Palantir Manifesti Joriy yilning Aprel oyida “Palantir Technologies” kompaniyasi X (sobiq twitter) tarmog‘idagi o‘zining rasmiy sahifasiga 22 banddan iborat bo‘lgan, keyinchalik “Palantir Manifesti” deb nomlangan postni joyladi. Millionlab siyosatchi va mutaxassislarning muhokamasiga sabab bo‘lgan ushbu 22 band manifest “Palantir Technologies”ning bosh ijrochi direktori (CEO) Aleks Karp va Palantirning bosh ijrochi direktori ofisining korporativ ishlar bo‘yicha rahbari va yuridik maslahatchisi Nikolas Zamiska tomonidan 2025-yilda chop etilgan “Technological Republic: Hard Power, Soft Belief, and the Future of the West” (o‘zb. Texnologik Respublika: Qattiq kuch, Yumshoq Ishonch, va G‘arbning Kelajagi) asarida qayd etilgan. Kitobning mualliflari ta’kidlaganidek, asar axloqiy manifest – Silikon Vodiysining muhandis elitalarini davlat oldidagi majburiyatini ado etishga, qulay apatiyani (siyosatga befarqlik) tark etishga va G‘arb demokratiyasini saqlashning birdan-bir yo‘li esa, bu “hard power”, ya’ni qurollar tizimi va harbiy infrastrukturani kuchaytirishni ma’qullashga chaqiriq hisoblanadi. Kitobning 22 ta “taklifi” o‘ziga xos maxfiy signal bo‘lib, Palantirni shunchaki ma’lumotlarni tahlil etish komponiyasi emas, balki avtoritar raqiblarni tiyish va yengish uchun demokratiyalarni (davlatlarni) zaruriy sun’iy intellekt (SI) vositalari bilan qurollantirishdek alohida tarixiy rolga ega svilizatsiyaviy aktor sifatda qayd etilgan. Palantir – harbiy, razvedka va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga, xususan Pentagon, Markaziy razvedka byurosi (CIA), Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE), AQShning hududiy politsiya boshqarmalariga, shuningdek, BMT Komissiyasi tomonidan genotsid deb tan olingan Isroilning G‘azo sektoridagi xatti-harakatlari va Ukrainaning Rossiyaga qarshi mudofaasiga ma’lumotlar integratsiyasi va sun’iy intellektga asoslangan tahliliy dasturiy ta’minot yetkazib berishi bilan mashhur. Palantir Manifestida Silikon Vodiysi fuqaroviy muvaffaqiyatsizlikda ayblanadi, jumladan, manifestning birinchi bandida “Silikon vodiysi o‘zining yuksalishiga imkon bergan mamlakat oldida ma’naviy qarzdordir. Silikon vodiysining muhandislik elitasi mamlakat mudofaasida ishtirok etishga majburdir”, deb ta’kidlanadi. Ikkinchi bandda esa, “Biz telefon dasturlarining tiraniyasiga qarshi isyon qilishimiz lozim. “iPhone” bizning sivilizatsiya sifatidagi eng buyuk ijodiy yutug‘imizmi? Bu obyekt bizning hayotimizni o'zgartirdi, lekin aynan u inson tasavvurini cheklayotgan va qolipga solayotgan bo‘lishi mumkin” — deb keltirilgan. Uchinchi bandda esa “Bepul email yetarli emas. Madaniyat yoki sivilizatsiyaning, shuningdek, uning hukmron sinfining tanazzuli faqat ushbu madaniyat iqtisodiy o‘sish va jamiyat uchun xavfsizlikni ta’minlashga qodir bo‘lgandagina kechirilishi mumkin”ligi qayd etilgan. Ushbu uchta bandda ilgari surilgan fikrlar orqali mualliflar texnologik muhandislarni “o‘z qobig‘idan” chiqishini va harbiy maqsadlarda texnologiyalarni ishlab chiqarish va asosan, AQSh harbiy sektoriga tadbiq etishga da’vat qilishmoqda. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇 📝 X 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram
Открыть в Telegram
«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi
Sharq olamida sodir bo‘layotgan yangiliklar va voqealar siyosiy tahlili, tarixiy-falsafiy mushohadalar va ilmiy mulohazalarni biz bilan kuzatib boring! Murojaat va tijoriy hamkorliklar uchun: @TahlilchilargaMurojaat_bot
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 1 нояб. 2026 г. | 2 780 |
| 2 нояб. 2026 г. | 2 905 |
| 6 нояб. 2026 г. | 2 540 |
| 15 нояб. 2026 г. | 1 547 |
| 16 нояб. 2026 г. | 1 610 |
| 17 нояб. 2026 г. | 1 470 |
| 18 нояб. 2026 г. | 1 763 |
| 20 нояб. 2026 г. | 1 400 |
| 26 нояб. 2026 г. | 576 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры3,1 тыс.Пересылки—Реакции27Комментарии—
- 02Просмотры2,78 тыс.Пересылки—Реакции25Комментарии—
- 03Просмотры2,71 тыс.Пересылки—Реакции15Комментарии—
- 04Просмотры2,54 тыс.Пересылки—Реакции29Комментарии—
Новые посты
#Sunʼiy_intellekt Ibn Rushd va uning ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqida ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇 📝 X 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram
Открыть в Telegram🇺🇿🤝🇴🇲 O‘zbekiston-O‘mon munosabatlari haqida “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zolarining maqolalari O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy saytida e’lon qilindi: 1️⃣ O‘zbekiston-O‘mon: 500 million dollarlik savdo maqsadiga erishish imkoniyati qanday? (Shohjahon Ortiqov) 2️⃣ Quruqlikdan okeanga: O‘zbekistonning O‘mon portlariga chiqish imkoniyati qanday? (Asadbek Sultonboyev) 3️⃣ O‘zbekiston-O‘mon: tarixiy ma’naviy mushtaraklikdan yangi ilmiy va madaniy hamkorlik sari (Nilufar Toshmirzayeva) ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇 📝 X 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram
Открыть в Telegram🇺🇿 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! 📝 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonunni amalga kiritish haqida Oliy Kengashning Qarori hamda uning chizmasi. 📃 Ushbu hujjat bugungi kunda O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanmoqda. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇 📝 X 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram
Открыть в TelegramYadro urushi sodir boʻlsa, eng xavfsiz joy qaysi? ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇 📝 X 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram
Открыть в Telegram#iqtibos Kelajak vaqt izni ila o‘tmishga aylanishi tabiiy jarayondir. Bundan roppa-rosa 1 yil muqaddam “Sharqshunos tahlilchilar” jamoasining navbatdagi tarjimasi, geosiyosatga oid eng mashhur bestseller asarlardan biri - Tim Marshallning “Geografiya mahkumlari” kitobi aynan “17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni” nashrdan chiqishi e’lon qilindi. Bugungi kun mazkur kitobning o‘zbek tilidagi tarjimasini “Mutolaa” ilovasida 5 mingdan ortiq kitobxon o‘qimoqda va eng yuqori baholangan asarlardan hisoblanadi. Izoh: Kitobni xarid qilmoqchi bo‘lganlar @sardor_rahimiy ga murojaat qilishi mumkin. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇 📝 X 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram
Открыть в TelegramPekin-Tyanszin-Xebey mintaqasini integratsiyalashgan rivojlantirish strategiyasi (Jing-Jin-Ji integratsiyasi) 2014-yilda Szi Szinpin tomonidan ilgari surilgan Pekin-Tyanszin-Xebey mintaqasini integratsiyalashtirish strategiyasi Xitoyning oddiy hududiy rivojlanish loyihasi emas. Bu loyiha Pekindagi aholi va korxonalar zichligini kamaytirish, rivojlanishni Tyanszin va Xebeyga ham taqsimlash hamda kuchli sanoat hududini shakllantirish uchun ishlab chiqilgan uzoq muddatli milliy strategiyadir. Bugungi kunda bu hududda 110 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mazkur ko'rsatkich uni dunyodagi eng yirik megapolislardan biriga aylantiradi. Strategiyaning asosiy g'oyasi shundan iboratki, Pekin siyosiy va innovatsion markaz sifatida qoladi, biroq ishlab chiqarish, logistika va ayrim davlat funksiyalari Tyanszin hamda Xebeyga bosqichma-bosqich ko'chiriladi. Natijada: Pekin - ilm-fan, innovatsiya va boshqaruv markazi; Tyanszin - port, moliya va ilg'or ishlab chiqarish markazi; Xebey - sanoat va logistika bazasi vazifasini bajaradi. 2023-yilda Xitoy hukumati Pekin-Tyanszin-Xebey mintaqasi uchun yangi sanoatni muvofiqlashtirish rejasini qabul qildi. Unda asosiy e'tibor elektromobillar, robototexnika, biotexnologiya, vodorod energetikasi va yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqarish kabi tarmoqlarga qaratilgan. Maqsad oddiy ishlab chiqarish emas, balki yuqori qo'shimcha qiymat yaratuvchi innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishdir. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2022-yil yakunida ushbu hududning iqtisodiy hajmi 10 trillion yuandan oshgan. Hudud sanoatining qo'shilgan qiymati esa 2.51 trillion yuanni tashkil etib, 2013-yilga nisbatan qariyb 1.5 barobar oshgan. Shuningdek, hududda 900 mingdan ortiq filial va sho'ba korxonalar tashkil etilgan, 1100dan ortiq "Little Giant" innovatsion korxonalar faoliyat yuritmoqda. 2022-yil oxiriga kelib 205 mingta 5G baza stansiyasi ishga tushirilgan. Bular integratsiyaning nafaqat transport yoki hududiy reja, balki texnologik modernizatsiya strategiyasi ekanini ham ko‘rsatadi. Ushbu strategiya ko'pincha muvaffaqiyatli loyiha sifatida talqin qilinadi, ammo amalda bir qator murakkab muammolar saqlanib qolmoqda. Masalan, Xebey provinsiyasining aholi jon boshiga YaIM ko'rsatkichi Pekinning atigi 29.9 foizi, Tyanszinning esa 47.9 foizini tashkil etadi. Bu esa hududlar o'rtasidagi iqtisodiy tafovut hali ham sezilarli ekanini anglatadi. Ekologik jihatdan ham muammolar davom etmoqda. Hududdagi umumiy karbon chiqindilarining 61 foizi Xebey hissasiga to'g'ri keladi, bu esa sanoatni ko'chirish ekologik yukni ham bir hududdan boshqasiga siljitayotganini ko'rsatadi. Pekin-Tyanszin-Xebey mintaqasini integratsiyalashtirish strategiyasi faqatgina iqtisodiy loyiha bo'lib qolmay, Szi Szinpin davridagi davlat boshqaruvi modelining amaliy ko'rinishidir. Jamestown Foundation tahliliga ko'ra, so'nggi o'n yil davomida ushbu strategiya doirasida 75ta siyosiy hujjat va reja qabul qilingan bo'lib, ularning qariyb uchdan bir qismi ilm-fan va innovatsiyaga bag'ishlangan. Bu Pekinning hududiy rivojlanishni markazlashgan boshqaruv orqali amalga oshirishga intilayotganini ko'rsatadi. Sirasini aytganda, Pekin-Tyanszin-Xebey mintaqasini integratsiyalashtirish strategiyasi Xitoyning hududiy siyosatida yangi bosqichni boshlab berdi. Loyiha Pekinning haddan tashqari markazlashuvini kamaytirish, sanoatni qayta taqsimlash va innovatsiyaga asoslangan iqtisodiy makon yaratishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiy tafovutlar, ekologik va hududlar o'rtasidagi boshqaruv muammolari hali ham saqlanib qolmoqda. Pekin-Tyanszin-Xebey mintaqasini integratsiyalashtirish strategiyasi bugungi kunda yakunlangan loyiha emas, balki Xitoyning uzoq muddatli hududiy rivojlanish strategiyasini sinovdan o'tkazayotgan eng muhim tajribalardan biridir. Behruz Subxonov “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Telegram
Открыть в TelegramDengiz bilan chegaradosh davlatlar 🎧Abera Ma’diyeva “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi a’zosi ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇 📝 X 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram
Открыть в TelegramYaponiya: Texnologik suverenitet uchun kurash 1980-yillarda Yaponiya jahon yarimo‘tkazgichlar bozorining qariyb 50 foizini nazorat qilgan. Bugun esa uning ulushi 10 foizdan ham kam. Bir paytlar Toshiba, NEC va Hitachi kabi kompaniyalar yetakchilik qilgan sohada AQSh, Janubiy Koreya va Tayvan oldinga chiqdi. Bu o‘zgarish Yaponiyaning oddiy sanoat mag‘lubiyati emas edi: mamlakat global texnologik zanjirning eng daromadli va strategik qismlaridan biridagi mavqeini yo‘qotdi. Endi Tokio aynan shu yo‘qotilgan imkoniyatni qaytarishga urinmoqda. Buning ortida faqat iqtisodiy manfaat emas, milliy xavfsizlik masalasi ham turibdi. Bugun mikrochiplar avtomobildan tortib sun’iy intellektgacha bo‘lgan deyarli barcha zamonaviy texnologiyalarning asosidir. Ularni ishlab chiqarishdagi uzilish butun sanoat tarmoqlarini izdan chiqarishi mumkin. Shu sababli Yaponiya hukumati yarimo‘tkazgichlarni strategik resurs sifatida ko‘rmoqda. 2026-yil martida Tokio 2040-yilgacha mamlakatda ishlab chiqariladigan chiplarning yillik savdosini 8 trillion iyendan 40 trillion iyenga yetkazish maqsadini belgiladi. Bu besh baravar o‘sish demakdir. Noyabr oyida esa hukumat yarimo‘tkazgichlar va sun’iy intellektni ham qamrab olgan strategik yo‘nalishlarga 370 trillion iyendan ortiq davlat va xususiy investitsiya jalb qilish rejasini ilgari surdi. Muhimi bu mablag‘ning barchasi chip sanoatiga ajratilmaydi. Strategiyaning markazida 2022-yilda tashkil etilgan Rapidus kompaniyasi turibdi. Uning vazifasi 2 nanometrli ilg‘or chiplarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Yaponiya bu loyiha uchun qariyb 15 milliard dollar miqdorida davlat ko‘magini yo‘naltirgan. Ommaviy ishlab chiqarish 2027-yilga mo‘ljallangan. Vaholanki, texnologiyani yaratish boshqa, uni barqaror va foydali ishlab chiqarish boshqa masaladir. Rapidus nafaqat texnologik jarayonni takomillashtirishi, balki o‘z mahsulotini sotib oladigan mijozlarni ham topishi kerak. Aks holda, milliardlab dollar sarflangan zavod tijoriy jihatdan o‘zini oqlamasligi mumkin. Yaponiyaning imkoniyati shundaki, u chip sanoatidan butunlay chiqib ketmagan. Aksincha, yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan materiallar, kimyoviy moddalar va uskunalar bozorida hanuz muhim o‘ringa ega. Demak, Tokio raqobatga noldan kirishmayapti, uning qo‘lida global ishlab chiqarish zanjirida talab yuqori bo‘lgan texnologik ustunliklar mavjud. Biroq AQShning ham o‘z chip sanoatini rivojlantirishga intilishi Yaponiyaning strategiyasini murakkablashtirmoqda. Yaponiya AQShdagi yarimo‘tkazgich loyihalariga 21 milliard dollargacha investitsiya kiritishi mumkin. Bu ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlasa-da, Yaponiyaning o‘z ichki ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish uchun ajratiladigan resurslar masalasini ham kun tartibiga olib chiqadi. Aslida, maqsad barcha chiplarni Yaponiyada ishlab chiqarish emas, balki eng muhim vazifa global texnologik zanjirda boshqalarga bog‘liqlikni kamaytirish va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘g‘inlarda o‘z mavqeyini mustahkamlashdir. Zero, bugungi kunda texnologiyani kim ishlab chiqarishi bilan birga, uni kim yetkazib berishi va ishlab chiqarish jarayonining qaysi bosqichini nazorat qilishi ham iqtisodiy kuchni belgilaydi. Yaponiyaning bu kurashdagi muvaffaqiyati ajratilgan mablag‘ bilan emas, yaratilgan texnologiyaning bozorda raqobatlasha olishi bilan o‘lchanadi. Maftuna Baxtiyorova “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi ✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 📱 X 📱 YouTube 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Telegram
Открыть в Telegram🇷🇺 Rossiya tashqi siyosatida Yevrosiyochilik mafkurasi 🌏 Yevrosiyochilik - bu "talassokratiya" (dengiz qudrati) mafkurasiga qarshi, "tellurokratiya" tamoyillariga asoslanadigan mafkuradir. Yevropsiyochilik g'oyalari Chor hukumati ag'darilgan paytda bolsheviklardan qochib G'arbga borgan rus olimlari tomonidan o'ylab topilgan va Rossiya imperializmini izohlashga qaratilgan. 1881-yilda yozuvchi Fyodor Dostoyevskiy ruslar haqida fikr bildirgan edi: "Yevropada biz tatar edik, Osiyoda esa biz ham yevropalikmiz". XIX asr oxirlarida Yevropadagi bir qator siyosiy muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, mamlakat elitasi G‘arb davlatlari uzoq vaqt past nazar bilan qaragan geografik va madaniy izolyatsiyani qabul qila boshladi. Ko‘pchilik ilhom olish uchun o‘z ichiga va Sharqqa murojaat qilib, Rossiya Yevropa yoki Osiyo emas, balki ikkalasining o‘ziga xos yig‘indisi degan xulosaga keldi. Mentalitetning bunday o‘zgarishi Pyotr I boshlagan g‘arblashtirish jarayonidan chekinish bo‘ldi va yevrosiyochilikka asos soldi. Yevrosiyochilikka ko'ra, Rossiya na yevropalik, na osiyolik emas, balki ikkalasining sintezi ekanligini ta’kidlanadi. Ular uchun rus sivilizatsiyasi o‘ziga xos bo‘lib, uning taqdiri Yevroosiyo qit’asini qamrab olishdir. Ozarbayjonlik siyosatshunos Ali Xasanov "Geosiyosat" kitobida Petr Savitskiyning Yevrosiyo haqidagi tasvirini quyidagicha keltiradi: U Sharqiy Yevropa tekisligini, shimolda Tundra sohasini, janubda G'arbiy Sibir va Turkiston cho'llarini, togʻlar bilan to'silgan Sharq, Janubi-sharq va janub yerlarini, "Eski Dunyo"ning okeanga chiqish imkoni oz bo'lgan, dengizga birlashgan yerlarini - Karpatdan Xinganga qadar bo'lgan makonni Yevrosiyo hududiga kiritgan. O‘tmishga nazar tashlasak, Putinning 2007-yilgi Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi nutqi uning G‘arb va uning qoidalarga asoslangan tartibiga nisbatan sabr-toqati tugab borayotganini yaqqol ko‘rsatdi. Afsuski, Yevropa va AQSh rahbarlari buni bir martalik safsata deb baholadilar, chunki ular Rossiya tahdidi Sovet Ittifoqi bilan birga o‘ldi va endi hech qachon qayta tiklanmaydi, deb hisobladilar. Oradan deyarli 17 yil o‘tib, AQSH-Rossiya munosabatlari Sovuq urush davridagi har qanday paytdagidek keskinlashdi. 2023-yilgi tashqi siyosat konsepsiyasida Rossiya "Yevrosiyo va Yevro-Tinch okeani davlati" sifatida belgilangan. Kreml nazarida Yevroosiyoga kamida sobiq Sovet Ittifoqining barcha hududlari kiradi. Geografiyasi va tarixiy taqdiri tufayli Rossiya o‘zini mintaqaning ustuvor kuchi sifatida ko‘radi va o‘zining qonuniy ta’sir doirasini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, konsepsiya Rossiyani o‘ziga xos qadriyatlar, axloq va tarixiy vazifaga ega bo‘lgan "mamlakat-sivilizatsiya" sifatida tavsiflaydi. Binobarin, mamlakatni G‘arb liberal demokratiyasi nuqtayi nazaridan baholab, tushunib bo‘lmaydi. Hujjatga ko‘ra, ushbu missiya global kuchlar muvozanatini saqlash va ko‘p qutbli xalqaro tizimni shakllantirishdan iborat. Yevrosiyochilik mafkurasi bugungi kunda Rossiya tashqi siyosatining asosiy g‘oyaviy o‘qiga aylangan. Rossiya G‘arbning qoidalarga asoslangan liberal tartibini rad etib, ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish, o‘zining tarixiy ta’sir doirasini tiklashni o‘zining strategik vazifasi va Yevrosiyo mintaqasining ustuvor kuchi deb biladi. Bu esa XXI asrda ham Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi geosiyosiy qarama-qarshiliklarning davom etishini belgilab beruvchi asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Asqar Odilbekov “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi aʼzosi ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 😎 X 😎 YouTube 😎 Facebook 😎 Instagram 😎 Telegram
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Deputatlar nima deydi? — Yangi chaqiriq@deputatlar_nima_deydiПолитика7,37 тыс.
Alisher Qodirov@alisherqodirПолитика7,25 тыс.
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda@mansurbekolloyorovПолитика6,72 тыс.
Abdurahmon Tashanov@abdurakhmon_tashanovПолитика6,46 тыс.
Otabek Hasanov@otabek_khasanovПолитика6,39 тыс.
"Adolat" SDP | Rasmiy kanal@adolat_uzПолитика6,33 тыс.
Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi@poytaxt_deputatlariПолитика5,72 тыс.
Ozodbek Nazarbekov@ozodbek_axmadovichПолитика10,5 тыс.