#Ogohlik #Kiberxavfsizlik ⛔️ «IJTIMOIY YORDAM» DEB ALDASHMOQDA! ✈️ Telegramda «bir martalik yordam», «kompensatsiya» kabi soxta e’lonlar tarqalmoqda. 💳 Pulni o‘tkazib berish bahonasida karta ma’lumotlari va SMS-kod so‘raladi — bu firibgarlik! ❗️ Ogoh bo‘ling! Karta ma’lumotlari va maxfiy SMS-kodni hech kimga bermang! 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook
Открыть в TelegramПосты канала Shurtan gaz kimyo majmuasi
#SHGKM #ZiyolilarKengash #Kitobxonlik O‘ZBEKISTON ZIYOLILARI KENGASHINING ILK YIG‘ILISHIDA “SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI” VAKILI HAM ISHTIROK ETDI Joriy yilning 23–24-noyabr kunlari Toshkent shahridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Xalqaro kongress zalida O‘zbekiston ziyolilari kengashining tarixiy ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy hayotida muhim voqelikka aylangan ushbu nufuzli anjumanda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan delegatlar, davlat va jamoat arboblari qatorida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati xizmati boshlig‘i, “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Ulug‘bek Xonqulov ham faol ishtirok etdi. Batafsil👉 https://teletype.in/@sgcc_uzb/8QALHsPGWqh 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook
Открыть в Telegram#PhD #Tabrik “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘limi boshlig'i, bosh mutaxassis — innovatsiya menejeri Maxmudov Ilyos Majidovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.42.01 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida I. Maxmudov o‘zining “Uch qatlamli kompozitsion panellarning ichki qatlamini «SHGKM»da ishlab chiqarilayotgan polietilen asosida olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Himoya jarayonida Ilyos Majidovich dissertatsiya mazmunini kengash a’zolariga atroflicha yoritib berdi hamda ularning savollariga ilmiy asoslangan, aniq va ishonchli javoblar qaytardi. Tadqiqot natijalari va xulosalar kengash a’zolari tomonidan yuqori baholandi. Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari dissertatsiya ishi barcha ilmiy-uslubiy talablarga to‘liq javob berishini ta’kidlab, I.Maxmudovga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi qarorni bir ovozdan ma’qulladi. Shu munosabat bilan, ko‘p ming sonli mehnat jamoamiz nomidan Ilyos Majidovichni texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgani bilan samimiy muborakbod etamiz. U kishiga mustahkam sog‘lik, ilm-fan ravnaqi va majmuamiz ishlab chiqarish salohiyatini yanada yuksaltirish yo‘lidagi kelgusi izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz! 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
Открыть в Telegram#Texnologiya #Bilasizmi Yer qa’ridagi gaz yer yuzasiga qanday olib chiqiladi? Ushbu murakkab jarayon videoda sodda va tushunarli tilda ko‘rsatib berilgan. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube | 📱facebook
Открыть в Telegram#No_comment #Mavsumga_tayyorgarlik #Kuz_qish KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari izchil davom ettirilmoqda. Majmuaning barcha muhandislik tarmoqlari, energiya va issiqlik ta’minoti tizimlari mavsumiy yuklamalarga to‘liq moslashtirilmoqda. Shuningdek, energiya barqarorligini yanada mustahkamlash maqsadida barpo etilayotgan yangi gaz-porshenli elektr stansiyasi qurilishi ham jadallik bilan olib borilmoqda. Polietilen mahsulotlari, tozalangan tabiiy gaz hamda suyultirilgan gazni ishlab chiqarish, saqlash va maxsus transport vositalariga yuklab jo‘natish tizimlari uzluksiz va xavfsiz rejimda faoliyat yuritmoqda. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook
Открыть в Telegram#SHGKM #Siyosiy_maʼrifat_soati Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma’rifat soati" davlat xizmatchilarining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish hamda ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJda ham ushbu "Siyosiy-ma’rifat soati" muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, bugungi bo'lib o'tgan "Siyosiy-ma’rifat soati" ham yuqori saviyada tashkil etildi. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook
Открыть в Telegram#HuquqiyMadaniyat #SiyosiyBilim #45_son "Siyosiy-maʼrifat soati"ning navbatdagi soni(2026-yilning 45-soni) Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook
Открыть в Telegram#Xavfsiz_va_soğlom_yurt #Tashrif #KuzQishMavsumi KUZ-QISH MAVSUMIDA SUYULTIRILGAN GAZ MAHSULOTLARINI UZLUKSIZ YETKAZIB BERISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida kuz-qish mavsumida suyultirilgan gaz mahsulotlarini o‘z vaqtida yuklash va ta’minotchi korxonalarga uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, logistika jarayonlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i, polkovnik Qobil Shodibekov hamda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJga tashrif buyurdi. Batafsil👉 https://teletype.in/@sgcc_uzb/ylQhtrmjC5f 👇Bizni kuzating 🕊Telegram |🌍 web-sayt |📸instagram |📺youtube |📱facebook
Открыть в Telegram