Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 144 |
| 3 ч | 492 |
| 6 ч | 592 |
- Через 6 часов592
- Всего сейчас592
Часов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 144 |
| 3 ч | 492 |
| 6 ч | 592 |
Sirdaryo tumanida obodonlaştiriş va haşar işlari davom etmoqda. Yurtimiz böylab obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari, umumxalq haşari davom etmoqda.Uşbu ezgu taşabbus doirasida Sirdaryo tumanida ham keng kölamli obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Haşar doirasida köchalar, yöl yoqalari va jamoat joylari tartibga keltirilib, hududlar yanada fayzli va körkam qiyofa kasb etmoqda. 🌱 Haşar — mehr-oqibat, hamjihatlik va obodlik timsoli! Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Gov.uz
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 364 |
| 3 ч | 919 |
| 6 ч | 1 080 |
🌱 Sirdaryo tumanida “Yaşil makon” doirasida köçat ekiş işlari davom etmoqda Ayni kunlarda yurtimiz böylab “Yaşil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi doirasida keng kölamli obodonlaştiriş va köçat ekiş tadbirlari ötkazilmoqda. Mazkur ezgu taşabbus doirasida Sirdaryo tumanida ham hududlarni obodlaştiriş, yaşil maydonlarni kengaytiriş va atrof-muhitni yanada körkamlaştiriş maqsadida köçat ekiş işlari olib borilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Gov.uz
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 3 ч | 549 |
| 5 ч | 771 |
| 8 ч | 864 |
Переслано из Sirdaryo.uz
#Diqqat_eʼlon “INKLYUZIV AUKSION” 🎨 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Inklyuziv auksion” tadbiri bu yil ham o‘z iste’dodi va ijodi bilan ajralib turadigan yoshlarni bir maydonga jamlaydi. Tadbir doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan turli mahsulotlar hamda ijodiy ishlar namoyish etiladi. Auksionning asosiy maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini keng targ‘ib qilish hamda davlat buyurtmachilari bilan hamkorlik qilishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat. Auksionda o‘z ijodiy ishlari va asarlari bilan ishtirok etishni istagan ijodkorlar 1-dekabrga qadar tuman va shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari so‘raladi. Murojaat uchun +99867 236 10 70 Asosiy tadbir 3-dekabr Payshanba kuni 📍 Manzil: Guliston shahri, “Tadbirkorlar va hunarmandlar” markazi.
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 3 ч | 485 |
| 6 ч | 632 |
| 8 ч | 683 |
“Dubinka” örniga “darra”, “furajka” örniga “börk”: 30 ta harbiy atamaning özbekça muqobili rasmiy muomalaga kiritilmoqda: Özbekiston Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan harbiy sohadagi özbek tili qoida va meʼyorlariga moslaştirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi atamalar röyxati tasdiqlandi. Akselband —> Zarband Ambrazura —> Şinak Ataka —> Hamla Baraban(çi) —> Dovul(çi) Blindaj —> Panajoy Blokada —> Qamal Bronejilet —> Zirhnimça Blokpost —> Tösiqpost Veşmeşok —> Yukxalta Gaupvaxta —> Bandixona Gorn(çi) —> Burğu(çi) Diversiya —> Qöporuvçilik Diversant —> Qöporuvçi Dubinka —> Darra Dozor —> Erovul Kokarda —> Jiğa Kotelok —> Qozonça Mişen —> Nişon Okop —> Xandaq Protivogaz —> Gazniqob Rejim —> Tartibot Tranşeya —> Xandaq yölagi Trevoga —> Bong Trençik —> Zanjirboğ Tribunal —> Harbiy mahkama Furajka —> Börk Fortifikatsiya —> Istehkom Şevron —> Uqa
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 174 |
| 6 ч | 605 |
Переслано из Sirdaryo.uz
Ayni paytda Yangiyer şahrida sayyor qabul davom etmoqda Şu vaqtga qadar sayyor qabulda iştirok etiş uçun 85 nafar fuqaro röyxatga olingan. Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirov boşçiligida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan mas’ul taşkilotlar rahbarlari iştirokida tegişli yeçimlar belgilanmoqda.
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 192 |
| 6 ч | 527 |
"YIL AYOLI” MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILDI Sirdaryo tumanida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi örni va faolligini oşiriş, ularning iste’dodi, salohiyati hamda erişayotgan yutuqlarini keng tarğib etiş maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqiçi kötarinki ruhda bölib ötdi. Tanlovda turli sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan, özining taşabbuskorligi, fidoyiligi, bilim va tajribasi bilan el-yurt hurmatiga sazovor bölgan faol xotin-qizlar iştirok etdilar. Iştirokçilar belgilangan 11 ta nominatsiya böyiça öz faoliyati, amalga oşirgan işlari, erişgan yutuqlari va kelgusidagi rejalari haqida taqdimotlar namoyiş etdilar. Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi örni, oila mustahkamligini ta’minlaş, yoş avlod tarbiyasi, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda mahalla hayotidagi faolligi alohida e’tirof etildi. Tanlov yakunida iştirokçilar tuman hokimligining taşakkurnıma va estalık sovğaları bılan taqdirlandilar.
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 225 |
| 6 ч | 600 |
SIRDARYO TUMANIDA “ÖQUV MARKAZLAR FORUMI” DOIRASIDA OÇIQ MULOQOT ÖTKAZILDI Sirdaryo tumanida faoliyat yuritayotgan xususiy öquv markazlari vakillari iştirokida “Öquv markazlar forumi” doirasida oçiq muloqot taşkil etildi. Muloqot davomida öquv markazlari rahbarlari öz taklif va taşabbuslarini ilgari surib, sohada mavjud muammolar, rivojlaniş imkoniyatlari hamda özaro hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar. Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad — xususiy ta’lim markazlari örtasida hamkorlikni mustahkamlaş, tajriba almaşiş va ta’lim sifatini oşirişga qaratilgan takliflarni qöllab-quvvatlaşdan iborat.
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 382 |
| 7 ч | 737 |
Переслано из Saida Mirziyoyeva
Sirdaryo viloyati | 26.11.2026 — Сырдарьинская область | 26.11.2026
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 217 |
| 3 ч | 432 |
| 5 ч | 510 |
| 7 ч | 537 |
| 26 ч | 828 |
Переслано из Shavkat Mirziyoyev_press-service
“2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili”ning rasmiy ochilish marosimi ishtirokchilariga tabrik — Поздравление участникам церемонии, посвященной официальному открытию 2027 года – Международного года устойчивого и жизнестойкого туризма Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 148 |
| 2 ч | 391 |
| 4 ч | 547 |
| 8 ч | 724 |
Sirdaryo turizmi xalqaro maydonda “Ipak yölida turizm” 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida Sirdaryo viloyatining turistik salohiyati va istiqbolli loyihalari namoyiş etilmoqda. Yarmarka davomida Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev, Prezident Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti rahbari Gayane Umerova, Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulov hamda Turkiya vakillari Sirdaryo viloyati pavilyoniga taşrif buyurdi. Taşrif davomida mehmonlarga viloyatning turizm salohiyati, mavjud imkoniyatlari, rivojlantirilayotgan yangi yönalişlari haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, Sirdaryo viloyati hokimligi va Xitoyning “JINÇENG INTERNATIONAL” korxonasi örtasida Sirdaryo tumanida “Amir Temur” etnoparkini barpo etiş böyiça memorandum imzolandi. Bundan taşqari, Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya va Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar ötkazilib, turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan memorandumlar imzolandi. Web-site | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 439 |
| 3 ч | 598 |
| 5 ч | 729 |
| 6 ч | 811 |
Переслано из Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ilmiy-amaliy markazi bilan tanishdi va xorijiy investorlar bilan suhbatlashdi. — Президент нашей страны ознакомился с научно-практическим центром Комитета по автомобильным дорогам и побеседовал с иностранными инвесторами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 408 |
| 3 ч | 506 |
| 7 ч | 640 |
Переслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari rezident aviakompaniyalar uchun qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar joriy etilishini aytdi. Kelgusi yildan aviayoqilg‘i narxi jahondagi o‘rtacha narxga bog‘langan holda shakllantiriladi. Aviayoqilg‘i aksiz solig‘idan ozod etilib, qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi qo‘llaniladi. Ehtiyot qismlar uchun bojxona boji bo‘yicha imtiyoz 2040-yilgacha uzaytiriladi. Havo kemalari, dvigatellar va agregatlar ijarasiga ham qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi tatbiq etiladi. Mutasaddilarga rezident aviakompaniyalarga ehtiyot qismlar importi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini bir kunda qaytarish tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 214 |
| 3 ч | 571 |
| 7 ч | 638 |
| 24 ч | 736 |
Переслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
So‘nggi yillarda mamlakatimizda 11 ta xalqaro aeroport zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilindi. Mo‘ynoq, Qo‘qon, Zomin, Arnasoy, Shahrisabz, Sariosiyo va So‘xdagi aeroportlar tiklanib, aeroportlar soni 18 taga yetdi. Urganch, Samarqand, Buxoro va Namangan aeroportlari xususiy sheriklik asosida investorlarga ishonchli boshqaruvga berildi. Joriy yilda aviatsiya orqali yo‘lovchi tashish hajmi 17 million nafarni tashkil etadi, yaqin yillarda mazkur ko‘rsatkichni 25 million nafarga yetkazish maqsad qilingan. Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda 1 ming 300 gektar maydonda yangi xalqaro aeroport barpo etilmoqda. Ushbu aeroportga tutash 800 gektar maydonda 5 milliard dollarlik “Aerocity” loyihasi amalga oshiriladi. Unda logistika va elektron tijorat markazlari, nufuzli brendlar, zamonaviy mehmonxonalar va turar joylarni qamrab olgan yaxlit ekotizim yaratiladi. Mutasaddilarga kelgusi yilning 1-iyuligacha hududning master-rejasini yakunlab, mahalliy va xorijlik investorlarga taqdim etish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 204 |
| 3 ч | 495 |
| 7 ч | 563 |
| 24 ч | 649 |
Переслано из Saida Mirziyoyeva
Sirdaryo viloyatida mahallalar, ayrim ta’lim va madaniyat maskanlaridagi haqiqiy şaroitni körib, aholi bilan oçiq muloqot qildik. Yutuqlarimiz öz yöliga, ammo yiğilib qolgan masalalar ham kam emas. Soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdim — sörovim şunga yaraşa böladi. — Побывали в махаллях, отдельных образовательных и культурных центрах Сырдарьинской области, увидели реальные условия и открыто поговорили с жителями. Достижения, безусловно, есть, но и накопившихся вопросов немало. Серьёзно предупредила профильных руководителей об ответственности за результат — спрашивать с них буду строго.
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 194 |
| 4 ч | 344 |
| 7 ч | 440 |
| 24 ч | 527 |
Переслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Keyingi o‘n yilda mamlakatimizning logistika quvvatlarini 80 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Endilikda Xonobod shahri, Olot, Termiz, Yangiyo‘l va Ohangaron tumanlari transport-logistika sohasiga ixtisoslashtiriladi. Prezidentimiz zamonaviy logistika markazlari yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinganini eslatdi. Mutasaddilar va hokimlarga bundan unumli foydalanib, investorlar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik 9 ta yirik logistika markazini barpo etish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 232 |
| 4 ч | 370 |
Переслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekistonni Sharq va G‘arb, Shimol va Janubni bog‘lovchi yirik quruqlik portiga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Ayni paytda O‘rta yo‘lak imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti. Mutasaddilarga Ozarbayjon, Turkmaniston va Gruziya bilan elektron yuk hujjatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvlarni yakunlash topshirildi. Mamlakatimizdan Kaspiy, Qora dengiz, Sharqiy Xitoy dengizi va Boltiqbo‘yi davlatlari portlarigacha blok-poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yib, bu haqida tadbirkorlarga ma’lum qilish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramПереслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yuk vagonlariga bo‘lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Shu bois, vagonlar parkini har yili 5-6 mingtaga ko‘paytirish zarur. Buning uchun tadbirkorlarga qator yengilliklar yaratiladi. Xususan, yuk vagonlarini import qilish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi. Temir yo‘l liniyasidan foydalanish to‘loviga 20 foizgacha chegirma beriladi. Xalqaro yuk tashish uchun mahalliy vagonlarni taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi qo‘llaniladi. Prezidentimiz Jahon banki bilan birgalikda temir yo‘l sohasida yangi tarif siyosati ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Mutasaddilarga 2027-yildan ushbu siyosatni bosqichma-bosqich tatbiq etishni boshlash topshirildi. Kelgusi yildan har bir yo‘nalish bo‘yicha temir yo‘l liniyasidan foydalanish, lokomotiv va vagon uchun to‘lovlar alohida ko‘rsatiladigan tizimni joriy etish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramПереслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li ishga tushishi bilan yuk tashish hajmi 10 karra oshib, yiliga 15-16 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari milliy temir yo‘l infratuzilmasini shunga mos ravishda rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Bugungi kunda temir yo‘llarning 25 foizi to‘liq quvvatda, 15 foizi esa ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda. 2030-yilgacha 545 kilometr yangi temir yo‘l liniyalarini qurish, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushini 65 foizga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkazish rejalashtirilgan. Kelgusi yilda Angren – Pop temir yo‘l liniyasi modernizatsiya qilinadi, ushbu yo‘nalishda ikkinchi liniya qurish masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Aprel oyidan To‘qimachi – Angren yo‘nalishida ikkinchi temir yo‘l qurilishi boshlanadi. Shuningdek, Toshg‘uzor – Qumqo‘rg‘on uchastkalarining modernizatsiyasi yakunlanadi, Andijon – Xonobod va Qumqo‘rg‘on – Quduqli yo‘nalishlari to‘liq elektrlashtiriladi, Toshkent – Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi liniya qurishga kirishiladi. Prezidentimiz xalqaro moliya tashkilotlari va investorlarni umumiy qiymati 8 milliard dollarlik mazkur loyihalarda hamkorlik qilishga chaqirdi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramПереслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yo‘l emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yo‘l kerak, – dedi davlatimiz rahbari. Polimer bitumdan to‘g‘ri texnologiya asosida foydalanish yo‘lning xizmat muddatini 3-4 yilga uzaytirish, yuqori haroratga chidamliligini oshirish va takroriy ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Kelgusi yilning mart oyidan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 50 ming tonna polimer bitum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Yil yakuniga qadar ishlab chiqarish quvvatini kamida 100 ming tonnaga yetkazish topshirildi. Urganch – Xiva pulli yo‘lining asfalt-beton qoplamasida ilk bor geotekstil materiali qo‘llanildi. Ushbu texnologiya yuklamani teng taqsimlash, qoplamani deformatsiyadan saqlash va yo‘lning xizmat muddatini 4-5 yilga uzaytirishga xizmat qiladi. Mutasaddilarga polimer bitum va geotekstil texnologiyalaridan foydalanishni yo‘l qurilishi standartlariga kiritish vazifasi qo‘yildi. Kelgusi yildan xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilishda mazkur talab majburiy bo‘ladi, keyinchalik davlat va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarga ham tatbiq etiladi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramПереслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz yo‘l sohasida O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan xalqaro moliya tashkilotlariga minnatdorlik bildirdi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda yo‘l qurilishi bo‘yicha malakali mutaxassislar, yirik mahalliy pudratchi va muhandislik-konsalting kompaniyalari shakllangani, zamonaviy texnika bilan ta’minlash borasida ham katta imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi. Xalqaro moliya institutlariga mahalliy mutaxassislarni dunyo miqyosidagi yirik loyihalarga muhandis-konsultant sifatida jalb qilish, yo‘l qurilishida tajriba orttirgan kompaniyalarimizni xorijiy tenderlarda ishtirok etishga tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish taklif etildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramПереслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugungi kunda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 6,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Urganch – Tuproqqalʼa yo‘li bo‘yicha loyihaga start berildi. Kelgusi yilda Jahon banki bilan M-41 yo‘lining Surxondaryo viloyatidagi 97 kilometr qismini, Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 yo‘lining Qashqadaryodagi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Shuningdek, Islom taraqqiyot banki bilan A-373 yo‘lining Sirdaryodagi 37 kilometr qismini, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan esa M-37 yo‘lining Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi 69 kilometr qismini rekonstruksiya qilishga kirishiladi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramПереслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yo‘l va ko‘priklar qurilishiga tadbirkorlarni keng jalb qilish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratiladi. Hozirga qadar hududlarda umumiy qiymati 4 milliard dollarlik 131 ta loyiha taklifi tayyorlangan. Hokimlarga bir oy muddatda har bir hududda 1-2 tadan yo‘l va ko‘prikni belgilab, ularni qurish, saqlash va boshqarish sharti bilan investorlarga taklif etishni boshlash topshirildi. Bunday loyihalar xususiy sektorga texnik-iqtisodiy asoslari bilan birga tayyor paket shaklida taqdim etiladi. Yo‘llar bo‘yida savdo va servis obyektlarini tashkil etish huquqi ham investorlarning o‘ziga beriladi. Bu kabi loyihalar har bir tumanda bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramПереслано из Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ilmiy-amaliyot markazida transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlariga mos ravishda transport tizimini ham rivojlantirish, sohaga katta hajmda investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, aniq natijalarga erishish zarurligini ta’kidladi. So‘nggi o‘n yilda yo‘l sohasiga 80 trillion so‘m ajratilib, 7 ming kilometr yo‘l qayta qurildi, 125 ming kilometr yo‘l ta’mirlandi. Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish, sohaga 20 milliard dollar mablag‘ olib kirish imkoniyati mavjud. Hozirda umumiy qiymati 5,6 milliard dollar bo‘lgan, jami 593 kilometrlik pulli yo‘llarni qurish bo‘yicha 5 ta loyihaga kirishilgan. Toshkent – Samarqand yo‘nalishida 2,2 milliard dollarlik yo‘l qurilishi boshlangan, Toshkent – Angren yo‘nalishidagi 1,6 milliard dollarlik loyiha bo‘yicha tender jarayonlari yakuniga yetmoqda. Mutasaddilarga Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro yo‘nalishlari va Taxtaqoracha dovonidagi yo‘llar bo‘yicha jami 1,8 milliard dollarlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramSirdaryo viloyatidan 39 ta "Özagrokimyohimoya" AJ mol-mulklarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling! ➤ Oqoltin tumanidan 3 ta (köriş) ➤ Boyovut tumanidan 3 ta (köriş) ➤ Sayxunobod tumanidan 5 ta (köriş) ➤ Guliston tumanidan 3 ta (köriş) ➤ Sardoba tumanidan 2 ta (köriş) ➤ Mirzaobod tumanidan 3 ta (köriş) ➤ Xovos tumanidan 9 ta (köriş) ➤ Yangiyer şahridan 11 ta (köriş) e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali şaffof auksion va tanlovlarda iştirok eting va mulk egasiga aylaning! 👇Xabardor boʼliş uchun👇 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Открыть в TelegramBugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ilmiy-amaliyot markaziga tashrif buyurib, transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит научно-практический центр Комитета по автомобильным дорогам, где проведет встречу с инвесторами и предпринимателями в транспортно-логистической сфере. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramПереслано из Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о проводимой в сфере туризма работе и приоритетных задачах на перспективу. #Mirziyoyev #taqdimot #turizm #madaniymeros Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Открыть в TelegramYer — shunchaki qurilish qilish yoki foydalanish uchun berilgan maydon emas. U bugungi hayotimiz, ertangi avlodimiz va kelajagimizning bebaho boyligidir. Unutmang! Noqonuniy qurilish — bu shunchaki tartibni buzish emas. Bu: - yer resurslariga zarar yetkazish; - boshqalarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qilish; - shahar va qishloqlarimizning me’moriy qiyofasiga putur yetkazish; - kelajak avlod uchun muammolar qoldirish demakdir. Qurilish boshlashdan avval o‘ylang! Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqingiz qonuniy rasmiylashtirilganiga ishonch hosil qiling. Qurilish ishlarini boshlashdan oldin tegishli ruxsat va hujjatlarni oling. Zero, bugun noqonuniy qurilgan bir devor ertaga katta muammoga aylanishi mumkin. Web-site | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramПереслано из Sirdaryo.uz
Yaşil makon va obodlik — barçamizning umumiy maqsadimizdir! Aziz yurtdoşlar! "Yaşil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi doirasida 28-29-noyabr kunlari yurtimiz böylab keng kölamda obodonlaştiriş va köçat ekiş tadbirlari ötkaziladi. Şu kunlari yurtimiz mahallalari böylab 30 million tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt köçatlari, butalar ekiş rejalaştirilgan. Mahallalarda yangi boğlar barpo etiladi, köça va xiyobonlar, xonadonlar tevaragida yaşil hududlar taşkil qilinadi. Yolğiz keksalar, ijtimoiy madadga muhtoj oilalar yaşaydigan xonadonlar ham tartibga keltirilib, köçatlar ötqaziladi. Barçani 28-29-noyabr kungi obodonlaştiriş va köçat ekiş haşarlarida faol iştirok etişga çorlaymiz! Web-site | Instagram | Facebook
Открыть в Telegram