Masofaviy ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga ham o‘quv ta’tili berilishi mumkin Oliy ta’lim tashkilotida masofaviy shaklda o‘qiyotgan xodimlarga har yili sessiya uchun kamida 15 kalendar kunlik, o‘rtacha ish haqi saqlanadigan o‘quv ta’tili berilishi mumkin. Ish beruvchi masofaviy talaba bo‘lgan xodimga ham sessiyaga borib kelish uchun yiliga bir marta yo‘l kirasining kamida yarmini to‘laydi, davlat attestatsiyasi uchun ham shunday miqdor to‘lanadi. Hozir bu to‘lov faqat sirtqi o‘qiyotganlar uchun belgilangan. Bundan tashqari, masofaviy o‘qiyotgan xodimlarga o‘qish davrida moslashuvchan ish vaqti rejimini qo‘llashga ruxsat beriladi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в TelegramПосты канала Talaba.uz | Ta'lim portali
Telegramdagi avlodlar töqnashuvi! 😂 Bugungi kunda ustozlarga ham oson emas. Ayniqsa, zamonaviy Zumerlarga dars berish, ular bilan muloqot qilishning özi bir san’at! Ustoz xabar yozadi, talaba esa stiker va GIFlar orqali javob qaytaradi. Muhimi, bir-birini tuşunishsa bo‘ldi! Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram⚡️ Oʻqishni koʻchirishda kurs pastlamasligi uchun qoʻyilgan 2 ta asosiy talab 1) Fanlar farqi 4 tadan oshmasligi lozim; 2) GPA bali kamida 2,4 va undan yuqori boʻlishi lozim. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda talabaning arizasiga muvofiq quyi kurs (yoki semestr)dan oʻqishini davom ettirishga ruxsat beriladi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram❗️«Xavfsiz talaba» ilovasini o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa OTMlarda «Xavfsiz talaba» ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ta’lim va ilm-fan vazirligi ushbu holatni nazoratga olib, tezkor o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ayni paytda ishchi guruh o‘rganish ishlarini boshlagan. Vazirlik talabalarning ta’lim olish huquqi va o‘quv jarayoni uzluksizligi ta’minlanishi shartligini ta’kidladi. Savol: talabalarni telefonga ilova o‘rnatishga majburlash qonuniymi? Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в TelegramXorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imtihonlari uçun ruxsatnomalar eʼlon qilindi Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, şuningdek, qoraqalpoğistonlik yoşlarga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun bölib ötadigan imtihonlarga ruxsatnomalar eʼlon qilindi. Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi. Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda kelişi söraladi. Talabgorlar test sinovlari bölib ötadigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram🎓 Talabamisiz? O'qishni 10 barobar osonlashtiradigan "Super-yordamchi" bilan tanishing! Sessiya, mustaqil ishlar, ilmiy maqolalar va telefon xotirasining doimiy to'lib qolishi... Bularning barchasiga bitta yechim bor — 18 oylik Google AI Pro obunasi! 🔥 Eng muhim yangilik: 1,5 yilga berilayotgan ushbu maxsus taklif 26-oktabrda yopiladi. Aksiya tugamasidan oldin o'z akkauntingizga ulab olishga ulguring! Nima uchun har bir talabada bu obuna bo'lishi shart? ✨ Kengaytirilgan Gemini SI funksiyalari: Oddiy bepul versiyadan farqli o'laroq, sun'iy intellektning ilg'or imkoniyatlari hamda rasmlarni aniqlik bilan yaratish va tahrirlash funksiyalari ochiladi. 💾 Naq 5 TB (5000 GB) xavfsiz xotira: Barcha o'quv materiallari, elektron kitoblar, shaxsiy rasm va videolarni Gmail, Google Drive hamda Google Photos'da xavfsiz saqlang. ⏳ Muddati: To'liq 18 oy (1,5 yil!) 💰 Maxsus narx: 60 000 so'm ⚠️ Shoshiling, 26-oktabrga ham 2 kun qoldi. Bunday shartlardagi obunani keyin topa olmaysiz! 📩 Ulash va xarid qilish uchun: @WeTube_uz
Открыть в Telegram⚡️ Kelgusi yildan magistraturaga kirishda faqat ingliz tili sertifikati qabul qilinishi mumkin. Aytishlaricha, bunga asosiy sabab — talabgorlarning qisqa muddat ichida turk va arab tillaridan sertifikatlarni qo‘lga kiritayotgani. Shu sababli kelgusi yildan magistraturaga kirishda faqat ingliz tili sertifikati qabul qilinishi yoki turk va arab tillari sertifikatlari qabul qilinmasligi mumkin. Hozircha bu mahalladagi xotinlar aytgan ma’lumot. Xulosa qilishga shoshilmaymiy azizlar. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram📌 DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha) 🍟1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan. 🍟1 kredit 30 soatga teng. 🍟1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180). 🍟180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan. ❕ Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram📌 Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi? ✅Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin. Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq. Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi. Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. ❓Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha? Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram🇰🇷 KOREYADA TA’LIM OLISH VA O‘ZBEKISTONDA ISHGA JOYLASHISH IMKONIYATLARI! 🎓 23–24-oktabr kunlari Toshkentda “Dream Bridge Korea 2026” — Koreyada ta’lim olish va O‘zbekistonda ishga joylashish imkoniyatlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi! 🎉 KIRISH BEPUL! Ko‘rgazmada quyidagilar ishtirok etadi: 🎓 44 ta universitet 🏢 12 ta kompaniya 🏛 6 ta davlat tashkiloti 📌 Sizni nimalar kutmoqda? ✅ Koreyada ta’lim olish va universitetlarga kirish bo‘yicha maslahatlar ✅ O‘zbekistondagi Koreya kompaniyalarida ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot ✅ Koreyada ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha onlayn taqdimotlar ✅ Kompaniyalar taqdimotlari va ishga joylashish bo‘yicha suhbatlar ✅ Koreya va O‘zbekiston ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuvlar 🎲 Koreys milliy o‘yinlarida ishtirok etish va koreys madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati! 📅 Sana va vaqt: 23-oktabr (juma) — 10:00–17:00 24-oktabr (shanba) — 10:00–12:00 📍 Manzil: Toshkent shahri, Koreya Respublikasi Ta’lim markazi, Mirobod tumani, Talimarjon ko‘chasi, 3-uy. 📲 Oldindan ro‘yxatdan o‘tish uchun posterdagi QR-kodni skanerlang! 🇰🇷 Koreyada ta’lim olish, O‘zbekistonda karyera qurish va koreys madaniyati bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Открыть в Telegram⚡️ Universitet yoki Institut? Farq nimada? Ko‘pchilik abituriyentlar va talabalar "universitet" va "institut" tushunchalarini bir-biridan farqlay olishmaydi. Aslida, bu ikkisi o‘xshash bo‘lsa-da, muhim farqlarga ega. 🏛Universitet – keng qamrovli ta’lim maskani Universitet – turli sohalarda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim beruvchi yirik oliy o‘quv yurti. ➡️U bir nechta yo‘nalish va fakultetlarni qamrab oladi (masalan, tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot, pedagogika va boshqalar). 🏢 Institut – muayyan sohaga ixtisoslashgan o‘quv yurti ➡️Institutlar asosan bitta yoki bir nechta o‘xshash yo‘nalishlarga ixtisoslashgan bo‘ladi (masalan, pedagogika instituti, muhandislik instituti). ⬅️Universitetlarga qaraganda kichikroq bo‘lib, ko‘pincha bakalavriat va magistratura darajalarini beradi. Lekin bugungi kunda institutlar ham doktorantura bosqichida ta'lim berishmoqda. XULOSA 🔴Agar siz keng tanlov imkoniyatiga ega bo‘lishni istasangiz, universitet siz uchun yaxshiroq variant. 🔴Agar aniq bir sohaga ixtisoslashmoqchi bo‘lsangiz, institut mos keladi. O‘zingizga mos ta’lim muassasasini tanlab, kelajagingiz uchun to‘g‘ri qadam qo‘ying! Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram#Tezkor 📌 Pedagoglarning farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirma uchun ariza topshirish namunasi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram❗️ Endi qaysi ta’lim bosqichlari yangi vazirlikka bo‘ysunadi? Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilmoqda. Yangi vazirlik tarkibiga: 🏫 Maktabgacha ta’lim va tarbiya 📚 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 🎓 Professional ta’lim 🏛 Oliy ta’lim 🔬 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim 👨🏫 Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish 📖 Qo‘shimcha va norasmiy ta’lim kiradi. Ya’ni bog‘chadan boshlab oliy ta’lim va undan keyingi ta’limgacha bo‘lgan jarayonlar yagona vazirlik doirasida boshqariladi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram🚨 DIQQAT: 18 OYLIK GOOGLE AI PRO OBUNASI TUGAMOQDA! Kurs ishi, diplom ishi, dasturlash va taqdimotlarni soniyalar ichida tayyorlashni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang — ushbu maxsus taklif 26-oktabr kuni o'z nihoyasiga yetadi! Google AI Pro (Google One) obunasi sizga nima beradi? 🧠 Gemini imkoniyatlaridan kengaytirilgan foydalanish: Murakkab o'quv vazifalari, kod yozish, matnlar tahlili hamda rasmlarni yuqori aniqlikda yaratish va tahrirlash. ☁️ 5 TB xavfsiz bulutli xotira: Gmail, Google Photos va Google Drive uchun umumiy 5 terabayt joy — telefon va kompyuteringiz xotirasi to'lib qolishini unuting! 👥 Do'stlar bilan bo'lishish: Xotirani 5 nafargacha yaqiningiz yoki kursdoshingiz bilan ulashish imkoniyati. ⏳ Muddati: To'liq 18 oy (1,5 yil!) 💰 Maxsus narx: 60 000 so'm ⚠️ Shoshiling, 26-oktabr sanasiga sanoqli kunlar qoldi. Bunday shartlardagi obunani keyin topa olmaysiz! 📩 Ulash va xarid qilish uchun: @WeTube_uz
Открыть в Telegram❗️Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi; 👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi. 📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi. ❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi: ➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun; ➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun; ➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun; ➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun; ➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun; ➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun. 🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin. ❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi. Ayrim savollarga javoblar: ❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi? Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi. ❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi. ❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi. ❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi? Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi. ❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi? Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi. ❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi? Javob: ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin. ❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi? Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram⚡️Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasiga ariza qabuli boshlandi Ota yoki onangiz pedagogmi? Unda kontraktning 30 foizi qoplab berilishi mumkin. 🔹 Imtiyoz davlat OTMlarida bakalavriat kunduzgi ta’limida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlariga beriladi. 🔹 Ariza kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuboriladi va 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi. 🔹 Bir nechta farzand o‘qisa, chegirma har biriga alohida qo‘llanadi. 🔹 Imtiyoz har o‘quv yili uchun bir marta beriladi. Kimlarga berilmaydi: nodavlat va xorijiy OTMlar, ularning filiallari, harbiy OTMlar, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt hamda qo‘shma dasturlarda o‘qiyotganlarga. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в TelegramO‘zbekistonda ta’lim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi? 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 🔷Ta’lim va ilm-fan vazirligi joriy faoliyat va tashkiliy ishlarga javob beradi. Ta’lim sifati, yangi maktablar, bolalar bog‘chalari va universitetlar qurilishi, shuningdek, tarbiya jarayoni va bolalar manfaatlarini himoyalash ularning tasarrufidadir. 🔷Ta’limni rivojlantirish markazi ta’lim laboratoriyasi vazifasini bajaradi. Markaz mutaxassislari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar va metodikalarni ishlab chiqadi, shundan so‘ng ularni amaliyotga joriy qiladi, monitoring olib boradi va takomillashtiradi. 🔷Zafar Hoshimov rahbarligidagi guruh mamlakatdagi o‘n mingta maktabning tuzilmasini tahlil qiladi. Ta’lim sifati va tuzilmasini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida ichki biznes-jarayonlarni o‘rganadi hamda tizimdagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi. 🔷Prezident Administratsiyasi global masalalar — ta’lim sohasida strategiyani ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va umumiy siyosatni yuritish bilan shug‘ullanadi. Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram7-oktyabr. Og'riqli bir kun. Mana yillar o'tgan bo'lsa ham og'riq va iztiroblar aslo bosilmadi. Vayron bo'lgan shaharlar, armonda qolgan umrlar va ko'z yoshlari daryo bo'lgan oilalarning dod-faryodi insoniyat vijdonida hali hamon aks etmoqda. Unutmadik, unuttirmaymiz Do'stlarga ulashing👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Открыть в Telegram