#Xalqaro_hamkorlik 🌟 Sog‘lom va barqaror kelajak sari! Ayni kunlarda Respublika ta’lim markazi xodimlari Qozog‘istonda salomatlik yo‘nalishiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda. 🌱 Tadbir doirasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sifatli va muvozanatli ovqatlanish madaniyatini rivojlantirish, ekologik mas’uliyatni oshirish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilyapti. 🌎 Xalqaro uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or xorijiy amaliyotlarni o‘rganish, samarali tashabbuslarni muhokama qilish va ularni ta’lim tizimiga tatbiq etish istiqbollari yuzasidan fikrlashishdi. Bunday xalqaro hamkorlik aloqalari sog‘lom avlodni tarbiyalash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va ta’lim muhitida sog‘lom hayot tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating! 🌐Veb-sayt✈️Telegram 👥 Facebook 📺Youtube 📹Instagram
Открыть в TelegramПосты канала Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
#masofaviy_uchrashuvlar Milliy o‘quv dasturi asosida ona tili, rus tili, tabiiy fanlar, matematika va texnologiya fanlari bo‘yicha ishlab chiqilayotgan ish rejalarini takomillashtirish yuzasidan Cambridge University Press & Assessment eksperti hamda mahalliy mutaxassislar ishtirokida masofaviy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. 🔻Uchrashuvlar davomida mazkur fanlar bo‘yicha ishlab chiqilayotgan ish rejalarining mazmun-mohiyati, o‘quv dasturida belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligi, shuningdek, ularni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish masalalari muhokama qilinmoqda. Muloqotlar davomida fanlar kesimida ish rejalarini yanada takomillashtirish, o‘quv mazmunining izchilligi va uzviyligini ta’minlash, mavjud takliflarni xalqaro tajriba asosida ko‘rib chiqish hamda mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda tegishli yechimlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating! 🌐Veb-sayt✈️Telegram 👥 Facebook 📺Youtube 📹Instagram
Открыть в Telegram18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i — xalqimizning boy o‘tmishi, bugungi kuni va yorug‘ kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzdir. U milliy g‘ururimiz va sha’nimizni, asriy qadriyatlarimiz hamda an’analarimizni, ona Vatanimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz va kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchimizni ifodalaydi. 🇺🇿 Davlat bayrog‘imiz — xalqimizning birdamligi, milliy iftixori va Vatanimiz mustaqilligining yorqin timsolidir. Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha ahil va birdam bo‘lsin! 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating! 🌐Veb-sayt✈️Telegram 👥 Facebook 📺Youtube 📹Instagram
Открыть в Telegram#11_sinf_darslik 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating! 🌐Veb-sayt✈️Telegram 👥 Facebook 📺Youtube 📹Instagram
Открыть в Telegram#11_sinf_darslik 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating! 🌐Veb-sayt✈️Telegram 👥 Facebook 📺Youtube 📹Instagram
Открыть в Telegram#11_sinf_darslik 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating! 🌐Veb-sayt✈️Telegram 👥 Facebook 📺Youtube 📹Instagram
Открыть в Telegram