🌍 Agon: 10 oylik startap 450 million dollarga baholandi 2026-yilning yanvar oyida Londonda tashkil etilgan Agon startapi Series A investitsiya raundida 70 million dollar jalb qildi. Kompaniya tashkil etilganiga hali bir yil ham bo‘lmadi, ammo uning bozor bahosi 450 million dollarga yetdi. Agon qanday mahsulot yaratmoqda? Startap dronlar, robotlar va boshqa avtonom mudofaa tizimlarini virtual muhitda sinovdan o‘tkazish uchun sun’iy intellektga asoslangan platforma ishlab chiqmoqda. Oddiy qilib aytganda, bu robotlar uchun virtual sinov maydoni. Texnologiyalarni real sharoitda sinashdan oldin ularning ishlashi simulyatsiya orqali tekshiriladi. 📊 Startap raqamlarda: ▪️ Tashkil etilgan — 2026-yil yanvar; ▪️ Dastlabki investitsiya — 30 mln dollar; ▪️ Yangi investitsiya — 70 mln dollar; ▪️ Jami jalb qilingan sarmoya — 100 mln dollar; ▪️ Kompaniya bahosi — 450 mln dollar. Investitsiya raundiga Northzone venchur fondi yetakchilik qildi. Unda Lakestar, Lux Capital, XYZ, Speedinvest va boshqa investorlar ham qatnashdi. E’tiborlisi, Buyuk Britaniyaning ikkita davlat investitsiya fondi ilk bor birgalikda aynan ushbu startapga sarmoya kiritdi. Shuningdek, Sequoia Capital’ning sobiq rahbari Roelof Botha yangi investor sifatida qo‘shildi. Unity asoschilaridan biri va Agon direktorlar kengashi raisi David Helgason esa o‘z investitsiyasini oshirdi. 💡 StartupLens xulosasi: Katta imkoniyatlar har doim ham yakuniy mahsulot yaratishda emas. Ba’zan butun bir sanoat uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaratish ham yirik biznesga aylanishi mumkin. Manba: The Next Web, Agon rasmiy press-relizi. @StartupLens
Открыть в TelegramПосты канала Startup Lens
🇺🇿 Xalqaro fondlar O‘zbekistonda robototexnikaga sarmoya kiritishni muhokama qildi 24-noyabr kuni Techstars Startup Week Tashkent 2026 doirasida Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev xalqaro venchur fondlari va akseleratorlar vakillari bilan uchrashdi. Muzokaralarda uchta xalqaro tashkilot ishtirok etdi: — ScaleX Ventures — ilk bosqichdagi texnologik startaplarga sarmoya kirituvchi fond. Uning investitsiya portfelida omborlarni avtomatlashtiruvchi Atlas Robotics va uy yumushlarini bajaruvchi robotlar yaratuvchi Weave Robotics mavjud. — DOMiNO Ventures — O‘zbekistonda 20 million dollar kapitalga ega venchur fondini tashkil etgan. Mahalliy TASS Vision va PointAi startaplariga ham investitsiya kiritgan. — Constructor Start — Germaniyadagi akselerator bo‘lib, startaplarga xalqaro ekspertlar bilan ishlash va 1 million dollargacha moliyalashtirish jalb qilish imkoniyatini taqdim etadi. Muzokaralarda qanday imkoniyatlar muhokama qilindi? ▪️ Robototexnikaga ixtisoslashgan akseleratsiya dasturlarini yo‘lga qo‘yish; ▪️ Mahalliy robotlarni ishlab chiqarish korxonalarida sinovdan o‘tkazish; ▪️ Xalqaro venchur investitsiyalarini jalb qilish; ▪️ Ilg‘or texnologiyalar transferi va malakali muhandislarni tayyorlash; ▪️ O‘zbekistonda yaratilgan texnologiyalarni xalqaro bozorga olib chiqish. 💡 StartupLens xulosasi: Robototexnika yo‘nalishida startap yaratayotgan bo‘lsangiz, faqat ishlaydigan robot yaratish bilan cheklanmang. Uni korxonada sinab ko‘ring, qancha vaqt va mablag‘ni tejashini raqamlarda isbotlang. Chunki investor uchun robotning o‘zi emas, u hal qilayotgan muammo va yaratayotgan iqtisodiy qiymat ham muhim. Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligi, UzDaily. @StartupLens
Открыть в Telegram🥤 Ko‘zingizni yumib, Pepsi bilan Coca-Cola’ni ajrata olasizmi? 🤔 Pepsi aynan shu savol orqali Coca-Cola’ni qariyb 100 yillik retseptini o‘zgartirishga majbur qilgan marketing kampaniyasini boshladi. Ammo voqealar rivoji ikkala kompaniya uchun ham kutilmagan bo‘ldi. 🎬 Batafsil videoda! 🚀 @StartupLens — investor ko‘zi bilan tahlil qilamiz.
Открыть в Telegram🍽 Nega dunyodagi eng nufuzli restoran mukofotini shina ishlab chiqaruvchi kompaniya beradi? 🤯 Buning ortida 100 yildan oshiq tarixga ega, milliardlab dollarlik biznesga ta’sir qilgan marketing hiylasi bor. 🎬 Javobi videoda! 🚀 @StartupLens — investor ko‘zi bilan tahlil qilamiz.
Открыть в Telegram📊 Mahalliy fondlar bilan ishlashda eng ko‘p uchraydigan adashish Kunduzgi postda fondlar va founderlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni ko‘rib chiqdik. Venchur fondda yuzlab pitchlarni ko‘rdim. Asosiy muammo — fond va founder kutuvlari mos kelmasligida. Ko‘pchilik founderlar hali ham fondni grant deb biladi. Boshqalari esa soft commitment olgach, xotirjamlikka beriladi. O‘z kuzatuvingizga ko‘ra quyida ovoz bering: 🔥 — Fondni grant deb o‘ylash 👍 — Soft commitmentga erta ishonish 💡 — Exit strategiyasini o‘ylamaslik 🚀 @StartupLens — investor ko‘zi bilan tahlil qilamiz.
Открыть в Telegram💸 Mahalliy fondlardan investitsiya olish haqidagi 3 ta xato fikr Soft commitment olgandan keyin pul tushishini kutish jarayonini koʻrdik. Lekin koʻp founderlar fondlarga kelishdan oldin ham notoʻgʻri tasavvurda boʻlishadi. 1. Venchur investitsiya bu grant emas. Fond sizga shunchaki yordam puli bermaydi. Ular equity evaziga kiradi va kelajakda 10 barobar oʻsish hamda exit kutadi. 2. Bitta pitch deck bilan pul berilmaydi. Pre-seed bosqichida ham quruq gʻoyaning oʻzi kamlik qiladi. Investorlar MVP, dastlabki traction va CAC hamda LTV hisobini soʻraydi. 3. “Mahalliy fondlarda pul yoʻq” degan gap. Aslida mahalliy fondlarda pul koʻp. Ular kuchli startap va yaxshi founder topa olmayapti. Muammo pulda emas, due diligenceʼdan oʻta oladigan loyihalar kamligida. 📤 Fondlarga topshirmoqchi boʻlgan tanishlaringizga yuborib qoʻying. 🚀 StartupLens, startaplar investor koʻzi bilan. @StartupLens
Открыть в Telegram📨 Investorga qayta yozishdan chekinish imkoniyatni qo‘ldan boy beradi 📊 Mutaxassislarning 48 foizi birinchi javobsiz xatdan so‘ng qayta eslatma yubormaydi (Woodpecker). 💡 Aslida esa investorlar ko‘p hollarda bandligi sababli xatingizni ko‘rmay qoladi. Taqdimot va ko‘rsatkichlar joyida bo‘lsa, eslatma yuborishdan tortinmang. Siz investorlar bilan muloqotda qaysi taktikani qo‘llaysiz: 🔥 Birinchi sukutdan so‘ng qayta yozmayman 👍 2-3 marta tartibli eslatma yuboraman ⚡️ Aniq javob olgunimcha yozishda davom etaman 📌 Pastdagi tegishli reaksiya orqali o‘z yondashuvungizni belgilang. 🚀 @StartupLens — to‘g‘ri va doimiy muloqot investitsiya jalb qilish imkonini oshiradi.
Открыть в Telegram📩 Investor javob bermasa, 3 ta eslatma natijani 71% gacha oshiradi 70–80% holatda xatlar rad etilgani uchun emas, shunchaki unutilgani uchun javobsiz qoladi. 🔥 Eslatma yuborish natijani qanday o‘zgartiradi: 1️⃣ Eslatma yuborilmasa, javob olish ehtimoli — 11%. 2️⃣ 3 ta eslatma bilan javob olish — 71%. 3️⃣ Issiq intro va 4 ta eslatma bilan bu ko‘rsatkich 83% ga yetadi. 📌 To‘g‘ri eslatma yuborishda uchta qoidaga amal qiling: — Vaqt oralig‘ini saqlang. Birinchi xatdan 5–7 kun o‘tib yozish javob olish ko‘rsatkichini 20% dan 30% gacha oshiradi; — Yangi natija qo‘shing. "Xatimni ko‘rdingizmi?" deb yozmang; — Qisqa yozing. Asosiy ma’lumotni ikki qatorda eslating. 🚀 Startap olamidagi muhim tahlillarni o‘tkazib yubormaslik uchun do‘stlaringizga ham ulashing. 🚀 @StartupLens — startaplar investor ko‘zi bilan
Открыть в Telegram📉 1 mln so‘mga 50 mijoz: zarar qilyapsiz 🧮 CAC — jami marketing xarajatini yangi mijozlar soniga bo‘lishdir. Masalan, 1 000 000 so‘m reklamadan 50 ta mijoz keldi. Demak, CAC — 20 000 so‘m. 💸 Agar o‘rtacha chekingiz 15 000 so‘m bo‘lsa, har bir yangi mijoz bilan 5 000 so‘m zarar qilyapsiz. Reklama byudjetini oshirish startapni tezroq cho‘ktiradi. 📈 ProfitWell tahliliga ko‘ra, CAC dunyo bo‘ylab o‘rtacha 20% ga qimmatlashdi. 🎯 Investor unit economics sog‘lomligiga qaraydi. Andreessen Horowitz va Y Combinator asoschilarining oltin qoidasi bor. Sog‘lom biznes modelda LTV kamida CAC dan 3 barobar katta bo‘lishi kerak. 💡 Bugunoq oxirgi oylik marketing xarajatingizni yangi mijozlar soniga bo‘lib ko‘ring. 🚀 Startapning haqiqiy o‘sishi reklama byudjeti bilan emas, to‘g‘ri unit economics bilan o‘lchanadi. 🚀 @StartupLens — startaplar investor ko‘zi bilan!
Открыть в Telegram📊 OpenAI o1 dasturchilarning 89 foizidan o‘tib ketdi Kunduzgi postda matematika haqida gaplashdik. Ammo startaplar uchun eng qizig‘i boshqa yoqda. Model Codeforces musobaqalarida ishtirokchilarning 89 foizidan yuqori natija ko‘rsatdi. 💡 Investor ko‘zi bilan bu nimani anglatadi: MVP yozish va unit economics hisoblash ko‘z ochib yumguncha tezlashadi. Oddiy texnik yechim endi ustunlik emas. Sizning startapingizda bu o‘zgarish qayerda seziladi — reaksiyalar bilan ovoz bering: 🔥 — MVP chiqarish va dasturlash tezlashadi 👍 — Moliya, LTV va CAC tahlili osonlashadi 🤔 — Bizda asosiy muammo texnologiya emas, sotuv Eng ko‘p ovoz olgan yo‘nalishni keyingi postlarda tahlil qilamiz. @StartupLens
Открыть в Telegram💰 Soft commitment oldingiz — lekin pul qachon tushadi Kecha unit economics xatosi haqida gaplashdik. Bugun esa investitsiyadagi eng katta adashuvni tekshiramiz. 🚀 Tasavvur qiling, Demo Day’da $100K soft commitment oldingiz. Ko‘p yosh asoschilar buni tayyor pul deb o‘ylaydi. 📌 Sizningcha, bu bosqichda startapni nima kutmoqda: 1. Pul 3 ish kunida hisobga tushadi. 2. Bu dastlabki qiziqish, oldinda due diligence bor. 3. Investor hech qanday shartsiz equity oladi. 📊 GoVCLab tahliliga ko‘ra, bunday kelishuvlarning 10–25 foizigina real pulga aylanadi. Hatto term sheet imzolangach ham, pul tushishiga 4–6 hafta ketadi. 💡 Investor ko‘zi bilan qaraganda, og‘zaki rozilik — jarayonning boshlanishi. To‘g‘ri javobingizni izohlarda yozib qoldiring. @StartupLens
Открыть в Telegram🎮 Men ham sanayapman! GTA 6 chiqishiga 4 kun qoldi! 19-noyabr. Millionlab geymerlar kabi men ham shu kunni kutyapman! 🔥 🤯 GTA 6 da bizni nimalar kutmoqda? 🌴 Vice City qaytmoqda! GTA 6 Floridadan ilhomlangan Leonida shtatida bo‘lib o‘tadi. Xaritada Vice City shahri, orollar, botqoqliklar, portlar va tog‘li hududlar bo‘ladi. Ayrim taxminlarga ko‘ra, xarita GTA 5nikidan 2–3 barobar katta boʻladi. 👫 Ikki bosh qahramon: Lucia va Jason. Ular birgalikda xavfli jinoyatlarga qo‘l uradi va politsiyadan qochib, omon qolishga harakat qiladi. 🎮 Platformalar: PS5 va Xbox Series X|S. PC versiyasi hozircha e’lon qilinmagan. 💵 Narxlar: Standard — $79,99, Ultimate — $99,99. 👤 Onlayn rejimning qachon ishga tushishi hozircha noma’lum. 🏆 GTA 6 hali chiqmasdan rekordlar o‘rnatmoqda! 📺 1-treyler 24 soatda YouTubeda 93 millionga yaqin ko‘rilgan! Bu musiqiy bo‘lmagan videolar orasida bir kunlik ko‘rishlar bo‘yicha rekord. 🔥 2-treyler 24 soatda barcha platformalarda 475 million ko‘rilgan! 💰 GTA 5 rekordi: 2013-yilda dastlabki 24 soatda 11,21 million nusxa sotilib, $815,7 million daromad keltirgan. Atigi 3 kunda esa $1 milliard! 🎬 Taqqoslash uchun, mashhur Avatar filmi $1 milliardlik kassa tushumiga taxminan 17 kunda yetgan. 📈 Tahlilchi Michael Pachter GTA 6 uzoq muddatda $10 milliardgacha daromad keltirishi mumkinligini taxmin qilgan. GTA 6 — shunchaki o‘yin emas, milliardlab dollarlik biznes. Uning relizi butun gaming industriyasi va investorlar qarorlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 💬 Siz GTA 6da nimani eng ko‘p kutyapsiz? GTA 6 dastlabki 24 soatda $1 milliardlik rekordni yangilay oladimi? 👇 🚀 @StartupLens — texnologiya va biznes yangiliklari investor nigohida
Открыть в TelegramStartap uchun alohida ilova kerakmi, agar Telegram chatining o'zi ilovaga aylansa? Telegram HTML Widgets texnologiyasini ishga tushirdi. Endi bot HTML, CSS va JavaScript'da yozilgan interaktiv vidjetni to'g'ridan to'g'ri chat xabari ichida ko'rsata oladi. Bu nima bo'lishi mumkin: 🎮 Mini-o'yinlar 🧮 Kalkulyatorlar 📊 Interaktiv vositalar 🤖 Bot bilan ma'lumot almashadigan vidjetlar Startaplar uchun nimasi muhim? Mijoz sayt ochmaydi, ilova yuklab olmaydi. Xizmat u allaqachon o'tirgan joyda, chatning o'zida ishlaydi. Demak, mahsulotni sinab ko'rishgacha bo'lgan yo'l qisqaradi. ⚠️ Hozircha cheklov bor: rasmiy muhitda vidjetni faqat bot bilan shaxsiy chatda yuborish mumkin. Guruh va kanallarda to'liq ishlamaydi. Shunday bo'lsa ham, yo'nalish aniq: Telegram oddiy messenjerdan botlar orqali xizmat quriladigan platformaga aylanib bormoqda. 💬 Sizningcha, Telegram ichidagi mini-ilovalar kelajakda alohida mobil ilovalar bilan raqobatlasha oladimi? 🚀 @StartupLens | startaplar investor nigohida
Открыть в TelegramПереслано из davletovuz
Икки нафар ўзбекистонлик Y Combinator акселераторига қабул қилинди Yoshlar Ventures’нинг Сан-Францискодаги офиси резидентлари Ҳусан Мавлонов ва Рашод Абдурасулов дунёнинг нуфузли стартап акселераторларидан бири — Y Combinator дастурига қабул қилинди. 20 ёшли Ҳусан Мавлоновнинг Defex Robotics лойиҳаси ишлаб чиқариш корхоналари учун мустақил ўрганувчи роботлар яратади. Рашод Абдурасулов эса Peripheral Zero стартапи асосчиси. Улар дастурга қабул қилинган ўзбекистонликлар орасида учинчи ва тўртинчи бўлди. Яқинда Ўзбекистон терма жамоаси FIRST Global Challenge 2026 робототехника мусобақасида ҳам ғолиб бўлган эди. Бу натижалар мамлакатда робототехника ва инновацион технологиялар ривожига қаратилаётган эътибор самара бераётганини кўрсатмоқда. Маълумот учун, Yoshlar Ventures — маҳаллий стартапларни халқаро бозорга олиб чиқишга кўмаклашувчи 20 миллион долларлик венчур платформа.
Открыть в TelegramPhotoshopni endi AI agentlari ham boshqarishi mumkin: Adobe MCP integratsiyasini taqdim etdi Tasavvur qiling: siz ChatGPT yoki Claude’ga topshiriq berasiz, AI esa Photoshop yoki Illustrator loyihangiz ustida bevosita ishlaydi. Adobe aynan shunday imkoniyat sari qadam tashlamoqda. 10-noyabr kuni Adobe MAX tadbirida kompaniya Photoshop, Illustrator, Premiere Pro va After Effects uchun lokal MCP integratsiyalarini preview formatida e’lon qildi. MCP nima va u nimani o‘zgartiradi? MCP — Model Context Protocol. Sodda qilib aytganda, AI agentlari va boshqa dasturlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan ochiq standart. U orqali AI siz ishlatadigan dasturlarning ayrim funksiyalariga murojaat qilishi va vazifalarni bajarishi mumkin. Masalan: — Photoshop’da rasmni tahrirlash; — Illustrator’da dizayn elementlarini o‘zgartirish; — Premiere’da video montaj jarayoniga yordam berish; — After Effects’da loyihalar bilan ishlash. Eng muhim jihati: Adobe taqdim etgan lokal integratsiya orqali loyiha fayllaridagi qatlamlar, kompozitsiyalar va boshqa elementlar tahrirlanadigan holatda saqlanishi ko‘zda tutilgan. Bu barcha funksiyalar hozir hamma uchun ochiq degani emas. Adobe integratsiyalarni hozircha preview sifatida taqdim etmoqda. Bu o‘zgarish AI bozoridagi muhim tendensiyani ko‘rsatadi: raqobat endi faqat kuchli model yaratishda emas, balki AI’ni odamlar har kuni foydalanadigan ish jarayonlariga olib kirishda ham kechmoqda. Kelajakda ustunlikni eng ko‘p AI vositasini biladiganlar emas, balki ularni yagona samarali jarayonga birlashtira oladiganlar qo‘lga kiritishi mumkin. Savol: siz dizayn yoki video montajni AI agentiga topshirishga tayyormisiz? 🔎 Manbalar: Adobe rasmiy e’loni | TechCrunch 🚀 @StartupLens — startaplar investor közi bilan
Открыть в Telegram