamalardan tekshirib ko‘ring: ⚙️ Sozlamalar → Dasturiy ta’minotni yangilash → Yuklab olish va o‘rnatish A54 ishlatayotganlar, sizga ham keldimi? 👇 ✅@techmobuz
Открыть в Telegram📱 Ekran yon tomondan ko‘rinmaydi, lekin yorqinligi ham pasaymaydi! Galaxy S27 Ultra va S27 Pro’da Privacy Display funksiyasining takomillashtirilgan versiyasi paydo bo‘lishi kutilmoqda. 🔒 Bu funksiya ekrandagi ma’lumotlarni yon tomondan qarayotganlardan yashiradi. Masalan, jamoat transportida yoningizdagi odam yozishmalaringizni o‘qiy olmaydi 👀 💡 Xabarlarga ko‘ra, yangi avlodda asosiy kamchilik bartaraf etiladi: funksiya yoqilganda tasvir xiralashmaydi, ekran yorqinligi va tiniqligi saqlanib qoladi. ✅@techmobuz
Открыть в Telegram📹YouTube kanalimda yangi Video marhamat yoqimli tomosha 👇👇👇👇👇 Video ko'rish uchun Havola
Открыть в Telegram📹Yangi Video Tayyor marhamat yoqimli tomosha ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ Xiaomi 18 Pro Max To'liq Obzor 🙋♂️Xiaomi ishlatuvchi Do'stlaringizga ulashing ✅@techmobuz
Открыть в Telegram