
Shamsuddin Sadruddin
She’rlarim: https://t.me/Vahmiy da. @Muhammadoshiq_bot
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 3 нояб. 2026 г. | 2 150 |
| 10 нояб. 2026 г. | 3 103 |
| 11 нояб. 2026 г. | 1 535 |
| 17 нояб. 2026 г. | 847 |
| 18 нояб. 2026 г. | 808 |
| 19 нояб. 2026 г. | 740 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры6,31 тыс.Пересылки—Реакции102Комментарии—
- 02Просмотры2,15 тыс.Пересылки—Реакции75Комментарии—
- 03
Xuddi shu to‘plamdan kerak bo‘lyapti. Arab diyoridagi kitob do‘konlarida o‘ralashib yurganlar bormi?
Просмотры1,54 тыс.Пересылки—Реакции22Комментарии— - 04Просмотры1,53 тыс.Пересылки—Реакции16Комментарии—
Новые посты
Yaxshiyam-ki, tirikman! Yaxshiyam-ki, xotiralar bilan tirikman! Yaxshiyam-ki, buning uchun Buyuk Yaratuvchiga shukr ayta olaman. Allohga sig‘ina olaman. Yaxshiyam-ki, «yaxshiyam-ki» deya olaman! Yaxshidir, yomondir, men bu – men, o‘zim. Etga o‘ralgan, his-tuyg‘ular bilan to‘ldirilgan bir butun narsa. Yaxshiyam-ki, menda latif, chuqur, anglab-anglatib bo‘lmas bir shuur bor. Bu shuur na qalbimda, na qalbimdan tashqarida. U yo‘qotganlarimni eslaganimda yuzimda paydo bo‘ladigan tabassum kabi iliq, yo‘qotgan vaqtimdagi yosh to‘la ko‘zim kabi g‘amgin. Baxtlimanmi? Yaxshiyam-ki, bilmayman. G‘amginmanmi? Yaxshiyam-ki, bunga ham amin emasman. Boshqa ko‘plab hislar borasida ham xuddi shunday taraddud ichidaman. Mana shu murakkab ikkilanish girdobida o‘qiyapman, yuguryapman, ovqatlanyapman, ishlayapman, suhbatlashyapman... yashayapman. Bu his shunchalar qochoq... ba’zan hech qachon bo‘lmagandek izsiz yo‘qoladi. Vaqt o‘tgach, yo o‘tmagach, yana qaytib kelib shivirlaydi: «Men shu yerda edim». Tushunarsiz. Yoki menga shunday tuyilyaptimi? Tuyish!? Yaxshiyam-ki, uning tushunarsizligini tuyyapman. Bu hech narsani tuymaslikdan yaxshi, menimcha. Menimcha!? Yaxshiyam-ki, mening o‘z «menimcha»m bor. Yana ming xil o‘y... Nimalarni o‘ylayotganim o‘zimdan boshqa kimga kerak aslida?! Bularni birovga oshkor etishga yetarlicha tirik ham emasman... Yaxshiyam. @Shamsuddin_Sadruddin
Открыть в TelegramXuddi shu to‘plamdan kerak bo‘lyapti. Arab diyoridagi kitob do‘konlarida o‘ralashib yurganlar bormi?
Открыть в TelegramDars o‘tyapman. Arab tili darsi. Bir so‘zning to‘rt xil ko‘plik shakli borligini aytdim. O‘quvchim savol berdi: «Nega bittasini aytib qo‘ya qolishmagan? Hayotni qiyinlashtirishdan nima foyda?» Ba’zilar kulib yubordi. O‘ylanib qoldim. Biroz sukutdan so‘ng aytdim: «Nega siz bir xil kiyim kiymaysiz? Nega doim har xil taom yeysiz? Hammasini bir xillashtirsangiz, yashash oson bo‘lmasmidi?» Yana kulgu ko‘tarildi. Bu safar hamma kuldi. Biz yashab turgan olam qonuniyatiga ko‘ra, bir xillik har qanday lazzatni lazzatsiz holga keltira oladi. Modomiki, bir kiyim avratni yopib, sovuqdan himoya qilar ekan, nega uning turlarini ko‘paytirganmiz? Demak, biz faqat satr va isinish uchun kiyinmaymiz. Bir oy bir xil taom yegan kishiga boshqa taom ko‘rsatilsa, ishtahasi qanday xuruj qilishini o‘ylab ko‘ring. Til - shunchaki aloqa vositasi bo‘lishdan ancha yuqori narsa. Kiyim va taomni xilma-xil qilib zavqlanganimizdek, nutqimizni boyitib ham zavqlanamiz. Mana shunda biz hayotga, hayot esa bizga qovog‘ini solmaydi! Faqat birgina muammo - tilga idish-tovoq va latta-puttalarga qaragan shavq to‘la nigohimiz bilan qaramaymiz-da. @Shamsuddin_Sadruddin
Открыть в TelegramAllohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: Hayo ajib tuyg‘u. U tortinchoqlikning ayni o‘zi emas, biroq sizni nimalardir qilishdan to‘sadi. Hayo ojizlik belgisi ham emas, ammo u qo‘l-oyog‘ingizni bog‘laydi. Hayo – ba’zan ko‘ngilni xijil qiladigan xijolatdan o‘zga nimadir. To‘g‘ri, hayo gunohlardan tiyib turuvchi buyuk fazilat. Ammo bu – uning eng yoqimli shakli degani emas! Sufyon ibn Uyayna sakson marta haj qilganlar. Har haj safarida: «Ey Alloh, bu hajni oxirgisi qilmagin!» deb iltijo qilar edilar. Ammo so‘nggi hajlarida odatdagi duoni aytmadilar. Yaqinlari sababini so‘rashdi. U kishi: «Robbimdan hayo qildim», deb javob berdilar. Alloh saksonta so‘rovni rad etmagach, sakson birinchisini aytishga xijolat bo‘libdilar bu kishi. Menimcha, eng totli hayo – Alloh rahmatini tashlayverib bandasini uyaltirib yuborishi bo‘lsa kerak. Biz so‘rovdan toliqamiz yoki uyatdan to‘xtaymiz, Alloh esa ijobatdan na toliqadi, na uyatdan to‘xtab qoladi. «Qani, so‘ramaysanmi, so‘rashdan uyalyapsanmi!?» – degan ilohiy sasni tuyish naqadar maroqli bo‘lardi, tasavvur qilib ko‘ring! Barchamizga shunday hayo nasib etsin! @Shamsuddin_Sadruddin
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Дилга мактублар!..@dilgamaktublarИскусство1,48 тыс.
Sirdaryo TEATRI🎭@dramteatrИскусство1,31 тыс.
ZDC@zlotnikovdancecentreИскусство1,31 тыс.
Бухоро. Ёзувчилар уюшмаси@ijod_bustoniИскусство1,29 тыс.
«ШАРҚ ЮЛДУЗИ» журнали@sharqyulduzijurnaliИскусство1,28 тыс.
Тўртликлар ва рубоийлар@turtliklarИскусство1,26 тыс.
Xattotlik va Calligraphy@xattotlik_va_calligraphyИскусство1,56 тыс.
MYDAYTV@mydaytvuzИскусство1,58 тыс.