#Qonunchilik_palatasida Tibbiyotni raqamlashtirish qanday natija bermoqda? Xabar berganimizdek, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning “Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda elektron shifoxona, elektron statsionar, elektron laboratoriya, elektron retsept, elektron ombor, elektron reabilitatsiya va elektron yo‘llanma kabi xizmatlar joriy etilgan. Hozirga qadar ishlab chiqilgan 20 dan ortiq funksional modul va xizmat 4 mingdan ziyod davlat tibbiyot muassasasi, 6 mingga yaqin xususiy klinika, 11 mingdan ortiq dorixona hamda 38 milliondan ziyod fuqaroni qamrab olgan. Sun’iy intellekt texnologiyalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish borasida ham salmoqli natijalarga erishilyapti. 2026-yil yakuniga qadar oltita sun’iy intellekt tizimini to‘liq ishga tushirish, yana uchtasini pilot tartibda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, DHP platformasini joriy etish orqali ma’muriy yuklamani 30 foizga, takroriy tekshiruvlar va tibbiy xatolarni 20 foizga kamaytirish, hisobotlarni shakllantirish jarayonini 90 foizgacha tezlashtirish maqsaq qilingan. Majlisda raqamli tizimlarni joriy etishda saqlanib qolayotgan ayrim muammolarga ham e’tibor qaratildi. Yakunda vazirning axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi hamda kun tartibidagi masala yuzasidan parlament nazoratini samarali davom ettirishga kelishib olindi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 1 040 |
| 4 ч | 1 750 |
- Через 1 час1 040
- Через 6 часов1 750
- Всего сейчас1 750










