Qor. Qor yog‘adi ohista, O‘ynab~o‘ynab yog‘gin qor. Yer oqarsin birpasta, Ko‘rpa bo‘lib yopgin qor. Qor yog‘ayver buralab, Tabiat orom olar. Qor ostidan mo‘ralab, Kirpivoy chiqib qolar. ~Ehhey,hammayoq oppoq, Yaltirab,g‘irchillaydi. Juda sovuqdir boroq, Yuz~ko‘zim chimchillaydi. Daraxtlar ham uyquda, Bahorga kuch to‘playdi. Qorincham ochqab qolsa, Yegulik topilmaydi. Tez qaytayin uychamga, Qishki uyquni uray. Yopinvolib ko‘rpamga, Bahorni kutib turay. Qor esa hamon yog‘ar, O‘ynab~o‘ynab yog‘adi. Qo‘shiq aytib, allalab, Dilga sehr soladi. Xasanova Nilufar. 17.12.2022.
Открыть в TelegramПосты канала 💥ТARBIYACHI MTT YULDUZ SHARIPOVNA KANALI💥
QOR Аtrof qor, qish faslida, Murod agʼanar qorda. Yumshoq qorning ustida, Dumalash juda zoʼrda. Lekin baxor kelganda, Qorlar erib ketadi. Bugʼ boʼlib parlanganda, Yerga singib ketadi. Bu tabiat qonuni, Bunga nima xam dersiz. Koʼrib quyosh nurini, Erib ketadi esiz!… @sher_maqol @Tarbiyachi_MTT
Открыть в TelegramQOR Zamin uzra yog'ar oppoq qor, Tabiatga berib tarovat. Derazalar bo'lar naqsh-nigor Ayoz bobo chizadi surat. Qish qahridan muzlagan anhor, Tabiatning tiniq ko'zgusi. Lahza o'tmay tutar olamni Bolalarning shodon kulgusi So'ngra atrof jim-jit sukunat Moviy osmon, qorday bulutlar. Birinchi qor. Yozaman qorxat Eltib berarparday bulutlar. @sher_maqol @Tarbiyachi_MTT
Открыть в TelegramQorbobom bilan kelsam, Quvonasiz chindan, Qor momong ham bormi deb, So'ramaysiz mendan @sher_maqol @Tarbiyachi_MTT
Открыть в TelegramQish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq suv shildir-shildir, Muz tagidan oqqanda. Chana uchgim keladir, Qish fasli qor yoqqanda. Qor ustidan chanalar, Gʼiz-gʼiz uchar oʼq kabi. Chunki oʼynab bolalar, Qizib ketar choʼgʼ kabi. Baʼzan qor boʼron oʼynab, Quvlashib qor otamiz. Qorqiz, qorbobo yasab, Qish zavqini totamiz!… @sher_maqol @Tarbiyachi_MTT
Открыть в TelegramQor (bolalar uchun sheʼr) Аtrof qor, qish faslida, Murod agʼanar qorda. Yumshoq qorning ustida, Dumalash juda zoʼrda. Lekin baxor kelganda, Qorlar erib ketadi. Bugʼ boʼlib parlanganda, Yerga singib ketadi. Bu tabiat qonuni, Bunga nima xam dersiz. Koʼrib quyosh nurini, Erib ketadi esiz!… @sher_maqol @Tarbiyachi_MTT
Открыть в TelegramG‘OZLAR G‘ozlar desa g‘a - g‘a - g‘a , Bu degani ha - ha - ha. Don bersangiz ko‘p - ko‘p , Biz ko‘namiz xo‘o - xo‘p. G‘ozlar uchun juda soz , Bahor fasli , issiq yoz . @sher_maqol @Tarbiyachi_MTT
Открыть в TelegramTOPISHMOQ Osmondan par tushadi, Par emas , zar tushadi. QOR PARCHA @sher_maqol @Tarbiyachi_MTT
Открыть в TelegramQISH BO‘LSIN Qor yog‘sin-u Qish bo‘lsin. Menga o‘yin Ish bp‘lsin. Meni kutar Chang‘ ham. Uchsam ketar Zangi ham. Chiniqtirib tanamni, Ishga soldim Sanamni. Qor yog‘sin-u Qish bo‘lsin. Ko‘ngilim doyim Xush bo‘lsin. @sher_maqol @Tarbiyachi_MTT
Открыть в TelegramTOPISHMOQ Qish chog‘i kapalaklar Uchib yurar osmonda. Qiziq yo‘qolib qolar Kaftimga qo‘ngan onda. @sher_maqol @Tarbiyachi_MTT
Открыть в TelegramYANGI YIL Yal-yal yonar archamiz, O‘yin kulgu avjida, Qorbobomiz davrada. Yangi yilning bazmida Yurtimizda yangi yil, Bugun quvnar har bir dil. Archamizning yulduzi, Yonar kecha-kunduzi. @sher_maqol LEYLA BAHTIYAROVA
Открыть в TelegramARCHA Yozda va qishda, Bir xil kiyimda. Yangi yildachi, Yashnar uyimda. Faqat sun'iydir, Bizning archamiz. Seni kesmaymiz, Dedik barchamiz. @sher_maqol
Открыть в Telegram🤲 Эртага имтиҳонга кирадиган азиз устозларимни Аллоҳим ўзи қўлласин! Илоҳим, осон, ечимли ва тушунарли саволлар тушсин. Ўқиганларингиз ёдингизга тушиб, меҳнатларингиз ўз самарасини берсин. Аллоҳим қалбингизга хотиржамлик, зеҳнингизга равшанлик берсин. Ҳар бирингиз имтиҳондан юзингиз ёруғ, кўнглингиз шод бўлиб чиқишингиз насиб этсин! Барчангизга юқори баллар ва олий тоифалар насиб қилсин! Илоҳим, эртанги кун хушхабарларга бой бўлсин! Омин! 🤲❤️ Юлдуз Шариповна⭐️
Открыть в Telegram#Bilish ### Konstitutsiya — baxtli bolaligimiz kafolati! 🇺🇿 📜 Aziz bolajonlar! Bizning Vatanimiz — O‘zbekiston. Biz go‘zal, tinch va obod yurtda yashaymiz. 🇺🇿 Har bir davlatning o‘z qonun-qoidalari bor. Davlatimizning eng asosiy qonuni Konstitutsiya deb ataladi. ⚖️ Konstitutsiyamiz 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. 2023-yil 30-aprelda esa umumxalq referendumi orqali yangilangan. Har yili 8-dekabr kuni Konstitutsiya bayramini nishonlaymiz. 📅 Konstitutsiya sizlarning ham huquqlaringizni himoya qiladi. Sizlar oilada yashash, ta’lim olish, o‘ynash, dam olish, davolanish va o‘z fikringizni bildirish huquqiga egasiz. 🏠📚🎮 Bolajonlar, huquqlarimiz bilan birga burchlarimiz ham bor. Biz Vatanimizni sevishimiz, tabiatni asrashimiz, kattalarni hurmat qilishimiz va do‘stlarimizga mehribon bo‘lishimiz kerak. 💚🤝 Konstitutsiya barchamizning tinch, erkin va baxtli yashashimizga xizmat qiladi. 🕊️ ### Bolalar bilan savol-javob ❓ * Bizning Vatanimiz qayer? — O‘zbekiston. * Davlatimizning asosiy qonuni nima? — Konstitutsiya. * Konstitutsiya kuni qachon? — 8-dekabr. * Bolalar qanday huquqlarga ega? — Ta’lim olish, o‘ynash, dam olish va himoyalanish huquqlariga. * Biz tabiatni qanday asraymiz? — Daraxtlarni sindirmaymiz, gullarni parvarish qilamiz, atrofni toza saqlaymiz. 🌳🌸 ### Yod olish uchun she’r 📝 Konstitutsiyam — baxtim, Himoyada har huquqim. Vatanimni sevaman Unga sodiq bo‘laman! https://t.me/Tarbiyachi_MTT https://t.me/Tarbiyachi_MTT
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 46 ч | 17 000 |
| 67 ч | 17 800 |
- Всего сейчас17 800
Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 46 ч | 14 700 |
| 67 ч | 15 500 |
- Всего сейчас15 500