Balki borligimiz bunda muhimmas, Dema huvillaydi dunyolar oʻlsam! Qushlar chugʻurlaydi, charaqlar oftob, Yomgʻir yogʻaverar bizdan keyin ham. Oʻylama koʻnmaydi mensizlikka deb, Seni deb hapqirgan yuraklar jimdir. Faqat olislarda holing soʻrolmay, Tirik yurgandir deb oʻylaydi kimdir... Durdona Bahodirova
Открыть в TelegramПосты канала The Stranger
Taqdirga ishongan odam tasodifga ishonmaydi. Tasodifga ishongan odam taqdirini oʻzi yaratolmaydi.
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 6 ч | 3 010 |
| 15 ч | 4 300 |
- Через 6 часов3 010
- Всего сейчас4 300
Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 17 ч | 3 960 |
| 33 ч | 5 830 |
- Через 24 часа3 960
- Всего сейчас5 830
Nimanidir oʻzgartira olmaganingizda hayot oʻzingizni oʻzgartirishga majbur qiladi.
Открыть в TelegramOʻzingiz qattiq sevgan va hech qachon qaytmaydigan insonlarni har eslaganingizda ular sizni qayta-qayta tark etishadi.
Открыть в TelegramButkul hissiz boʻlib qolgan kishi qachondir juda kuchli hissiyotlarni boshdan kechirgan boʻladi.
Открыть в TelegramQiyin damlarimda hech kimga kerak emasman, deya siqilmang. Boshqa paytdayam hech kimga kerak emassiz.
Открыть в TelegramISSIQ O‘LKALARGA YETISHDI QUSHLAR, Tunlar uyqu bilmay ko‘p uchdi qushlar. Ey qismati tayr, barmoqlari par, Murod-maqsadingga sen ham yetdingmi? Kuz. Bog‘da uzildi olma, anorlar, Bisotin yashira olmas anorlar. Va yoki bandingni uzib shamollar, Loyqa ariqlarda oqib ketdingmi? Yo‘lini yo‘qotgan karvon yo‘l topdi, Tunda bir hovlining qopqasin qoqdi. Shoirni yo‘qotib, biror mashshoqning Ko‘ngil darvozasin hatlab o‘tdingmi? Bulduruq qassobga tegib Guloyim, Avazxondek farzand berdi Xudoyim. Lek Chambilda uning xayoli doim, Qo‘msab yashaysanmi ota yurtingni? Oh, bu savollarning javobi bormi? Og‘zing yopayotgan g‘ururmi, ormi? Sen borgan joylarning qudug‘i bormi? Sen ham quduqlarni gapga tutdingmi? Ketdi. Marhumlarning ichi to‘la sir, Tillari to‘la sir, tishi to‘la sir. Sen ham tongda turib, qayerlargadir Ketging kelib, uydan chiqib ketdingmi?.. Bek Ali
Открыть в TelegramHayoti davomida faqat bittasi bilan gaplashib, oʻsha bilan oila qurganlar bor-ku, shulardanam ehtiyot boʻlaverish kerakmi deyman.
Открыть в TelegramTelegram profilidagi rasmni yillar davomida oʻzgartirmaydigan yoki umuman rasm qoʻymaydiganlar bor-ku, shular negadir koʻzimga juda xavfli odamday koʻrinadi.
Открыть в TelegramOʻzbek tiliga yaqinda tarjima qilingan bir kitobni oʻqiyapman. Bosh qahramonning tugʻishgan singlisi va ota bir, ona boshqa opasi bor. Opa undan avval tugʻilgani, yoshlarida farq borligi boshqa oʻrinlarda aytilgan. Ammo tarjimon opani ham singil deb tarjima qilib ketavergan. Sababi turk tilidagi matnda kız kardeş soʻzi ishlatilgan. Buni koʻpchilik faqat singil maʼnosini beradi deb oʻylaydi. Holbuki kız kardeş ayol jinsiga mansub qondoshni anglatadi, ya'ni u singil ham, opa ham boʻlishi mumkin. Bunday vaziyatda uning opa yoki singilligini umumiy kontekstdan tushunib olish kerak. Boshqa bir oʻrinda esa duel guvohi degan birikma keladi. Pushkin, Lermontov, Tolstoydan qilingan tarjimalarni oʻqigan kishi biladiki, dueldagi yordamchini ifodalash uchun sekundant degan tayyor soʻz bor. Xullas, tarjimon faqat qoʻlimdagi kitob bilan ishlayman desa adashadi. Tarjimondan ensiklopedik bilim talab qilinadi, notanish sohalarga oid masalalar chiqqanda esa tarjimani toʻxtatib qoʻshimcha manbalarga murojaat qilish shart. Shunda ham xato oʻtib ketishi mumkin, bu yogʻiga muharrirlarning joni sogʻ boʻlsin.
Открыть в TelegramBalto degan multfilm boʻlardi. Bolalikda maza qilib koʻrardim. Ammo bu tarixiy voqea ekanini va Baltoning bu darajada shuhrat qozonishi boshqa bir itga qilingan nohaqlik ekanini keyin bildim. Alyaskadagi Nome shaharchasiga XX asr boshlarida oltin izlovchilar asos solishgan. U tabiatning oʻrtasida, sivilizatsiyadan uzoq yerda joylashgan. 1925-yilda shaharchadagi bolalar difteriyaga chalinishadi, oʻlim holatlari kuzatiladi. Davo faqat antitoksin zardobi, uni olib kelishning esa imkoni yoʻq edi. Qishda bu shahar tashqi olamdan uzilib qolar, qorli boʻron tufayli samalyot ham kelolmasdi. Shunda chana tortadigan itlar estafeta shaklida dorini eng yaqin temir yoʻl stansiyasidan olib kelishadi. Bu togʻlar, muzlagan dengiz, oʻrmonlar oralab oʻtgan 1000 kilometr masofa edi. Mana shu yoʻlning teng yarmini, eng xavfli qismini 12 yoshdagi Togo bosib oʻtadi. Bu yosh changʻi tortish uchun juda qarilik qilgan boʻlsa-da yetakchilik qobiliyati, chidamliligi, yoʻl topa olishda tengi yoʻqligi uchun aynan Togoga eng katta va mashaqqatli hududlar topshiriladi. Estafeta bir haftaga yaqin davom etgan. Butun Amerika gazetalari shu haqida yozishgan. Balto eng oxirgi guruhda edi. U juda kam masofani bosib oʻtgan. Ammo shaharchaga aynan u kirib borgani tufayli mashhurlik faqat unga nasib qildi. Bolalarning xaloskori sifatida faqat u koʻrildi. Nyu-York markazida uning haykali oʻrnatildi. Togoni esa hamma unutdi. Umumiy olib qaraganda, shaharchaga dorini olib kelishda 150 ta it qatnashgan, halok boʻlganlari ham bor. Ularning laqabini hatto bilmaymiz. Men shu bois dunyoni oʻzgartirgan daholar, yer kurrasini titratgan qoʻmondonlar, hukmdorlarni u qadar ulugʻlamayman. Har bir katta gʻalabaning ortida yuz minglab askarlarning qoni toʻkilgan, tarix esa faqat bir nechta kishinigina alqaydi. Balto va Togoning umumiy jihati bor. Egalari dastlab ikkalasini ham chana tortishga yaramaydi deb hisoblashgan. Balto gapga kirmasdi, Togo esa juda nimjon edi. Ammo vaqt oʻtib ular haqiqiy sardorga aylanishdi. Mashhurlik Baltoga foydadan koʻp zarar keltirdi. Keyinchalik uni butun Amerika boʻylab aylantirishdi. Tadbirlarda qatnashdi. Shov-shuvlar tez soʻndi, odamlar doim yangi ermak topishadi. Balto va boshqa itlar ancha payt hayvonot bogʻida juda yomon ahvolda qarovsiz qolib ketishadi. Umrining oxiridagina bir jonkuyar kishi pul yigʻib, ularni sotib oladi va Alyaskaga qaytaradi. Suratda Togo va uning egasi Seppala.
Открыть в TelegramBoʻzoʻrg Alaviy – "Uning koʻzlari" Farangis – boy, nufuzli oilada oʻsgan, hech qachon qiyinchilik koʻrmagan, har doim har qanday istagi muhayyo qilingan, buning ustiga haddan ziyoda goʻzal qiz. Agar ayol oʻzining goʻzalligini teran anglasa va bundan huzurlansa u juda xavfli mavjudotga aylanadi. Koʻngli yoki nafsiga qul erkaklarni xohlagan koʻyiga soladi, xohlasa taxtga oʻtkazadi, xohlasa balchiqqa belaydi. Ammo shu goʻzalligiga beparvo erkakni uchratsa tinchini yoʻqotadi, uning koʻnglini olish eng oliy maqsadiga aylanadi, oʻsha erkakka nisbatan nafrati va muhabbati qorishib ketadi. Ustoz Mokon – buyuk rassom, millatparvar, mustabid tuzumga qarshi isyon yetakchisi, bir qarashda hissiz koʻrinadigan, maqsadidan ogʻishmaydigan, oʻz prinsiplariga ega inson. Ammo har qanday erkak ham muhabbat oldida baribir ojiz qoladi. U hech boʻlmasa hayotining qaysidir qismida gʻoʻr, xudbin, otashin oshiqqa aylanadi, suyuklisining yonida boshqa barchaga qoʻllagan prinsiplaridan voz kechadi, hatto tuban ketishi ham mumkin. General Orom – oʻzini boshqalardan ustun koʻradigan, maqsadi yoʻlida har qanday vositadan tap tortmaydigan, bu dunyoda faqat kuchlilar yaxshi yashashga qodirligiga ishonadigan va kuchli boʻlishga harakat qiladigan, hamma narsaga sovuq aql bilan yondashadigan inson. U asarning oxirida va eng muhim pallasida sahnaga chiqadi. Ya'ni biz har qancha balandparvoz gʻoyalarga ishonmaylik, harchand sevib-sevilmaylik, yonib-kuymaylik qudrat qarshisida ojizmiz, hislardan mosuvo, oʻz manfaatini birinchi oʻringa qoʻyadigan kishilar taqdirimizni hal qilishadi. Baxtli boʻlmoqchi boʻlsak kuchli boʻlishimiz shart. Hikoyanavis – yoʻq odam. Yozuvchi undan faqat boshqalarni ochib berish uchungina foydalangan. Shuningdek, yana uch-toʻrttagina qahramonlar bor. Shunchalik kam odam bilan va turgʻun syujet bilan shoh asar yaratish kamyob holat. Xulosachi? Biz hech kimni hech qachon taniyolmaymiz. Hammamiz hayotimizda boʻlgan yoki ayni paytda bor insonlar haqida tugal xulosalar chiqarib olganmiz. U yaxshi, bu yomon va hokazo. Biz dunyoni oq va qora rangda koʻrgimiz keladi, inson murakkab mavjudot ekanini, taqdir yoʻllari chigalligini, hammada xato va kamchiliklar boʻlishini hisobga olmaymiz, farq shuki, kimdir kun sayin oʻzini isloh qiladi, kimdir battar boʻlsa boʻladiki, umr boʻyi oʻnglanmaydi. Kimnidir yomon koʻramiz, yaxshiyam hayot yoʻlimiz tutashmabdi deymiz, vaholanki oʻsha aslida bizni baxtli qila oladigan yagona kishi edi. Kimnidir suyib ardoqlaymiz, umrimizni bagʻishlaymiz, u esa bizni zarracha qadrlamaydi. Biz changni koʻramizu, uni harakatga keltirgan shamolni koʻrolmaymiz. Hayotimizdagi eng muhim pallalarda eng xato qarorlarni qabul qilamiz, eng aziz insonlarimizni qadrlamaymiz va keyin umr boʻyi oʻzimizni oqlab, qarorimizni yoqlab, yetishimiz mumkin boʻlgan baxtdan bexabar va benasib hayot kechiramiz. @salimov_blogi
Открыть в TelegramHayotim daryoday shovullagan on Yo dilni qoʻpganda qiyomat-qoyim Va endi ishlarim yurishgan zamon, Qaysidir qilmishim yoqmay, Xudoyim Bir ursa, oʻlurman! Nafsimga ishtonu koʻylakcha bichdim, Gunohimni quduq yutib yotibdi. Mening kamchiligim topolmas hech kim, Hayot bir maromda oʻtib yotibdi. Qoʻrqaman, qoʻrqaman, bir kunlar kelib Quduqlar soʻzlasa, bir pul boʻlurman. Sevgilim, sen haqda oʻylamoq ogʻir, Olchadek lablaring, koʻzu dahaning. Har bir barmoqlaring bittadan shoir, Yettinchi osmondir sening badaning. Boshqalar bir siqim tuproq boʻladi, Sen gul boʻl, men oʻlsam bulbul boʻlurman. Tagʻin jim ketaman, avtobuslarning Katta oynasidan boqaman dilgir. Uyga soxta kulgu olib ketyapman, Yursam oyoqlarim titraydi dir-dir. Ha demay, eshaklar hoji boʻladir, Men omoch qoʻshilgan duldul boʻlurman. Koʻp oʻylab qolurman, oʻylab koʻp qolurman, Meni kimdir kutib turadi doim va aytilgan joyga bora olurman, Gulim, diydor sari chorla boroyin... (Qolganin aytishga hayo qilurman.) Qoʻrqaman, sen sori chogʻlanganimda Juda koʻp kulurman. Kulishim gʻashiga tegib, Xudoyim Bir ursa, oʻlurman. Bek Ali @salimov_blogi
Открыть в TelegramSenga esa bu narsalarning ahamiyati yoʻq. Sen shuhratparast emassan! Sen pul deb oʻzingni oʻtga-choʻqqa urmaysan! Baxt izlab tentiysan! Diplom, pul, er bilan odam baxtiyor boʻlmaydi. Uzoqlarda baxt miltillab koʻrinishi uchun hayot qiyinchiliklariga bardosh berish kerak. "Uning koʻzlari" Boʻzoʻrg Alaviy
Открыть в TelegramTunov kuni bitta video koʻrib qoldim. Onasi yetti yashar autist bolani ilk bor sartaroshga olib borgan, ungacha sochini oʻzlari olib yurishgan. Biz uchun odatiy boʻlgan kundalik arzimas xatti-harakatlar bunday bolalar uchun xavfli koʻrinadi, oʻzini noqulay his qiladi. Sartarosh yigit oʻzini juda yaxshi tutgan, bolani tushunishga, uni ishonchini qozonishga maksimal harakat qilgan. Bu ishni ogʻrinmay qilgani uchun qancha maqtasak kam. Shohsanam Oʻktamovaning "Men oʻzgacha bolaman" kitobi shunday bolalarni tushunishimizga yordam beradi. Ularga nima yoqadi, nima yoqmaydi, nimadan qoʻrqadi, qaysi ishni qilishga qiynaladi, nimalarni his qiladi... Gohida oʻzimizga oʻxshagan odamlarni tushunmay qolamiz, oʻzimizga oʻxshamaganlarni tushunish esa chandon mushkul. Bu uchun toza yurak, izlanish, eʼtibor, sabr-toqat talab qilinadi. "Sen moʻjizasan" loyihasi alohida ehtiyojli bolalar haqida va ularning oʻzi uchun kitoblar chiqarishni maqsad qilgan. Yuqoridagi kitob mana shu maqsad yoʻlidagi bir qadam. Bir nechtagina sodda gaplar va Dilzoda Hamidovaning ilyustratsiyalari bizni oʻzgacha bolajonlar bilan yaqinlashtiradi.
Открыть в Telegram