Osilmagan bir choynakni qopqog'i qoldi, degani mana shu bo'lsa kerak. Qopqoq o'rnida turkcha piyola osilibdi. @sherzoddavlatov
Открыть в Telegram
Turkiya kundaligi
•Turkiyada ta'lim •Kuzatuvlar •Fikrlar •Sayohat •Turk tili onlayn kurslari ☎️Bog'lanish uchun: @sherdav_aloqa Facebook: https://www.facebook.com/sherzod.davlatov.482668 instagram: https://www.instagram.com/sherzod__davlatov?igsh=MTI2NWdqYW41YjBsdQ==
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 17 нояб. 2026 г. | 369 |
| 18 нояб. 2026 г. | 369 |
| 19 нояб. 2026 г. | 362 |
| 21 нояб. 2026 г. | 302 |
| 22 нояб. 2026 г. | 272 |
| 23 нояб. 2026 г. | 278 |
| 26 нояб. 2026 г. | 117 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры396Пересылки—Реакции—Комментарии—
- 02Просмотры386Пересылки—Реакции—Комментарии—
- 03Просмотры372Пересылки—Реакции—Комментарии—
- 04Просмотры372Пересылки—Реакции—Комментарии—
Новые посты
TURK TİLİ ÖQİTUVCHİLARİ UCHUN MAHORAT KURSİ Siz turk tilidan dars bermoqchi yoki dars berayotgan bölsangiz bu xabarni öqing, bölmasa vaqt sarflab ötirmang! Bu kursda nimalar örgatiladi? Kursda sizlar bilan birga örganamiz. Sizga chöntagingizga solib ketiladigan nimadir va'da qilmayman. Bu kursda sizni hozirgi darajangizdan kelib chiqib, tajribam asosida xatolik yoki kamchiliklaringizni töğirlaymiz. Yangi tajribalar qöshamiz. Kursda nima böladi? * Kurs davomida dars boshlashdan, darsni davom etishi va yakuniga qadar nimalar qilish kerakligi; * Öquvchilarga yondashuv va ular bilan ishlash mahorati; * Qiyin mavzularning tushuntirilish tartibi; * Tilni ma'lum darajada örgatib bölgandan keyin imtihon savollari uchun tayyorgarlik bosqichidagi metodika; * Sizni dars berishingizni tinglaymiz va baholagan holda tajriba almashamiz; * Onlayn kursni oflayn kursdan kam bölmagan sifatda yuritish borasida tajribalarim bilan bölishaman; Bu kursga yozilganingizda kurs ötishning yangi bosqichini kashf qilishingizni va'da qilishim mumkin. Talabim esa, sizda kamida B2 sertifikat bölishi kerak. Milliy Sertifikat yoki TYS. Farqi yöq. Bu mahorat kursi 10 darsdan iborat böladi. Haftada bir yoki ikki dars qöyamiz. Har darsdagi vaqt chegarasi kamida bir soat. Darsning davom etish holatiga köra bir necha soatga ham chözilishi mumkin. Bu kursga kam kishi olinadi. Joy band qilish uchun @sherdav_aloqa manzili orqali menga yozishingiz mumkin.
Открыть в TelegramTurk tilidan TYS imtihoniga kiradiganlarni ko'pchiligi imtihon to'lovini qilish uchun boshqa-boshqa shaharlarga borishiga to'g'ri kelayotgani uchun ko'pchilik bu imtihonga kirmayotgan edi. Chunki bu imtihon to'lovi faqat O'zbekistondagi Turkiyaning Ziraat Bankası shubalaridan yoki Turkiyadan turib kimdir turk hisobidan to'lov qila olardi. Adashmasam, hozirda Ziraat Bankning O'zbekistonda Toshkent, Farg'ona, Andijon, Samarqand va Buxoroda filiallari bor xolos. Agar hammasi ishlayotgan bo'lsa. Bu shaharlardan boshqa shaharlarda imtihonga kiradiganlar o'sha shaharga borib kelishini o'ziga yana imtihon narxiga tenglashib qoladigan pul sarflardi. Nihoyat o'sha muammo hal bo'libdi. Endi siz O'zbekistondagi istalgan bankdan bu imtihon uchun to'lov qila olasiz. Buning uchun imtihon uchun ro'yxatdan o'tish davomida, chek(dekont) yuklaydigan sahifaga kelganingizda chiqadigan hisob raqamni olsangiz yetarli. Faqat, bank xodimiga to'lov izohi joyiga ism familyangizni pasport yoki İD kartangizdagidek yozdirishingiz kerak. 17-yanvarda bo'ladigan imtihon hozircha faqat Toshkentda o'tkazilishi rejalangan. Bu imtihon uchun qabul bugun ochildi. 18-dekabrgacha davom etadi. Ro'yxatdan o'tish: sinav.yee.org.tr @sherzoddavlatov
Открыть в TelegramПереслано из Muhrim / Муҳрим
Tramp Kim Chen In bilan shunchalik gaplashgisi kelayotgan ekanki, Kim qo‘ng‘iroqlariga javob bermagach, xat yozibdi. Xatni esa Nyu-Yorkda KXDRning BMTdagi vakolatxonasi oldida poylab turib, o‘tib ketayotgan shimoliykoreyalik diplomatning qo‘liga tutqazishibdi. Diplomat nima qilibdi deng: keyinroq BMTdagi uchrashuvda konvertni ochmasdan ham amerikalik vakilning oldiga tashlabdi. “Sultonimiz Trampingga ham, uning xatiga ham deyaptilar”, — demoqchi bo‘libdi o‘rtoq diplomat. Undan ham qizig‘i, shu hafta, Tramp Xitoyga kelgan vaqti, Shimoliy Koreyadagi hamkasbi bilan uchrashuv uyushtirishga urinibdi, lekin KXDR vakillari uchrashuv bo‘lishi uchun AQSh oldiga u qabul qila olmaydigan shartlar qo‘yibdi. Tushundingiz-a: ocharchilik yoqasida yashaydigan bir kichkina davlat butun boshli AQShga va uning “osmonlardan yuborilgan buyuk” prezidentiga shart qo‘yibdi. The Wall Street Journal yozgan bu shimoliykoreyscha hikoyadan, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bosqini, AQShning Eronga hujumidan qanday xulosa chiqarish mumkin? Faqat bitta — bu “banditlar zamoni”da o‘zingga xos va o‘zingga mos yo‘l bilan, o‘zingga bek bo‘lib yashamoqchi bo‘lsang, sen shu “bandit”lar tilida gaplashishni bil, undan ham yaxshisi — shu “bandit”larda bor “muloqot vositalari” senda ham bo‘lsin (bu haqiqatni yoqtirish shart emas, lekin uni ko‘rmaslik ham mumkin emas). Ukraina 1994-yilgacha ham shunday “vositalari”ning ko‘pligi bo‘yicha jahonda uchinchi o‘rinda turardi, Eron esa shunday vositalarga ega bo‘lishga (hozircha) ulgurmay qoldi. Iroqda ham bunday vositalar bo‘lmagan, shuning uchun 2003-yili u yerga qo‘rqmay bostirib kirishgan. Bo‘lganida, ehtimol, Saddam Husayn bu yil o‘zining 89 yoshga to‘lganini, Iroq prezidenti lavozimida o‘tirganining esa 47 yilligini nishonlagan bo‘lardi. Shimoliy Koreyada esa o‘sha “vositalar” bor va ularning soni yildan-yilga ko‘paymoqda ekan. Amerikaliklarning o‘zi tan olib aytishicha, hozir Shimoliy Koreya ixtiyorida Amerikagacha yetib bora oladigan raketalar ham bor. Shimoliykoreyslar aynan raketasozlikda ilgarilab ketganiga hech shubha yo‘q, yo‘qsa hali ham “dunyoning ikkinchi armiyasiman” degan xomxayolda yurgan Rossiya ulardan raketa sotib olishga navbatga turmas, Tramp esa “meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas” misrasida nazarda tutilgan ahvolga tushmasdi. Qiziq, o‘zi biz yashab o‘tayotgan hozirgi davr kelgusida “banditlar zamoni” deb eslanarmikin yo “go‘shtkichiri zamoni” deb?
Открыть в TelegramBizni "piyar"lar shunaqa endi😁 Aİ da tayyorlangan, afisha va birinchi "probni" darsdan keyingi qoldirilgan romantik izohlarni qayta-qayta bo'lishish to'g'ri kelmas ekan bizga. Yoki, "Mashaaaallah", "İnshaaaaallah" deb boshlangan iltijoli, hissiy propogandali gaplar bilan piyar qilolmas ekanman.
Открыть в TelegramBilasizmi bu nima degani? Shuncha yillik mehnat bekorga emas ekan, degani. Shuncha yildan beri sizni unutmagan bir o'quvchingiz bo'lsa to'g'ri yo'ldasiz, degani.
Открыть в TelegramTURK TİLİ ÖQİTUVCHİLARİ UCHUN MAHORAT KURSİ Siz turk tilidan dars bermoqchi yoki dars berayotgan bölsangiz bu xabarni öqing, bölmasa vaqt sarflab ötirmang! Bu kursda nimalar örgatiladi? Kursda sizlar bilan birga örganamiz. Sizga chöntagingizga solib ketiladigan nimadir va'da qilmayman. Bu kursda sizni hozirgi darajangizdan kelib chiqib, tajribam asosida xatolik yoki kamchiliklaringizni töğirlaymiz. Yangi tajribalar qöshamiz. Kursda nima böladi? * Kurs davomida dars boshlashdan, darsni davom etishi va yakuniga qadar nimalar qilish kerakligi; * Öquvchilarga yondashuv va ular bilan ishlash mahorati; * Qiyin mavzularning tushuntirilish tartibi; * Tilni ma'lum darajada örgatib bölgandan keyin imtihon savollari uchun tayyorgarlik bosqichidagi metodika; * Sizni dars berishingizni tinglaymiz va baholagan holda tajriba almashamiz; * Onlayn kursni oflayn kursdan kam bölmagan sifatda yuritish borasida tajribalarim bilan bölishaman; Sizga bu e'londa qaysidir hislatimni maqtagan holatda jar solishni xohlamayman. Lekin, bu kursga yozilganingizda kurs ötishni yangi bosqichini kashf qilishingizni va'da qilishim mumkin. Talabim esa, sizda kamida B2 sertifikat bölishi kerak. Milliy Sertifikat yoki TYS. Farqi yöq. Bu mahorat kursi 10 darsdan iborat böladi. Haftada bir yoki ikki dars qöyamiz. Har darsdagi vaqt chegarasi kamida bir soat. Darsning davom etish holatiga köra bir necha soatga ham chözilishi mumkin. Bu kursga kam kishi olinadi. Joy band qilish uchun @sherdav_aloqa manzili orqali menga yozishingiz mumkin.
Открыть в TelegramYetarlicha bor ekan demak. Turk tilidan dars o'tish mahorat kursi qilmoqchiman, qisqa muddatli. TikTok tilida aytganda, masterklas o'tmoqchiman. Bugun erta bu kurs tafsiloti bilan bo'lishaman.
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Iskandar Sattiboyev@sattiboyev_iskandarБлоги1,67 тыс.
JUMAGUL@jumagultashkentБлоги1,72 тыс.
Praktik Azizbek Kurbonov@praktikazizbekБлоги1,77 тыс.
Niyatga bog'liq@niyatgabogliqБлоги1,78 тыс.
Mendan@oddiy1ik_1Блоги1,46 тыс.
A guy in Japan@aguyinjapanБлоги1,85 тыс.
Alisher Anvarov | Blog@alisherdanblogБлоги1,89 тыс.
Abdulaziz Ahmad | Blog@ijoddardiБлоги1,36 тыс.