Isroil parlamenti masjidlarda azonni çeklovçi qonunni rad etdi Isroil parlamenti — Knesset 2026-yil 25-noyabr kuni masjidlarda azon aytişda ovoz kuçaytirgiçlardan foydalanişni çeklovçi qonun loyihasini qabul qilmadi. Mazkur taşabbus «Otsma Yehudit» («Yahudiy kuçi») partiyasi deputatlari tomonidan ilgari surilgan va mamlakat milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir tomonidan qöllab-quvvatlangan edi. Ovoz beriş jarayonida 63 nafar deputat loyihaga qarşi çiqdi, 45 nafari esa uni yoqlab ovoz berdi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramПосты канала Sinopsis
Çempionlar ligasi: 5-tur natijalari Keça tunda Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 5-turi doirasida yana töqqizta uçraşuv bölib ötdi. «PSJ» 2:2 «Roma» «Sporting» 2:2 «Mançester Yunayted» «Lill» 2:1 «Bavariya» «Bryugge» 0:3 «Liverpul» «Şaxtyor» 0:1 «Fenerbaxçe» «Inter» 2:0 «Ştutgart» «Atletiko» 2:0 «Viking» «Sabah Masazir» 1:4 «Barselona» «Slaviya Praga» 0:1 «Viyarreal» Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramQohirada benzin taşuvçi maşina ağdarilib, 31 kişi halok böldi Misr poytaxti Qohira avtomobil yölida benzin taşuvçi yuk maşinasi ağdarilib ketişi oqibatida yuz bergan yonğinda 31 nafar inson hayotdan köz yumdi, yana 21 kişi jarohatlandi. OAV ma’lumotlariga köra, sisterna ağdarilgaç, yonilği yaqin atrofda turgan avtomobillarga tökilib, kuçli yonğin kelib çiqqan. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramJahon banki Özbekistondagi islohotlar uçun 800 million dollar ajratadi Jahon banki Özbekistondagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 800 million dollarlik moliyalaştiriş paketini ma’qulladi. Islohotlar yuqori haq tölanadigan iş örinlari yaratiş, xususiy sektor rolini kengaytiriş va ekologik barqaror iqtisodiyotga qaratilgan. Aniq maqsadlar qatorida: ➖ fermerlarning 35 foizini qişloq xöjaligi suğurtasi bilan qamrab oliş; ➖ 500 ming kişini (şundan 250 ming nafar ayolni) keng polosali internetga ulaş; ➖ ijtimoiy suğurtani, jumladan, homiladorlik va tuğiş nafaqalarini kengaytiriş; ➖ qayta tiklanuvçi manbalardagi taqsimlangan generatsiya quvvatini 3 000 MVtga yetkaziş. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramÇempionlar ligasi: 5-tur natijalari Keça tunda Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 5-turi doirasida yana töqqizta uçraşuv bölib ötdi. «PSJ» 2:2 «Roma» «Sporting» 2:2 «Mançester Yunayted» «Lill» 2:1 «Bavariya» «Bryugge» 0:3 «Liverpul» «Şaxtyor» 0:1 «Fenerbaxçe» «Inter» 2:0 «Ştutgart» «Atletiko» 2:0 «Viking» «Sabah Masazir» 1:4 «Barselona» «Slaviya Praga» 0:1 «Viyarreal» Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в Telegram"Adolat" SDP 2–3-dekabr kunlari donorlik aksiyasi ötkazadi "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi har yilgidek "Bor mehrimiz senga, bolajon!" şiori ostida beğaraz donorlik aksiyasini ötkazadi. Aksiya qon quyişga muhtoj bolalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Aksiya 2–3-dekabr kunlari soat 10:00 dan 16:00 gaça Respublika qon quyiş markazi va uning hududiy bölinmalarida bölib ötadi. Toşkentdagi manzil: Yakkasaroy tumani, Şota Rustaveli köçasi, 138-uy. Donorlar uçun eslatma: 18–60 yoşdagi fuqarolar qatnaşa oladi, pasport olib keliş kerak; bir kun oldin aççiq, şör va yoğli taomlar hamda gazli içimliklardan saqlaniş, kamida 48 soat oldin spirtli içimliklarni toxtatiş lozim; qon topşiriladigan kuni tuxum, yoğ va sut mahsulotlarisiz yengil nonuşta qiliş kerak; çet elda ikki oydan ortiq bölganlar qaytganidan keyin olti oy davomida qon topşira olmaydi; ötkazilgan kasalliklar, jumladan, gepatit va doimiy tibbiy kuzatuv haqida şifokorga aytiş kerak. Ruxsat tibbiy körikdan keyin beriladi. Qöşimça ma’lumot uçun: +998 99 421-93-18, +998 99 051-01-80, adolat.uz Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramPokistonlik fazogir Xitoy kosmik kemasida ilk bor orbitaga uchdi 40 yoshli Zishan Ali "Shenchjou-24" kemasida fazoga yo'l oldi. U Xitoyning "Tyangun" orbital stansiyasiga borayotgan uch kishilik ekipaj tarkibiga kirdi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramKoreya ta’lim vaziri imtihon mojarosi sabab iste’foga çiqdi Janubiy Koreya ta’lim vaziri Çoy Kyo-jin oliygohlarga kiriş imtihonidagi tartibsizliklar uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olib, lavozimini tark etdi. Mojaro soliq maslahatçilari imtihonida yuqori ball olgan nomzod yaşirin kamera, smartfon va sun’iy intellekt yordamida köçirganini tan olganidan keyin boşlandi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramRonaldoning karyerasidagi 1000 gollik marragaça 13 ta gol qoldi Portugaliyalik hujumçi Osiyo Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining beşinçi tur öyinida gol urdi. Uning hisobida klub darajasida 841 ta, terma jamoa safida esa yana 146 ta gol bor. Şu tariqa, 1000 gollik marraga yetişi uçun Ronaldoga yana 13 ta gol kerak. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramÖzbekistonda Koksaki virusi böyiça rasmiy ma’lumot berildi Sanepidqömita Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va nazorat ostida ekanini ma’lum qildi. Qömita kasallikning asosiy alomatlari va undan saqlaniş çoralarini eslatdi. Koksaki virusi enteroviruslar guruhiga mansub. Bolalarda u tana haroratining kötarilişi, köngil aynişi va qusiş, tanada toşmalar hamda oğiz böşliğida oğriqli yaralar va pufakçalar paydo bölişi bilan namoyon bölişi mumkin. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramKoloniyada mahkumga onlayn narkodökon oçişga şaroit yaratgan mansabdor 11 yilga qamaldi Sud hujjatiga köra, mahkum koloniyada xodimlar uçun ajratilgan, videokuzatuv kamerasi bölmagan xonada yolğiz yaşagan. Boşliq örinbosari yetkazib bergan telefon orqali u Telegram’da giyohvandlik vositalari savdosini taşkil qilgan. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramJenevada şaxmat böyiça jahon çempionligi matçi boşlandi Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju bilan toj uçun bellaşmoqda. Sindarov jahon çempionligi matçiga çiqqan ilk özbekistonlik şaxmatçi böldi. Ikkala raqib ham 20 yoşda, bu şaxmat tarixidagi eng yoş jahon çempionligi matçi. Matç 14 partiyadan iborat. 7,5 oçko töplagan şaxmatçi jahon çempioni böladi. Videoda Javohirning bolalikdagi orzusidan katta ğalabalarigaça bölgan yöli jamlangan. #ishonamiz #Sindarov Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramLiviyaning Bengazi portida hujumga uçragan Rossiya harbiy kemasi çökdi Rossiyaning «Merkuriy» harbiy kemasi Liviyaning Bengazi portida hujumga uçraganidan keyin çökib ketdi. Bu haqda Rossiya va Ukrainaning Telegram-kanallari yangi sun’iy yöldoş tasvirlariga tayanib xabar bermoqda. Hozirça ma’lumot rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlangani haqida xabar yöq. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramHuang Nvidia rahbari lavozimiga qayta tiklandi Donald Tramp Huangni Nvidia rahbari lavozimiga qayta tayinlaşga direktorlar kengaşini «köndiriş» uçun «kelişuv tuzgani»ni aytdi. BBC ma’lumotiga köra, AQŞ prezidenti kompaniyaga bosim ötkazgan. Demokratlar Trampni moliyaviy foyda uçun mamlakat milliy xavfsizligiga xiyonat qilişda aybladi. Nvidia kengaşi AQŞ hukumatining yuqori martabali amaldorlariga tayanib, Huangning qaytişi milliy xavfsizlikka tahdid solmasligini bildirdi. Kengaş raisi Xarvi Jons Huangni kompaniyani boşqarişga munosib inson deb atadi, ammo yaqinda buning aksini aytgan edi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramIpoteka subsidiyasi arizalari 25-noyabrdan qabul qilinadi Qabul 25-noyabr kuni soat 10:00 da boşlanadi. Avval berilgan xabarnomalarning foydalanilmagan qismi hisobidan. Ariza beruvçi ijtimoiy mezonlar böyiça kamida 30 ball töplaşi, özi va turmuş örtoği nomida uy-joy bölmasligi, daromadi mezonlarga mos kelişi hamda kredit tarixi 15 ta bankdan kamida bittasining talabiga javob berişi kerak. Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, MyGov ilovasi yoki my.gov.uz orqali qabul qilinadi. OneID orqali kredit tarixidan foydalanişga ruxsat berilmagan yoki çeklov bölsa, ariza rad etiladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramYaponiya elçixonasi viza uçun onlayn bronlaş tizimini töxtatdi Yaponiyaning Özbekistondagi elçixonasi viza rasmiylaştiriş uçun onlayn bronlaş tizimi işini töxtatib qöydi. Qaror tizimga ruxsatsiz kiriş holatlari bir neça bor kuzatilgani sababli qabul qilingan. Elçixona tizimdagi vaziyatni kuzatib boradi. Uning xavfsiz işlaşi uçun şart-şaroit yaratilgaç, yoziliş uçun slotlarni bosqiçma-bosqiç oçişni rejalaştirmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramRassroçkaga savdo qiluvçilar Markaziy bank nazoratiga olinadi Özbekistonda muddatli tölov asosida savdo qiluvçi taşkilotlarni Markaziy bankda hisob röyxatidan ötkaziş va maxsus reyestrga kiritiş tartibi joriy etilişi kutilmoqda. Yangi talab 2027-yil 1-yanvardan tatbiq etilişi rejalaştirilgan. U çoraklik savdo aylanmasi 500 mln sömdan oşgan hamda bölib-bölib tölaş uluşi kamida 50 foizni taşkil etuvçi subyektlarga nisbatan qöllanadi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramToşkentda kriptoaktivlar bilan noqonuniy savdo qilgan erkaklar uşlandi Gumonlanuvçilar Qozoğiston va Qirğiziston tadbirkorlaridan pul olgan, har bir operatsiya uçun esa 100 dollargaça haq olgan. Uşlanganlar 64 mln USDT miqdoridagi kriptoaktivlar bilan moliyaviy operatsiyalar ötkazgan. Bu 768 mlrd 380 mln sömga teng. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramSindarov jahon çempionligi uçun bahsni oq donalar bilan boşlaydi 24-noyabr kuni Şveysariyada 2026-yilgi şaxmat böyiça jahon çempionligi matçi start oladi. Javohir Sindarov amaldagi çempion Gukeşga qarşi birinçi partiyani oq donalarda öynaydi. Jenevada ötgan matbuot anjumanida Sindarov Nomzodlar turniridagi ğalabadan keyingi olti oy tez ötib ketganini aytdi. «Jahon toji uçun kuraşişdan juda xursandman. Menda bu imkoniyat bor va undan imkon qadar zavq olişga harakat qilaman», — dedi u. Bellaşuv Kolonyi şaharçasidagi Martin Bodmer fondida 14 partiyada ötadi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в TelegramYangi alifboga ötilganda hujjatlarni majburiy almaştiriş talab etilmaydi Özbekistonda yangi alifboga ötiş munosabati bilan amaldagi ID-karta, pasport va haydovçilik guvohnomalarini majburiy almaştiriş talab etilmaydi. Hukumat tomonidan işlab çiqilgan qaror loyihasiga köra, avvalgi alifboda rasmiylaştirilgan barça şaxsiy va mulkiy hujjatlar öz yuridik kuçini töliq saqlab qoladi. Yangilangan alifbodagi hujjatlar esa qonun kuçga kirgandan söng bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Открыть в Telegram