Juda maqtalmagan bo'lsa, o'zbek kinosi va telenovellalarini o'zim qiziqish bilan umuman ko'rmayman. Yaxshi kinolar va aktyorlar borligini ham tan olgan holda aytamanki, bugunning aksar o'zbek kinolari vaqt ketkizib ko'rishga arzimaydi... syujet, aktyorlik mahorati, montaj, dublyaj shunchaki abgor holatda. Ko'rishni asabim ko'tarmaydi. 2024-yilda Youtubedan bir kanal chiqib qoldi oldimdan. Maqsadi o'zbek kinosidagi kamchiliklarni yumorga olib ko'rsatish, ularga nisbatan tanqidiy yondashish. Bir ikki sonini ko'rib yoqtirib qoldim va youtubeda har oy video chiqarishlarini kuta boshladim. 2 yildan oshibdi kuzata boshlaganimga. Har yangi soni chiqsa er-xotin ovqatlanayotganda yoki dam olayotganda qo'yib ko'rib o'tiramiz. Bu "Reaktor". Shuni bugun sizlarga ham tavsiya qilmoqchiman. Nega? Kinolarimizdagi siz payqamagan kamchiliklarni ko'rib, ko'zingiz ochiladi. Qolaversa, tanqidiy fikrlashni ham o'rgatadi. Xullas, ko'rishga arziydi!
Открыть в Telegram
Siddiqa Hasan
📬 Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi. Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat🪭 Manba bilan oling! Surat va matnlar muallifi oʻzim. Murojaat: @tahrirchiqizz
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 31 окт. 2026 г. | 4 070 |
| 2 нояб. 2026 г. | 4 470 |
| 19 нояб. 2026 г. | 1 660 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры4,47 тыс.Пересылки—Реакции70Комментарии—
- 02Просмотры4,07 тыс.Пересылки—Реакции76Комментарии—
- 03Просмотры1,66 тыс.Пересылки—Реакции31Комментарии—
Новые посты
Serial nomi: “Hayot senga mandarin berganda” Shu serialni koʻrib yigʻlayverganimdan koʻzlarim piyoladay shishib ketdi. Qahramonlar oʻrniga oʻzimni qoʻyib koʻrdim boshidan oxirigacha. Kinodan maqsad ham shu. Bizga nimalarnidir anglatish. Dunyoning qaysi bir chekkasida boʻlmasin ota-onalar bir xil, farzandlari uchun oʻzlarini fido qilishadi. Biz esa afsuski ularning qadriga vaqtida yetmaymiz. Hattoki biz uchun bemehr va yomon koʻrinayotgan ota-onalar ham aslida farzandi uchun koʻp qurbonliklar qilgan boʻladi. Kino judayam zoʻr, pro darajada ishlangan. Oʻtgan yil boshlab 3 seriya koʻrib, qiziqmay koʻrmay qoʻygandim. Demak oʻsha vaqt payti boʻlmagan ekan. Bu kinoni musofirchilik ta’mini totib, ota-onamni kuchli sogʻinganimdan keyin koʻrishim yozilgan ekan. Shuning uchun ham 2x ta’sir qildi. Ota-onamizni tushunishimiz, qadriga yetishimiz uchun ham koʻrish kerak manimcha bu serialni.
Открыть в TelegramKino qahramoni aytadiki: Avvallari begonalar xavfli hisoblanardi. Ularning yaxshiliklari ham. __ Ammo hozir begonalar unchalik xavfli emas. Hammasini oʻz yaqinlaring qoyilmaqom qilib uddalashyapti deb davom ettirib qoʻygim keldi.
Открыть в TelegramIphone yoki dayson olsam ham hecham bunaqa xursand boʻlmasdim. Buni mazasini bilgan biladi. 🙊😍 Janobimga kitoblar uchun tashakkurlar deyman.❤️ Ota uyimdan kelinlik uyimga bir labo mashinasida kitoblarim borgan. 🚛 Qachondir Misrdan ham Oʻzbekistonga shunday qaytamizmi deyman))
Открыть в TelegramПереслано из Bintu Sodiq
«Ишонинг, соғлардан соғроқмиз бугун!» @xayrulla_hamidov 🌱 @BintuSodiq
Открыть в TelegramVatanimizdan bizga yana bir kitob yetib keldi. Bu kitobda ham turmush o‘rtog‘imning mehnatlari singgan. Ularning siyrat kitobi nashriga hissalari qo‘shilganidan juda xursandman. O‘zlari hozir Vatandan uzoqda bo‘lsalar ham mehnatlari kitoblar orqali odamlarga yetib boryapti. Bundan ortiq quvonch bo‘ladimi?! 🥰 Alloh bu kitobni ko‘pchilikka manfaatli qilsin, yozgan, tahrir qilgan, nashrga hissa qo‘shgan barcha insonlarning va “Nasim kutub” nashriyotining mehnatlarini qabul aylasin. 🤲 Kitob haqida muharrirning fikrini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin: https://t.me/tahrirchi/404
Открыть в TelegramAgar siz kimnidir yaxshi koʻrsangiz, uning qalbida kitobga muhabbat uygʻoting. Bu uning uchun qilgan eng yaxshi yaxshiligingiz boʻladi. Bunda hayotimdan misol bor. Singlimni bir necha yillardan beri kitob oʻqishga targʻib qilib kelaman. Birga yashagan vaqtlarimiz oʻzim kitob berardim shuni oʻqib chiq deya. Keyin kitob nima haqida ekan aytib ber yoki yozib ber derdim. Shu bilan oz boʻlsada kitob olamiga opkirdim. Oʻtgan yil esa blog ochishga targʻib qildim. Oddiy boʻlsa ham yuritaver, tajriba boʻladi deb uqtirdim. Ochdi, yuritdi, yozdi, hozir ham yurityapti. Eng quvonarlisi bilasizmi nima? Hozir 3-4 ta nashriyot bilan hamkorligi bor. Oʻzi kitob oʻqish bilan birga boshqalarni ham kitob oʻqishga qiziqtiryapti. Hozirgi internet rivojlangan, odamlar kitobdan uzoqlashgan zamonda bu judayam katta narsa. Judayam katta yaxshilik. Uni bu ishini oxirigacha qoʻllab-quvvatlayman. Bardavom boʻlsin. Kitobli muhit xohlayotgan boʻlsangiz, yosh singlimning kanaliga marhamat. https://t.me/naza_gapiradi 19 yoshligimda men abituriyent edim. Uvillab oʻqishga tayyorlanib yurardim. U boʻlsa bu yoshda universitetda 3-kursda oʻqiyapti. Bugalteriya, AI sohalarida oʻqib chiqdi. Oʻzi ishlab pul topyapti. Mashaalloh. Allohumma baarik. Xullas, ancha qiziq va faol hayoti bor. https://t.me/naza_gapiradi
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Zafarello@zafarelloБлоги4,04 тыс.
Careless observer@careless_observerБлоги4,08 тыс.
Musayev blogi@musayev_blogiБлоги4,11 тыс.
Neomind@neomind1Блоги4,11 тыс.
Şerzodxon Qudratxöja@sherzodxonqudratxojaБлоги3,95 тыс.
Yoʻldoshev | Kontentblog@copiraytБлоги4,16 тыс.
Lingvist Iroda Azimova@psixolingvistБлоги3,88 тыс.
Davron Akbar - anomal fikrlar@meningcha_blogБлоги3,88 тыс.
Кого упоминает
Xayrulla Hamidov official@xayrulla_hamidov1 упоминание
Bintu Sodiq@bintusodiq1 упоминание, 1 репост