12-ECINEQ konferensiyasi: Xelsinki, 2027 — maqolalar qabul qilinmoqda, imkoniyatdan foydalaning! BMT universitetining Jahon rivojlanish iqtisodiyoti tadqiqotlari instituti (UNU-WIDER) Iqtisodiy tengsizlikni o'rganish jamiyati (ECINEQ) 12-konferensiyasiga barchani taklif qiladi. 📍Qayerda: Xelsinki, Finlyandiya 📅 Qachon: 2027-yil 1–3-sentabr ✅Moliyaviy yordam: 1. Aviachipta 2. Viza va yo'l xarajatlari 3. Turar joy va ovqatlanish uchun kunlik to'lovlari ⏰Deadline: 2027-yil 20-fevral (maqola va moliyaviy yordam arizasi uchun) 📩Natijalar: 2027-yil aprel oxiri 🔗 Batafsil ma'lumot va ariza uchun Link : https://www2.wider.unu.edu/civicrm/mailing/url?u=43217&qid=5568833 P.s: Postni ulashishni unutmang, zo'r imkoniyat! 🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в TelegramПосты канала Sardor To'xtayev |Official
🇺🇸Global UGRAD 2027–2028 — AQShda bir semestrlik to‘liq moliyalashtiriladigan xalqaro almashinuv dasturi! 🧭Qayerda: AQSh 🇺🇸 ⏳Davomiyligi: 1 semestr 💵Moliyalashtirish: To‘liq (Fully Funded) 📃Dastur haqida: Global UGRAD — bakalavriat talabalari uchun AQSh universitetlarida bir semestr davomida almashinuv asosida tahsil olish imkoniyatini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi. Ishtirokchilar AQShning universitetlarida bepul ta’lim olish, akademik bilimlarini kengaytirish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ✅Dastur imkoniyatlari: 1. Bir semestrlik o‘qish uchun kontrakt to‘lovining qoplanishi; 2. Universitet kampusida turar joy bilan ta’minlash; 3. AQShga borish va qaytish aviachiptalari; 4. Cheklangan tibbiy sug‘urta; 5. Zarur darsliklar bilan ta’minlash; 6. Oylik yashash stipendiyasi; 7. AQSh universitetida xalqaro akademik tajriba orttirish. 👥Kimlar uchun? - Kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar; - 2027-yil 1-avgust holatiga ko‘ra kamida 18 yoshda bo‘lishi kerak; - Dastur yakunlanganidan so‘ng o‘z universitetida kamida bir semestr davomida o‘qishni davom ettirishi kerak; 🔈Arizalar qabuli: 2026-yil 1-dekabrdan boshlanadi. 🗓Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2027-yil 11-yanvar. 🔗Batafsil ma’lumot va ariza: https://uz.usembassy.gov/global-undergraduate-exchange-program/ P.S. AQSh universitetida bir semestr bepul tahsil olish, xalqaro akademik tajriba orttirish va dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в TelegramO‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari, Kipr va Italiyadagi xalqaro maktablarda grant asosida o‘qishingiz mumkin! 80 ta to‘liq stipendiya e’lon qilindi🤩🔥 🧭Qayerda: The Island School (Kipr) va H-FARM International School (Italiya) 🎓Kimlar uchun: 13–17 yoshli maktab o‘quvchilari 🏆Stipendiyalar soni: 80 ta 📃Dastur haqida: The Island School va H-FARM International School “Technology Leaders of the Future” dasturiga uchinchi qabulni e’lon qildi. Dastur matematika, fizika va dasturlashda iqtidorli 80 nafar o‘quvchiga 2027-yil sentabridan boshlab to‘liq stipendiya asosida o‘qish imkonini beradi. ✅Stipendiya imkoniyatlari: 1. O‘qish to‘lovi to‘liq qoplanadi; 2. Pansionda yashash bepul; 3. Ta’limiy sayohatlar; 4. Imtihonlarga tayyorgarlik; 5. Dasturni tamomlab, dunyoning TOP universitetlariga kirgan o‘quvchilar o‘sha universitetlarda o‘qish uchun maxsus stipendiyalarga da’vogar bo‘la oladi. 👥Kimlar uchun? - Matematika, dasturlash yoki fizikaga qiziqadigan, texnologiyalar sohasida karyera qilishni orzu qiladigan 13–17 yoshli o‘quvchilar; - Eng kuchli ustozlardan o‘rganishga tayyor va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yadigan yoshlar. 🗓Ariza topshirish muddati: - 1-to‘lqin: 10-yanvargacha; - Ertaroq ariza topshirganlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar tayyorlangan. 🔗Batafsil ma’lumot va ariza: https://leaderstech.ru P.S. Farzandingiz, ukangiz yoki singlingiz chet el maktablarida o'qishga qiziqsa, ular bilan albatta ulashing. Bu imkoniyat kimningdir hayotini o‘zgartirishi mumkin! 🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в TelegramNPU President Scholarship 2027 — Xitoyda bakalavr, magistratura va doktoranturada to‘liq moliyalashtiriladigan grant! 🧭Qayerda: Xitoy, Sian shahri 🎓Darajalar: Bakalavr, Magistratura, PhD 📃Dastur haqida: Northwestern Polytechnical University (NPU) — Xitoyning yetakchi texnika universitetlaridan biri. Universitet Prezident stipendiyasi doirasida xorijlik talabalarni bakalavr, magistratura va doktorantura dasturlariga qabul qiladi. Grantning eng yuqori (Elite) darajasi to‘liq moliyalashtiriladi. ✅Grant imkoniyatlari: 1. O‘qish to‘lovidan to‘liq ozod qilish; 2. Bepul turar joy; 3. Oylik stipendiya: bakalavr uchun 1 500, magistratura uchun 2 000, PhD uchun 2 500 yuan; 4. Stipendiya yiliga 10 oy davomida to‘lanadi. 👥Kimlar uchun? - Xitoy fuqarosi bo‘lmagan, amaldagi pasportga ega shaxslar; - Bakalavr: o‘rta ma’lumotli, 2027-yil 1-sentabr holatiga 23 yoshgacha; - Magistratura: bakalavr diplomli, 30 yoshgacha; - PhD: magistr diplomli, 35 yoshgacha (ilmiy rahbar roziligi talab etiladi); - Magistratura va PhD uchun oldingi ta’limda kamida 75% natija. 🗓Ariza topshirish muddatlari: - 1-bosqich (barcha darajalar): 2026-yil 31-dekabr; - Magistratura va PhD yakuniy bosqich: 2027-yil 30-aprel; - Bakalavr yakuniy bosqich: 2027-yil 20-may. 🔗Batafsil ma’lumot va ariza: https://scholarshipscorner.website/npu-president-scholarship-china/ P.S. Xitoyning nufuzli texnika universitetida bepul tahsil olish va oylik stipendiya bilan ta’minlanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в TelegramUshbu dasturni o'qishni sizga tavsiya qilaman. Aniq sohani o'rganish uchun yaxshi imkoniyat. O'zingizga eng kerakli bilimlarni olasiz. Tavsiya etuvchi sifatida kaminani kiritishingiz mumkin. Aytgancha, talabalarga 15% chegirma va 2 ta 50%li va 30% 2 ta grant ajratilgan, bemalol foydalansangiz bo'ladi!
Открыть в Telegram🛡 Qabul ochildi. Shiroq Business School 11-mavsum. Doskadagi oxirgi kartochka "Siz" edi. Bugun u ham o‘z joyiga o‘tdi. Loyiha boshqaruvi kursida siz: • 10 ta shanba davomida loyihani boshidan oxirigacha boshqarishni o‘rganasiz • har shanba 2 dars olasiz: loyiha boshqaruvi va karyera uchun ko‘nikmalar • 14 ta kuchli ekspertdan o‘rganasiz • yanvar oxirida o‘z loyihangizni himoya qilasiz Bu safar yangi: 🤖 sun’iy intellektni ishingizda ishlatish 💰 shaxsiy moliya va passiv daromad 📑 loyihani to‘g‘ri yakunlash Kurs yakunida sizda bo‘ladi: ✅ portfolio ✅ HR bilan yozilgan CV ✅ himoya qilingan loyiha ✅ 300+ bitiruvchidan iborat kuchli networking 📌 Joylar 40 ta. Ko‘p emas, chunki har bir ishtirokchiga e’tibor kerak. 👉 Ariza qoldirish uchun havola: LINK 29-noyabrda ko‘rishamiz. 🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в Telegram🇺🇸Fulbright TEA 2027 — AQShda o‘qituvchilar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan 6 haftalik malaka oshirish dasturi! 🧭Qayerda: AQSh 🇺🇸 ⏳Davomiyligi: 6 hafta 📃Dastur haqida: Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) — maktab, kollej va litsey o‘qituvchilari uchun AQShda tashkil etiladigan xalqaro malaka oshirish dasturi. Ishtirokchilar olti hafta davomida akademik mashg‘ulotlarda qatnashish, zamonaviy o‘qitish metodikalarini o‘rganish va xalqaro ta’lim tajribasini orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ✅Dastur imkoniyatlari: 1. Borish va qaytish aviachiptalari; 2. Turar joy va ovqatlanish xarajatlarini qoplash; 3. Akademik dastur xarajatlarini to‘liq moliyalashtirish; 4. Tibbiy sug‘urta bilan ta’minlash; 5. Kundalik xarajatlar uchun mablag‘ ajratish; 6. Yuk uchun qo‘shimcha mablag‘; 7. J-1 vizasini olishda yordam; 8. Dastur yakunida kichik grantlar uchun ariza topshirish imkoniyati. 👥Kimlar uchun? - Maktab, kollej va litsey o‘qituvchilari; - Ingliz tili, matematika, tabiiy va ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari; - Xorijiy tillar, jurnalistika va kommunikatsiya yo‘nalishlarida dars beruvchi pedagoglar. 🗓Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2027-yil 15-yanvar. 🔗Batafsil ma’lumot va ariza: https://grantlar.uz/fulbright-tea/ P.S. AQShda xalqaro pedagogik tajriba orttirish, zamonaviy ta’lim metodikalarini o‘rganish va kasbiy mahoratingizni rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в Telegram🇯🇵 University of Tokyo Summer Internship 2027 — Yaponiyaning nufuzli universitetida xalqaro tadqiqot amaliyoti! 🧭 Qayerda: Tokio universiteti, Kashiwa kampusi, Yaponiya 🇯🇵 🗓 Dastur sanasi: 2027-yil 21-iyun – 6-avgust ⏳ Davomiyligi: 47 kun 📃 Dastur haqida: University of Tokyo Summer Internship (UTSIP Kashiwa 2027) — Yaponiyaning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Tokio universitetida tashkil etiladigan xalqaro ilmiy-tadqiqot amaliyoti. ✅ Dastur imkoniyatlari: 1. 130 000 Yaponiya iyenasi miqdorida stipendiya; 2. Dastur davomida turar joy bilan ta’minlash; 3. Sog‘liqni saqlash sug‘urtasi; 4. Professor va tadqiqotchilar bilan birgalikda ilmiy izlanish olib borish; 5. Xalqaro akademik muhitda tajriba va professional aloqalar orttirish; 🗓 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2027-yil 13-yanvar. 🔗 Batafsil ma’lumot va ariza: https://www.k.u-tokyo.ac.jp/ P.S. Shveysariyada xalqaro akademik tajriba orttirish, yangi bilimlarni egallash va 6 ECTS kreditga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🟦@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в Telegram🇺🇸Yale Young Global Scholars 2027 — AQShning nufuzli Yale universitetida to‘liq moliyalashtiriladigan xalqaro yozgi maktab! 🧭Qayerda: Yale University, AQSh 🇺🇸 ⏳Davomiyligi: 2 hafta 💵Moliyalashtirish: To‘liq (Fully Funded imkoniyati) 📃Dastur haqida: Yale Young Global Scholars (YYGS) — dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli maktab o‘quvchilarini birlashtiruvchi xalqaro yozgi ta’lim dasturi. Ishtirokchilar Yale universitetida ikki haftalik akademik mashg‘ulotlarda qatnashib, STEM, ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar yoki fanlararo yo‘nalishlarda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ✅Dastur imkoniyatlari: 1. Yozgi maktabda qatnashish xarajatlari uchun 100% moliyaviy yordam olish imkoniyati; 2. Safar xarajatlari uchun qo‘shimcha moliyaviy yordam olish imkoniyati; 3. Yale universitetining akademik muhitida tahsil olish; 4. Xalqaro talabalar bilan tajriba almashish; 5. Yetakchilik, tanqidiy fikrlash va tahliliy ko‘nikmalarni rivojlantirish. 👥Kimlar uchun? - Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin; - 16–18 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak; 🗓Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2027-yil 6-yanvar. 🔗Batafsil ma’lumot va ariza: https://globalscholars.yale.edu/about P.S. Yale universitetida xalqaro akademik tajriba orttirish, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan iqtidorli yoshlar bilan tanishish va yangi bilimlarni egallash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в TelegramTEKIN SAYOHAT, TEKIN OVQAT VA TEKIN KIYIMLAR! Bularning barchasi volontyorlikda jam bo‘lishi mumkinligini bilarmidingiz? Volontyorlik nafaqat yangi insonlar bilan tanishish, balki boshqa shaharlarga sayohat qilish, sertifikatlar olish va CV’ingizni boyitish imkoniyati hamdir. Future Fest 2 doirasda siz: • Volontyorlik loyihalarini topish va ularga topshirishni; • Ularning foydalari va imkoniyatlaridan foydalanishni; • Tajribali volontyorlarning tavsiyalarini o‘rganasiz. Ishtirok etish mutlaqo bepul! @futurefest2bot @futurefest2bot @futurefest2bot
Открыть в Telegram🇩🇪 HZDR Summer Student Program 2027 — Germaniyada to‘liq moliyalashtiriladigan xalqaro yozgi tadqiqot dasturi! 🧭 Qayerda: Drezden, Germaniya 🇩🇪 📃 Dastur haqida: HZDR Summer Student Program — xalqaro bakalavriat va magistratura talabalari uchun Germaniyada ilmiy tadqiqot olib borish va amaliy tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etuvchi yozgi dastur. Ariza topshirish bepul. IELTS sertifikati talab qilinmaydi. ✅Dastur imkoniyatlari: 1. Dastur davomida bepul turar joy; 2. Oylik maosh (Monthly Salary); 3. Borish-qaytish yo‘l xarajatlarining bir qismini qoplash; 4. Bepul ilmiy ma'ruzalar; 5. Laboratoriyalarga ekskursiyalar; 📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin: Dunyoning barcha davlatlaridan bo‘lgan xalqaro talabalar; 🗓 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2027-yil 24-fevral. 🔗 Batafsil ma’lumot va ariza: https://opportunitiescorners.com/hzdr-summer-student-program-2027/ P.S. Germaniyada 8 hafta davomida ilmiy tadqiqot olib borish, xalqaro olimlar bilan ishlash va professional laboratoriya tajribasiga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🟦@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в Telegram🇺🇸LPI Summer Intern Program 2027 — AQShda bakalavriat talabalari uchun haq to‘lanadigan yozgi amaliyot dasturi! 🧭Qayerda: AQSh 🇺🇸 ⏳Davomiyligi: 10 hafta 📃Dastur haqida: Lunar and Planetary Institute (LPI) bakalavriat talabalari uchun Oy va sayyoralarni tadqiq qilishga bag‘ishlangan 10 haftalik xalqaro yozgi amaliyot dasturini taklif etadi. Ishtirokchilar ilmiy tadqiqotlarda qatnashish, mutaxassislar bilan ishlash va kosmik fanlar sohasida amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ✅Dastur imkoniyatlari: 1. 10 haftalik haq to‘lanadigan amaliyotda ishtirok etish; 2. 13 639 AQSh dollari miqdorida stipendiya olish; 3. Oy va sayyoralarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda qatnashish; 4. Ilmiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlash; 5. Konferensiyaga ilmiy tezis yoki maqola topshirgan ishtirokchilar uchun 1 500 dollargacha qo‘shimcha mablag‘ olish imkoniyati. 🗓Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 14-dekabr. 🔗Batafsil ma’lumot va ariza: https://www.lpi.usra.edu/lpiintern/ P.S. AQShda ilmiy tadqiqot tajribasini orttirish, kosmik fanlar va sayyoralarni o‘rganish sohasida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в Telegram🇦🇲IV Xalqaro huquqiy savodxonlik maktabi — Armanistonda xalqaro ta’lim dasturi! 🧭Qayerda: Dilijan, Armaniston 🇦🇲 🗓Dastur sanasi: 2026-yil 11–15-dekabr ⏳Davomiyligi: 5 kun 📃Dastur haqida: 2026-yil dekabr oyida Armanistonning Dilijan shahrida IV Xalqaro huquqiy savodxonlik maktabi tashkil etiladi. Dastur huquqiy savodxonlik, inson huquqlari va huquqiy himoya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ishtirokchilarga amaliyotchi yuristlar va xalqaro ekspertlar bilan bilim hamda tajriba almashish imkoniyatini taqdim etadi. ✅Dastur imkoniyatlari: 1. Amaliyotchi yurist va advokatlarning ma’ruzalarida qatnashish; 2. Huquqiy masalalar bo‘yicha ekspertlar bilan munozaralarda ishtirok etish; 3. Amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish; 4. Rossiyalik vatandoshlar tashkilotlari vakillari bilan tajriba almashish; 5. Xalqaro professional aloqalar o‘rnatish. 👥Kimlar uchun? - Vatandoshlar bilan ishlaydigan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari; - Yuridik fakultet talabalari; - Faollar; - Inson huquqlari va huquqiy himoya masalalariga qiziquvchilar. 🗓Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 20-noyabr. 🔗Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/x11GoWSjnNeo8PdQ7 P.S. Armanistonda xalqaro tajriba orttirish, huquqiy bilimlaringizni kengaytirish va soha mutaxassislari bilan professional aloqalar o‘rnatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в Telegram🇨🇭CERN OPENLAB Summer Program 2027 — Shveysariyada haq to‘lanadigan xalqaro ilmiy-amaliyot dasturi! 🧭Qayerda: CERN, Jeneva, Shveysariya 🇨🇭 📃Dastur haqida: CERN OPENLAB Summer Program — Shveysariyada joylashgan Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkilotida (CERN) tashkil etiladigan xalqaro yozgi amaliyot dasturi. Ishtirokchilar CERN ilmiy va IT jamoalari bilan hamkorlikda texnik yoki ilmiy loyihalar ustida ishlash, zamonaviy tadqiqot muhitida amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ✅Dastur imkoniyatlari: 1. Har bir kalendar kuni uchun 94 Shveysariya franki miqdorida soliqsiz stipendiya; 2. CERN tibbiy sug‘urta tizimi orqali tibbiy xizmat bilan ta’minlash; 3. Jenevaga borish uchun safar xarajatlariga moliyaviy yordam; 4. CERN tomonidan tashkil etiladigan fizika ma’ruzalarida qatnashish; 5. CERN OPENLAB tomonidan tashkil etiladigan IT ma’ruzalarida ishtirok etish; 6. CERN yoki uning yaqinidan turar joy topishda yordam; 7. CERN ilmiy va IT jamoalari bilan texnik hamda ilmiy loyihalarda ishlash; 8. Xalqaro ilmiy-tadqiqot muhitida amaliy tajriba orttirish. 🗓Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2027-yil 21-yanvar. 🔗Batafsil ma’lumot va ariza: https://www.opportunitiescircle.com/cern-openlab-summer-program/ P.S. Dunyodagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlaridan biri — CERNda ishlash, xalqaro mutaxassislar bilan tajriba almashish va zamonaviy ilmiy loyihalarda qatnashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🔵@Sardor_Tuxtaev_Official
Открыть в Telegram